Telegram Web Link
#Jumboq

Savol: Yurtimizda o‘sadigan yantoq va Meksikada unadigan kaktusning qanday farqli jihati bor.

Ushbu savolning javobini to‘g‘ri topsangiz, bugun soat 17:00 da telegram kanalimiz orqali e’lon qilamiz.

Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin: https://www.tg-me.com/postda_muloqot

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
Kecha va Bugun

Sirdaryo viloyati Xovos tumani IIB binosi

👉 @postdarasmiy
Xotira - aziz, qadr- muqaddas

Bugun IIV Markaziy apparati tomonidan yaqinlashib kelayotgan 9-may - "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan ichki ishlar organlari xodimlarining mas‘uliyatini yanada oshirish, ma'naviy salohiyatini yuksaltirish maqsadida poytaxtimizning Olmazor tumanida joylashgan "G‘alaba" bog'ida sayohat tadbiri tashkil qilindi.
Sayohat davomida xodimlar taqdim etilgan faktlar asosida ikkinchi jahon urushida front ortida matonat ila mehnat qilgan yurtdoshlarimiz hayoti, bosib o'tgan yo'li bilan tanishdi. Noyob hujjatlar va tarixiy ma'lumotlarni ko'zdan kechirdilar.
"Gʻalaba" bogʻi yodgorlik majmuasi va "Shon-sharaf" davlat muzeyi ekspozitsiyalari xalqimizning urush yillarida koʻrsatgan madrligi va yuksak insoniy fazilatlarini nomoyon etib yosh xodimlarimiz qalbida ona Vatanga sadoqat ruhini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
Нашаванднинг тандирхонасида
Ички ишлар органлари ходимлари томонидан Шароф Рашидов туманининг “Хавастлик” маҳалласида яшовчи Б.М.нинг хонадони кўздан кечирилганида унинг ховлисида 4 туп каннабис етиштираётганлиги аниқланди. Шунингдек, Б.М.нинг тандирхонасидан қоғозга ўралган 3,88 грамм марихуана топилган. Ҳолат юзасидан жиноят иши қўзғатилди.
Алижон АБДУСАТТОРОВ,
ўз мухбиримиз.
Жиззах вилояти.
УСТОЗГА САДОҚАТ

Ат-Термизийнинг ёзишича, у ўз асарлари учун кўп маълумотларни ал-Бухорий билан учрашувлардан олган. Шу билан бирга, ал-Бухорий ҳам ат-Термизийнинг билимини юқори баҳолаб: «Мен сендан кўрган фойда сен мендан кўрган фойдадан ортиқроқ», деб унга нисбатан чуқур ҳурматини билдирган. Ат-Термизий ўз устози ва сафдоши ал-Бухорийни бутун умри давомида ҳурматлаб, унга самимий садоқатда бўлган. Араб тарихчиси Шамсуддин аз-Заҳабийнинг «Тазкират ул-Ҳуфоз» номли асарида ёзишича, ат-Термизий ўз устозининг вафоти туфайли қаттиқ қайғуга ботиб, «кўп йиғлаганидан ҳатто кўзлари кўр бўлиб қолиб, узоқ йиллар кўзи ожиз ҳолда яшади».

👉 @postdarasmiy
#Jumboq

Savol: Yurtimizda o‘sadigan yantoq va Meksikada unadigan kaktusning qanday farqli jihati bor.

Ushbu savolning javobini Nigora Mamayusupova to‘g‘ri topdi. Ofarin! Sardorbek,  Sardor, Bilol, Qurbonov Ulug'bek kabi o'quvchilarimiz ham to‘g‘ri javob yo'llashdi. Bilimdonlarga omad yor bo'lsin.

Javob: Farq shundaki, yantoq namni yerdan, kaktus esa suvdan oladi.

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
ҲАРБИЙ ҚИСМ 25 ЁШДА

Яқинда ИИВ Қоровул қўшинларига қарашли Қашқадарё вилоятида жойлашган 7533-ҳарбий қисм ташкил этилганлигининг 25 йиллиги муносабати билан тантанали тадбир ўтказилди. Унда ИИВ Қоровул қўшинлари қўмондонининг ўринбосари, полковник Даврон Ашуров, вилоятдаги ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар раҳбарлари, фахрийлар ва бошқалар иштирок этди.
Тадбирда ҳарбий қисмнинг бир гуруҳ ҳарбий ҳизматчиларига ИИВ Қоровул қўшинлари қўмондонлигининг қимматбаҳо эсдалик совғалари топширилди. ИИВ Қоровул қўшинлари ансамбли, Қашқадарё вилояти маданият бошқармаси хушовоз хонанда ва раққосалари ҳамда сўз усталари барчага байрам кайфияти улашди.
А. Холматов,
7533-ҳарбий қисм
Маданият маркази бошлиғи.
BAXT – OILANING NAQSHI

Payariq tumani «Ilg‘or» mahallasi profilaktika inspektori, katta leytenant Nurali Mirzayev 2020-yilda Buxoro davlat universitetini tamomlagandan so‘ng ilk xizmatini aholisi zich ushbu mahallada boshlagan. Lavhamiz qahramonining uch yillik xizmati davomida bu hududda birorta ham jinoyat sodir etilmagani e’tiborga molik.
– Yaqinda hokim yordamchisi bilan birgalikda Rossiyadan qaytib kelgan olti nafar migrantning har biriga 33 sotixdan yer topshirdik, – deydi profilaktika inspektori. – Yigitlar dalaga loviya ekishga qaror qilishdi. O‘z ishi bilan shug‘ullanish yoki biznes boshlash niyatida bo‘lganlarga motokultivator sotib olish va imtiyozli kreditlar olishda ham yordam ko‘rsatilmoqda.
Batafsil o'qing 👉

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
Халқободлик ёшлар музейда

Қашқадарё вилояти ИИБ бошлиғи ўринбосари, полковник Фаррух Тоиров ўзига бириктирилган Шаҳрисабз тумани “Халқобод” МФЙдаги 74-мактабнинг 10–11 синф ўқувчилари билан тез-тез учрашиб, уларнинг орзулари, қизиқишлари борасида мулоқотлар ўтказиб келмоқда.
Бу галги учрашувдан сўнг халқободлик ёшларнинг Шаҳрисабз шаҳри марказида жойлашган Амир Темур номидаги давлат музейига ташрифи ташкил қилинди.
Бу борадаги ишлар давом эттирилмоқда.
Ўз мухбиримиз.
Қашқадарё вилояти.
BIR HOVUCH DUR

O‘zingnikigina emas, o‘zgalarning nodonligi ham yozishga xalaqit beradi.
Kitob – boylik. Lekin sotib olingani emas, o‘qilgani.
Eshik yopilganda jimlikning etagi qisildi.
Laganbardor boshliqning erish nuqtasini biladi.
Yozuvchi sayoz joyida cho‘kadi.
Yozuvchi yolg‘onni to‘qiydi-yu, haqiqatni yozadi.
Baxt – boylikda, desangiz, hamma baxtsiz. Chunki aqlliga ko‘p narsa kerak emas, ahmoq esa baribir to‘ymaydi.
Qalam so‘zning soyasini chizadi.
Mix bolg‘adan qochib qutulaman deb, taxtaga kirib ketdi.
Mehnatni rohatga aylantirishni xayol qilar edik, rohat mehnatga aylandi.
Xudo insonni bir umr baxt izlash azobi bilan jazolagan.
Ba’zilar haqida yaxshi gapirsang, laganbardor bo‘lasan, yomon gapirish –xavfli.
Asqad MUXTORning «Uyqu qochganda...»
tundaliklar kitobidan.

👉 @postdarasmiy
KITOBDAGI HAYOT

Haqiqatan ham, kitoblarda o‘zga bir olam ochilardi. Undagi odamlar ham o‘zgacha, turarjoylari ham. E-he, katta-katta shaharlar, mashinalar, tramvay-trolleybuslar, bularning hammasi bizga kelajakda yetishuvimiz mumkin bo‘lgan antiqa bir olam edi.
Shukur XOLMIRZAYEV,
O‘zbekiston xalq yozuvchisi.


👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
ЖУРЪАТЛИ ТАЛАБА

Ўзбекистон давлат жаҳон тиллари университетининг II босқич талабаси Мирзабек Элмуродов уяли алоқа воситасини бир дақиқага сўраган эркакка телефонини узатди ва ўзганинг суҳбатига қулоқ тутаётгандек кўринмаслик учун четланди. Эркак гаплашиб бўлгач, ўз йўлида давом этди.
Мазкур воқеадан бир неча дақиқа ўтар-ўтмас Жиззах вилояти ИИБ ходими Мирзабек билан боғланиб, ҳозиргина унинг телефонидан фойдаланган одам қидирувдаги шахс эканлиги, ички ишлар органи ходимлари етиб боргунга қадар уни кузатиши кераклигини тушунтирди.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
⚡️O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 6-martdagi yig'ilishining 20-sonli Bayonining 8-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida, Toshkent shahar Olmazor tumani IIO FMB 4-sonli IIB HPB bo'limi xodimlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ma'sul xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent davlat texnika universitetida faoliyat olib borayotgan tyutorlar uchun "Huquqiy targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish mexanizmlari" mavzusida o'quv kursi tashkil etildi.
2024/10/03 23:26:16
Back to Top
HTML Embed Code: