Telegram Web Link
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
​​#Kun_tarixi

📅 Bugun, 23-aprel – Ingliz dramaturgi va shoiri Uilyam Shekspir tug‘ilgan kun.
🔹 Shekspir 1564-yilning 23-aprelida Yorkshir grafligidagi Stratford shahrida tavallud topdi.
🎭 Teatr aktyori va dramaturg sifatidagi faoliyati 1580-yildan boshlangan. Uning bu faoliyati taxminan 15 yil davom etgan. U Angliyaning eng yaxshi hisoblangan truppasida 2-darajali rollarni ijro etgan va shu truppa uchun pyesalar yozgan.
✍️ Uilyam kamida 17 ta komediya, 10 ta xronika, 11 ta fojia, 5 ta poema va 154 sonetning muallifi.
📚 Shekspirning adabiy merosi sheʼriyat va dramaturgiya asarlaridan iborat. Yoshlik yillarida mifologik syujet asosida yozgan “Venera va Adonis” (1593) hamda Rim tarixiga oid “Lukretsiya” (1594) dostonlari samimiy kutib olingan. Bu asarlar, ayniqsa, 1592—1600-yillarda yozilgan “Sonetlar” Shekspirning Uygʻonish davri madaniyati bilan uzviy aloqada maydonga kelganini koʻrsatdi.
👑 Dramaturg ijodining shoh asarlari — “Yuliy Sezar” (1599), “Hamlet” (1601), “Otello” (1604), “Qirol Lir” (1605), “Makbet” (1606), “Antoniy va Kleopatra”, “Koriolan” (1607) singari tragediyalardir.
🇺🇿 Uilyam Shekspirning oʻzbek tomoshabini tomonidan kashf etilishi 1935-yilda — “Hamlet” tragediyasining Hamza nomidagi drama teatri (hozirgi Oʻzbek milliy akademik drama teatri)da sahnalashtirilishi bilan boshlangan.
✔️ Shekspir taxminan 1612-yilda Stratford-upon-Avon shahriga qaytib kelgan va 1616-yilda shu yerda vafot etgan.

📖 @natlibuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kutubxona_OAV_nigohida

IV Respublika "Kitobxonlik haftaligi", "Kitobsevar millat" shiori ostida o'tadi
#KITOBXONLIK_HAFTALIGI_2024

"Mehr kutubxonasi" loyihasi doirasida Toshkent imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan 1-son kasb-hunar maktabi o'quvchi qizlari uchun adabiy viktorina o'tkazildi.

💢 O‘quvchi qizlar Milliy kutubxona haqida qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'lishdi. Ularga kutubxona nomidan esdalik sovg'alari topshirildi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#BUXORO_VILOYATI
#KITOBXONLIK_HAFTALIGI_2024

Buxoro viloyatida IV Respublika «Kitobxonlik haftaligi» jarayonlari

Haftaning ikkinchi kuni davomida Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyati axborot-kutubxona markazida qator dasturlar amalga oshirilmoqda.

Batafsil lavhada👆

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTube
Facebook l Twitter l Web Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/23 11:25:29
Back to Top
HTML Embed Code: