Telegram Web Link
#jarayon #live

Ayni damda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi 1-sonli Toshkent akademik litseyida joriy yilgi bitiruvchilarni tantanali kuzatish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

@postdarasmiy
Эътиборлиси...
Шароф Рашидов туманининг “Тоқчилик” маҳалласида яшовчи, Жиззах шаҳридаги текстиль корхонаси бошлиғининг ўринбосари Ф.Ў. ички ишлар органларига мурожаат қилиб, корхона омборхонасидан 48 миллион 836 минг сўмлик маҳсулот ўғирланганлигини маълум қилган. Ўтказилган тезкор қидирув тадбирлари натижасида ушбу қонунбузарлик Шароф Рашидов туманининг “Зиёкор” маҳалласида яшовчи Б.А., “Қўшбармоқ” маҳалласида истиқомат қилувчи У.Т. ҳамда “Тоқчилик” маҳалласида яшовчи Н.Б. томонидан содир этилгани аниқланди.
Улар ўғирлик молни Жиззах шаҳрининг “Обод” маҳалласида яшовчи тадбиркорга 25 миллион 25 минг сўмга сотиб юборганликлари аниқланди. Эътиборлиси, айбланувчиларнинг барчаси ўғирлик рўй берган корхонада ишлашган.
Алижон АБДУСАТТОРОВ,
ўз мухбиримиз.

Жиззах вилояти.
#jarayon #live

Ichki ishlar vazirligi 1-sonli Toshkent akademik litseyida joriy yilgi bitiruvchilariga diplomlar topshirilmoqda.

@postdarasmiy
ИБРАТЛИ УМР

1946 йил Тошкент вилоятининг Чирчиқ шаҳрида туғилган Шавкат Мамадалиев ҳарбий хизматдан кейин ўрта мактабда ўқитувчилик қилган.Тошкент давлат университети юридик факультетининг сиртқи бўлимида таҳсил олиш билан бирга, Чирчиқ шаҳрида турли лавозимларда ишлади.1974 йил йўлланма билан Сирдарё вилояти ИИБ тасарруфига юборилган Ш. Мамадалиев Сирдарё тумани ИИБ бош­лиғининг шахсий таркиб билан ишлаш бўйича ўринбосари вазифасида хизматни бошлади.
Batafsil oʻqing 👉

👉 @postdarasmiy
HALOLLIK – SHIORI UNING

Koson tumani markaziy shifoxonasi ro‘parasida o‘rnatilgan svetoforning qizil chirog‘ida «Lada largus» avtoulovi to‘xtab turgan vaqtda tumanning «Mash’al» MFYda yashovchi fuqaro O‘.T. boshqaruvida bo‘lgan «Tiko» orqa tomonidan kelib urishi natijasida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.
Tuman IIB JXX YHXB YPX inspektori, katta serjant O.Suyunov voqea joyiga yetib bordi va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirdi.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
#Jumboq

Savol: 300-400 yillar ilgari o‘z davrining yetuk insonlari hayvonlar shoxi, suyak parchalari hamda junidan, shuningdek, shisha sinig‘idan bir maqsadda foydalanishgan. Gap nima haqida borayapti?

Ushbu savolning javobini to‘g‘ri topsangiz, bugun soat 17:00 da telegram kanalimiz orqali e’lon qilamiz.

Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin: https://www.tg-me.com/postda_muloqot

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
To‘g‘ri ovqatlanish tartibi:

* ertalab nonushta qilmaslik eng katta xato;
* uyqudan turgach,
2 stakan xona haroratida bo‘lgan suv ichish. Negaki, iliq suv odamning kun davomida faol bo‘lishiga yordam beradi;
* shuningdek, och qo­ringa suv ichish ovqat hazm qilish traktining to‘g‘ri ishlashini ta’minlaydi. Ichak motorikasini tartibga soladi, gastrit, ich qotishi va oshqozon-ichak trakti kabi kasalliklarning oldini oladi;
* alohida ta’kidlash joiz, kun davomida chanqog‘ingizni toza suv bilan qondirgan ma’qul. Boshqa ichimliklar, ayniqsa, tarkibida shakar bo‘lgani tanani kerakli miqdordagi suyuqlik bilan ta’minlamaydi;
* kun davomida imkon qadar, tanani va o‘zingizni zo‘riqtirmagan holda uch-to‘rt litr suv ichish lozim. Bu organizmda to‘plangan toksinlarni tezroq chiqib ketishiga yordam beradi;
Batafsil o'qing 👉
👉 @postdarasmiy
Сектор раҳбари ёшлар билан учрашди

Чироқчи тумани ИИБ бошлиғи, 3-сектор раҳбари, подполковник Шуҳрат Искандаров пробация ҳисобида турувчи ёшлар билан учрашди.
Очиқ мулоқот руҳида кечган учрашувда сектор раҳбари томонидан ёшларнинг муаммолари, ўзини ўзи банд қилиши учун таклиф ва мулоҳазалари тингланиб, уларни ижобий ҳал этиш чоралари белгиланди.
Ўз мухбиримиз.
Қашқадарё вилояти.
Электрнинг эгаси бор
Зомин туманининг “Қўштол” сув истеъмолчилар уюшмаси таркибидаги фермер хўжалиги раҳбари Ж.Н. экинларни суғоришда электрдан фойдаланди-ю, аммо электр ҳисоблагич ўрнатишни “унутди”. Оқибатда электр таъминоти корхонасига 163 миллион 944 минг сўм зарар етказилди. “Қўштол” маҳалласида яшовчи ушбу шахсга нисбатан жиноят иши қўзғатилган.
Алижон АБДУСАТТОРОВ,
ўз мухбиримиз.

Жиззах вилояти.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilning 16-17-18 iyun kunlari Toshkent viloyatining Boʻstonliq va Parkent tumanlaridagi ayrim yoʻllarda tirbandlikning oldini olish maqsadida avtomobillar harakatini tashkil etishda oʻzgartirishlar kiritildi.
#Jumboq

Savol: 300-400 yillar ilgari o‘z davrining yetuk insonlari hayvonlar shoxi, suyak parchalari hamda junidan, shuningdek, shisha sinig‘idan bir maqsadda foydalanishgan. Gap nima haqida borayapti?

Ushbu savolning javobini Qurbonov Ulug‘bek,  Xidirov to‘g‘ri topishdi.Bilimdonlarga omad tilab qolamiz.

Javob: Hayvonlar shoxi, suyak parchalari hamda junidan, shuningdek, shisha sinig‘idan tishni tozalash va yuvishda foydalanishgan.

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
ИШСИЗ ОИЛАЛАРГА АСАЛАРИ ОИЛАСИ БЕРИЛДИ

Бухоро туманининг 3-секторидаги маҳаллаларда истиқомат қилувчи 20 та кам таъминланган ва ишсиз оилаларга субсидия асосида 5 қутидан асалари оиласи берилди. Шу орқали улар келгусида даромад манбаига эга бўлишлари учун тадбиркорликка йўналтирилди.
А.ЗАЙНИЕВ,
сафдор.
Бухоро вилояти.

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
BITIRUVCHILARGA ISHONCH BILDIRILDI

Bugun IIV 2-sonli Toshkent akademik litseyida bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tantanali tadbirda IIV hamda Toshkent viloyati IIBB mas’ul xodimlari, shuningdek, faxriylar va ota-onalar ishtirok etishdi. Bu yil ta’lim muassasasini 196 nafar yoshlar bitirib, ularning 18 nafari imtiyozli diplom sohibi bo’lishdi.
Tadbirda so’z olganlar ham kelajagimiz egalarining mustaqil hayotga qadam qo‘yayotganligi bilan ularning kelgusidagi o‘qish va ishlarida ulkan zafarlar tilab, ona Vatan ravnaqi yo’lida munosib insonlar bo‘lib yetishishiga ishonch bildirdi.
O’z muxbirimiz.
2024/10/02 16:20:45
Back to Top
HTML Embed Code: