Telegram Web Link
DAROMADI OSHIRILADI
Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i, polkovnik Sandjar Djabarov aholi muammolarini o‘rganish maqsadida viloyatning olis hududi Sardoba tumanida boʻldi. Unda tumanning "Birlashgan" mahallasida istiqomat qiluvchi ehtiyojmand oilalarning sharoitni o‘rganildi. Mazkur oilalarni issiqxona, parrandachilik va chorvachilik bilan shug‘ullanishga jalb qilish  orqali ularning daromadini oshirish yuzasidan chira-tadbirlar belgikab olindi.
O'z muxbirimiz.
Sirdaryo viloyati
Shaxsiy ma’lumotlarimizning maxfiyligi uchun o‘zimiz mas’ulmiz

Samarqand viloyat IIB Patrul-post xizmati xodimlari tomonidan aholi gavjum maskanlarda, ko‘cha va xiyobonlarda bu borada aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, firibgarlik, kiberjinoyatlarning qurboni bo‘lib qolmaslikning oldini olish borasida keng ko‘lamli targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Olib borilgan targ‘ibot tadbirlari davomida  har bir fuqaroning hushyorligini yanada oshirish, ijtimoiy tarmoqlarda pul bilan bog‘liq e’lonlarga qiziqib ko‘rmaslik, internetdan to‘g‘ri foydalanish, shaxsiy ma’lumotlarini tarqatmaslik lozimligi tushuntirildi.

Binobarin, hushyorlik-davr talabi.

Bu borada befarq bo‘lmasak, o‘z xotirjamligimizni  ta’minlagan bo‘lamiz.

Targ‘ibot tadbirlari barcha joylarda davom etmoqda.
КИБЕРМАДАНИЯТНИ ЮКСАЛТИРАМИЗ!

Музработ туманида “Кибермаданиятни юксалтириш” ойлиги доирасида тарғибот-ташвиқот тадбири ўтказилди. Унда ИИВ Тезкор қидирув департаменти Киберхавфсизлик маркази, вилоят ИИБ Тезкор қидирув хизмати Киберхавфсизлик бўлими масъуллари, тумандаги давлат ташкилоти ва идоралари, ҳуқуқ-тартибот органлари раҳбарлари ва ходимлари, “маҳалла еттилиги” ҳамда фуқаролар иштирок этди.
Ҳозирги кунда ижтимоий тармоқлар орқали фуқароларимиз фирибгарлик, ўғрилик ва бошқа шу каби жиноятлар қурбонига айланиб қолаётгани ҳақида сўз юритилиб, жиноят қурбонига айланмаслик учун амал қилиши лозим бўлган жиҳатлар тушунтирилди.
Ўз мухбиримиз.
Сурхондарё вилояти.
JUMBOQ

Bugungi savolimizga Mirsaid ismli o‘quvchimiz birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob yo‘lladi. Umid, Bilol Mirislomov, Temur ismli o‘quvchilarimiz ham javobni to‘g‘ri topishgan. Bilimdonlarimizga omad tilaymiz.

Javob: 1665-yilda Fransiyada, “Journal des Savans” nomi bilan

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
INTERNETDA ALDANMANG

“Kibermadaniyatni yuksaltirish” targ‘ibot oyligi doirasida Uchqo‘rg‘on tumanida tashkil etilgan targ‘ibot tadbirida internetdagi zararli dasturlardan ehtiyot bo‘lish, ijtimoiy tarmoqlarda “qopqon”ga tushib qolishdan saqlanish, bank kartalari himoyasida hushyorlikni oshirish kabilar bo‘yicha zaruriy tavsiyalar berildi.
Bu kabi holatlar qurboni bo‘lib qolmaslik uchun odamlarda “kibergigiyena”ni shakllantirish zarurligi va bu borada hamkorlikda ish olib borish kerakligi tushuntirildi.
O’z muxbirimiz,
Namangan viloyati.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat_diqqat

Joriy yilning 9-12 iyul kunlari Navoiy viloyati Sug‘diyona sport majmuasida Ichki ishlar organlarining tarkibiy tuzilmalari va hududiy bo‘linmalari terma jamoalari o‘rtasida sportning"Yunon-rum va erkin kurash" turlari bo‘yicha Ichki ishlar vaziri kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tadi

Musobaqada jami bo‘lib 12 ta vazn toifasida 200 ga yaqin sportchilar bellashadilar.
___

Жорий йилнинг 9-12 июль кунлари Навоий вилояти Суғдиёна спорт мажмуасида Ички ишлар органларининг таркибий тузилмалари ва ҳудудий бўлинмалари терма жамоалари ўртасида спортнинг"Юнон-рум ва эркин кураш" турлари бўйича Ички ишлар вазири кубоги мусобақаси бўлиб ўтади

Мусобақада жами бўлиб 12 та вазн тоифасида 200 га яқин спортчилар беллашадилар.
2024/10/03 21:24:31
Back to Top
HTML Embed Code: