Telegram Web Link
#Adliya_xabari

Xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni o‘tkazildi

Joriy yilning 22-may kuni xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni o‘tkazildi.

Malaka imtihoni ochiqlik, shaffoflik va odillik prinsiplariga asosan o‘tkazildi.

Malaka imtihonida talabgorlarning davlat va jamiyat qurilishi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish, fuqarolik huquqi, notariat sohasi va vorislik huquqi bo‘yicha savodxonligi sinovdan o‘tkazildi.
Imtihon suhbat asosida og‘zaki savol-javob tarzida o‘tkazildi.

Malaka imtihonida ishtirok etish uchun Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasiga hujjat topshirgan 28 nafar talabgor ushbu malaka imtihonida ishtirok etishiga ruxsat berildi.

Malaka imtihoni natijasiga ko‘ra 11 nafar talabgor malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan deb topildi. Jumladan:

Andijon viloyatidan:
Jurayev Muxiddin Tajidinovich;

Qashqadaryo viloyatidan:
Ibrohimov Bahrom Baxtiyor o‘g‘li;

Namangan viloyatidan:
Zaripov Ravshanbek Raxmanovich;

Samarqand viloyatidan:
Azizov Sherzod Ilxomovich;

Toshkent shahridan:
Gulomova Sevaraxon Abdusalomovna;
Gʻulomov Javohir Gʻiyos o‘g‘li;
Ishmanov Javoxir Nurmamad o‘g‘li;
Mirkasimova Madina Bonu Maxmud qizi;
Ortiqova Zarina Shuhrat qizi;
Shaydozimova Nasiba Kudaybergenovna;
Yuldoshev Nozimbek Ilxom-o‘g‘li;

Malaka imtihoni joriy yilning 22-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining www.minjust.uz rasmiy veb-sayti orqali onlayn tarzda yoritib borildi hamda malaka imtihoni jarayoni yozib olindi.
#Tayinlov

Namangan viloyati Adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘zgardi


O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Ahmedov Dilmurod Toxirjonovich Namangan viloyati Adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Bugun viloyat hokimligida Adliya boshqarmasining yangi rahbari tanishtirildi.

Yig‘ilishda viloyat sektorlari hamda huquqni muxofaza qiluvchi idoralar rahbarlari ishtirok edilar.

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Adliya boshqarmasi tizimida olib borilayotgan ishlarni e’tirof etdi.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikromov Adliya vazirining buyrug‘ini hamda Dilmurod Ahmedovning mehnat faoliyati haqidagi ma’lumotnomani o‘qib eshittirdi.

Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan, 2018 yildan buyon hozirga qadar Namangan viloyati Adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Sabirov Hayrullo Ismoilovich O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida boshqarma boshlig‘i lavozimida faoliyatini davom ettiradigan bo‘ldi.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar sohaning har ikki rahbari faoliyati yuzasidan iliq fikrlarni bildirdilar.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉
https://www.tg-me.com/namanganadliya
👉 “Yoshlar bilan uchrashuvlar davom etmoqda !”

❇️ Namangan shahar Yuuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan “Marg'ilon” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 8-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida tahsil olayotgan va bitiruvchilar hisoblanuvchi yoshlar bilan yaqindan suhbat va “Huquqiy bilimlar kuni” o‘tkazildi.

❇️ Tadbir davomida “Adliya – yoshlar tayanchi, sen huquqingni bilasanmi, ishsizlik va aholini ish bilan ta’minlash, kasbga yo‘naltirish va hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘lishlariga ko‘maklashish, vatanparvalik, qonunlarga hurmat hamda islohotlarga daxldorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan” mavzularda yaqindan suxbat tashkil etildi.

❇️ Tadbirni Yuridik hizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti M.Mirsaidov olib bordi.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉
https://www.tg-me.com/namanganadliya
#Tayinlov

Ahmedov Dilmurod Toxirjonovich Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.


Dilmurod Ahmedov 1984-yilda Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti Oliy. Mutaxassisligi huquqshunos. 2-darajali adliya maslahatchisi.

Mehnat faoliyatini 2007-yilda Namangan viloyati adliya boshqarmasi shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish bo‘limi katta maslahatchisi vazifasini bajaruvchilikdan boshlagan. O‘tgan yillar davomida viloyat adliya boshqarmasida turli vazifalarda ishlagan. 2019-2021-yillarda Samarqand viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.

2021-yildan hozirga Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Mazkur tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan amalga oshirildi.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉
https://www.tg-me.com/namanganadliya
2024/06/28 10:20:19
Back to Top
HTML Embed Code: