Telegram Web Link
“9-may — Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Ichki ishlar vazirligi rahbariyati va shaxsiy tarkibi Xotira maydonida Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qoʻyish ramziy marosimida ishtirok etdilar
———
«9 май — Хотира ва қадрлаш куни» муносабати билан Ички ишлар вазирлиги раҳбарияти ва шахсий таркиби Хотира майдонида Мотамсаро она ҳайкали пойига гулчамбар қўйиш рамзий маросимида иштирок этдилар
———
По случаю "9 мая-Дня памяти и почестей" руководство и личный состав Министерства внутренних дел приняли участие в символической церемонии возложения венка к подножию памятника Скорбящей матери на Площади Памяти


Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV
“МОТАМСАРО ОНА” ПОЙИГА ГУЛЛАР ҚЎЙИЛДИ
Хоразм вилояти ИИБ раҳбарияти ва ходимлари 9 май - Хотира ва қадрлаш куни ҳамда фашизм устидан қозонилган ғалабанинг 79 йиллиги муносабати билан Урганч шаҳридаги Хотира майдонидаги “Мотамсаро Она” ҳайкали пойига гуллар қўйишди. Ўтганлар хотирасини ёдга олиш борасидаги бу каби тадбирлар вилоятнинг барча шаҳар ва туманларида бўлиб ўтди. Худойберган ЖАББОРОВ, ўз мухбиримиз.
Хоразм вилояти.
Savobli ish yoʻlida
9-may-Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Olmazor tumani IIOFMB rahbariyati tomonidan otaliqqa olingan marhum katta serjant Faxriddin Tirkashev va starshina Botir Rizayevning xonadoniga borilib, ularning oila-aʼzolari holidan xabar olindi.
Oʻz muxbirimiz.
Toshkent shahri.
MUHIM SANA NISHONLANDI
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Namangan viloyatida tantanali tadbir tashkil etildi. Unda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati ham ishtirok etib, Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo‘yildi.
O‘z muxbirimiz,
Namangan viloyati.
FAXRIYLAR HOLIDAN XABAR OLINDI
Vobkent tumani IIB rahbariyati 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan viloyat IIO tizimida uzoq yillar davomida xizmat qilgan faxriylar holidan xabar olishdi. Soha faxriylari ko‘rsatilgan eʼtibor va g‘amxo‘rlik uchun cheksiz minnatdorlik bildirishdi.
Bu kabi ezgu amallar viloyatimiz bo‘ylab davom ettirilmoqda.
N.RAVSHANOV,
kapitan.
Buxoro viloyati.
PROFILAKTIKA INSPEKTORLARI TEST SINOVLARINI TOPSHIRDI

2024–2025-o‘quv yili uchun hududlarda profilaktika inspektorlarini Jamoat xavfsizligi universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda yurisprudensiya sohasida bakalavriat taʼlim yo‘nalishi mavjud bo‘lgan boshqa davlat oliy taʼlim muassasalari sirtqi taʼlim shakliga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanoma beriladigan xodimlarni aniqlash maqsadida Buxoro shahridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan Buxoro va Navoiy Ichki ishlar boshqarmalarida xizmat olib borayotgan profilaktika inspektorlari maxsus test sinovlaridan o‘tkazildi.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
Ehtirom koʻrsatildi
 
Bayram munosabati bilan Toshkent shahar IIBB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati hamda Mirzo Ulugʻbek tumani IIOFMB rahbariyati va shaxsiy tarkibi urush faxriysi-ichki ishlar organlari sobiq xodimi marhum polkovnik Dadash Inamjonovning yashash xonadoniga tashrif buyurilib, uning turmush oʻrtogʻi Valentina Inamjonovaning holidan xabar olindi. Unga ehtirom koʻrsatilib, sovgʻalar hamda oziq-ovqat mahsulotlari berildi, xonadonida obodonlashtirish ishlari olib borildi.
Oʻz muxbirimiz
Toshkent shahri.

👉 @postdarasmiy
#JUMBOQ

Birinchi jahon urushi davrida britaniyaliklar o‘z kemalarini oq-qora chiziqlar bilan bo‘yab olishgan. Bu ham ittifoqchilarga uzoqdan kemaning qaysi mamlakatga tegishli ekanini anglatsa, ham dushmanlarga xalal berish maqsadini ko‘zda tutar edi.

Diqqat, savol: kemaning bunday bo‘yalishi ochiq dengizda dushmanga qanday xalal berishi mumkin?

Ushbu savolning javobini to‘g‘ri topsangiz, bugun soat 17:00 da telegram kanalimiz orqali e’lon qilamiz.

Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin: https://www.tg-me.com/postda_muloqot

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
2024/10/02 20:39:37
Back to Top
HTML Embed Code: