Telegram Web Link
BARCHASI BOLALAR UCHUN

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni butun dunyodagi bolalar uchun eng beg'ubor va quvonchli bayramdir. Albatta, bola bu dunyoning ajralmas qismi, bu hayot mazmuni.
 Andijonda ham bayram keng nishonlanmoqda. Bolalar bog'lari, keng ko'lamli tadbirlar o'tkaziladigan joylarda bolalar va kattalar xavfsizligini ta'minlaydigan yo'l-patrul xizmati xodimlari navbatchilik qilishmoqda.
Boris KLEYMAN,
o‘z muxbirimiz.
👉 @postdarasmiy
#Jumboq

Savol: U tufayli Italiyada har yili 540 million, Polshada 400 million, Bolgariyada 150 million kilovatt soat energiya tejaladi. Bunga o‘xshash boshqa misollarni ham keltirish mumkin. Shuncha energiyani tejashga nima yordam beradi?

Ushbu savolning javobini Inoyatova Elnora to‘g‘ri topdi. Ofarin! Xilola, Nematov Mirshod Yõldosh õĝli, Qurbonov Ulug'bek, Kuatbaeva kabi o'quvchilarimiz ham to‘g‘ri javob yo'llashdi. Bilimdonlarga omad yor bo'lsin!

Javob: Bu yozgi vaqt tizimi.

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
#ANTIQA

Germaniyada ko'pchilik ayollar va qizlar ovqat pishirishni bilishmaydi, bu asosan erkaklar tomonidan amalga oshiriladi.

@postdarasmiy
Виртуал ўғри ушланди
Шароф Рашидов тумани “Қаҳрамон” маҳалласида яшовчи З.А. ички ишлар органларига мурожаат қилиб, унинг банк пластик картасидан 10 миллион сўм ўғирланганлигини билдирган. Ҳолат юзасидан жиноят иши қўзғатилиб, олиб борилган тезкор қидирув тадбирлари натижасида ушбу қонунбузарлик жабрланувчининг маҳалладоши Ш.Т. томонидан содир этилгани аниқланган. Айбланувчидан жиноят воситаси бўлмиш уяли алоқа воситаси ва банк пластик картаси ҳужжатлаштириб олинди.
Алижон АБДУСАТТОРОВ,
ўз мухбиримиз.

Жиззах вилояти.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ajoyibotlar_dunyosi
COSTASIYELLA — QOʻY BARGI
Bor yoʻgʻi bir santimetr chiqadigan bu mitti dengiz jonivori yashil barglar bilan qoplangan. Moluyskadoshlar oilasiga mansub costasiella 1993 yilda Yapon dengizida kashf qilingan. U dengiz oʻtlari bilan oziqlanadi. Koʻrinishidan bargga o’xshab ketadigan qoplamada rostdan ham fotosintez hodisasi sodir boʻlishi olimlarni hayratga solgan. Ikki chiroyli koʻzchalarga ega mitti molyuska jonivor boʻlsa-da, oʻsimliklar singari xlorofill moddasi ajralib chiqishi orqalu energiya oladi.
Abdurahmon Mustafoqulov tayyorladi.
XODIMLARNING KASBIY TAYYORGARLIGI BORASIDA

Viloyat IIB ichki ishlar organlari xodimlari bilan jismoniy kuch ishlatish va maxsus vositalarni qo‘llash bo‘yicha jangovar qurol hamda “Makarov” to‘pponchasidan amaliy o‘q otish mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Bunda xodimlarning jismoniy va jangovar tayyorgarlik darajasini oshirish, maxsus vositalarni qo‘llash hamda bu borada xodimlarning maxsus ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashga alohida ahamiyat berildi.
O‘z muxbirimiz.
Buxoro viloyati.

👉 @postdarasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Жорий йилнинг 3 июнь куни Ички ишлар вазири ўринбосари генерал-майор Баходир Юлдашевич Мирзарахимов томонидан Транспорт ва туризм объектларида хавфсизликни таъминлаш департаменти шахсий таркиби билан навбатдаги йиғилиш ўтказилди.
ХИВАДА ХАЛҚАРО ТАДБИР

Ислом ҳамкорлик ташкилоти томонидан “Хива – 2024 йилда Ислом дунёсининг туризм пойтахти” деб эълон қилинган эди. Шу муносабат билан қўҳна ва қадимий шаҳарда халқаро тадбирлар бўлиб ўтмоқда. Унда 50 та давлатдан 200 нафардан ортиқ халқаро делегация вакиллари иштирок этишяпти. Шунингдек, “Ичан қалъа” давлат музей қўриқхонаси ҳудудида Паҳлавон Маҳмуд хотирасига бағишланган халқаро баҳодирлар ўйини ҳам қизғин давом этмоқда.
Batafsil oʻqing 👉
👉 @postdarasmiy
Ҳамкорликдаги ўқув курслари

Ички ишлар вазирлиги Жамоат хавфсизлиги департаменти Жамоат тартибини сақлаш хизмати ҳамда Ветеринария ва чорвачиликни ривожлантириш қўмитаси билан ҳамкорликдаги жойлардаги карантин тадбирларини таъминлаш гуруҳлари ходимларини билим савиясини ва малакасини ошириш мақсадида ўқув курслари бўлиб ўтди.

@postdarasmiy
ISTEʼDODLAR INGLIZCHA KUYLADI

IIV Sirdaryo akademik litseyida ingliz tili bilimdonlarinig shou-bellashuvi o‘tkazildi. Ingliz tilini mukammal o‘rganishga qaratilgan tadbir yoshlar tomonidan qizgʻin kutib olindi. Unda joʻshqin avlod vakillari koʻplab xorijiy davlatlarning madaniyati, urf-odatlari, sanʼati yuzasidan posterlar, sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar ijro etishdi.
Tadbir yakuniga koʻra, birinchi bosqich oʻquvchilari gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi.
Oʻz muxbirimiz.
Sirdaryo viloyati.
ДОНОРЛИК АКЦИЯСИ

Хоразм вилояти Қон қуйиш марказида “Бор меҳримиз сенга, болажон!” шиори остида донорлик акцияси бўлиб ўтди. Мамлакатимизда гемотология ва трансфизиология хизматини ривожлантириш ҳамда даволаш муолажалари қийин бўлган беморларга беғараз ёрдам кўрсатиш мақсадида ўтказилган ушбу донорлик акциясида турли соҳа вакиллари қатори вилоят ички ишлар органлари ходимлари ҳам фаол иштирок этиб, ихтиёрий равишда қон топширишди.
Ўз мухбиримиз.
Хоразм вилояти.
2024/10/03 23:27:59
Back to Top
HTML Embed Code: