Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Retro
Rejissyor Jahongir Ahmedovning "Uylanish" filmidan. 2009-yil.
MASLAHAT ZARDAN QIMMAT

Kengash ikki turli bo‘lur: biri – til uchida aytilgani, ikkinchisi – yurakdan chiqqani. Til uchida aytilganini (shunchaki) eshitardim. Yurakdan aytilgan maslahatni esa, qalbim qulog‘iga quyardim va dilimga joylardim.
✍️ Amir Temur

👉 @postdarasmiy
Yo'l harakati intizomi bolalikdan boshlanadi

Namangan viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan viloyat IIB tasarrufidagi “Moychechak” MTT tarbiyalanuvchilari bilan targ'ibot uchrashuvi o'tkazildi.
Uchrashuv davomida bolajonlarga yo'llarda harakatlanish tartib-qoidalari, piyoda va haydovchilarning yo'ldagi majburiyatlari to'g'risida ma'lumotlar berildi.
Ushbu ma'lumotlarni bolajonlar oson o'zlashtirishlari uchun turli o'yinlar hamda sahna ko'rinishlari yordamida qoidalar qaytadan tushuntirildi.
Joylarda targ'ibot tadbirlari davom etmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonov boshchiligidagi vazirlik delegatsiyasi Minsk shahrida boʻlib oʻtgan MDHga aʼzo davlatlar ichki ishlar vazirlari Kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi

▶️ Batafsil
———
Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазири генерал-лейтенант Пўлат Бобожонов бошчилигидаги вазирлик делегацияси Минск шаҳрида бўлиб ўтган МДҲга аъзо давлатлар ички ишлар вазирлари Кенгашининг навбатдаги мажлисида иштирок этди

▶️
Батафсил
———
Делегация Министерства внутренних дел Республики Узбекистан во главе с министром генерал-лейтенантом Пулатом Бобожоновым приняла участие в очередном заседании Совета министров внутренних дел государств-участников СНГ, в г.Минске

▶️
Подробно

Телеграм канал
Билган хато қилмайди

Жиззах вилояти ички ишлар органлари ходимлари томонидан ҳамкор ташкилотлар билан биргаликда “Хавфсиз ҳудуд” ва мулкий жиноятлар профилактикаси ойлиги” доирасида омма орасида тарғибот кучайтирилди. Бу жараёнда мулкларни асраш, фирибгарлик ва кибержиноятлардан ҳимояланиш юзасидан тушунчалар берилаётир. Айни мақсадларда ижтимоий тармоқ имкониятларидан кенг фойдаланиляпти.
Алижон АБДУСАТТОРОВ,
ўз мухбиримиз.
Жиззах вилояти.
VELOPOYGADA IIB XODIMLARI

Namangan viloyati IIBning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari xodimlari o‘rtasida velomarafon sport musobaqasi o‘tkazildi.
Xodimlarning kasbiy ko‘nikmalarini yanada oshirish, sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish, xizmat, jangovar va jismoniy tayyorgarligini mustahkamlash maqsadida o‘tkazilgan musobaqada xodimlar o‘zlarining mahoratlarini namoyish etdilar.
Qizg‘in kechgan musobaqada faxrli 1-o‘rinni Patrul-post xizmati bataloni xodimi, safdor Diyorbek Ravshanbekov egalladi. 2-o‘rin Uchqo‘rg‘on tumani IIB profilaktika inspektori, katta leytenant Abdulaziz Qadirovga, 3-o‘rin esa Kosonsoy tumani IIB profilaktika inspektori, leytenant Jahongir Abdumalikovga nasib etdi.
Shuningdek, “G‘alabaga bo‘lgan irodasi uchun” nominatsiyasiga Davlatobod tumani IIB patrul-post xizmati inspektori, safdor Shavkat G‘aybullaev loyiq deb topildi.
G‘olib va sovrindorlar boshqarma rahbariyati tomonidan qimmatbaho sovg‘a, diplom va medallar bilan taqdirlandilar.
O‘z muxbirimiz,
Namangan viloyati.
2024/10/07 14:28:16
Back to Top
HTML Embed Code: