Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ЖАМИЯТНИНГ ФАОЛ АЪЗОСИ

ИИВ Қоровул қўшинларига қарашли Наманган вилоятида жойлашган 7552-ҳарбий қисм 2-ўқчи взвод масъул ижрочиси, кичик сержант Гўзал Холтўраева она Ватанимиз осойишталиги йўлида фидойилик билан хизмат қилиб келаётган соҳамиз маликаларидан биридир.
Бу ҳақда мазкур видеолавҳани томоша қилиб, унинг ҳақиқатан ҳам жамиятимизнинг фаол аъзоси эканлигига яна бир бор амин бўласиз!
Ўз мухбиримиз.
BUXORODA QOVUN SAYLI

Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan Ark qoʻrgʻonida anʼanaviy “Qovun sayli” oʻtkazildi.
Tohir ISTATOV fotolavhalari.
Topqirligingizni sinab ko‘ring

Bugungi savolimizga birorta o‘quvchimiz to‘g‘ri javob topa olmadi.

Javob: barcha so‘zlar "t" harfi bilan tugaydi.

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
Ҳаёт ҳикмати

* Сенга нисбатан қилган ишлари сабабли ҳеч кимдан ғазабланма. Аксинча, хиёнат қилганларга ташаккур эт, садоқатни ўргатганлари учун...
* Ёлғончилардан миннатдор бўл, тўғриликни ажрата олишни ўргатганлари учун...
* Сени бахтсиз қилганларнинг ҳақларига дуо қил, сенга бахтиёрликни кўпроқ ҳис эттирганлари учун...
* Ҳар кимни сев, ҳаётингга бир маъно бахш этгани учун...
* Ҳаёт шу сабаб яна ҳам гўзал, қоралар оқни ажратиб бергани учун...
Bilasizmi?
Insonning ter suyuqligi aslida hidsiz. Terlaganda keladigan hid esa terida yashovchi bakteriyalar tufayli paydo bo'ladi.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Иш ҳақи, пенсиялар ва нафақалар миқдорини ошириш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О повышении размеров заработной платы, пенсий и пособий"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Namangan viloyatida “Dolzarb yetmish kun” tadbiri doirasida amaliy ishlar olib borilmoqda
———
Наманган вилоятида «Долзарб етмиш кун» тадбири доирасида амалий ишлар олиб борилмоқда

👉 @postdarasmiy
XALQ ISHONCHIDA AKS TOPIB

Olis Qo‘shrabot tumanidagi 2600 nafardan ziyod aholi yashaydigan «Do‘stlik» mahallasida profilaktika katta inspektori, kapitan Muhammad Ergashev 4 yildan buyon xizmat qilib keladi. Uning ish kuni bo‘limda o‘tadigan rejalashtirish yig‘ilishidan boshlanadi. Rahbariyatdan ko‘rsatma olgach, o‘ziga biriktirilgan hududga yo‘l oladi.
Uzoq masofa, tarqoq joylashuv ba’zan manzilga tezda yetib borishga biroz to‘sqinlik qilishi mumkin. Ammo o‘z xizmat vazifalarini sidqidildan bajarishni odat qilgan Muhammad uchun bu bahona bo‘la olmaydi.
Batafsil o'qing 👉

👉 @postdarasmiy
#Jumboq

Savol: Ma’lumki urushlar hech qaysi bir davlat yoki mamalakatga yaxshilik olib kelmagan. Umuman insoniyat uchun katta zarar. Ammo XX asrda Yevropadagi bir davlatda bo’lib o’tgan urush Yevropadagi boshqa bir davlatga quvonchli damlarni hadya etgan. Bu urush tarixga qanday nom bilan kirgan? Futbol bilan bog’lansa to’g’ri javobni topishga ancha yaqinlashasiz…

Ushbu savolning javobini to‘g‘ri topsangiz, bugun soat 17:00 da telegram kanalimiz orqali e’lon qilamiz.

Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin: https://www.tg-me.com/postda_muloqot

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
"Sog‘lom hayot" profilaktik tadbiri

Xorazm viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi, viloyat Adliya boshqarmasi hamda Urganch shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi masʼul xodimlari tomonidan o‘zaro hamkorlikda "Sog‘lom hayot" profilaktik tadbiri doirasida turmush qurish arafasidagi va nikohdan o‘tuvchi yoshlar o‘rtasida majburiy tibbiy ko‘rikning afzalliklari to‘g‘risida davra suhbati o‘tkazildi.

@postdarasmiy
2024/10/07 22:26:45
Back to Top
HTML Embed Code: