Telegram Web Link
Қочмоққа шайланганди
Дўстлик туманининг “Чинобод” маҳалласида яшовчи О.А. ички ишлар органлари ходимларини кўриши билан қочмоққа шайланди. Фуқаронинг мазкур хатти-ҳаракатидан шубҳаланган қонун ҳимоячилари унинг сумкасини кўздан кечирдилар. Унинг сумкасида 2 килограмму 270 грамм каннабис борлиги аён бўлди. Ҳолат юзасидан жиноят иши қўзғатилди.
Алижон АБДУСАТТОРОВ,
ўз мухбиримиз.

Жиззах вилояти.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Samarqand akademik litseyining navbatdagi bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

👉🏻Batafsil
Эътиборсизлик қимматга тушадиганга ўхшайди
Ички ишлар органлари ходимлари томонидан Арнасой туманининг “Олтин водий” сув истеъмолчилари уюшмаси таркибидаги фермер хўжалиги раҳбари М.Л.га нисбатан терговга қадар текширув ҳаракатлари олиб борилмоқда. Бунга фермернинг экин майдонида униб чиққан 80 туп каннабисни йўқ қилмагани сабаб бўлди.
Алижон АБДУСАТТОРОВ,
ўз мухбиримиз.

Жиззах вилояти.
O'ZARO HAMKORLIK TO'G'RISIDA

Yaqinda IIV Malaka oshirish instituti boshlig'i, polkovnik O. Axmedov hamda Mudofaa vazirligi huzuridagi Mudofaa sanoati agentligi direktori, polkovnik M. Ibodullayev o'rtasida o'zaro hamkorlik to'g'risidagi kelishuv imzolandi.
Bundan ko'zlangan asosiy maqsad ham yurtimizda Dron-racing dronlar poygasi musobaqasini rivojlantirish, uchuvchisiz qurilmalar operatorlarining bilim va ko'nikmalarini oshirish, yangi ixtiro va innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlash hamda bu boradagi hamkorlik aloqalarini yanada kuchaytirishdan iboratdir.
O'z muxbirimiz.
YOSHLAR OYLIGI FESTIVALI

Buxoro shahrining Abu Ali ibn Sino nomidagi favvoralar maydonida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida galakonsert hamda yoshlar o‘rtasida mini futbol va futbol sport turlari bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqasining shahar-tumanlar bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Yoshlar oyligi munosabati bilan tashkil etilgan festivalda viloyat hokimi B.Zaripov boshchiligidagi sektorlar rahbarlari, jamoatchilik vakillari, yoshlar jam bo‘ldi. Tantanada so‘zga chiqqan viloyat rahbari ertamiz egalari, jamiyatimiz ravnaqi uchun munosib tayanch bo‘ladigan katta kuch – istiqboli kulgan yigit-qizlarni samimiy muborakbod etdi. Shuningdek, Yoshlar bayramida turli jabhalarda faolligi bilan ajralib turgan yetakchi, liderlik qobiliyatiga ega yigit-qizlar, nufuzli fan olimpiadalari, ko‘rik-tanlov va musobaqalar sovrindorlari munosib taqdirlandi.
O‘z muxbirimiz.
Buxoro viloyati.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Салбий ҳис туйғудаги шахсга бу сўзларни гапирманг

🔆 Каналга ўтиш
JUMBOQ

Bugungi savolimizga yana faol o'quvchimiz Elnora Inoyatova birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob yo‘lladi. O. Shamsiyev, Ulug‘bek Qurbonov ham javobni to‘g‘ri topishgan.

Javob: Tahririyat muallifga asarning qatori uchun qalam haqi to‘lagan. Shu bois Dyuma dastlabki asarlarida ko‘proq dialoglardan foydalangan.

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
XORAZMGA SAYOHAT
Xorazm qadimdan Buyuk ipak yo‘lidagi savdo-sotiq, ilm-fan, hunarmandchilik va madaniyat taraqqiy etgan makonlardan biri bo‘lgan. Mazkur sayohat va ziyorat tadbirlari davomida xodimlar va faxriylar qadimiy Xiva shahrining “Ichan qalʼa” majmuasida joylashgan madrasa, muzeylarni tomosha qilishdi. Shuningdek, Xiva xonligi davridan qolgan turli tarixiy buyumlar ko‘rgazmasi bilan yaqindan tanishishdi. Sayohat davomida ko‘hna shaharning tarixi, rivojlanish bosqichlari, bu yerda yashab o‘tgan mashhur ota-bobolarimiz, ijodkorlar xususida zarur maʼlumotlar berildi.
Shundan soʼng sayohatchilar viloyat markazi boʼlmish Urganch shahrida joylashgan diqqatga sazavor joylarni koʼzdan kechirishdi. Qolaversa, xodimlar sayohat davomida Xorazm viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasida ham bo‘lib, o‘zaro tajriba almashishdi.
Q.SAIDOV,
iste’fodagi podpolkovnik.
Buxoro viloyati.
2024/10/02 18:22:09
Back to Top
HTML Embed Code: