Telegram Web Link
3. Транспорт воситалари сунъий ёритилган туннелда ҳаракатланаётганда қандай ёритиш асбоблари ёқилиши керак?
Anonymous Quiz
9%
F1. Фаранинг узоқни ёритувчи чироқлари.
77%
F2. Фаранинг яқинни ёритувчи чироқлари.
4%
F3. Мажбурий тўхташ ёритгичи.
9%
F4. Ёритиш асбоблари ёқилмайди.
ДОЛЗАРБ МАВЗУДА СЕМИНАР

Вилоят ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар ходимлари учун Бош прокуратура ҳамда ИИВ ходимлари томонидан “E-material” ахборот тизимининг янги версиясини амалиётга жорий қилиш бўйича ўқув семинари ўтказилди. Семинарда тегишли соҳа вакиллари қатнашиб, ўзларига керакли маълумотларни олишди.
Н.АМОНОВ,
подполковник.
Бухоро вилояти.

👉 @postdarasmiy
#Jumboq

Bir mashhurning diplomidagi baholar:
Adabiyot – qoniqarli
Falsafa – qoniqarli
Siyosat – yaxshi
Botanika – yaxshi
Kimyo – yaxshi
Anatomiya – aʼlo
Musiqa – aʼlo
Jinoyat tarixi – aʼlo
Qonunlar tarixi – aʼlo
Savol: Bu kimning diplomidagi baholar deb oʻylaysiz?

Ushbu savolning javobini Qurbonov Ulug‘bek to‘g‘ri topdi. Ofarin! Sardor, Akmal Raxmon oʻgʻli, Adham kabi o'quvchilarimiz ham to'g'ri javob yo'llashdi. Bilimdonlarga omad tilab qolamiz.
Javob: Bu Artur Konan Doyl asarida berilgan maʼlumotlar. Bular Sherlok Holmsga qoʻyilgan baholar edi.

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
Bolajonlarga quvonch ulashib

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Toshkent shahar IIBB tomonidan el-yurtimiz tinchligi yoʻlida xizmat burchini bajarib, mardlarcha halok boʻlgan ichki ishlar organlari xodimlari farzandlari uchun bayram tadbiri tashkil etildi. Bosh boshqarma MMI va KBTX rahbariyati va masʼul xodimlari hamrohligida dastlab Toshkent hayvonot bogʻiga sayohat uyushtirildi, bayram dasturxoni tashkil etilib, bolalarga qimmatbaho sovgʻalar topshirildi. Shuningdek, bolajonlar Gʻafur Gʻulom nomidagi madaniyat va istirohat bogʻidagi “Dream Park” atraktsionlarida mazza qilib hordiq chiqarishdi.
Sarvar SOBIROV,
oʻz muxbirimiz.
👉
@postdarasmiy
Как побороть вечерний аппетит?

1. Чайную ложку меда запить теплой водой.
2. Выпить стакан кефира. Он не только утоляет голод, но и в целом полезен для организма и не наносит вреда фигуре.
3. Выпить стакан молока. Можно пить как теплое, так и холодное.
4. Выпить чашку черного чая.
5. Зубная паста перебивает аппетит. Почистите зубы вечером, двойная польза.
6. Выпить два стакана чистой воды.
👉 @postdarasmiy
«YASHIL CHIROQ» MUSOBAQASI

Sirdaryo viloyati IIB JXX YHXBtashabbusi bilan umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida «Yashil chiroq» musobaqasi boʻlib oʻtdi. Barcha tuman-shaharlarning jamoalari qatnashgan musobaqada ishtirokchilar safda yurish, velosiped haydash, birinchi tibbiy yordam koʻrsatish kabi shartlar boʻyicha oʻzaro kuch sinashdilar.
Qizg‘in va murosasiz bahslarda gʻoliblik Guliston shahar 17-umumta’lim maktabining «Yo‘lchi yulduz» jamoasiga nasib etdi.
Oʻz muxbirimiz.
Sirdaryo viloyati.
ДИЛЛАРДА ВАТАН МАДҲИ

Яқинда Тошкент вилояти ИИББ томонидан оталиққа олинган ёшларнинг иқтидорларини намойиш этиш ва уларга муносиб имкониятлар яратиш мақсадида “Дилларда ватан мадҳи” шиори остида шеър ва қўшиқлар танлови ташкил этилди.
Республика Маънавият ва маърифат маркази Тошкент вилояти бошқармаси, Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси вилоят бўлими ҳамда яна бир қатор ташкилотлар ҳамкорлигида ўтказилган мазкур танловда 50 га яқин ёшлар иштирок этиб, ғолиб ва совриндорлар аниқланди.
Ўз мухбиримиз.
Davra suhbati davomida

Mirzo Ulugʻbek tumani “Alisherobod” mahallasida joylashgan Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasida tadbir tashkil etildi. Tuman IIOFMB HPB xotin-qizlar masalalari inspektorlari tomonidan tashkil etilgan tadbirda oilalar oʻrtasida huquqbuzarlik, zoʻravonlik, oilalarning ajrimga kelib qolishining oldini olishga qaratilgan davra suhbati boʻlib oʻtdi va mavzuga doir videorolik namoyish etildi.
Feruza JUMANAZAROVA,
podpolkovnik.
Toshkent shahri.

👉 @postdarasmiy
#Kun_hikmati

Kun koʻrish kerak emas, yashash kerak.

Маhmud Sa'diy

👉 @postdarasmiy
#Касб_фидойиси
Катта лейтенант Муҳиддинжон Ортиқбоев Боёвут тумани ИИБ ЖХХ ҲПБ профилактика инспектори вазифасида хизмат қилади. У ўтган йилда вилоятда энг яхши профилактика инспектори, деб топилган.
Тумандаги «Амир Темур» маҳалласида хизмат вазифасини ўтаётган ходим яқинда фоҳишахона сақлаш билан боғлиқ жиноятни фош этди. Жамиятда юриш-туриш қоидаларига зид равишда бетайин турмуш тарзини ёйиш, моддий манфаатдор бўлишни мақсад қилган уч нафар аёл эндиликда қонун олдида жавоб берадиган бўлишди.
Ўз мухбиримиз.
Сирдарё вилояти.
2024/10/04 07:37:17
Back to Top
HTML Embed Code: