Telegram Web Link
#Adliya_xabari
Rahbar va yoshlar uchrashuvi kelgusi rejalarga tayanch boʻladi

Bugun Namangan viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi D.Ahmedov “Adliya yoshlar orasida” aksiyasi doirasida yoshlar bilan uchrashdi. Uchrashuvda Namangan viloyat yuridik texnikumi hamda NamDU yuridik fakulteti bitiruvchilari ishtirok etdi.

Dastavval boshqarma boshligʻi tomonidan yoshlarni sayyor tartibda qabul qilinib, muammolari tinglandi. Qabul davomida kelgusida ishga kirish istagida boʻlgan yoshlarga tavsiyalar berildi. Shundan soʻng, 100 dan ziyod talabalar ishtirokida rahbar bilan muloqot davom etdi. Muloqot davomida boshqarma va uning tizimidagi asosiy yoʻnalishlar xususida masʼullar tomonidan taqdimotlar oʻtkazildi va tushunchalar berildi.

Yoshlar tomonidan bevosita rahbar uchun ajoyib takliflar ilgari surilgani va savollar bilan murojaat etilgani uchrashuvni yanada ochiq shaklda oʻtishiga va ular adliya idoralari faoliyatiga befarq emasliklariga dalil boʻldi. Qolaversa, yoshlar tomonidan yoshlar uchun sport musobaqalarini aynan adliya idoralari tomonidan uyushtirilishi, maxsus stipendiyalar joriy etilishi, yosh kadrlar masalasida yoshlarning fikri eshitildi.

Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki, ayni vaqtda Namangan viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimida 100 dan ziyod yoshlar faoliyat yuritadi.


Kanalga ulanish https://www.tg-me.com/namanganadliya
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
✍️ Rahbar va yoshlar uchrashuvi kelgusi rejalarga tayanch boʻladi

Bugun Namangan viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi D.Ahmedov “Adliya yoshlar orasida” aksiyasi doirasida yoshlar bilan uchrashdi.


Kanalga ulanish https://www.tg-me.com/namanganadliya
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

🎥Namangan viloyati teleradiokompaniyasining "Guldasta" dasturi "Suhbatdosh" sahifasida Chust tumani yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti S.Xo‘jayev fuqarolarning savollariga javob berdi.

🏢Namangan viloyati adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉
https://www.tg-me.com/namanganadliya
#Adliya_xabari
🔥 Adliya yoshlar orasida

Namanganda “Adliya yoshlar orasida” fleshmob-aksiyasi oʻtkazildi. Aksiya doirasida yoshlar uchun sayyor qabul, “Rahbar va yoshlar uchrashuvi”, shahmat musobaqasi va “Zakovat” intellektual oʻyini tashkil etildi. Maqsad, yoshlarni bandligini taʼminlash, sportga qiziqtirish, ularning maʼnaviy kamol topishlariga sharoit yaratish va intellektual salohiyatlarini oshirishdan iborat.

Shuningdek, “Adliya – yoshlarga koʻmakdosh” klubi tashkil etildi. Klubga 20 nafar yosh jalb etildi.

Klub aʼzolarining asosiy vazifasi sifatida viloyatimizning butun hududida oʻtkazib boriladigan yoshlarga oid tadbirlarda ishtirok etishi, ularning muammolarini oʻrganishi va huquqiy bilimlarini oshirishda faollik koʻrsatishi belgilandi.

⚖️ Oʻzbekiston – yoshlar mamlakati deb bejiz aytilmaydi. Zero, mamalakat aholining asosiy qismini yoshlar tashkil etmoqda. Tahlillar shuni koʻrsatatdiki, bugungacha parlament tomonidan yoshlarga oid 40 dan ziyod qonun hujjatlari qabul qilingan boʻlib, 30 dan ortiq xalqaro huquqiy hujjatlar ratifikatsiya qilingan.

Kanalga ulanish👉https://www.tg-me.com/namanganadliya
#Tayinlov

⚡️Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshligʻining tegishli buyrugʻi bilan  Saidahmadxonov Anvarxon Muhammadixon o‘g‘li Kosonsoy tumani adliya boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlandi

A.Saidahmadxonov tayinlovga qadar Kosonsoy tumani adliya bo‘limi bosh maslahatchi  lavozimida faoliyat yuritgan.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi jamoasi A.Saidahmadxonovni tayinlov bilan qutlab, kelgusidagi ishlarida omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!

🏢Namangan viloyati adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish
https://www.tg-me.com/namanganadliya
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
🔥 Adliya yoshlar orasida

Namanganda “Adliya yoshlar orasida” fleshmob-aksiyasi oʻtkazildi.


Kanalga ulanish https://www.tg-me.com/namanganadliya
2024/10/01 07:51:32
Back to Top
HTML Embed Code: