Telegram Web Link
Davlatimiz rahbarining hududlarda kriminogen vaziyatni barqarorligini taʼminlash hamda huquqbuzarliklar profilaktikasiga qaratilgan topshiriqlarining ijrosi boʻyicha Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonov boshchiligidagi ishchi guruh Toshkent shahrida tungi xizmat faoliyatini nazorat tartibida oʻrgandi

▶️ Batafsil
———
Давлатимиз раҳбарининг ҳудудларда криминоген вазиятни барқарорлигини таъминлаш ҳамда ҳуқуқбузарликлар профилактикасига қаратилган топшириқларининг ижроси бўйича Ички ишлар вазири генерал-лейтенант Пўлат Бобожонов бошчилигидаги ишчи гуруҳ Тошкент шаҳрида тунги хизмат фаолиятини назорат тартибида ўрганди


▶️ Батафсил

Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV
JUMBOQ

Faol o'quvchimiz Otabek Abrorov yo'llagan savol.

Qaysi orolning aholisi uzoq umr ko‘rishi, sog‘lom va baquvvat ekanligi bilan ajralib turadi?

Ushbu savolimizga yo'llangan javoblarning birortasini to'g'ri deya olmaymiz.

To'g'ri javob: Italiyaning Sardiniya oroli

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
XODIMLAR BILAN MASHG'ULOTLAR

Viloyat IIB shaxsiy tarkibi ishtirokida jismoniy va jangovar tayyorgarlik mashg'ulotlari o'tkazildi. Unda malakali sport ustalari ishtirokida xodimlarning jismoniy chiniqishlariga doir qo'shimcha mashg'ulotlar olib borildi.
O'z muxbirimiz.
Buxoro viloyati.
Бу – қизиқ
100 МИНГДАН 25 ТАСИ ЖИНОЯТЧИ!

Словения – аҳолисига нисбатан маҳбуслари энг кам бўлган мамлакатдир. Унинг аҳолиси 2 млн. бўлган ҳолда, маҳбуслари сони бор йўғи 500 та. Бу – ҳар 100 минг словенияликдан 25 нафари қамоқда дегани.
Ҳаётнинг ёзилмаган қонунлари

Бошқаларни эмас, ўзингни ўзгартир. Ҳар кимнинг ўз тажрибаси, билими ва йўналиши бор. Сен бунда шунчаки ўрнак ёки ёрдамчи бўлишинг мумкин, холос. Ҳеч қачон атрофдагиларнинг тақдири устидан ҳукмрон бўлишга уринма.
Фақат орзу қилавермай, ҳаракатга кеч. Орзу амалиётга кўчгандагина рўёбга чиқиши мумкин. Буни зинҳор унутма!
Амалларни беминнат қил. Агар кимгадир яхшилик қилиш имконинг бўлса, буни ҳеч бир нафсиз амалга ошир. Беминнат қилинган савоб иш айланиб ўзингга қайтади.
Айни шу дамда яша. Хаёллар ва ўйлар бизни кўпинча ўтмиш ёки келажак сари олиб кетади. Шундай пайтларда баъзи инсонлар «бугун»ни ҳис этмай ўтказиб юборишади. Бу катта хато. Унутма, бугунги кун – ҳаётингда энг муҳими. Айни шу дамга тўйиб яша, унинг ҳар бир онидан баҳра ол ва унумли фойдалан.
Батафсил ўқинг👉
#fakt

Inson miyasi har kuni 70% vaqtni o‘y surish va behuda xavotirga sarflaydi.

❗️Agar kuningizni rejalashtirsangiz va eng muhim ishlarni birinchi planga chiqarib olsangiz ancha samarali o'tadi.
Amaliy mashgʻulotlar
IIV Akademiyasi “Tergov faoliyati” ixtisosligi boʻyicha taʼlim olayotgan 2-oʻquv kursi kursantlari bilan Toshkent shahar IIBB huzuridagi TB tergovchilari va Huquqni muhofaza qilish akademiyasi xodimlari ishtirokida oʻquv mashgʻulotlari boʻlib oʻtdi. Mashgʻulotlar davomida amaliyot xodimlari tomonidan Tergov boʻlimi boshligʻi, Prokuror lavozimidagi rolli oʻyinlar oʻtkazilib, kursantlar tomonidan prosessual harakatlarni olib borishda eʼtibor qaratishlari lozim boʻlgan holatlar yuzasidan tushunchalar berilishi taʼminlandi.
Oʻz muxbirimiz.
Toshkent shahri.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun "Postda-На посту" gazetasining tashkil topganiga 94 yil bo‘ldi.

👉 @postdarasmiy
Inson qadri uchun

Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Sherzod Shodiyev boshchiligida soha faxriylarining holidan xabar olindi.
Tizimda uzoq yillar samarali faoliyat olib borgan faxriylar bilan dildan qilingan suhbatlar asnosida, bayram sovg‘alari hamda Ichki ishlar vaziri maslahatchisi, general-polkovnik Zokirjon Almatov qalamiga mansub «Unutilmas xotiralarim» va IIV Birlashgan tahririyati tomonidan nashr etilgan «Faxriylar – faxrimiz» nomli kitoblari ulashildi.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
Ekologiya musaffoligi o‘z qo‘limizda

Samarqand viloyatida ham ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi YHXB xodimlari bilan birgalikda shaharning markaziy ko‘chalarida joylashgan barcha yo‘l-patrul punktlarida avtomobillar maxsus jihozlar yordamida tekshirilib, ulardan atmosferaga chiqayotgan zararli gazlar miqdorini o‘lchash ishlari olib borilmoqda.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
Zehningizni sinab ko‘ring

Uning hajmi yoki og‘irligi haqida aniq qoida yo‘q. Istasangiz, uni yog‘ochdan, istasangiz, plastikdan yasang. Xohlagancha zeb berishingiz ham mumkin. Ammo u oq rangda bo‘lishi yoki hech bo‘lmasa, tovlanib turishi kerak.
(Obunachilarimizga yordam tariqasida bu narsa Musiqa san’atida qo‘llaniladi)

Diqqat, savol: gap nima haqida ketyapti?

Ushbu savolning javobini to‘g‘ri topsangiz, bugun soat 17:00 da telegram kanalimiz orqali e’lon qilamiz.

Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin: https://www.tg-me.com/postda_muloqot

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
Қаҳрабо нима?

Қадим замонларда қаҳрабо сеҳрли кучга эга, деб ҳисобланган. Қадимги юнонлар ва римликлар қаҳрабони одамни жоду ва касалликлардан муҳофаза қилади, деб ишонганлар ва шу сабабдан тақиб юрганлар.
Қаҳрабога бундай сирли куч нисбат берилишининг сабаблари бор, у электр заряди ҳосил қилади. Агар қаҳрабо бўлаги изчил ишқаланса, электр заряди ҳосил бўлади ва бу қаҳрабонинг енгил нарсалар, масалан, қоғоз парчасини тортиб олишига имкон беради.
Юнонлар қаҳрабони «электрон» деб аташган ва «электр» сўзи ҳам шундан келиб чиққан.
Қаҳрабо сариқ рангли, мўрт, ялтироқ моддадир. Мармар ёки ойнадай қаттиқ бўлмаса-да, ундан мунчоқ ёки майда зеб-зийнат ясаш хийла қийин.
Олис ўтган замонларда қарағайлардан аллақандай елимшак модда ажралиб чиққан. Аста-секин ер юзида у жуда кўп йиғилган, ер юзи ўзгариши билан бу модда ер ёки сув тагида қолиб кетган. Миллионлаб йил ўтиши билан у қотиб қолган ёхуд қаттиқлашган ва ҳозир биз учратадиган қаҳрабога айланган.
👉 @postdarasmiy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏆🏆🏆

Tahririyatimiz yutuqlari‌‌
***
Достижения нашей редакции‌‌

👉 @postdarasmiy
2024/10/02 14:19:44
Back to Top
HTML Embed Code: