Telegram Web Link
Bayozdan lavha (XVIII asr)

📚 O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondida saqlanayotgan XVIII asrning qo‘lyozma durdonasidan biri bo‘lgan bayoz turli mavzudagi arab, fors va turkiy tilda yozilgan nasriy va she'riy asarlar to‘plamidir.
Qo‘lyozmada buyuk shoir, tarixchi olimlarning asarlaridan namunalar keltirilgan.
Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Firdavsiy, Sanoiy, Sa'diy, Hofiz Sheroziy, Shayx Fariduddin Attor va boshqalarning yuksak badiiy bezak, mohir xat bilan bitilgan she'riy va nasriy janrdagi tanlangan asarlari jamlangan.
Qo‘lyozmaning 37a-varag‘ida Zahiriddin Muhammmad Boburning nabirasi - o‘n ikki yoshida Dehli taxtiga o‘tirgan va 52 yil davomida imperiyani boshqargan Akbarshoh ibn Humoyun xaqida muhim tarixiy ma'lumotlar keltirilgan. Voqealar sa'j uslubida bayon qilingan.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt‌‌
#Kun_tarixi

📅 Bugun, 14-fevral – Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.

🔹 Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yil 14-fevral kuni Andijon shahrida tavallud topgan. Bobur - oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, isteʼdodli sarkarda, Boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shoh boʻlgan.
👑 Otasi Umarshayx Mirzo bevaqt halok bo‘lgach 12 yoshida taxtga o‘tirgan Bobur, 1526-yil aprelda Panipatda asosiy raqibi, Dehli sultoni Ibrohim Loʻdiyning 100 ming kishilik qoʻshinini 12 minglik askari bilan tor-mor qilishi bilan “Boburiylar” sulolasiga asos solgan buyuk shoh sanaladi.
✍️ Bobur 18-19 yoshlarida ruboiy va gʻazallar yoza boshlagan. Hozirda uning 119 gʻazali, bir masnu sheʼri, 209 ruboiysi, 10 dan ortiq tuyuq va qitʼalari, 50 dan ortiq muammo va 60 dan ziyod fardlari aniqlangan. Devoni tarkibida umumiy hajmi 270 baytdan iborat 8 masnaviy ham oʻrin olgan.
📔 1521-yil Hindistonga yurishlari davrida Bobur “Mubayyin” asarini yaratdi. Bobur “Xatti Boburiy”ni kashf qilib, unda arab alifbosini tahrirlagan, yozuvni soddalashtirish va osonlashtirish maqsadida uni turkiy til va talaffuz mezonlariga moslashtirgan.
📓 Oʻzbek adabiyotida dastlabki nasriy memuar va tarixiy-ilmiy asar sifatida yaratilgan “Boburnoma” asari Boburning eng yirik ijodiy merosi hisoblanadi. “Boburnoma”da 1494—1529-yillarda Markaziy Osiyo, Afgʻoniston va Hindistonda sodir boʻlgan tarixiy-siyosiy voqealar yilma-yil oʻta aniqlik bilan bayon qilingan boʻlib, ular muallif hayoti va siyosiy faoliyati bilan bevosita bogʻliqdir.
✔️ Bobur 47 yoshida oʻzi asos solgan saltanat poytaxti Agrada vafot etdi va oʻsha yerda dafn etildi, keyinchalik (1539-yil), vasiyatiga muvofiq xoki Kobulga keltirilib, oʻzi bunyod ettirgan “Bogʻi Bobur”ga qoʻyildi.

📖 @natlibuz
#Kun_hikmati

Aziz kitobxonlar, biz sizlarga buyuk shaxslar tomonidan qayd etilgan hikmatli fikrlardan berib borishda davom etamiz.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida o‘zbek mumtoz adabiyotining vakili, buyuk shoir, tarixchi, davlat arbobi, iste'dodli sarkarda, Boburiylar sulolasi asoschisi Zahriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo Boburning tavallud topgan kuni munosabati bilan ko‘rgazma qo‘yildi.
📚 Unda Boburning adabiy, ilmiy va harb ilmiga doir merosiga dahldor adabiyotlar o‘rin olgan. Ko‘rgazma bilan tanishgan foydalanuvchilar Zahiriddin Muhammad Boburning g‘azallari, ruboyilari bilan tanishish barobarida Vatanga muhabbat ila yurt ravnaqi uchun xizmat qilish va komil inson bo‘lishga, ajdodlarga munosib avlod bo‘lishga harakat qiladilar.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt
2024/09/25 19:26:46
Back to Top
HTML Embed Code: