Telegram Web Link
Кемадаги қул

Бир куни подшоҳ денгиз саёҳатига чиқди. Унинг ҳали денгизга чиқиб кўрмаган ва йўл азобини тортмаган бир қули ҳам бор эди. Кема сувга туширилиб, тўлқинлар ичра ҳаракатлана бошлаганида, қулни ваҳима ва қўрқув қамраб олди. Ўз-ўзидан қалтираб, йиғлай бошлади. Атрофдагилар уни тинчлантиришга қанча уринишмасин, қулнинг ваҳимаси сира ҳам босилмади. Буни кўрган подшоҳнинг ҳам кайфияти анча бузилди. Лекин, чораси топилмасди. Кемада бир доно қария бор эди. Шунда у шоҳга қараб:
–Султоним амр этсалар, шу қулни ўзим тинчлантирсам… – деди.
–Бизга катта яхшилик қилган бўлардингиз, – деди подшоҳ.
Қария дарҳол: “Белига арқон боғлаб, денгизга улоқтиринг”, – дея кемадагиларга амр қилди.
Batafsil o'qing 👉

👉 @postdarasmiy
Донолар сўзи

Инсонга бир марта бериладиган ҳаётда у умридан, ўтган кунидан қониқиб яшаши керак. Виждонига хилоф иш қилмай яшаса – бундан улуғ бахт йўқ. Ҳар бир айтган сўзинг, ишинг ўзингнинг хоҳишингга мувофиқ бўлса – энг катта бахт шу. Аксинча, инсоннинг ўз ички интилишлари, қалби, эътиқоди, сўзи билан иши ўртасида зиддият пайдо бўлса, виждони буюрганини қилолмаса, бу – инсон учун жуда катта бахтсизликдир.
✍️ Эркин Воҳидов

👉 @postdarasmiy
DAVLATMAND DADAM

Yoshi ulug‘, tabarruk insonlar ora­mizda bor ekan, biz baxtiyormiz. Chunki ularning pand-nasihatlari, suronli kunlarni xotirlab aytgan so‘zlari tinchlikni qadr­lash va shukr qilib yashashga undaydi. Ana shunday nuroniy keksalardan biri dadam – Ahmed bobo Muhsinovdir. U Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi hamda ichki ishlar organlarida samarali xizmat qilib, mayor unvonigacha bo‘lgan
ma­shaqqatli va sharafli yo‘lni bosib o‘tgan insondir.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
HUQUQIY SAVODXONLIK UCHUN
Uchtepa tumani 3-sektor hududidagi 295-sonli umumtaʼlim maktabida “Yosh huquqshunos” musobaqasi oʻtkazildi. Unda 1-oʻrin  “Aristokratlar”, 2-oʻrin “Adolat”, 3-oʻrin esa “Yosh huquqshunoslar” jamoasiga nasib etdi.
Gʻoliblar Uchtepa tumani IIOFMB tomonidan faxriy yorliq xamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Oʻz muxbirimiz.
Toshkent shahri.
#LIVE

Bugun IIV Madaniyat saroyida Ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida “Namunali oila” ko‘rik-tanlovning Respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
Vazirlikning tegishli tarkibiy tuzilmalari va hududiy boʻlinmalarida xizmat olib borayotgan xodimlarning oila a'zolari o‘rtasida "Sogʻlom oila-sog'lom jamiyat " gʻoyasini hayotga tadbiq etish, oilalar mustahkamligini ta‘minlash, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni saqlashda oilaning o‘rnini targ'ib qilish, shuningdek namunali oilaning hayotiy tajribasini ommalashtirish maqsad qilib olingan.
👉 @postdarasmiy
ҚИЛМИШИ ФОШ БЎЛДИ
Мамлакатимизда гиёҳвандлик воситалари ва психотроп моддаларнинг ноқонуний айланишига қарши курашиш мақсадида “Қорадори-2024” тезкор-профилактик тадбирининг биринчи босқичи давом этмоқда. Хоразм вилояти ИИБ Тезкор-қидирув хизмати ходимлари ҳам мазкур тадбир доирасида бир қатор жиноятларни фош этишяпти.
Урганч шаҳрининг Навбаҳор кўчасида фуқаро Б.С. гумон қилинучи сифатида тўхтатилиб, холислар иштирокида кўздан кечирилганида, чўнтагидан 4 та гугурт қутиси ва 1 та полиэтилен пакетга солинган марихуана гиёҳвандлик воситаси топилди. Шундан сўнг унинг хонадони тегишли тартибда тинтув қилинганида, марихуана гиёҳвандлик воситаси, заҳри қотилни истеъмол қилиш учун мослаштирилган идишлар ҳамда пневматик тўппонча борлиги аниқланди. Мазкур ҳолат юзасидан Б.С.га нисбатан жиноят иши қўзғатилиб, дастлабки тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда. Худойберган ЖАББОРОВ,
ўз мухбиримиз.
Хоразм вилояти.
JUMBOQ

Faol o'quvchimiz Otabek Abrorov yo'llagan savol.

Qaysi orolning aholisi uzoq umr ko‘rishi, sog‘lom va baquvvat ekanligi bilan ajralib turadi?

Ushbu savolning javobini to‘g‘ri topsangiz, bugun soat 17:00 da telegramm kanalimiz orqali e'lon qilamiz.

Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin:
https://www.tg-me.com/postda_muloqot

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
SURATLI LAVHALAR
Buxoro viloyati IIB TQX TQKB xodimlari Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Buxoro xalqaro aeroporti orqali Buxoro–Sankt-Peterburg yo‘nalishida ishlash va boshqa maqsadlarda uchib ketayotgan yo‘lovchilar bilan targ’ibot tadbiri o’tkazilmoqda. Bunda noto‘g‘ri talqin qilinayotgan islomiy tushunchalar, ekstremistik xurujlarning xususiyati, diniy-maʼrifiy sayt va ijtimoiy tarmoqlar, ijtimoiy tarmoq odoblari, tahdidlardan himoyalanish yo‘llari to‘g‘risida tushunchalar berildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tomonidan tayyorlangan bukletlar tarqatildi.
O‘z muxbirimiz.
Buxoro viloyati.
Aksiya doirasida

Toshkent shahar IIBB YHXB  xodimlari tomonidan poytaxtimizda "Eng namunali haydovchilar" va "Eng namunali piyoda" aksiyasi doirasida bir yil davomida hech qanday yo'l harakati qoidalarini  buzmagan namunali haydovchi va YHQ bo'yicha berilgan savollarga to'g'ri javob bergan piyodalarga esdalik uchun kitoblar sovg'a qilindi.
Sarvar SOBIROV,
o‘z muxbirimiz.
Toshkent shahri.
2024/10/02 16:29:19
Back to Top
HTML Embed Code: