Telegram Web Link
ОҚСОҚОЛНИНГ ИБРАТЛИ ИШЛАРИ

Истеъфодаги подполковник Санъат Мадраҳимов икки ярим йилдирки Урганч шаҳридаги Ал-Хоразмий номли маҳаллага раҳбарлик қилмоқда. Мазкур ҳудудда 3 минг 400 нафардан зиёд аҳоли истиқомат қилади. Улар 917 та оилага жипслашган ҳолда тинч ва осойишта ҳаёт кечиришяпти. Ҳудудда аҳолини ижтимоий-ҳуқуқий ҳимоя қилиш, иш билан таъминлаш, ўқитиш ва касб-ҳунарга йўналтириш, тадбиркорликка жалб этиш каби муҳим масалалар тегишли ташкилотлар билан ҳамкорликда ижобий ҳал этилмоқда.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
DUNYO KEZAVER, O‘ZBEGIM!

Safdor Murodjon Bozorov bir necha yildan buyon Sirdaryo tumani IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limida xizmat qiladi. Bu yerga kuniga o‘nlab fuqarolar tashrif buyuradi. Ular shunchaki hujjat almashtirish tashvishi bilan kelsa-da, orzu-umidlari, hayoti, turmush tarzi o‘zgarayotganini his qilish qiyin emas.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
Keyingi marra oltin, – deydi olimpiadaning bronza medali sohibi, safdor Muzaffar To‘raboyev

Toshkent viloyati IIBB Tezkor vazifalarni bajaruvchi safar­barlik otryadi xodimi, safdor M. To‘raboyev «Parij – 2024» yozgi olimpiada o‘yinlarida ham dzyudo bo‘yicha -100 kg vazn toifasida bronza medalini qo‘lga kiritib, o‘zbek nomini yana bir bor jahonga ko‘z-ko‘z etdi.
Alpomish avlodidan bo‘lgan asli boysunlik kurashchi Muzaffarbek To‘raboyevning ketma-ket erisha­yotgan muvaffaqiyatlarini ko‘rib, otasi – milliy kurash bo‘yicha O‘zbekiston va jahon chempioni, xalqaro toifadagi sport ustasi, «El-yurt hurmati» ordeni sohibi Toshtemir Muhammadiyevning qalbi g‘urur va iftixorga to‘lgani shaksiz.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
#Jumboq

Savol: Qaysi mamlakatda tovuq go'shti eng ko'p iste'mol qilinadi?

Ushbu savolning javobini to‘g‘ri topsangiz, bugun soat 17:00 da telegram kanalimiz orqali e’lon qilamiz.

Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin: https://www.tg-me.com/postda_muloqot

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
#Tarixiy_kadr

Toj Mahalning eng qadimgi surati. 1850-yillar.

@postdarasmiy
Сайёр қабулда

Пахтакор туманининг “Нурли Пангат” маҳалласида туман ИИБ бошлиғи, подполковник Ёқубжон Акабоев сайёр қабул ўтказди. Мазкур жараёнда 3-сектор раҳбари фуқаролар томонидан кўтарилган муаммо ва масалаларни ҳал қилиш юзасидан масъулларга топшириқлар берди.
Алижон АБДУСАТТОРОВ,
ўз мухбиримиз.
Жиззах вилояти.
Psixologik testlar olinmoqda

Ichki ishlar vazirligining tegishli buyrug‘i ijrosini taʼminlash hamda xodimlarni ruhiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida Namangan viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati psixologlari tomonidan soha xizmatlari hamda hududiy bo‘limlarda xizmat olib borayotgan xodimlardan psixologik testlar olindi.
Jumladan, Namangan shahar va Davlatobod tumani IIB shaxsiy tarkibi bilan ijtimoiy-psixologik qonuniyatlarga tayangan holda xizmat jamoalarida sog‘lom maʼnaviy-ruhiy muhitni yaxshilash va boshqa salbiy ruhiy holatlarning oldini olishga qaratilgan psixologik suhbatlar o‘tkazilib, olingan test natijalari bo‘yicha tavsiyalar berildi.
O‘z muxbirimiz,
Namangan viloyati.

👉 @postdarasmiy
ОПЫТ, НАКОПЛЕННЫЙ ГОДАМИ

Совершая противоправное деяние, злоумышленник не может не оставить «зацепок». Это прекрасно понимают эксперты-криминалисты. На месте совершения преступления они фокусируются на их поиске. Любая улика, ведущая к возможному преступнику, необычайно ценна.
– Наша профессия уникальна. Чтобы быть успешным в ней, необходимо обладать глубокими знаниями в самых различных отраслях науки, – говорит подполковник Дилшод Парпиев, за плечами которого 24 года службы в экспертно-криминалистическом подразделении ГУВД столичной области.
Далее 👉
👉 @postdarasmiy
ОЙЛИК ДОИРАСИДАГИ ПРЕСС-ТУР

Айни кунларда ўтказилаётган “Пробация ойлиги” доирасидаги “Ҳамкор” тадбири бўйича вилоят ИИБ Ахборот хизмати томонидан “Пресс-тур” ташкил этилди. Унда вилоятда амалга оширилаётган манзилли ишлар тўғрисида ОАВ вакиллари, мустақил журналист ва блогерлар орқали кенг жамоатчиликка маълумотлар берилди. Шу куни вилоят ИИБ ЖХХ Пробация бўлимининг жойлардаги бўлинма гуруҳларида хизмат қилаётган 12 нафар ходимга электроскутерлар топширилди.
Шунингдек, иштирокчилар бўлим бошлиғининг хизмат хонасидаги кузатув камералари ва иш жараёнлари билан танишишди.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
#Jumboq

Savol: Qaysi mamlakatda tovuq go'shti eng ko'p iste'mol qilinadi?

Ushbu savolning javobini Xasan aka to‘g‘ri topdi. Ofarin! Muradova Zarnigor, Qurbonov Ulug‘bek, S.B.Bahramovna, Muxriddin Rasulberdiyevlar to‘g‘ri javob yo'llashgan. Bilimdonlarga omad tilab qolamiz.

Javobi: AQSH.

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
Oʻzaro hamkorlik samarasi

Chilonzor tumani IIOFMB HPB yoshlar masalalari boʻyicha katta inspektori, leytenant G. Abdukarimova “Diyor” MFYda xotin-qizlar faoli bilan hamkorlikda xulq-atvori ogʻir xotin-qizlar bilan olib borilayotgan ishlar yuzasidan suhbat olib bordi. Kelgusida mahallada krimenogen vaziyat yuzaga kelmasligi uchun olib borilayotgan chora-tadbirlar yanada kuchaytirilishi dolzarb masala ekanligi muhokama qilindi.
Oʻz muxbirimiz.
Toshkent shahri.

👉 @postdarasmiy
Вокзалда қолган сумка...

1975 йилда туғилган фуқаро Гулнора Сафарова “Самарқанд” темир йўл вокзалида қўл сумкасини унутиб қолдиради. Ўзи эса “Афросиёб” тезюрар поездида Тошкент шаҳрига йўл олади.
Самарқанд вилояти Транспортда хавфсизликни таъминлаш бошқармаси ЖХХ ҲПГ инспектори, подполковник Ж.Бурхонов ва ППХ гуруҳ командири, катта сержант А.Хўжаев ичида 5 574 АҚШ доллари ва 3 милллион 195 минг сўм пули, бир қанча тилла буюмлари бўлган сумкани аёлга топширди.
Азамат АХМАТОВ,
капитан.

👉 @postdarasmiy
SALBIY HOLATLARNING OLDI OLINMOQDA

IIV Moliya va moddiy texnika ta’minoti departamentiga qarashli Harbiy tuzilmalarning faoliyatini ta’minlash bazasi bir qator hamkor tashkilotlar ishtirokida profilaktik tadbir o’tkazdi.
Osoyishtalik posbonlari o’rtasida ko‘ngilsiz holatlarning oldini olish maqsadida tashkil etilgan ushbu tadbirda so'zga chiqqanlar harbiy intizomni mustahkamlash, qonunbuzarliklarga qarshi murosasiz kurashish, harbiy mulkni asrab-avaylash, zimmasiga yuklatilgan vazifalarga vijdonan yondashish hamda jangovar xizmatni olib borishda hushyorlik va sergaklikni yanada oshirish lozimligini ta'kidlashdi.
Shuningdek, ona Vatanga mehr-muhabbat va sadoqat ruhida o'tgan yig'ilish so'nggida harbiy xizmatchilarga bu borada videoroliklar ham namoish etilib, ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarildi.
Xursanbek USMONOV,
III-darajali serjant.
#qiziq_fakt

Bilasizmi agar siz tishlaringizni faqat ertalab yuvsangiz, bu alohida ta'sir ko'rsatmaydi. Ularni sog'lom saqlash uchun siz kechqurun tishlaringizni yuvishingiz kerak boʻladi.


@postdarasmiy
2024/10/07 12:36:13
Back to Top
HTML Embed Code: