Telegram Web Link
KO'RGAZMALI MASHG'ULOTLAR

Yaqinda IIV Qorovul qo'shinlariga qarashli Namangan viloyatida joylashgan 7552-harbiy qismda qo'shilma va qism shtab boshliqlari hamda qo'shinlar xizmati va navbatchilik qismi ofitserlari ishtirokida ko'rgazmali mashg'ulotlar tashkil etildi.
Ona vatanimiz himoyachilarining o'z vazifalarini astoydil o'tashiga oid turli mavzularda tashkil etilgan mazkur tadbirlarni o'tkazishdan ko'zlangan asosiy maqsad ham qo'shinlarga yuklatilgan jangovar topshiriqlarni yuqori darajada bajarishdan iboratdir.
Ulug'bek MAMADALIYEV,
serjant.
JUMBOQ

1897-yilda U. Morrison qandolatchi J. Uorton bilan birgalikda ishlab paxta konfetini ixtiro qildi. Baʼzilar U. Morrison bunda oʻz foydasini oʻylab (gʻarazli niyatda) oʻylab topganligini aytadi. Shuni hisobga olgan holda Morrison kasbini toping?

Ushbu savolning javobini bugun soat 17:00 da telegramm kanalimiz orqali e'lon qilamiz.

Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin:
https://www.tg-me.com/postda_muloqot

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
ЗАКОВАТЛИ ЁШЛАР ДАВРАСИДА

Шўрчи туманида “Заковат” интеллектуал ўйини ўтказилди. “Хавфсиз ҳаёт учун бирлашайлик!” шиори остида ўтказилган интеллектуал ўйинда 3-сектор ҳудудида истиқомат қилувчи билимдон ёшлардан ташкил топган жамоалар қатнашди.
Ғолибликни қўлга киритган жамоалар ташкилотчиларнинг эсдалик совғалари билан тақдирланди.
Ўз мухбиримиз.
Сурхондарё вилояти.
#ibrat_vaqti

ZULMDAN QOCHISH UCHUN


Odil hukmdor Anushirvon davlat arkonlari bilan shikorga chiqdi. Ov qilgan joylarida qo’lga tushgan kiyik go’shtidan kabob qilishdi. Ammo tuz yo’q ekan. Ozroq tuz topib kelish uchun xizmatkorlardan birini yaqin bir qishloqqa yuborishdi. Podshoh xizmatchi yigitga:
— Tuzni albatta pulga sotib ol, — deya tayinladi. O’sha paytda davlatning qishloqdan tuz solig’i olish odati bor edi. Qishloq xarob bo’lmasin, deya podshoh shunday buyurgan edi. Anushirvonga yonidagilar:
— Ozginagina tuzni tekinga olsa nima qiladi? — deyishdi. Shunda hukmdor bunday javob berdi:
— Zulm, haqsizlik asli Qadim zamonlarda juda kam bo’lgan. Vaqt o’tishi bilan har yangi kelgan avlodlar ozginadan ko’paytirib, bugungi darajaga keltirishdi. Agar podshoh aholining bog’idan bitta olma uzsa, xizmatchilari olma daraxtini ildizi bilan sug’uradilar. Agar podshoh bir odamdan bitta tuxum olsa, podshohning askarlari mingta tovuqni pishirib yeyishadi.

@postdarasmiy
Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Toshkent shahrining Bektemir va Yakkasaroy tumanlarida ichki ishlar organlari tomonidan jamoatchilik bilan hamkorlikda mahallalarda xavfsizlikni taʼminlash maqsadida tungi vaqtlarda tashkil etilayotgan ishlar oʻrganildi

▶️
Batafsil
———
Ички ишлар вазири генерал-лейтенант Пўлат Бобожонов бошчилигидаги ишчи гуруҳ томонидан Тошкент шаҳрининг Бектемир ва Яккасарой туманларида ички ишлар органлари томонидан жамоатчилик билан ҳамкорликда маҳаллаларда хавфсизликни таъминлаш мақсадида тунги вақтларда ташкил этилаётган ишлар ўрганилди

▶️
Батафсил

Телеграм канал
NAMUNA ETIB KOʻRSATILDI

Guliston tumani IIBda olib borilgan ma'naviy-ma'rifiy ishlar barcha soha vakillariga namuna etib koʻrsatildi.
Gap shundaki, Sirdaryo viloyati va Guliston tumani Maʼnaviyat boʻlimlari tomonidan tumanda shu yoʻnalishdagi ishlar jiddiy oʻrganilgan edi. Yaqinda oʻrganishlar tahliliga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Koʻpgina idora va tashkilotlarning xodimlarni vatanga sadoqat, milliy-maʼnaviy qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalash borasidagi ishlari tanqid qilindi. Guliston tumani IIBda esa maʼnaviy-maʼrifiy, sport tadbirlarining muntazam yoʻlga qoʻyilgani, kutobxonlik keng targʻib qilingani eʼtirof etildi. Yigʻilishda Guliston tumani IIB jamoasi tuman hokimligi tomonidan taqdirlandi.
Oʻz muxbirimiz.
Sirdaryo viloyati.
2024/10/03 21:28:36
Back to Top
HTML Embed Code: