Telegram Web Link
Fuqarolik holat dalolatnomalarini yozish bo’limlarida “Xalqaro oila kuni” nishonlanmoqda.

Butun dunyoda 1994 yildan beri 15-may “Xalqaro oila kuni” sifatida nishonlanib kelmoqda. Ushbu kunning belgilanishidan maqsad oilaning ko‘plab muammolariga jamoatchilik eʼtiborini jalb qilishga qaratilgan.

Har yili 15-mayda oilalardagi muammolarni odamlar, jamiyatlar va hukumatlar hal qilishi uchun qanday choralar ko‘rilishi kerakligiga oid xabarlar e’lon qilinadi.

"Xalqaro oila kuni" munosabati bilan Kosonsoy, Uychi, Yagiqo’rg’on, Yangi Namangan tumani FHDY bo'limlari tomonidan xizmatdan foydalanishga kelgan fuqarolarga sovg’alar ulashilmoqda.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉
https://www.tg-me.com/namanganadliya
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_brifing

❗️“Loroben” dori vositasining kontrafakt nusxasini ishlab chiqarilishiga chek qoʻyildi va sud tomonidan huquqbuzarga nisbatan 60 mln jarima qoʻllanildi

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva maʼlum qildi.

Vazirlikka 2024 yil 1-chorak boʻyicha kelib tushgan jami 35 mingdan ortiq murojaatlarning 76 foizi qonuniy hal etildi.

Fuqaro va tadbirkorlar manfaatida kiritilgan taʼsir choralari natijasida 538 mlrd soʻmdan ortiq pul mablagʻi undirib berildi.

Qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish boʻyicha 3 179 ta taqdimnoma kiritildi, 3 830 nafar shaxslar maʼmuriy, 1 169 nafar shaxslar intizomiy javobgarlikka tortildi.

Davlat xizmatlari markazlari tomonidan aholiga 4,3 mlndan ortiq xizmatlar koʻrsatilib, xizmat koʻrsatish jarayoni va bosqichlari soddalashtirilishi natijasida oʻrtacha xizmat koʻrsatish vaqti 7,5 daqiqani tashkil etmoqda.

▫️19 858 ta yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazildi;
▫️53 314 ta YTT davlat roʻyxatidan oʻtkazildi;
▫️davlat xizmatlari markazlarida koʻrsatiladigan davlat xizmatlari turlari soni 355 taga yetkazildi.

Sudlarga 189 mlrd soʻmga yaqin 3 030 ta daʼvolar (arizalar) kiritilgan.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Yetim bolalar huquqlari ta'minlanyaptimi?

Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning huquqlari, ularning ijtimoiy himoyasi bilan bog‘liq masalalar davlat idoralari e'tibor markazida bo‘lib kelgan.

Xususan, adliya idoralari ham ushbu jarayonda bevosita manzilli ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Jumladan, tuman (shahar) adliya organlari joylarda bo‘lib yetim va ota-onasining yoki qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga huquqiy yordam ko‘rsatib kelmoqda.

Ularning o‘zlari va qonuniy vakillari bilan uchrashib, huquqlari, ular uchun taqdim etiladigan imtiyozlar, qonunchilikdagi o‘zgarishlar tushuntirilmoqda. Shuningdek, ularni qiynayotgan muammolar, huquqiy murojaatlari o‘rganilmoqda.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
⚖️Ma'lumki, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-son qarori qabul qilindi.

📆Shu sababli Pop tumanidagi maktablarning direktorlari ishtirokida ushbu qarorning mazmun-mohiyatini yoritishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari o'tkazildi.

🖇Targ‘ibot tadbirda ushbu qarorni atroflicha tushuntirib o'tib, aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifasiga oid berilayotgan imtiyozlar haqida ham ma'lumotlar berib o'tildi.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉
https://www.tg-me.com/namanganadliya
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Chust tumani adliya bo’limi, tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tayyorlangan lavha Sevimli telekanali "Zamon" informatsion dasturi orqali efirga uzatildi.

🏢 Namangan viloyati adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉
https://www.tg-me.com/namanganadliya
Ўзбекистонда оила статистикасига оид айрим рақамлар инфографикада

#oilakuni
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

🎥Namangan viloyati teleradiokompaniyasining "Guldasta" informatsion dasturi "Suhbatdosh" sahifasida Pop tumani 2-sonli FHDY bo'limi mudiri D.Jo'rayeva tomonidan fuqarolardan kelib tushgan savollarga javob berildi.

🏢 Namangan viloyati adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉
https://www.tg-me.com/namanganadliya
🔰 “Namangan sadosi” gazetasining navbatdagi sonida Namangan shahar Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i I.Xakimovning "Majburiy mehnat uchun javobgarlik belgilangan(mi)?" nomli maqolasi chop etildi.

🏢 Namangan viloyati adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉
https://www.tg-me.com/namanganadliya
Mua

✔️ Namangan shahar “Olvalizor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 10-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida tahsil olayotgan va shu (Olvalizor, Dambog‘, Marg‘ilon MFYlar) hududda yashayotgan yoshlarning ota-onalari bilan “Adliya – yoshlar tayanchi", sen huquqingni bilasanmi, ishsizlik va aholini ish bilan ta’minlash, kasbga yo‘naltirish va hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘lishlariga ko‘maklashish, vatanparvalik, qonunlarga hurmat hamda islohotlarga daxldorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan” mavzularda davra suhbat tadbiri o‘tkazildi.

❇️ Tadbir davomida og‘ir toifadagi, jinoyatchilikka moyilligi bor yoshlar tarkibiga kiruvchi fuqarolarni o‘rganish, ularni muammolarini yechilishiga yordam berish masalalari yuzasidan yaqindan profilaktik suhbatlar tashkil etildi.

🏢 Namangan viloyati adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉
https://www.tg-me.com/namanganadliya
📝 Турмуш ўртоғим вафот этди. Боқувчим йўқ. 35 ёшдаман. Боқувчисини йўқотганлик пенсияси менга қачондан бошлаб тайинланади?

“Фуқароларнинг давлат пенсия таъминоти тўғрисида”ги Қонунининг 47-моддасига мувофиқ, боқувчисини йўқотганлик пенсияси — пенсия олиш ҳуқуқи пайдо бўлган кундан бошлаб, лекин пенсия тайинланиши учун мурожаат этишдан олдинги 6 ойдан ошмаган муддатдан эътиборан тайинланади.

Пенсия:

⚫️ - марҳумнинг оила аъзоси меҳнатга қобилиятсиз деб ҳисобланган бутун давр учун тайинланса;

⚫️ - оиланинг: эркаклар — 60 ёшга, аёллар — 55 ёшга тўлган аъзолари учун эса — умрбод муддатга тайинланади.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Chust tumani adliya bo’limi, tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tayyorlangan lavha "ZO'R" telekanali "Bu kun" informatsion dasturi orqali efirga uzatildi.

🏢 Namangan viloyati adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉
https://www.tg-me.com/namanganadliya
#Adliya_hudud

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-son qarorining mazmun-mohiyatini tushuntirish bo'yicha targ'ibot tadbirlari davom etmoqda.

🌟Tumandagi davlat organlari va tashkilotlarida, xususan tumandagi 5-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti xodimlariga mazkur qarorning mazmun-mohiyatini yetkazishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari o'tkazildi.

🏢 Namangan viloyati adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉
https://www.tg-me.com/namanganadliya
2024/10/01 08:20:23
Back to Top
HTML Embed Code: