Telegram Web Link
2024-yil 23-aprel kuni O'zbekiston Milliy kutubxonasining "Istiqbol" o'quv zalida ingliz shoiri va dramaturgi Uilyam Shekspir  tavalludining 460 yilligiga  bag‘ishlangan “Sevgi va ozodlik qo‘shiqchisi” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma tashkil qilindi.
Shekspir 1564-yilda  Yorkshir grafligidagi Stratford shahrida tavallud topdi.
🎭 Teatr aktyori va dramaturg sifatidagi faoliyati 1580-yildan boshlangan.
✍️ U 17 ta komediya, 10 ta xronika, 11 ta fojia, 5 ta poema va 154 sonet yozgan.
📚 Shoh asarlari — “Yuliy Sezar” (1599), “Hamlet” (1601), “Otello” (1604), “Qirol Lir” (1605), “Makbet” (1606), “Antoniy va Kleopatra”, “Koriolan” (1607) singari tragediyalardir.
🇺🇿 Uning asarlari G‘ofur G‘ulom, Maqsud Shayxzoda, Jamol Kamol va boshqa mohir tarjimonlar tomonidan o‘zbek tiliga o‘girilgan.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
#Kun_hikmati

Aziz kitobxonlar, biz sizlarga buyuk shaxslar tomonidan qayd etilgan hikmatli fikrlardan berib borishda davom etamiz.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#KITOBXONLIK_HAFTALIGI_2024

“Gullashga ulgurdim...” nomli ma’naviy-ma’rifiy kecha bo'lib o'tdi

💢 O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi,
A.Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining ma’naviy-ma’rifiy ishlar tashkilotchisi, taniqli shoira Gulchehra Shahobiddin qizi (G.Ibrohimova) tavalludining 60 yilligi va “Ajr” nomli yangi kitobining taqdimotiga bag‘ishlangan “Gullashga ulgurdim...” nomli ma’naviy-ma’rifiy kecha bo'lib o'tdi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTube
Facebook l Twitter l Web Sayt
"Kitobxonlik haftaligi" doirasida “Yangi siyosiy jarayonlar. Новые политические процессы” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

💢 2024-yil 24-aprel kuni IV Respublika "Kitobxonlik haftaligi" doirasida O‘zbekiston Milliy kutubxonasida G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali prorektori, taniqli siyosatshunos, siyosiy fanlar doktori, professor Shuhrat G‘oyibnazarovning “Yangi siyosiy jarayonlar. Новые политические процессы” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

💢 Kitob Yangi O‘zbekistonning ichki va tashqi siyosatida boshlangan o‘zgarishlar, yangi yondashuvlar va strategiyalar, olib borilayotgan islohotlarning siyosiy jihatlari va mavjud milliy, mintaqaviy va xalqaro muammolar tahliliga bag‘ishlangan bo‘lib,  u oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar, talaba-yoshlar, kursantlar, jamoat tashkilotlari vakillari va keng kitobxonlar ommasiga mo‘jallangan.
2024/09/23 09:12:26
Back to Top
HTML Embed Code: