Telegram Web Link
🏆“Tengdoshimga tavsiya” tanlovi g‘oliblari aniqlandi 🏆

2024-yil 30-iyul kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Yoshlar kuni” munosabati bilan kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, yoshlarda mutolaa madaniyatini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan “Tengdoshimga tavsiya” tanlovining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda 36 nafar ishtirokchi qatnashishdi.

🟢Ijodiy ishlar yozuvchi Javlon Jovliyev, yozuvchi, PHD Xurshid Abdurashid, shoir Bek Alilardan iborat hakamlar hay’ati tomonidan tekshirilib, baholandi. G‘oliblar 6 ta nominatsiya bo‘yicha aniqlandi. Ular:

🟡 “Eng yosh taqrizchi” nominatsiyasi – Ikromova Sevinch
🟡 “Eng yaxshi falsafiy tahlil” nominatsiyasi – Ubbiniyazov Rasul
🟡 “Eng yaxshi qahramon ruhiyatining tasviri” nominatsiyasi – Qodirova Gulasal
🟡 “O‘ziga xos yondashuv” nominatsiyasi – Abdusalomova Kumush
🟡 “Eng yaxshi tahlil” nominatsiyasi – Malikov Rustam
🟡 “Eng yaxshi badiiy tahlil” nominatsiyasi – Samandarova Go‘zalxon

🎁 Nominatsiya g‘oliblari O‘zbekiston Milliy kutubxonasi rahbariyati tomonidan sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi. Kutubxonaga tashrif buyura olmagan 3 nafar g‘olibga sovg‘alar pochta orqali yetkaziladi. Qolgan barcha ishtirokchilarga tashakkurnomalar elektron tarzda yuborildi.


✈️ Tanlov yuzasidan savollaringizni quyidagi botga yo‘llashingiz mumkin: @Tengdoshimga_tavsiya_bot


📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekistonda kitob mutolaasi va kitobxonlikni rivojlantirish bo'yicha chora-tadbirlar Saudiya Arabistoni OAV nigohida

Batafsil
Батафсил

Telegram Русский | English | Facebook | Twitter | YouTube
#xatosiz_yozing
Anonymous Quiz
45%
Bakalavriyat
55%
Bakalavriat
#Kichik_hikoya

📖 INSON QALBI

   Donishmanddan soʻradilar:
“Inson qalbi haqida juda koʻp tushuncha mavjud. Shundan eng soddasini aytib bering”.
Shunda donishmand javob oʻrniga oʻquvchisini bir xonaga yetakladi. U xona ichi juda goʻzal va oʻrtada stol ustida bir ovqat turardi. U ovqatdan xushboʻy hid taralar, lazzatli ekanligi shundoq bilinib turar edi. Oʻquvchining ovqatdan taʼtib koʻrgisi keldi...
Donishmand oʻquvchisini bu xonadan yetaklab olib chiqib, ikkinchi xonaga taklif qildi. Ikkinchi xonaga kirishgan edi hamki, u xona chidab boʻlmas darajada sassiq badboʻy hidda edi. Oʻrtada stol ustida kosada ovqat, ammo u kosadagi ovqatning badboʻy hidi hamma yoqqa anqigan edi. Ishtahalar yopilib, u xonadan tezroq chiqib ketishga shoshildi...
Tashqariga chiqqandan soʻng donishmand dedi:
“Birinchi xona - goʻzal qalbli inson vujudi. Kosadagi lazzatli taom uning qalbi. Har qanday odamning undan tatib koʻrgisi keladi...
Ikkinchi xona - yomon qalbli kimsa vujudi. Kosadagi badboʻy taom uning qalbi. Har qanday inson u ovqatni tatib koʻrishdan bosh tortib qochadilar...”.

📌 Xulosa oʻzingizdan!

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
#Kun_hikmati

Aziz kitobxonlar, biz sizlarga buyuk shaxslar tomonidan qayd etilgan hikmatli fikrlardan berib borishda davom etamiz.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
O'zbekiston Milliy kutubxonasida navbatdagi texnik o'qish kunlari bo'lib o'tdi

💢 O'zbekiston Milliy kutubxonasida "Ijtimoiy tarmoqlarda ekstremistik va boshqa destruktiv g‘oyalarni tarqalishini oldini olish" mavzusida trening bo'lib o'tdi.

♻️ Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Terrorizmga qarshi kurashish xizmati mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
2024/09/26 21:43:01
Back to Top
HTML Embed Code: