Telegram Web Link
JUMBOQ

Bugungi savolimizga yana doimgi faol o'quvchimiz Ulug'bek Qurbonov birinchi bo'lib to'g'ri javob yo'lladi. Bilimdonimizga ofarin deymiz.

Javob: Kechasi chiroqni o‘chirmaydiganlarda ko‘z bilan muammo kelib chiqarkan. Bundan tashqari, tunda chiroqni yoqib uxlash ortiqcha elektr sarfi va xarajatga sabab bo‘ladi.

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
MAQSAD JINOYATCHILIKKA BARHAM BERISH
Viloyat IIB masʼullari boshchiligida Shofirkon tumanida xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan mehnat yarmarkasi o‘tkazildi. Yarmarkada 4 nafar xotin-qiz jamoat ishlariga jalb qilindi, yana 4 nafari korxona tashkilotlarga doimiy ish joyiga ega bo‘lishdi. Shuningdek, tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan 2 nafar ayol kasb-hunarga yo‘naltirildi.
N.ABZALOVA,
podpolkovnik.
Buxoro viloyati.
“Kibermadaniyatni yuksaltirish” oyligi doirasida Buxoro va Andijon viloyatlarida targʻibot-tashviqot tadbirlari oʻtkazilmoqda
———
«Кибермаданиятни юксалтириш» ойлиги доирасида Бухоро ва Андижон вилоятларида тарғибот-ташвиқот тадбирлари ўтказилмоқда

Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV
Бу - факт

Терламаслик - касаллик!


Инсон танасида 96 000 000 та тер чиқувчи тешикчалар мавжуд. Агар инсон терламаса, танасига тошмалар, ҳуснбузарлар чиқишни бошлайди.
Бошқармада китоб ярмаркаси

Қашқадарё вилояти Ички ишлар бошқармасида шахсий таркибнинг китобхонлик
маданиятини ошириш мақсадида китоб ярмаркаси бўлиб ўтди.
Жаҳон ва миллий адабиётимизнинг сара асарлари тавсия этилган арзонлаштирилган китоб ярмаркасида ходимлар ўзларини қизиқтирган китобларни харид қилишди.
Ўз мухбиримиз.
Қашқадарё вилояти.
FAXRIYLARNI YO‘QLAB

Olmazor tumani IIOFMB rahbariyati, boshqarma boshlig‘ining maslahatchisi, iste’fodagi polkovnik J. Suliyev va Faxriylar kengashi raisi, iste’fodagi mayor A. Satimov shifoxonada davolanayotgan II guruh nogironi, iste’fodagi serjant Raisa Bernova hamda I guruh nogironi, iste’fodagi mayor Rustam Mirzayevning holidan xabar olishdi. Faxriylar bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun o‘z minnatdorligini bildirdi.
– Agar kimdir sendan xabar olsa, holingni so‘rasa, ich-ichingdan xursand bo‘lasan, kishi,  – deydi  iste’fodagi
mayor Rustam Mirzayev.  – Ayniqsa, xasta bo‘lganingda yo‘qlab kelishsa, e’tibordan chetda qolmaganingni his qilasan. Buning uchun tuman IIOFMB rahbariyati, maslahatchi va Faxriylar kengashidan minnatdorman.
Sarvar SOBIROV,
o‘z muxbirimiz.
Toshkent shahri.

👉 @postdarasmiy
МИНГ ОЙНИНГ ҚУЁШСИЗ КУНИ

Ўтган асрнинг 41 йили. Ҳозиргидек жазирама ёз эмас, кузнинг ўртаси, 16 ноябрь куни эди. Йигитлар урушга кетган ва тўда-тўда бўлиб кетаётган, қорахатлар эшикларни чертиб кира бошлаган, кўчада почтачи кўринса, ота-оналар юраги дупурлаб ура бошлаган кезлар. Юраклар қувонч нималигини унутиб, уруш деган ярадан вужудлар безиллаб турган хомуш кунлар эди. Тошкент шаҳрида яшовчи Тўхтаназар Султонов оиласида ўғил туғилиб, оилага жилла бўлсин, қувонч шабадасини улашди. Ахир, яна бир бўлажак – Ватан посбони дунёга келди.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
ЁШЛАР БИЛАН УЧРАШУВ

Қарши халқаро университетида вилоят ИИБ бошлиғининг биринчи ўринбосари, полковник Бахтиёр Ражапов “Араловул” маҳалласи ёшлари билан учрашди. “Кибермаданиятни юксалтириш ойлиги” доирасида ташкил этилган тадбирда юз нафарга яқин уюшмаган ёшлар, олий ўқув юрти талабалари қатнашди.
Тадбирда ёшларнинг кибержиноятлар қурбонига айланишининг олдини олиш, уларда “кибергигиена”ни шакллантириш тўғрисида атрофлича сўз борди. Қолаверса, ойлик доирасида 13 та танлов ўтказилаётгани, уларда иштирок этиш шартлари ва тартиби тўлиқ тушунтирилиб, ғолиб ва совриндорлар муносиб тақдирланиши ҳақида маълумот берилди. Шунингдек, иштирокчиларга кибержиноятчиликдан огоҳликка чорловчи буклет ва тарқатма материаллар тарқатилди.
Қашқадарё вилояти
ИИБ Ахборот хизмати
.
👉 @postdarasmiy
“Kibermadaniyatni yuksaltirish” oyligi doirasida Andijon va Surxondaryo viloyatlarida targʻibot-tashviqot tadbirlari oʻtkazilmoqda
———
«Кибермаданиятни юксалтириш» ойлиги доирасида Андижон ва Сурхондарё вилоятларида тарғибот-ташвиқот тадбирлари ўтказилмоқда

👉 @postdarasmiy
O‘zbekchasi mashhur bo‘ldi

Ko‘plab xonandalar tomonidan go‘zal qizlar ismiga bag‘ishlab bir qancha qo‘shiqlar aytilgan. Shulardan biri taniqli xonanda va musiqachi O‘ktam Hakimovning «Ismigul» qo‘shig‘idir.
– Qo‘shiqni aslida bir tojik filmi uchun mashhur kompozitor, ustozim Gennadiy Aleksandrov rus tilida yozgan edi, – deb eslaydi u.
Xonanda ijod bilan shug‘ullanib, o‘z ustida ishlab yurgan kezlari uni «Ofarin» ko‘rik-tanlovida qatnashishga taklif etishadi. Tanlovda esa o‘zbek tilidan tashqari, yana boshqa tilda ham qo‘shiq kuylash kerak edi.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
LANGARBOBO ZIYORATGOHI

Namangan viloyati Chortoq tumani «Laskidon» mahalla fuqarolar yig‘inidagi so‘limgina go‘shada «Langarbobo» ziyoratgohi joylashgan. Ushbu qadamjo tarixi to‘g‘risida turli ma’lumotlar bor.
Rivoyat qilishlaricha, yurtimizga islom dini kirib kelgan vaqtlarda bu yerga dafn etilgan insonni ustozlari dinga da’vat qilish uchun yuborganlar. Ul zot Laskidon qishlog‘idan o‘tib ketayotganlarida tut novdasidan yasalgan hassasi hozirgi qabr turgan joyga sanchilib qolgan. Hassani sug‘urib ololmagan. Keyin shu qishloqda yashab qolib, odamlarni dinga da’vat qilgan. Yerga sanchilib qolgan hassa ko‘karib ketgan. Vafot etganlaridan so‘ng bu zot shu daraxt yoniga dafn etilgan. Hozirgacha azim tut daraxti yashnab turibdi, ziyo­ratga keluvchilar daraxt soya-salqini­da dam olib ketadilar.
Shu yerlik aholi u kishi­ning qabrlarini e’zozlab, xom g‘ishtdan gumbaz shaklida maqbara ko‘targan.
Batafsil o'qing 👉

👉 @postdarasmiy
2024/10/03 13:24:22
Back to Top
HTML Embed Code: