Telegram Web Link
#Adliya_aksiya

Namangan viloyatida "Tengdosh tengdoshga" tamoyili asosida, “Men O‘zbekistonlikman” shiori ostida keng qamrovli targ‘ibot aksiyasi davom etmoqda

Targ‘ibot tadbirini o‘tkazish uchun TDYU professor-o‘qituvchi va talabalari jalb etilgan.

Targ‘ibot guruhi Uychi, va Chortoq tumanlarida bo‘ldilar.

Ular yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazib, yoshlarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar mazmun-mohiyatini yetkazish, aholining, ayniqsa yoshlarning huquqiy bilimlarini, intellektual-ijodiy salohiyatlarini, bilim va ko‘nikmalarini oshirish, yoshlarni noan’anaviy usullar bilan kreativ fikrlash va tahlil qilishga o‘rgatish, yoshlarni ilm-fan, innovatsiyalarga qiziqtirish, kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, yoshlarda Vatanparvarlik, millatini qadrlash tuyg‘ularini to‘g‘ri shakllantirish, yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga qiziqtirishga ko‘maklashish yo'nalishlarida mahorat darslari, intellektual o'yinlar va ochiq muloqot o‘tkazdilar.

💖Tadbir davomida faol yoshlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉
https://www.tg-me.com/namanganadliya
🔊Hurmatli fuqarolar !

📌Bugungi kunda Adliya vazirligi tomonidan Davlat xizmatlari markazlarining ish samaradorligini oshirish, fuqarolarga xizmat koʻrsatishda yanada qulay sharoitlar yaratish, xizmat koʻrsatish jarayonida turli xil qonun buzilishi holatlarining oldini olish boʻyicha bir qancha choralar koʻrilmoqda.

🔅Xususan, Davlat xizmatlari markazlari tomonidan xizmat koʻrsatish natijasida fuqarolardan davlat boji va boshqa toʻlovlarni undirish jarayonida qonuniylikni taʼminlash maqsadida ariza beruvchining mobil raqamiga SMS yuborish amaliyoti yoʻlga qoʻyilgan.

💸Mazkur SMS xabarda Sizdan undirilishi kerak boʻlgan summa koʻrsatiladi. Bu orqali toʻlovlarni undirish jarayonida qonun buzilishi holatlari oldi olinadi.

❗️Shu sababli, Sizdan ortiqcha toʻlov undirilgan yoki SMS xabar yuborilmagan hollarda 1148 "ishonch telefoni"ga qoʻngʻiroq qilishingiz soʻraladi!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
#Sayyor_qabul

Namangan tuman adliya bo'limi tomonidan Kichik Qurama MFYda sayyor qabul tashkil etildi.

Qabulda fuqarolarning, shu jumladan yoshlarning turli yo'nishlarga oid murojaatlari tinglanib, huquqiy maslahatlar berildi va tegishli murojaatlar o'rganishga olindi.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉
https://www.tg-me.com/namanganadliya
👉 Namangan muhandislik-texnologiya institutida uchrashuv

❇️ Namangan muhandislik-texnologiya institutida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etilib, unda Namangan shahardagi "Olvalizor" "Ma'rifat", "Obod", MFYlaridan biriktirilgan yoshlar ishtiroki ta’minlandi.

❇️ Uchrashuv yoshlar muammolarini hal etish, ularni har tomonla qo'llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati, yoshlarni oliy ta'lim bilan qamrab olish kabi masalalar qamrab olindi. Tadbir davomida taraflar o'z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉
https://www.tg-me.com/namanganadliya
#Adliyadan_javob

Protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalariga muhtojlikni belgilash va ularga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash nimaga asosan belgilanadi va “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” elektron axborot tizimida qanday hujjatlar rasmiylashtiriladi?

— Nogironligi bo‘lgan shaxslar, jumladan, nogironligi bo‘lgan bolalarning protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalariga muhtojligi nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomaga asosan belgilanadi.

Nogironlik guruhiga ega bo‘lmagan pensiya yoshidagi shaxslarning protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalariga muhtojligi nogironlik guruhiga ega bo‘lmagan pensiya yoshdagi shaxslar uchun protez moslamalari va reabilitatsiya vositalariga muhtojlik to‘g‘risidagi vrachlik-maslahat komissiyaning tibbiy xulosaga asosan belgilanadi.

“Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” elektron axborot tizimida:
nogironligi bo‘lgan shaxslar, jumladan, nogironligi bo‘lgan bolalarga — tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari (TIEK) tomonidan shaxsni nogironligi bo‘lgan shaxs (nogironligi bo‘lgan bola) deb topish bilan birgalikda protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasiga muhtojligi belgilangan holda nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma rasmiylashtiriladi;
nogironlik guruhiga ega bo‘lmagan pensiya yoshidagi shaxslarga — tuman (shahar)lardagi markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikaning vrachlik-maslahat komissiyalari (VMK) tomonidan pensiya yoshidagi shaxslar yoki ularning qonuniy vakili arizasiga hamda davolovchi shifokorning tibbiy hujjatlariga asosan tibbiy xulosa rasmiylashtiriladi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-apreldagi 253-son qarori.


@adliyangiliklari
“Men O‘zbekistonlikman” shiori ostida targ‘ibot aksiyasi o'tkazildi

To`raqo`rg`on tumani “Bozorboshi” mahallasidagi kasbga o`qitish markazi binosi "Tengdosh tengdoshga" tamoyili asosida, “Men O‘zbekistonlikman” shiori ostida targ‘ibot aksiyasi o'tkazildi.

Adliya vazirligi tomonidan o'tkazilgan mazkur targ'ibot tadbirida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazib, mamlakatimizda yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ona Vatanga muhabbat, sadoqat, mehr-muruvvat kabi tuyg‘ularni mustahkamlash, "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari", "Mehr daftari" shu kabi 7 xil turdagi daftarlar bo‘yicha batafsil tushuntirish berdilar.

Tadbir davomida yoshlar bilan qisqa savol-javoblar tashkil etildi. Shuningdek, targ'ibot tadbiri "Zakovat" intellektual o'yini bilan yakunlandi, faol yoshlarga esdalik sovg‘alar topshirildi.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉
https://www.tg-me.com/namanganadliya
2024/06/30 18:39:54
Back to Top
HTML Embed Code: