Telegram Web Link
O'zbekiston Milliy kutubxonasida navbatdagi texnik o'qish kunlari bo'lib o'tdi

💢 Markaziy bank xodimlari tomonidan O‘zbekiston Milliy kutubxonasi xodimlari uchun "Moliyaviy savodxonlik sizning navigatoringiz" mavzusida  trening o'tkazildi.

🎙 Maruzachilar:

1⃣ Dilnavoz Narzullayeva
– Markaziy bank Moliyaviy savodxonlik va ommaboplikni oshirish departamenti direktor o‘rinbosari;

2⃣ Gulrux Pardabayeva – Markaziy bank Moliyaviy savodxonlik va ommaboplikni oshirish departamenti yetakchi iqtisodchisi

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
#xatosiz_yozing
Anonymous Quiz
7%
Ajabtovir
86%
Ajabtovur
7%
Ajabtavur
#xatosiz_yozing
Anonymous Quiz
3%
Balant
97%
Baland
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kutubxona_OAV_nigohida

Islom sivilizatsiyasi markazi kutubxonasi texnologik uskunalar bilan jihozlash loyihalari taqdimoti bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
#Yoshlar_ijodi

IKKI YILDAN SO‘NG


Xorazmga ketaman bir kun,
Yuragingiz men bilan ketar.
To‘xtamasdan almashar tun, kun,
Ruhingizni iztirob yutar.
Yutar g‘amlar domiga tortib,
Ko‘ksingizda sovrilar orzu.
Qalbingizga yolg‘onlar ortib,
To‘lab bo‘lmas, eng katta qarz bu.
Bir umrga bo‘lmaydi diydor,
Siylanmaydi nigohlarimiz.
Ko‘zingizni qarog‘i humor,
Kechirilmas gunohlarimiz.
Gunohkormiz ishqning oldida,
Ranjib qoldi bizdan muhabbat.
Omad qo‘ldan tushib qoldi-da,
Yashirinib oldi bizdan baxt.
Belingizda belbog‘ingizga,
Mening ismim yozilmas endi.
Kulib turgan yanog‘ingizga,
O‘zgasining ifori qo‘ndi.
Meni yo‘qlab borolmaysiz ham,
Yo‘llar ayro, taqdirlar ayro.
Dunyo shunday to‘liq emas, kam,
Bitta kamim sizsizdir, tanho.
Kelar bo‘lsak dunyoga qayta,
Bizga imkon bersa Xudoyim.
Taqdirimga shukurlar ayta,
Qalbda so‘nmas, hech ham duoyim.
Inoyatga bo‘lsak muyassar,
Shahrim bo‘lsin sizni shahringiz.
Ishqim shunday o‘jar va qaysar,
Uyimga tegib, tursin uyingiz!!!


✍️Samandarova Go‘zalxon Qudrat qizi
Namangan davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabasi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#top_10

👤 Dispetcherlik xizmati va adabiyotlarni berish kafedralarida foydalanuvchilar tomonidan 2024-yil iyul oyida eng ko‘p buyurtma berilgan adabiyotlar top 10 taligi bilan tanishing:

1. Jeyms Klir “Atom odatlar”
2. Abdulla Oripov “Shoirning tug‘ilishi”
3. Jorj Oruell “1984”
4. Cho‘lpon “Kecha va kunduz”
5. Den Braun “Raqamli qal’a”
6. Gerbert Uells “Ko‘rinmas odam”
7. Lev Tolstoy “Anna Karenina”
8. Fyodor Dostoyevskiy “Jinoyat va jazo”
9. Zahiriddin Muhammad Bobur “Boburnoma”
10. O‘tkir Hoshimov “Nur borki, soya bor”

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
#xatosiz_yozing
Anonymous Quiz
23%
Bamaslaxat
77%
Bamaslahat
#Kitobdan_parcha

📜 Inson o‘qish o‘rganishdan to‘xtadi deguncha nodonlik, johillik to‘riga tushadi.


✍️
Robert T. Kiyosaki
📚 ”Boy ota, kambag‘al ota”
kitobidan.

📱
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
#Muvaffaqiyat_sirlari

📌 Texnologik mavzularda qalam tebratuvchi mashhur jurnalist Eshli Vens “Ilon Mask: Tesla, SpaseX va kelajak sari yo‘l” kitobida Silikon vodiysining eng yorqin, tap tortmas tadbirkori Ilon Maskning hayoti va muvaffaqiyatlarini ilk marotaba xolis hamda keng yoritadi.

📖 Kitob hozirgi zamon sanoatining shakl-shamoyilini o‘zgartirib yuborgan Maskning Janubiy Аfrikada kechirgan bolalik yillaridan tortib hozirgi davrgacha bosib o‘tgan yo‘li, PayPal, Tesla Motors, SpaseX va SolarCity kabi yirik kompaniyalarga asos solib, sayyoraviy biznes gigantiga aylanishi haqida maroqli tarzda hikoya qiladi.

Kitob liderlik tabiati bilan qiziquvchilar, yangi texnologiyalar rivojiga befarq bo‘lmaganlar, shuningdek, sifatli biografik asarlar ixlosmandlari uchun mo‘ljallangan.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
2024/09/25 21:20:44
Back to Top
HTML Embed Code: