Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Жорий йилнинг 3 июнь куни Ички ишлар вазири ўринбосари генерал-майор Баходир Юлдашевич Мирзарахимов томонидан Транспорт ва туризм объектларида хавфсизликни таъминлаш департаменти шахсий таркиби билан навбатдаги йиғилиш ўтказилди.
ХИВАДА ХАЛҚАРО ТАДБИР

Ислом ҳамкорлик ташкилоти томонидан “Хива – 2024 йилда Ислом дунёсининг туризм пойтахти” деб эълон қилинган эди. Шу муносабат билан қўҳна ва қадимий шаҳарда халқаро тадбирлар бўлиб ўтмоқда. Унда 50 та давлатдан 200 нафардан ортиқ халқаро делегация вакиллари иштирок этишяпти. Шунингдек, “Ичан қалъа” давлат музей қўриқхонаси ҳудудида Паҳлавон Маҳмуд хотирасига бағишланган халқаро баҳодирлар ўйини ҳам қизғин давом этмоқда.
Batafsil oʻqing 👉
👉 @postdarasmiy
Ҳамкорликдаги ўқув курслари

Ички ишлар вазирлиги Жамоат хавфсизлиги департаменти Жамоат тартибини сақлаш хизмати ҳамда Ветеринария ва чорвачиликни ривожлантириш қўмитаси билан ҳамкорликдаги жойлардаги карантин тадбирларини таъминлаш гуруҳлари ходимларини билим савиясини ва малакасини ошириш мақсадида ўқув курслари бўлиб ўтди.

@postdarasmiy
ISTEʼDODLAR INGLIZCHA KUYLADI

IIV Sirdaryo akademik litseyida ingliz tili bilimdonlarinig shou-bellashuvi o‘tkazildi. Ingliz tilini mukammal o‘rganishga qaratilgan tadbir yoshlar tomonidan qizgʻin kutib olindi. Unda joʻshqin avlod vakillari koʻplab xorijiy davlatlarning madaniyati, urf-odatlari, sanʼati yuzasidan posterlar, sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar ijro etishdi.
Tadbir yakuniga koʻra, birinchi bosqich oʻquvchilari gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi.
Oʻz muxbirimiz.
Sirdaryo viloyati.
ДОНОРЛИК АКЦИЯСИ

Хоразм вилояти Қон қуйиш марказида “Бор меҳримиз сенга, болажон!” шиори остида донорлик акцияси бўлиб ўтди. Мамлакатимизда гемотология ва трансфизиология хизматини ривожлантириш ҳамда даволаш муолажалари қийин бўлган беморларга беғараз ёрдам кўрсатиш мақсадида ўтказилган ушбу донорлик акциясида турли соҳа вакиллари қатори вилоят ички ишлар органлари ходимлари ҳам фаол иштирок этиб, ихтиёрий равишда қон топширишди.
Ўз мухбиримиз.
Хоразм вилояти.
KO'RGAZMALI MASHG'ULOTLAR

Yaqinda IIV Qorovul qo'shinlariga qarashli Namangan viloyatida joylashgan 7552-harbiy qismda qo'shilma va qism shtab boshliqlari hamda qo'shinlar xizmati va navbatchilik qismi ofitserlari ishtirokida ko'rgazmali mashg'ulotlar tashkil etildi.
Ona vatanimiz himoyachilarining o'z vazifalarini astoydil o'tashiga oid turli mavzularda tashkil etilgan mazkur tadbirlarni o'tkazishdan ko'zlangan asosiy maqsad ham qo'shinlarga yuklatilgan jangovar topshiriqlarni yuqori darajada bajarishdan iboratdir.
Ulug'bek MAMADALIYEV,
serjant.
JUMBOQ

1897-yilda U. Morrison qandolatchi J. Uorton bilan birgalikda ishlab paxta konfetini ixtiro qildi. Baʼzilar U. Morrison bunda oʻz foydasini oʻylab (gʻarazli niyatda) oʻylab topganligini aytadi. Shuni hisobga olgan holda Morrison kasbini toping?

Ushbu savolning javobini bugun soat 17:00 da telegramm kanalimiz orqali e'lon qilamiz.

Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin:
https://www.tg-me.com/postda_muloqot

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
ЗАКОВАТЛИ ЁШЛАР ДАВРАСИДА

Шўрчи туманида “Заковат” интеллектуал ўйини ўтказилди. “Хавфсиз ҳаёт учун бирлашайлик!” шиори остида ўтказилган интеллектуал ўйинда 3-сектор ҳудудида истиқомат қилувчи билимдон ёшлардан ташкил топган жамоалар қатнашди.
Ғолибликни қўлга киритган жамоалар ташкилотчиларнинг эсдалик совғалари билан тақдирланди.
Ўз мухбиримиз.
Сурхондарё вилояти.
#ibrat_vaqti

ZULMDAN QOCHISH UCHUN


Odil hukmdor Anushirvon davlat arkonlari bilan shikorga chiqdi. Ov qilgan joylarida qo’lga tushgan kiyik go’shtidan kabob qilishdi. Ammo tuz yo’q ekan. Ozroq tuz topib kelish uchun xizmatkorlardan birini yaqin bir qishloqqa yuborishdi. Podshoh xizmatchi yigitga:
— Tuzni albatta pulga sotib ol, — deya tayinladi. O’sha paytda davlatning qishloqdan tuz solig’i olish odati bor edi. Qishloq xarob bo’lmasin, deya podshoh shunday buyurgan edi. Anushirvonga yonidagilar:
— Ozginagina tuzni tekinga olsa nima qiladi? — deyishdi. Shunda hukmdor bunday javob berdi:
— Zulm, haqsizlik asli Qadim zamonlarda juda kam bo’lgan. Vaqt o’tishi bilan har yangi kelgan avlodlar ozginadan ko’paytirib, bugungi darajaga keltirishdi. Agar podshoh aholining bog’idan bitta olma uzsa, xizmatchilari olma daraxtini ildizi bilan sug’uradilar. Agar podshoh bir odamdan bitta tuxum olsa, podshohning askarlari mingta tovuqni pishirib yeyishadi.

@postdarasmiy
2024/10/06 08:24:38
Back to Top
HTML Embed Code: