Telegram Web Link
Forwarded from Mutolaa
😊 She’riy kechamizdan lavhalar

Bugun “Mutolaa” loyihasi doirasida ilk bor nazm kechasi tashkil qilindi.

Tadbir davomida shoir Bek Ali oʻzining she’rlarini mehmon shoirimiz Erkin Bozorov bilan ijro qildilar.

Tadbir 250dan ziyod qatnashuvchilar bilan yuqori kayfiyatda bo’lib o’tdi.

Kechamizni tashkil qilishda yaqindan yordam ko’rsatgan Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutunxonasi rahbariyatiga tashakkur bildiramiz.

Jamoamiz bilan bunday ma’naviy tadbirlarni davomiy tarzda yo’lga qo’yishni reja qildik.

Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida  O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi  bilan hamkorlikda “Mutolaa"da she'riyat” nomli teatrlashtirilgan nazm kechasi tashkil etildi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
2024-yil 30-may kuni O'zbekiston Milliy kutubxonasi mutaxassislari 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan "Bolalarga bering dunyoni" shiori ostida Sergeli tumanidagi 599 -Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotiga sayyor tadbir uyushtirdilar.
📚Tadbir doirasida bolalar bilan "Boshqotirmalar yechish", "Ertak qahramonlarini topish", "Kim chaqqon" va kvest o'yinlari o'tkazildi.
Shuningdek, tarbiyalanuvchilar o'zlari o'qigan ertak qahramonlari haqida so'zlab berdilar, kitob haqida she'rlar oʻqidilar.
🎁 Tadbir so'ngida O'zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan bog'cha tarbiyalanuvchilariga sovg'alar topshirildi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
2024/09/21 23:38:48
Back to Top
HTML Embed Code: