Telegram Web Link
YTHlarning oldini olish muhim

To‘rtko‘l tumani hokimligi katta majlislar zalida bo‘lib o‘tgan yig‘ilish yo‘l transport hodisalarining oldini olish masalalariga bag‘ishlandi. Yig‘ilishni tuman hokimi o‘rinbosari U.Allabergenov olib bordi
.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirligi jamoat xavfsizlik xizmati yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l patrul xizmati faoliyatini tashkil etish bo‘limi katta inspektori Ikrom Yuldashev so‘zga chiqib, mavzu yuzasidan nutq so‘zladi. Tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari J.Mambetov ham ishtirok qilib, mavzu yuzasidan berilgan savollarga javob qaytardi.

Yig‘ilishda mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, mahalla faollari, soha vakillari qatnashdilar.

@postdarasmiy
Бир шингил кулги

КАЛРАНГ


Бир куни набирам расмимни чизиб мақтаниб қолди. Қойил қолдим.
– Худди ўзимни чизибсан-ку! Нега сочимни жигаррангга бўядинг? – сўрадим ундан.
Шунда набирам қаламларига қараб туриб:
– Менда “кал” ранг йўқ-да, бобожон, – деса бўладими?!
Унинг топқирлигига яна бир карра қойил қолиб, кулиб юбордим...
Мирзо АҲАД.
👉 @postdarasmiy
AMALIY MASHGʻULOT

Gulistonda profilaktika inspektorlari ishtirokida
oʻquv-seminar mashgʻuloti oʻtkazildi.
Unda inspektorlarning sudlangan va profilaktik hisobda turgan shaxslar bilan ishlash, ma'muriy amaliyot, raqamli texnologiyalardan foydalanish, ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha ma'lumotlar berildi.

Oʻz muxbirimiz,
Sirdaryo viloyati
MUNOSIBLAR TAQDIRLANDI

IIV tomonidan doimiy o'tkazilib kelinayotgan “Eng yaxshi faxriy xodim” ko'rik tanlovining Toshkent viloyati bosqichi bo'lib o'tdi.
Unga ko'ra, belgilangan shartlar bo’yicha o'zining keng dunyoqarashi va tashabbuskorligi bilan boshqalardan ajralib turgan Bo'ka tumani IIB faxriysi, iste'fodagi podpolkovnik Abdurasul Akmalov yaqqol peshqadamlikka erishdi. Raqibidan biroz ortda qolgan viloyat IIBB faxriylari, iste'fodagi polkovniklar Malik Qosimov va Abduqodir Raximjonovlarga 2- va 3-o'rinlar nasib etdi.
Yuqori saviyada tashkil etilgan mazkur tanlov yakunida g'oliblar diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
O'z muxbirimiz.
👉 @postdarasmiy
#Jumboq

Savol: Ma’lumki urushlar hech qaysi bir davlat yoki mamalakatga yaxshilik olib kelmagan. Umuman insoniyat uchun katta zarar. Ammo XX asrda Yevropadagi bir davlatda bo’lib o’tgan urush Yevropadagi boshqa bir davlatga quvonchli damlarni hadya etgan. Bu urush tarixga qanday nom bilan kirgan? Futbol bilan bog’lansa to’g’ri javobni topishga ancha yaqinlashasiz…

Ushbu savolning javobini Rahimov Shohjahon to‘g‘ri topdi. Ofarin!Nodir, Abduqodir Zokirov, Qurbonov Ulug‘bek kabi o'quvchilarimiz ham to‘g‘ri javob yo'llashdi. Bilimdonlarga omad yor bo'lsin!

Javob: Daniya – Yugoslaviya. Daniya 1992-yil Futbol bo’yicha Yevropa сhempioni bo’lgan.

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
Ishchi guruh Namanganda

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, general-mayor Bekmurod Abdullayev boshchiligidagi ishchi guruh Namangan viloyatida amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘z ishini boshladi.
Ishchi guruh vakillari tomonidan dastlab Namangan viloyati IIB JXX YHXB xodimlari ishtirokida tonggi yo'riqnoma o'tkazildi. Unda inspektorlarga xizmat davomida vakolatdan chetga chiqmaslik, sohaga doir qonun, qaror va farmonlarni doimiy o'zlashtirib borish, o'z ustida tinimsiz ishlash, fuqarolar bilan muloqotda qonun doirasida ish olib borish bo'yicha ogohlantirishlar berildi.
Shundan so'ng saf ko'rigi o'tkazildi. Unda xizmat avtomashinasining sozligi, xizmat formasi kiyish tartibi va ozodaligi, xizmat guvohnomasi hamda boshqa tegishli hujjatlari tekshirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi.
O’z muxbirimiz,
Namangan viloyati.

👉 @postdarasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Voyaga yetmagan farzandlaringizga avtomobil boshqaruvini bermang!!!

👉 @postdarasmiy
#Bilasizmi

Fransuzlar yer yuzida eng tez gapiradigan xalq hisoblanadi - daqiqada 350 so'z. Yaponlar 310 so'zni, inglizlar atigi 210 ta so'zni talaffuz qiladilar.

👉 @postdarasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Хавфсиз ҳудуд" профилактик тадбири доирасида фуқаролар осойишталигини таъминлаш мақсадида тунги рейдлар ўтказилмоқда

Видеода: Тошкент вилояти

👉
@postdarasmiy
BOLALAR NIMALARNI UNUTMAYDI?

Bolangizga vada berib bajarmasangiz unutmaydi!

Birovlarni oldida bolangizni ustidan kulsangiz unutmaydi!

Bolangizni ursangiz unutmaydi!

Kimgadir yolg‘on gapirsangiz va buni yolg‘on ekanligini bola bilsa, u unutmaydi!

Ota-ona urishsa bola unutmaydi.

Ota-onani axloqsiz ishlarini bola ko’rsa, unutmaydi.

Yuqoridagi holatlar nimaga olib keladi? Eng og‘ir holatda bolada destruktiv axloq yuzaga keladi. Eng oddiy holatda esa bolaning o‘smirlik davri juda og‘ir o‘tadi.

“Ha… bu yosh bolaku nimani ham tushinardi” desangiz adashasiz chunki bolaning kelajakdagi individual psixologik xususiyatlari aynan ilk bolalik davridagi (3 yoshgacha) ko‘rgan, eshitgan va orttirgan tajribalariga bog‘liq.

Bola qanchalik eʼzozlansa, mehr berilsa, aldanmasa, jismoniy va hissiy jarohatlar olmasa, u kelajakda xalqimiz aytganidek “ota-onasiga rahmat olib keladigan farzand” bo‘ladi.

👉 @postdarasmiy
ESHITMOQ – KISHINI BOYITADI

Kamtar odamlar ko‘p gapirishdan qochadilar; ular ko‘p eshitmoqni istaydilar va yoqtiradilar. Eshitmoq – kishini boyitadi; gapirmoq – sayozlatadi. Ko‘p gapirgan – ko‘p yanglishadi. Ko‘p yegan – ko‘p yiqiladi. Tan kasalining asosi – ko‘p yemak, qalb kasalining sababi – ko‘p demak. Ko‘p demak – so‘zga mag‘rurlik, ko‘p yemoq – nafsga bandalik. Odam uchun bu sifatlar keraksiz va barchasi xudparastlikka oiddir.

✍️ Alisher Navoiy,
"Mahbub ul-qulub"

👉 @postdarasmiy
Yoshlar bilan uchrashuv

Uchqo‘rg‘on tumanidagi Ulug‘bek nomli mahallada 3-sektor rahbari tuman IIB boshlig‘i, podpolkovnik Otabek Jabborov yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida yoshlarning fikr-mulohazalari, takliflari tinglandi hamda birgalikda muammoni yechish va maʼlum natijalarga erishish uchun chora-tadbirlar belgilandi.
Sektor rahbari mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilgan imtiyozlar, isteʼdod egalarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi amaliy ishlar yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi.
O‘z muxbirimiz,
Namangan viloyati.

👉 @postdarasmiy
2024/10/08 00:30:14
Back to Top
HTML Embed Code: