Telegram Web Link
#Adliya_tabrigi

Hurmatli Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari!

Sizlarni 26-sentabr – Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz.

Mamlakatimizning konstitutsiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini turli tahdidlardan himoya qilish hamda qonun ustuvorligini ta'minlashdagi sharafli xizmatlaringizda ulkan zafarlar yor bo'lsin.

Hurmat bilan Adliya vazirligi jamoasi

@adliyangiliklari
#Tayinlov

⚡️Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshligʻining tegishli buyrugʻi bilan Fayzullayev Axror Abduraxmon oʻgʻli Chortoq tumani adliya boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

A.Fayzullayev tayinlovga qadar Namangan viloyat adliya boshqarmasining Huquqiy axborot bo'yicha bosh maslahatchi lavozimida faoliyat yuritgan.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi jamoasi A.Fayzullayevni tayinlov bilan qutlab, kelgusidagi ishlarida omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!

🏢Namangan viloyati adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish https://www.tg-me.com/namanganadliya
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

🎥Namangan viloyati teleradiokompaniyasining "Guldasta" dasturi "Suhbatdosh" sahifasida Kosonsoy tumani DXM katta mutaxassisi X.Ziyayev fuqarolarning savollariga javob berdi.

🏢Namangan viloyati adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉
https://www.tg-me.com/namanganadliya
#Tayinlov

⚡️
Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshligʻining tegishli buyrugʻi bilan Qodirov Akmal Tillaboyevich Mingbuloq tumani adliya boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

A.Qodirov tayinlovga qadar Pop tumani adliya bo‘limi bosh maslahatchi lavozimida faoliyat yuritgan.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi jamoasi A.Qodirovni tayinlov bilan qutlab, kelgusidagi ishlarida omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!

🏢Namangan viloyati adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish
https://www.tg-me.com/namanganadliya
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

🎥Namangan viloyati teleradiokompaniyasining "Guldasta" dasturi "Suhbatdosh" sahifasida Uychi tumani yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti Sh.Dadaboyev fuqarolarning savollariga javob berdi.

🏢Namangan viloyati adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉
https://www.tg-me.com/namanganadliya
🇺🇿“Yangi Oʻzbekiston va inson huquqlari”

🏢 Isʼoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida “Yangi Oʻzbekiston va inson huquqlari” mavzusida Adliya va talabalar uchrashuvi tashkil etildi.

🏪Ochiq va samimiy muloqot tarzida oʻtgan uchrashuvda tuman adliya boʻlimi, FHDY boʻlimi hamda Davlat xizmati markazi masʼul xodimlari talabalarga shaxsiy tajribalari, hayot yoʻli va faoliyati va bugungi kunda inson huquqlari sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida tushuncha va maslahatlarini berdilar.

🔈Institutda tashkil etilgan tadbir mamlakatimizda inson huquqlarini taʼminlashga qaratilgan islohotlar mazmun-mohiyatini targʻib qilish, talaba - yoshlarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash, shuningdek, adliya va FHDY organlari faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadiga qaratildi.

✔️Tadbir jarayonida talaba-yoshlar tomonidan inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlash, taʼlim-tarbiya, fuqarolik jamiyati institutlarining faolligini oshirish, zamonaviy texnologiyalar kabi yoʻnalishlarda qator takliflar ilgari surildi.

☄️Bir soʻz bilan aytganda, Huquqshunoslarning institut talabalari bilan uchrashuvi qizgʻin kechdi. Oʻzaro savol-javob, bahs-munozara tadbir taʼsirchanligini oshirdi.

🏢 Namangan viloyati adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉
https://www.tg-me.com/namanganadliya
“Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonunning amal qilish doirasi

Qonunga amal qilish davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat muassasalari, davlat unitar korxonalari, davlat maqsadli jamgʻarmalariga, shuningdek ustav fondida davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlariga nisbatan tatbiq etilishi belgilangan boʻlib, Qonunda belgilangan cheklov va qoidalar toʻliq qoʻllaniladi. Oʻz navbatida, yuqorida koʻrsatib oʻtilgan tashkilotlarning ulushi jami 50 foiz miqdorda va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslarga hamda ularning ulushi jami 50 foiz miqdorda va undan ortiq boʻlgan taqdirda nisbatan faqat ularning davlat xaridlari sohasidagi munosabatlariga tatbiq etiladi.

Tashkilotlarda manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish, tartibga solish hamda uning huquqiy oqibatlari boʻyicha ishlarni tashkil etishda maxsus boʻlinma asosiy vazifalarni bajaradi.

F.Madraximov, Namangan tumanlararo maʼmuriy sudining raisi.
B.Xusanbayev, sudya yordamchisi.
#Tayinlov

⚡️Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshligʻining tegishli buyrugʻi bilan Abdunazarov Sarvarjon Abdumalikovich Chust tumani adliya boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlandi

S.Abdunazarov tayinlovga qadar Chust tumani adliya bo‘limi bosh maslahatchi lavozimida faoliyat yuritgan.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi jamoasi S.Abdunazarovni tayinlov bilan qutlab, kelgusidagi ishlarida omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!

🏢Namangan viloyati adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish
https://www.tg-me.com/namanganadliya
#Adliya_xabari

"Toshloq"da “Adliya kuni” o’tkazildi
.

“O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida, Uychi tumani adliya bo‘limi tomonidan tumandagi "Toshloq" mahallasida tadbir tashkil etildi.

Tadbir doirasida, o’zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga mulk huquqini belgilash to’g’risidagi qonun, energiya tejamkorligi hamda energiya tejovchi uskunalar o’rnatishning afzalliklari haqida tushuntirishlar berildi.

Tadbir davomida adliya bo‘limi xodimlari tomonidan uyma-uy yurgan holda, fuqarolarning huquqiy muammolari o‘rganildi hamda huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Shu kuni mahalla fuqarolari uchun Sayyor qabul ham tashkil etildi. Qabulda 18 nafar fuqaroning turli masalalardagi murojaatlari tinglanib huquqiy tushuntirishlar berildi. 4 nafar fuqaroning murojaati boʻlim ish yurituviga olindi

🏢 Namangan viloyati adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉
https://www.tg-me.com/namanganadliya
2024/10/01 18:33:31
Back to Top
HTML Embed Code: