Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini olishga qaratilgan «Xavfsiz tun» profilaktik tadbiri oʻtkazildi.

👉 @postdarasmiy
Bu qiziq

Eng yosh orol

Islandiya yaqinida joylashgan Suritsey oroli Yerdagi eng yosh orol hisoblanadi. U 1963-yilda suv osti vulqonlarining otilishi natijasida paydo bo'lgan.

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
Maqsad – «raqamli immunitet»ni
shakllantirish


Kibersport – ikki odam yoki jamoa o‘rtasidagi intellektual bahs. Musobaqada barcha harakatlar boshqa sport turlaridagi kabi g‘a­labaga erishishga qaratilgan bo‘lib, aqliy qobiliyatni rivojlantirishga, tez fikrlashga, mantiqiy bog‘liqlikni ko‘rishga, sergak bo‘lishga, diqqat­ni jamlashga o‘rgatadi.
Samarqand viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan yosh xodimlar o‘rtasida tashkil etilgan kibersport musobaqasida barcha shahar-tuman IIB jamoalari ishtirok etdi.
Batafsil o'qing 👉

👉 @postdarasmiy
Бахтли бўлмоқчимисиз?

- Ҳар орқангиздан гапирганга қулоқ солманг...
- Ҳар сўз берганни, сўзида туради, деб ўйламанг...
- Сизни ёқтирмаганларга табассум қилинг ва йўлингизда давом этинг...
- Бошингизга келган ёмонликлар учун сабр, неъматлар учун шукр қилинг...
- Ҳар бир нарсани Aллоҳдан ва қилган амалларингиздан деб билинг...
- Инсонлардан ҳеч нарса кутманг...
- Олишдан кўра, беришни кўпроқ яҳши кўринг...
- Покиза қалбингизда инсонларга нисбатан нафрат ва ҳафагарчилик сақламанг...
- Нима бўлишидан қатъий назар бу дунё ўткинчи эканлигини ва бир кун ҳаммаси тугашлигини унутманг.

👉 @postdarasmiy
BOTINI GO‘ZAL KISHI

Bugun biz, qaysidir ma’noda, bizga shartlar qo‘yadigan jamiyatda yashaymiz. Masalan, hech narsaga qaramasdan, chiroyli qad-qomatga ega bo‘lish, yaxshi ishda ishlash, chiroyli mashinada yurish, chet elga chiqish, mashhurlik, mavqe haqida qayg‘urish. Lekin baxtni his qilish, yashash tarziga nisbatan qo‘yiladigan talablar hammada har xil. Kim uchundir do‘stlar davrasida bo‘lish, kim uchundir film tomosha qilish eng yaxshi hordiq bo‘lishi mumkin. Yana boshqa birov so‘lim maskanlarda dam olishdan rohat oladi.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
KUN HIKMATI

Яхши фазилатли одам ҳеч қачон шошма-шошарлик, жиззакилик қилмайди, ақл-тафаккурга таяниб, ўзгалар маслаҳатига қулоқ тутиб, оқибатини ўйлаб иш қилади.
Суқрот,юнон файласуфи.

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Fargʻona viloyati Qoʻshtepa tumanida «Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi» doirasida huquqiy-targʻibot tadbirlari boʻlib oʻtdi
———
Фарғона вилояти Қўштепа туманида «Кибермаданиятни юксалтириш ойлиги» доирасида ҳуқуқий-тарғибот тадбирлари бўлиб ўтди


👉 @postdarasmiy
G‘IJDUVONDA “XAVFSIZ HUDUD” TADBIRLARI

G‘ijduvon tumanida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida “Xavfsiz hudud” keng ko‘lamli tezkor hamda profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bunda asosan mahallalarni jinoyatdan xoli hududga aylantirish, jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, hududlardagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish borasida xonadonma-xonadon o‘rganishlar olib borilmoqda. Shuningdek, migratsiyaga ketgan va qaytib kelgan shaxslar, ijtimoiy himoyaga muhtoj va ularning oila a’zolari holidan xabar olinib, tibbiy ko‘riklar tashkil etilmoqda.
Bundan tashqari, aholi bilan firibgarlik, o‘g‘irlik va kiberjinoyatchilik qurboniga aylanib qolmaslik, xonadon, mahallalarning markaziy ko‘chalarini, korxona, tashkilot va muassasalarga qarashli binolarda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida zamonaviy video kuzatuv moslamalari bilan jihozlash yuzasidan targ‘ibot ishlari ham olib borilmoqda.
O‘z muxbirimiz.
Buxoro viloyati.
Йўқолган телефон эгасига қайтарилди

Сайёҳлик марказлари доим гавжум, айниқса, дам олиш мавсумида. Бундай гавжумликда қимматбаҳо буюм-нарсаларни йўқотиш осон.
Яқинда Тошкент вилоятидаги сайёҳлик масканларидан бирида айнан шундай воқеа юз берди. Ташрифчилардан бири диққатга сазовор жойлардан завқланиб, смартфони чўнтагидан тушиб қолганини пайқамади. Телефонини йўқотганини билгач, ташвишга тушди...
Вилоят Хавфсиз туризмни таъминлаш бошқармаси ходимининг тезкор ҳаракатлари туфайли вазият ижобий ҳал қилинди. Патруль пайтида у ерда ётган телефонни топиб олди ва тезда эгасини топиш чораларини кўрди.
Тез орада телефон эгаси воқеа жойига етиб келди. ХТТБ ходими телефонни қонуний эгасига қайтариб берди.
Ўз мухбиримиз.
Sektor rahbari boshchiligida
Uchtepa tumani 3-sektor rahbari boshchiligida mahalla yettiligi va masʼullar bilan “Katta qaʼni” mahallasidagi koʻp qavatli uy, ijtimoiy obyektlar hamda koʻchalar oʻrganildi. Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish hamda hududda obodonlashtirish ishlarini toʻgʻri va tizimli tashkil etish yuzasidan masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berildi.
Oʻz muxbirimiz.
Toshkent shahri.
JUMBOQ

Savol: Bu narsa insonga ikki marta beriladi. Uchinchisida sotib olinadi. Bu nima?

Ushbu savolning javobini bugun soat 17:00 da telegramm kanalimiz orqali e'lon qilamiz.

Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin:
https://www.tg-me.com/postda_muloqot

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
ҲАРБИЙЛАР  БИЛАН  ЙИҒИЛИШ
ИИВ Қоровул қўшинлари қўмондонининг тарбиявий ва мафкуравий ишлар бўйича ўринбосари, полковник Д.Ашуров бошчилигидаги ишчи гуруҳ 7536-ҳарбий қисмда ўрганиш ишларини олиб бормоқда.
Дастлаб ҳарбий қисмнинг барча офицерлари шахсий таркиби ҳамда моддий таъминот ва моддий жавобгар шахслари билан умумий йиғилиш ўтказилди. Бунда ҳарбий интизомни мустаҳкамлаш, ҳарбий мулкни асраб-авайлаш, юклатилаётган хизмат вазифаларига виждонан ёндашиш, жанговар хизматни олиб боришда сергаклик ва ҳушёрликни ошириш кераклиги таъкидланиб, масъулларга вазифалар белгилаб берилди.       
Иккинчи куни ҳарбий қисмнинг барча тоифадаги ҳарбий хизматчилари билан шахсий таркиб ўртасида ҳарбий интизомни мустаҳкамлаш, ҳуқуқбузарлик ва қонунбузилиш ҳолатларининг олдини олиш масалалари муҳокама қилинди.
Ишчи гуруҳ фаолияти давом этмоқда.
Э.ГАФФАРОВ,
подполковник.
Бухоро вилояти.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mahallani jinoyatdan holi hududga aylantirish bo‘yicha ishlash tizimi doirasida Namangan shahar 1-sonli IIB “Obihayot” huquq-tartibot maskanlarida bir qator samarali chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati
Bu – fakt
Kitob o'qish – hatto keksalikda ham aqlingizni faol saqlashning universal usuli.
2024/10/03 15:29:26
Back to Top
HTML Embed Code: