Telegram Web Link
Forwarded from AOKA - Rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📚 Китобсеварлар учун навбатдаги китоб кўргазма-ярмаркаси!

Жорий йилнинг 30–31 май ҳамда 1 июнь кунлари Тошкент шаҳридаги “Dream Park” маданият ва истироҳат боғида
“1 июнь – Халқаро болаларни ҳимоя қилиш куни” муносабати билан “Китобсевар миллат” шиори остида “Беғубор болалик” китоб кўргазма-ярмаркаси бўлиб ўтади.

Кўргазма-ярмарка доирасида шоу дастурлар, викториналар, китоб акциялари ҳамда турли қизиқарли танловлар ўтказилади.

Кўргазмага келинг, янги адабиётлар билан танишинг, ўзингиз севган адиблар асарларини харид қилинг ёки викториналарда ютиб олинг!

📌 Тадбир ташкилотчилари:

🔵Ахборот ва оммавий коммуникациялар агентлиги;

🔵 Мактабгача таълим ва мактаб вазирлиги;

🔵“Баркамол авлод” болалар мактаблари;

🔵Ўзбекистон ноширлари ва китоб савдоси ташкилотлари миллий ассоциацияси.

Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Mutolaa
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xatosiz_yozing
Anonymous Quiz
34%
Xushbaxra
66%
Xushbahra
#Kichik_hikoya

Aka-ukalar va hayot

📖 Ular bolaligida arzimagan narsalar uchun talashgani-talashgan edi. Janjallashardi, yumdalashardi, hatto birini-biri urishgacha borishardi. Oradan yillar o‘tib asta-sekin ulg‘aydilar va asta-sekin tushuna boshladilar, aka-uka o‘rtasidagi mehr-oqibat, hurmat, bir-birini himoya qilish, bir-biridan hech narsani ayamaslikni. Oradan yana bir necha yillar o‘tib ular rostmana ulg‘aydilar, uylandilar va yana bolaligiga qaytishdi. Arzimagan narsalar uchun talashgani-talashgan, arzimagan narsalarni deb janjallashgani-janjallashgan, arzimagan narsalarni deb hatto birini-biri urishgacha borishadi...

✍️ Oqil To‘raqul


📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi axborot-kutubxona resurslarini konservasiya va restavratsiya qilish xizmati rahbari Shuhratillo Pulatov Koreya Respublikasi O‘rmonchilik Milliy instituti tomonidan 2024-yil 28-29-may kunlari o‘tkazilgan “An'anaviy qog‘ozning qiymati va qo‘llanilishi” mavzusidagi xalqaro simpoziumda ishtirok etmoqda.

🔍 Mazkur xalqaro simpoziumda turli mamlakatlarda qog‘ozlarning madaniy qiymati va ishlatilishi haqida fikr almashildi, an'anaviy qog‘ozning holati va saqlash bo‘yicha muqobil yechimlarni muhokama qilindi, qog‘oz saqlash borasidagi so‘nggi texnologiyalar haqida ma'lumot berildi.

📝 O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga uchun axborot-kutubxona resurslarini konservasiya va restavratsiya qilish xizmati rahbari Shuhratillo Pulatov simpoziumda "Samarqand qog'ozi: paydo bolishi, yuksalishi va inqirozi" ma'ruzasi bilan ishtirok etdi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
#Kun_hikmati

Aziz kitobxonlar, biz sizlarga buyuk shaxslar tomonidan qayd etilgan hikmatli fikrlardan berib borishda davom etamiz.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
2024-yil 29-may kuni  O‘zbekiston Milliy kutubxonasida  O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi  bilan hamkorlikda “Mutolaa"da she'riyat” nomli teatrlashtirilgan nazm kechasi tashkil etildi.

💢 Kecha “Mutolaa” loyihasi doirasida amalga oshirilib, “Shuhrat” medali sohibi, shoir Bek Ali ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Dastur mehmoni shoir va aktyor Erkin Bozorov bo‘ldi.

♻️ BATAFSIL

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
2024/09/21 21:24:21
Back to Top
HTML Embed Code: