Telegram Web Link
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Mir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag‘ishlangan kitob ko‘rgazma

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida g‘azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag‘ishlangan kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada
-bobokalonimiz Alisher Navoiyning O‘zbekiston Milliy kutubxonasida saqlanayotgan asarlari taqdim etilgan.
-Alisher Navoiy asarlariga sharhlar, uning hayoti va ijodiy faoliyatiga, uning falsafiy fikrlariga oid turli yillarda chop etilgan ilmiy kitoblar namoyish etilmoqda.
-dunyo tillariga tarjima qilingan Alisher Navoiyning tanlangan asarlari, g‘azallari, ruboiylari, o‘z asarlari izohi, ijtimoiy-falsafiy va axloqiy g‘oyalarga yo‘g‘rilgan xikmatlari va turli aforizm, maqol va matallari taqdim etilgan.
-Oybek, Maqsud Shayxzoda va boshqa shoirlar tomonidan turli davrlarda Alisher Navoiy haqida yozilgan asarlar o‘rin olgan.
-Foydalanuvchilar kutubxona kitob fondida mavjud Alisher Navoiy hayoti va ijodiga oid adabiyotlar bilan tanishadilar.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida "Менделеев – учёный и химик" deb nomlangan kitob ko‘rgazmasi

2024-yil 8-fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Ilm” o‘quv zalida rus ensiklopedik olimi, kimyogar, fizik, metrolog, iqtisodchi, texnolog, geolog, meteorolog, neftchi, o‘qituvchi Dmitriy Ivanovich Mendeleev tavalludining 190 yilligiga bag‘ishlangan "Менделеев – учёный и химик" (Mendeleev-buyuk olim va kimyogar) deb nomlangan kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
-Ko‘rgazmada rus olimi D.Mendeleevning hayoti, uning ilmiy yo‘li haqidagi maqolalar taqdim etilgan.
-Kimyogar sifatida uning asosiy va eng mashhur kashfiyoti - kimyoviy elementlarning davriy jadvali.
-Ko‘rgazmada uning nafaqat kimyo, balki fizika, metrologiya, aeronavtika, navigasiya, iqtisodiyot, sanoat, qishloq xo‘jaligi, pedagogika sohasidagi asarlari ro‘yxatini topishingiz mumkin.
-Uning ilmiy faoliyati nihoyatda keng va ko‘p qirrali.
-Hayoti davomida u turli sohalarga oid 1,5 mingdan ortiq asarlarni nashr etdi.
#Jadidlar

Butun kuchni xalq ichidan olaylik,
Quchoq ochib xalq ichiga boraylik!


✍️ Cho‘lpon

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Web Sayt‌‌
2024/09/25 13:24:40
Back to Top
HTML Embed Code: