Telegram Web Link
Ma'naviy-ma'rifiy tadbir

KITOB - INSON MA’NAVIYATI POYDEVORI


Bugun Ichki ishlar vazirligi markaziy apparati xodimlari bilan mazkur mavzuda navbatdagi ma'naviyat va ma'rifat darsi tashkil etildi.
Tadbirda so'z olgan O'zbekiston xalq yozuvchisi, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining maslahatchisi Isajon Sultonov kitobning inson kamoloti hamda jamiyat taraqqiyotida tutgan o'rni haqida yig'ilganlarga o'zining mazmunli fikr-mulohazalarini bildirdi.
Jumladan, notiq kitoblardan hayot uchun kerak bo'lgan barcha bilimlarni o'rganish mumkinligi hamda odam yoshi ulg'aygan sari bitmas-tuganmas bu boylikning qadr-qimmatini yanada teranroq anglab borishini keltirib o'tdi. Shu bilan birga, bilim manbai bo'lgan kitoblar asrlar osha kelajagimiz davomchilari bo'lgan yosh avlodni tarbiyalash, ularning qalbida ona Vatanga bo'lgan mehr-muhabbat va sadoqat tuyg'ularini kuchaytirish yo'lida muhim poydevor bo'lib xizmat qilishini ham ta'kidladi.
Batafsil o'qing👉
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent viloyatining Bo'stonliq tumanida yo'l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan o'tkazilgan reyd tadbirlari davomida avtomobiliga “Sirena” vositasi o'rnatgan va yana boshqa qoidabuzarlik sodir etgan haydovchi aniqlanib, unga nisbatan qonuniy chora ko'rildi.
Topqirligingizni sinab ko‘ring

Bugungi savolimizga yana doimgi faol o'quvchimiz Ulug'bek Qurbonov birinchi bo'lib to'g'ri javob yo'lladi. Bilimdonimizga ofarin deymiz.

Javob: Chunki yo'l haqi (yo'lkira) qimmat bo'lgan.

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi general-mayor Gʻayrat Qodirov Arnasoy tumanida boʻldi

▶️
Batafsil
———
Жиззах вилояти ички ишлар бошқармаси бошлиғи генерал-майор Ғайрат Қодиров Арнасой туманида бўлди

▶️
Батафсил
———
Начальник Управления внутренних дел Джизакской области генерал-майор Гайрат Кодиров посетил Арнасайский район

▶️
Подробно
TILSIZ YOVNI JILOVLASH YOLIDA
Yurtimizda yong'in xavfsizligini ta'minlash maqsadida qizg'in davom etayotgan Dolzarb 30 kun tadbiri doirasida IIV Qorovul qo'shinlariga qarashli Navoiy viloyatida joylashgan 7532-harbiy qismda ham amaliy o'quv mashg'ulotlari bo'lib o'tdi.
Qiziltepa tumani Favqulodda vaziyatlar bo'limi hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbirda yong'in xavfsizligi qoidalariga rioya etish, elektr va gaz tarmoqlaridan chiqadigan tilsiz yovning oldini olish, evakuatsiya hamda yong'inni o'chirish va qutqaruv uchun mo'ljallangan maxsus vosita va anjomlardan foydalanish tartibi haqida keng tushuntirishlar berilib, ko'rgazmali chiqishlar namoyish etildi.
Shuningdek, mashg'ulotlar davomida harbiy xizmatchilarni qiziqtirgan savollarga ham soha xodimlari tomonidan atroflicha javob qaytarildi.
O'z muxbirimiz.
Билиб қўйган яхши
Илк тарвузлар қаерда пайдо бўлган?

Ёзнинг “қайноқ” чилласида чанқоқни қолдирувчи, муздай тарвуздан ҳам лаззатлироқ нима бўлиши мумкин?
Тарвуз дастлаб Африкада пайдо бўлган ва кейинчалик иқлими ва тупроғи тўғри келадиган минтақаларга тарқалиб кетди. Кўҳна санскрит тилида тарвузни ифодаловчи сўз бор. Қадимги Мисрда ишланган суратларда ҳам тарвуз акс эттирилган. Шундан ҳам тарвуз бундан 4000 йилдан ошиқ вақт муқаддам пайдо бўлганини англаб олса бўлади.
Тарвуз қовоқгуллилар оиласига мансуб қовунларнинг бир туридир. У худди бодринг каби ерга ёйилиб ўсадиган бир йиллик ўсимликдир.
Тарвуз қовунга нисбатан каттароқ ва шарбати кўпроқ бўлади. Айрим тарвузлар 20 кг ва ундан ошиқроқ тош босади. Унинг пўчоғи қаттиқ ва яшил, кўпинча оч яшил тасмалари ҳам бўлади ва беқасам тўнга ўхшайди.
Тарвуз пишиб етилиши учун узоқ вақт ва иссиқ иқлим зарур. Тарвузни пишган ҳолича ейиш мумкин, аммо уни пўчоғидан мураббо тайёрласа ҳам бўлади. Шарқ мамлакатларида тарвуз уруғи тансиқ таом ҳисобланади.
Кун ҳикмати
Кимки бир кўнгли бузуғнинг хотирин шод айлагай,
Онча борким, Каъба вайрон бўлса, обод айлагай.
Алишер Навоий
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonov ishtirokida ichki ishlar organlari xodimlarining oilalariga yangi zamonaviy xonadonlarning kalitlarini tantanali topshirish marosimi boʻlib oʻtdi

▶️
Batafsil
———
Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазири генерал-лейтенант Пўлат Бобожонов иштирокида ички ишлар органлари ходимларининг оилаларига янги замонавий хонадонларнинг калитларини тантанали топшириш маросими бўлиб ўтди

▶️
Батафсил
———
Министр внутренних дел Республики Узбекистан
генерал-лейтенант Пулат Бобожонов принял участие на церемонии передачи ключей от новых современных квартир семьям сотрудников органов внутренних дел

▶️
Подробно

Телеграм канал
2024/10/05 05:30:49
Back to Top
HTML Embed Code: