Telegram Web Link
Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonov ishtirokida Buxoro viloyatida jamoat xavfsizligini hamda kriminogen vaziyatning barqarorligini taʼminlash masalalariga oid tezkor yigʻilish oʻtkazildi

▶️ Batafsil
———
Ички ишлар вазири генерал-лейтенант Пўлат Бобожонов иштирокида Бухоро вилоятида жамоат хавфсизлигини ҳамда криминоген вазиятнинг барқарорлигини таъминлаш масалаларига оид тезкор йиғилиш ўтказилди

▶️ Батафсил

Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV
#Касб_фидойиси
ХОДИМЛАРНИНГ ЯҚИН СИРДОШИ
Катта лейтенант Шавқиддин Шерматов Сирдарё вилояти ИИБ ММИ ва КТХ психологик таъминлаш гуруҳи катта инспектори лавозимида хизмат қилади. Ўз ишига масъулиятли, интилувчан ходимлардан.
У вилоят ички ишлар органлари ходимлари ўртасида психологик тренинглар ўтказиб, яқин сирдош, беминнат кўмакдош сифатида ҳурмат қозонган. Сабаби Шавқиддин Шерматов ностандарт вазиятда чуқур руҳий тушкунлик ҳолатига тушиб қолган ходимларни вазиятдан муваффақиятли олиб чиқиб кета олиш қобилиятига эга.
Ўз мухбиримиз.
Сирдарё вилояти.
Ҳамкор ташкилотлар билан биргаликда

Оилалардаги маънавий муҳитни соғломлаштириш, хотин-қизлар ўртасида ҳуқуқбузарликларнинг барвақт олдини олиш ҳамда зўравонликка қарши курашиш мақсадида Шаҳрисабз туманида “Эзгулик – шиоримиз, маърифат – қуролимиз" шиори остида тадбир ўтказилди.
Шаҳрисабз тумани ИИБ ва ҳамкор ташкилотлар билан биргаликда уюштирилган тадбирда Ҳунармандлар маркази кўмагида пробация гуруҳи назоратидаги хотин-қизлар учун “Ишга марҳамат” меҳнат ярмаркаси ташкил этилди. Якунда эса “Соғлом ҳаёт тарафдоримиз” шиори остида спорт беллашувлари уюштирилди.
Моҳигул КЕНЖАЕВА,
подполковник.
Қашқадарё вилояти.
Inson qadri uchun

G‘allaorol tumanining «Samarqand» mahallasida yashovchi Abdunabi Xolbo‘tayev ichki ishlar organiga uyini ta’mirlashda yordam so‘rab murojaat qildi. Ushbu murojaat asosida 8 million so‘mlik yordam ko‘rsatildi. Yana ham aniqrog‘i, 3-sektor ishchi guruhi ko‘magida fuqaro 25 dona strapila, 500 metr reyka hamda 40 dona shifer bilan ta’minlandi.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
Yoshlarga koʻmak boʻlish yoʻlida

Yunusobod tumani 3-sektor rahbari ishtirok etgan sektor shtabida uyushtirilgan uchrashuvda 120 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etdi. Ular oʻzlarining turli muammolari, masalalari yechimi borasida savollar bilan murojaat etishdi. Ulardan 50 nafarining muammolari tinglanib, aksariyati ijobiy hal etildi.
Bundan tashqari, 4 nafar yoshlarning kontrakt toʻlovlarini toʻlab berish boʻyicha sertifikatlar taqdim etildi hamda bu borada faollik koʻrsatib kelayotgan 3 nafar yoshlar yetakchilariga sektor rahbarining minnatdorchilik faxriy yorliqlari topshirildi.
Oʻz muxbirimiz.
Toshkent shahri.
#JUMBOQ

Birinchi jahon urushi davrida britaniyaliklar o‘z kemalarini oq-qora chiziqlar bilan bo‘yab olishgan. Bu ham ittifoqchilarga uzoqdan kemaning qaysi mamlakatga tegishli ekanini anglatsa, ham dushmanlarga xalal berish maqsadini ko‘zda tutar edi.

Diqqat, savol: kemaning bunday bo‘yalishi ochiq dengizda dushmanga qanday xalal berishi mumkin?

Ushbu savolning javobini Saydamatov Oybek, Shamsiyev O. to‘g‘ri topdi. Ofarin! Bilimdonlarga omad yor bo'lsin!

Diqqat, to‘g‘ri javob!
Ochiq dengizda inson ko‘zi sezuvchanlikni yo‘qotadi. Kemaning oq-qora tarzda bo‘yalishi dushmanga kema qaerga suzayotgani va uning tezligi qancha ekanini aniqlashda qiyinchilik tug‘dirar edi. Hali hamma narsani o‘ta aniqlikda hisoblovchi komp'yuter texnikalari yo‘q davrda esa bunday usul bilan dushmanni chalg‘itish juda oson bo‘lgan

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
2024/10/02 22:23:17
Back to Top
HTML Embed Code: