Telegram Web Link
YO'LLANMALAR BERILDI

IIV Qorovul qo'shinlari qo'mondonining shaxsiy tarkib bo'yicha navbatdagi buyrug'iga binoan, sinovlardan muvaffaqiyatli o'tgan yana 20 nafar nomzod xizmatga qabul qilindi. Shu munosabat bilan halollikka ahd qilgan ona Vatanimiz himoyachilariga harbiy qismlarga yo'llanmalar berildi.
Tadbirda so'z olgan qo'shinlar qo'mondonining o'rinbosari, polkovnik Davron Ashurov ham endigina xizmatni boshlayotgan yosh harbiylarga kindik qoni tomgan jonajon yurti oldidagi muqaddas burchini sidqidildan ado etishi har bir yigit uchun sharafli vazifa ekanligini ta'kidladi.
Shuningdek, tadbirda so'zga chiqqan boshqalar ham o'zlarining mashaqqatli faoliyati, erishgan yutuqlari hamda ushbu kasbning mas'uliyati haqida osoyishtaligimiz posbonlariga so'zlab berishdi.
O'z muxbirimiz.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Konsepsiyada belgilangan vazifalar ijrosi ta'minlanmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Манзара

Жанубий_Корея , Жежу ороли.
Жуда ажойиб ва ҳайратланарли манзара! Шамол, денгиз, тўлқинлар ва сув устудаги ғаройиб кўприк...
Ҳаёлга чўмиш ёки шунчаки сайр қилиш учун энг мақбул жой...
YOSHLAR IJOD SAROYIDA

Toshkent shahar IIBB JTSB PPX brigadasi 2-MSB xodimlari ishtirokida Yoshlar ijod saroyidagi kutubxonada maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Xodimlar bu yerdagi turli mavzudagi kitoblar bilan tanishar ekan, oʻzlari uchun tegishli maʼlumotlarni olishdi.
Oʻz muxbirimiz.
Toshkent shahri.
Keng qamrovli targibot
Kosonsoy tumani IIB boshlig‘i topshirig‘iga ko‘ra, mahallalarda profilaktika inspektorlari tomonidan aholi o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Mahallalardagi profilaktika, probatsiya guruhi hisobida turuvchi hamda spirtli ichimliklarga ruju qo‘ygan shaxslar va ularning oila aʼzolari bilan profilaktik suhbatlar tashkil etildi.
Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda chet elda uzoq muddat bo‘lib, yurtga qaytgan shaxslar holidan xabar olindi, migratsiyadan qaytganlarni ishga joylashtirish masalasida suhbatlashildi.
Aholi o‘rtasida firibgarlik, o‘g‘irlik va kiberjinoyatchilik qurboniga aylanib qolmaslikka qaratilgan targ‘ibot tadbirlari ham olib borildi.
O’z muxbirimiz,
Namangan viloyati.
O'RGANISHLAR DAVOM ETMOQDA
IIV Qorovul qo'shinlari qo'mondoni o'rinbosari, polkovnik U. Jabborov boshchiligidagi ishchi guruh Qarshi shahridagi 7533-harbiy qismda o'rganish ishlarini olib bormoqda.
Dastlab ular barcha ofitser va moddiy ta'minotga javobgar shaxslar bilan umumiy yig'ilish o'tkazib, harbiy intizomni yanada mustahkamlash, zimmalariga yuklatilgan vazifalarga vijdonan yondashish hamda jangovar xizmatni olib borishda hushyorlik va sergaklikni oshirish lozimligini ta'kidlashdi. Shuningdek, mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Bundan tashqari, shaxsiy tarkib o'rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish masalalari ham muhokama qilindi. Ishchi guruh faoliyati davom etmoqda.
Azamat XOLMATOV,
harbiy qism komandirining madaniyat va ma'rifat ishlari
boʻyicha maslahatchisi.
ПЛЯЖ МАВСУМИДА ЯХШИ ДАМ ОЛИНГ

Шу кунларда республикамизда анъанавий пляж мавсуми кетмоқда. Бу пайтда сайёҳлар ва маҳаллий аҳоли соҳилларга, сузиш ҳавзаларига интилади.
Маълумки, пляж мавсумида соҳилларда хавфсизлик ва тартибни таъминлаш зарурати пайдо бўлади. Ушбу масалада муҳим ўринни хавфсиз туризмни таъминлаш ходимлари эгаллайди. ХТТБ ходимлари соҳилларда патруллик қилади, фавқулодда вазиятларда ёрдам кўрсатади, тартиб-қоидалар ҳақида маълумот беради. Бу фаолият, айниқса, оммабоп туристик ҳудудларда, дам олувчилар оқими катта бўлган жойларда муҳим аҳамиятга эга. Уларнинг мавжудлиги нафақат хавфсизликни таъминлашга, балки сайёҳлар ўзларини нотаниш муҳитда ҳимояланган ва ишончли ҳис қилишларига имкон яратади.
Азамат АХМАТОВ,
капитан.
Muhokamada – dolzarb masalalar

Namangan tumani madaniyat markazida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda tuman hokimligi, tuman IIB, MFY raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari, profilaktika inspektorlari hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.
Yig‘ilishda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish mexanizmlarini belgilash to‘g‘risida”gi qo‘shma qaror, yoshlar bandlik dasturi ijrosi, migratsiya bo‘yicha “xonadonbay” xatlov jarayoni masalalari muhokama qilindi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan masʼullarning axborotlari tinglandi. Hujjatlarning yuritilishi, berilgan xulosalar va ular asosida amalga oshiriladigan ishlarni qo‘shma qaror talablari asosida tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
O’z muxbirimiz,
Namangan viloyati.
2024/10/03 23:24:28
Back to Top
HTML Embed Code: