Telegram Web Link
HARBIYLAR SALOMATLIGI YO'LIDA

IIV Qorovul qo'shinlariga qarashli Navoiy viloyatida joylashgan 7532-harbiy qismda “Huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish profilaktikasi” kuni munosabati bilan “Spirtli ichimliklarning inson salomatligi uchun zararli oqibatlari” mavzusida tadbir tashkil etildi.
Viloyat IIB poliklinikasi mutaxassis-shifokorlari ishtirokida bo'lib o'tgan mazkur yig'ilishda soha xodimlari tomonidan bu borada keng tushuntirishlar olib borildi.
Shuningdek, sog'lig'ida shikoyati bo'lgan harbiylar bilan tibbiy ko'rik o'tkazilib, kerakli tavsiyalar berildi.
Mixli SAFAROV,
o'z muxbirimiz.
JUMBOQ

Ayrim yuk avtomobillarida vertolyot tasvirini koʻrish mumkin. Buni haydovchilarning oʻzlari nakleyka koʻrinishida yopishtirib qoʻyishadi. Dastlab vertolyotning ehtiyot qismlarini tashiydigan yuk avtomobillariga yopishtirilgan. Keyinchalik bu nakleyka orqali MDH davlatlaridagi haydovchilar yuk avtomobillari haqidagi bir maʼlumotni berishgan.
Savol: Vertolyot tasviri yopishtirilgan yuk avtomashinasi haqida qanday maʼlumot bergan?

Ushbu savolning javobini bugun soat 17:00 da telegramm kanalimiz orqali e'lon qilamiz.

Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin:
https://www.tg-me.com/postda_muloqot
JIDDIY TAHLIL VA TANQIDIY RUHDA
Xalq deputatlari Giliston shahar kengashining navbatdagi sessiyasida shahar IIB boshligʻi, podpolkovnik B. Sayitnazarovning hisoboti tinglandi. Unda shaharda huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xafvsizligini taʼminlash, jinoyatchlikka qarshi kurash borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Sodir etilgan jinoyatlarning sabablari, oldini olish imkoniyatlari ochiq mihokamaga sabab boʻldi.
Sessiya yakuniga koʻra, ushbu yoʻnalishdagi ishlarni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari belgilab olindi.
Oʻz muxbirimiz.
Sirdaryo viloyati.
Salbiy oqibati tushuntirildi

Toshkent mintaqasi temir yoʻl TXTB HPB xodimlari tomonidan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga qarashli “Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” AJ korxonasining ishchi-xizmatchilari oʻrtasida “Onlayn qimor” mavzusida profilaktik yigʻilish tashkilashtirildi. Tadbirda bu oʻyinlar qonunlarimizda taqiqlanganligi boʻyicha tushunchalar berib oʻtildi. Shuningdek, “Onlayn qimor oʻyinlarining salbiy oqibatlari” va “Qimor va tavakkalchilikka asoslangan har qanday oʻyinlar uchun qonunlarimizda javobgarlik belgilangan” mavzusida videoroliklar namoyish etildi.
Sarvar SOBIROV,
oʻz muxbirimiz.
XODIMALAR “OQSAROY”DA BO‘LISHDI

Buxoro viloyati ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibining ish samaradorligini oshirish va maʼnaviy hordiq olishlari maqsadida tez-tez sayohatlar uyushtirilmoqda. Yaqinda ichki ishlar organlarida faoliyat olib boruvchi 30 nafar xodima va 20 nafar farzandlari Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanidagi “Oqsaroy” majmuasi hamda Miraki dam olish maskaniga sayohat qilishdi.
M.YAKUBOVA,
mayor.
Buxoro viloyati.
БОР МЕҲРИМИЗ СЕНГА, БОЛАЖОН!

1 июнь – Халқаро болаларни ҳимоя қилиш куни муносабати билан Қашқадарё вилояти Ички ишлар бошқармаси соҳавий хизматлари ходимлари вилоят Қон қуйиш марказида беғараз донорлик тадбирида иштирок этишди.
Вилоят Қон қуйиш маркази билан ҳамкорликда “Бор меҳримиз сенга, болажон!” шиори остида ўтказилган тадбирда беғараз қон топшириш кўплаб инсонлар ҳаётини сақлаб қолишга хизмат қилиши айтилди.
Тадбирда донорлар “Адолат” социал-демократик партияси ташаккурномалари билан тақдирланди.
Содиқ РАҲИМОВ,
ўз мухбиримиз.
Қашқадарё вилояти.
“HATSAN” ҳужжатлаштириб олинди
Ички ишлар органлари ходимлари Жиззах шаҳрининг “Зилол” маҳалласида яшовчи З.Ж. “HATSAN” русумли 4,5 калибрли пневматик ов қуролини ноқонуний сақлаб келаётганлигини аниқладилар. Худди шундай, Зомин туманининг “Обиҳаёт” маҳалласида истиқомат қилувчи Д.У.нинг турар жойи кўздан кечирилганида қонунга зид тарзда 4 дона ўқ-дори сақланаётгани маълум бўлди. Ушбу ҳолатлар юзасидан терговга қадар текширув ҳаракатлари амалга оширилмоқда.
Алижон АБДУСАТТОРОВ,
ўз мухбиримиз.

Жиззах вилояти.
JUMBOQ

Bugungi savolimizga Yasmina ismli o‘quvchimiz birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob yo‘lladi. Alimardon Rahmonovich, Ulug‘bek Qurbonov ham javobni to‘g‘ri topgan.

Javob: Vertolyot – soʻzi uchmoq, aylanmoq soʻzlaridan hosil boʻlgan. Вертиться va летать soʻzlaridan. Shuning uchun bu yuk mashinasi ilgari aylanib, agʻdarilib ketganligini bildiradi.
MUAMMONING BEGONASI BOʻLMAYDI
Yangiyer shahar sektor rahbarlarining chet elda mehnat faoliyati bilan shugʻullanayotgan yoshlar bilan onlayn muloqoti boʻlib oʻtdi.
Jumladan, Yangiyer shahar IIBga qarashli mahallalarda istiqomat qiluvchi, ayni paytda xorijda mehnat faoliyati bilan shug’ullanayotgan besh nafar yoshlarni qiynayotgan muammolar tinglandi. Koʻtarilgan masalalar shu joining o’zida yechim topdi.
Oʻz muxbirimiz.
Sirdaryo viloyati.
2024/10/04 13:28:35
Back to Top
HTML Embed Code: