Telegram Web Link
#Seminar

Tashqi migratsiyada yurgan fuqarolarni qo'llab-quvvatlash masalalari bo'yicha tumanda ishchi guruh tuzilgan bo'lib, ularning ish faoliyatini to'g'ri tashkil etish maqsadida bugun Quyi Chirchiq tumani hokimlig binosida Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi raisi S. Fayziyeva,Toshkent viloyati hokimi o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig'i  Z.Mirgaziyeva, Quyi Chirchiq tuman Ishchi guruh rahbari B. Xodjayev hamda Quyi Chirchiq tuman hokimi A.Xolmuradovlar boshchiligida mamlakatimizdan tashqarida ishlab yurgan fuqarolarni qo'llab-quvatlash hamda muammolarini bartaraf etish bo'yicha mahalla yettiligi bilan seminar bo'lib o'tdi.
Назорат остида бўлишига қарамай...
2023 йилнинг 22 сентябрида жиноят ишлари бўйича Мирзачўл тумани суди “Тошкент” маҳалласида яшовчи, муқаддам талончилик қилгани учун судланган Д.В. га нисбатан 1 йил муддатга маъмурий назорат ўрнатиш тўғрисида қарор чиқарганди. Аммо ушбу шахснинг суд томонидан белгиланган чекловларга зид равишда ўз яшаш жойини тарк этганлиги ички ишлар органлари ходимлари томонидан аниқланди. Ҳолат юзасидан жиноят иши қўзғатилган.
Алижон АБДУСАТТОРОВ,
ўз мухбиримиз.

Жиззах вилояти.
ЮК ТАШУВЧИ ТРАНСПОРТ ВОСИТАЛАРИ СОЗМИ?

Қашқадарё вилояти ИИБ ЖХХ Йўл ҳаракати хавфсизлиги бошқармаси ходимлари томонидан воҳа ҳудудидаги автомобиль йўлларида ҳамда корхона ва ташкилотларда юк ташувчи транспорт воситаларининг техник созлиги текширилиб, кўрикдан ўтмаган, техник носоз автомобилллар ҳайдовчиларга нисбатан белгиланган тартибда чоралар кўрилмоқда. Техник кўрикдан ўтмаган ва қоидаларга амал қилмаган ҳайдовчиларнинг юк автомашиналари қонуний тартибда жарима майдончасига жойлаштирилмоқда. Бундан ташқари, ҳайдовчилар билан йўл ҳаракати қоидаларига амал қилишлари юзасидан тарғибот-ташвиқот ишлари амалга оширилмоқда.
Мансур Эгамбердиев,
капитан.
Қашқадарё вилояти.
#Kun_hikmati

📌 Harakat zaif bo‘lgan joyda, kuchli bilim foydasizdir. Harakatsiz bilim - ipsiz kamon o‘qidir

✍️ Az-Zamaxshariy
DOLZARB MAVZULARDAGI TARG‘IBOTLAR

Terrorizm – u xoh jismoniy, xoh virtual olamda boʻlsin, ming-minglab begunoh insonlarning umriga zomin boʻlib, bir qancha taqdirlarni barbod etadi. Uning domiga tushib qolish og‘ir va ayanchli yakun topadi. “Payshanba – huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida viloyat IIB TQX TQKB va uning joylardagi bo‘limlari mas’ullari tomonidan mahallalarda, ta’lim muassasalarida terrorizm, ekstremizm, norasmiy tashkilotlarning noqonuniy faoliyatiga qarshi kurashish yo‘nalishlarida profilaktik targ‘ibotlar olib borilmoqda. Unda buzg‘unchi g‘oyalar ta’siridan himoyalanishga doir siyosiy-huquqiy, ijtimoiy va tashkiliy-profilaktik vositalarni takomillashtirish ta’kidlanmoqda.
Batafsil o‘qing👉
YORDAMCHINING KO‘MAGI MUHIM

Olimjon Xo‘jayev Yashnobod tumanidagi «Jarqo‘rg‘on» mahallasida joylashgan 274-ichki ishlar organlari tayanch punkti profilaktika katta inspektori yordamchisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. U mahalla tinchligi, osoyishtaligini ta’minlashda hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda profilaktika inspektorining yaqin ko‘makchisi.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
HAYDOVCHILIK GUVOHNOMASI KERAKMI...?

So‘nggi vaqtlarda ommaviy axborot vositalarida firibgarlardan ehtiyot bo‘lishga undovchi chaqiriqlarga tez-tez ko‘zimiz tushyapti. Shunga qaramay, bunday noxush holatlar yo‘l harakati xavfsizligi sohasiga bog‘liq yo‘nalishlarda ham uchramoqda.
Haydovchilik guvohnomalarini olishda yaratilgan shaffof tizim bo‘lajak haydovchilarni yo‘l harakati qoidalarini yaxshi o‘zlashtirishga undayotgan bo‘lsa-da, ayrim shaxslar bu hujjatni olishning «oson» yo‘llarini izlab, noqonuniy xatti-harakatlarni sodir etmoqdalar.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
ОЛТИНГА ТЕНГ ҚИЙМАТЛАР

Ғайратли кишилар доим хайрли ташаббусларга бош-қош бўлишади. Бундай одамлар фидойилиги билан ён-атрофидаги кишиларга, айниқса, ёшларга ўрнак кўрсатади. Ана шундай шижоатли фахрийларимиздан бири – истеъфодаги майор Абдуҳалим Абдухалилов.
Лавҳамиз қаҳрамони кўп йиллар давомида ички ишлар органларида турли масъулиятли вазифаларда, раҳбарлик лавозимларида хизмат қилган. Суриштирувчиликдан тортиб жиноят қидирув йўналишида, ҳуқуқбузарликлар профилактикаси хизматида фаолият юритган.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
2024/10/03 21:36:15
Back to Top
HTML Embed Code: