Telegram Web Link
#qiziq #Harvard

Garvard tashkil etilgandan beri uning shiori hisoblanadigan Veritas so'zi lotin tilidan tarjima qilinganda Haqiqat (Truth) degan ma'noni beradi.

Universitet asoschilari universitet bosh maqsadini "Yangi bilimlar izlash orqali Xudoga yaqinlashish" deb ko'rgan ekan.

@Musayev_blogi
Konsulting agentliklar va GrantGO

GrantGO va mentorlik kurslarida juda ko'p insonlar "Hujjatlarimni tayyorlab bermaysizlarmi?" yoki "Hujjatlarimni jo'natsam topshirib bermaysizlarmi?" deb murojaat qilishadi. Garchi bizga an'anaviy biznes modeli bo'yicha ishlash ancha oson va foydali bo'lsa ham Nima uchun GrantGO agentlikka aylanib qolmasligi haqida aytib bermoqchiman.


1. Agentliklar xizmatidan foydalanmaganman

Qisqa javob bersam, shaxsan o'zim hech qachon agentliklar xizmatidan foydalanish haqida ham o'ylamaganman. Shu sababli bu borada o'zimni mutaxassis deb bilmayman. Bilmagan narsangga burun suqish esa burunsiz qolishga olib kelishi mumkin )

Foydalanuvchi tomonidan esa ochig'ini aytsam agentliklar men xohlagan narsani bera olmasligini va ular menga beradigan qiymati arzimasligini aniq bilardim. Bunga esa sabab quyidagilar:

2. Ular sizning emas, o'z rejasi bo'yicha harakat qiladi

Agentlik bilan ishlash tugul ulardan maslahat so'rab borgan odam yaxshi biladiki, ular siz nimani xohlaysiz, qayerda o'qimoqchisiz (reallikka yaqin bo'lsa ham), haqiqiy potensialingiz qay darajada qiziqib o'tirishmaydi. Ularning o'z ro'yxati bor. Ularga shu ro'yxat bilan ishlash qulay. Shu sababdan ular sizning emas, o'zining rejasi bo'yicha harakat qilishni ma'qul ko'radi. Nazarimda, ularga rejali odamlar bilan emas, "sursam bo'ldi" niyati bilan borganlar bilan ishlash ancha qulayroq (pulini olish ham).

3. Agentliklarning chinakamiga 100% li grantlarga tishi o'tmaydi

Istalgan agentlikka borib Fulbright, Chevening, DAAD, Erasmus yoki universitetlar full yoki fully-funded grantlari haqida og'iz ochib ko'ring va keyin ular berayotgan 100% li garantiya qayerga yo'qolib qolishini tomosha qiling. Sababi ular o'zi ham juda yaxshi bilishadiki bu kabi grantlarga nafaqat agentliklar, balki tashqaridan hech kimning tishi o'tmaydi. Merit-based grantlar yutishning faqat bitta yo'li bor: avvalo unga munosib bo'lish, keyin esa shunga mos harakat qilish. Agar ular bu grantlarga garantiya berishsa bilingki, bu narsa afiristlikning eng insofsiz ko'rinishi.

Mashhur agentliklar birida ishlagan va keyinchalik o'z kuchi bilan Amerika universitetlaridan full scholarship yutgan yigit ham ular bu darajadagi universitet va grantlarda hech narsa qilib bera olmasligini aytgandi.

4. Ular "yutib berayotgan" grantlar aslida shartnoma natijasi

Men agentliklar umuman hech narsa qilmaydi deyishdan yiroqman. Lekin ular siz uchun "yutib berayotgan" grantlar ko'p hollarda aslida siz grantga munosib bo'lganingiz yoki ular astoydil harakat qilganidan emas, o'sha universitetlar bilan shartnomasi borligidan.

Oddiy tushuntirsam. Chet elda o'rta darajadan pastroq universitetlar bor. Ularning asosiy daromad manbasi chet ellik talabalar kontrakti, ya'ni ular uchun "sigir" (cash cow). Ular talabalarni jalb qilish uchun esa sun'iy tarzda oshirilgan kontrakt narxlariga 30-70% chegirma qilib berishadi.

Talaba o'zi topshirganda 30% chegirma yoki GRANT ajratadigan universitetlar, agentliklar orqali shu talabaga 50-70% chegirma qilib beradi. Uning baholari achinarli, "aylsi" yo'q va qayerga ketayotgani haqida tasavvurga ega bo'lmasa ham. Qisqasi, six ham, kabob ham, qo'y ham foyda qiladi.

Albatta, bu kabi shartnoma tuzilishi uchun agentliklar ham mehnat qilishini inkor qilmayman.

5. Chinakam tajribali va kuchli mentorlar (odatda) agentliklar bilan ishlamaydi

"Agentlikka borsam, meni eshikdan top universitetlarga grant yutganlar kutib olib yo'l-yo'riq ko'rsatadi" deb o'ylasangiz, bu ko'p hollarda bunday emasligini aytish kerak. Balki eshikdan kutib olar, lekin sizning hujjatlaringizni tayyorlaydigan, yo'l-yo'riq ko'rsatadigan, eng muhim xatlarni yozib beradigan odamlar ko'pincha shunchaki shu narsa uchun o'qitilgan, ammo amalda o'z tajribasi yo'q odamlar bo'lishi mumkin.

Shaxsiy tajribasi borlar, o'zi grant yutib chetda o'qiyotganlar-chi? Ular odatda agentliklar bilan ishlash shartlariga, ular beradigan ulushga rozi bo'lmaydi. To'g'ri-da, hammasini o'zi qila olsa agentliklar bilan ishlash nima kerak? )

Davomi bor...

📱 Musayev Blogi | 👨‍💻 Muallif Kurslari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TIME #MANAGEMENT toʻgʻri tuzish:

1. Birinchi oʻrinda yillik, oylik, haftalik va kunlik rejalarizni roʻyhatini tuzib chiqing;
2. Kunlik qiladigan ishlarizni ertalabda yoki kechqurun uxlashdan oldin yozib chiqing (To do list yoki ME+ ilovasini maslahat beraman);
3. Kunlik qiladigan ishlarizni Muxim emas, Muxim va Muximrog'iga ajratib chiqing;
4. Har bir qiladigan ishizga vaqt taqsimlab chiqing (muxim ishga 1soat, qaysidir ishga 30minut...);
5. Agar taqsimlagan vaqtizga amal qila olmasez Pomodoro usulidan foydalaning (ilovasi ham bor yoki YouTubeda ham videolar bor);
6.Tugallangan vazifalarni tekshiring va xatolarini tekshirib chiqing.



P.S.: Shaxsiy maslahat: Hamma ishlariz ichiga toʻgʻri ovqatlanish, sport, yoga, meditatsiya, kitob oʻqish, vitaminlarni qoʻshishni maslahat beraman, chunki qancha holsizlansez time managementga e'tibor berolmay qolishingiz mumkin.

Yozsam Time Managementga oid koʻp maʼlumotlarni bersam boʻladi, ammo sizlardan ham faollik kutaman 👇🏻

@blogdilshoda
Musayev blogi
#TIME #MANAGEMENT toʻgʻri tuzish: 1. Birinchi oʻrinda yillik, oylik, haftalik va kunlik rejalarizni roʻyhatini tuzib chiqing; 2. Kunlik qiladigan ishlarizni ertalabda yoki kechqurun uxlashdan oldin yozib chiqing (To do list yoki ME+ ilovasini maslahat beraman);…
Dilshodaxon blogi (@blogdilshoda) mendagi jiddiy va uzun postlardan biroz dam olib, orada siz kabi yoshlar nimalar bilan band ekanini kuzatib turish va shu bilan birga sifatni saqlab qolish uchun yaxshi manzil. U yerda:

— Ingliz tili
— Chet el grantlari
— Konferensiyalar
— Davlat stipendiyalari
— va yuqoridagi kabi foydali postlarni topishingiz mumkin

👉 @blogdilshoda

#tavsyu #partnership

P.S: Time Management haqidagi o'zimdagi eng yaxshi tajriba va maslahatlarni ertaga taqdim qilaman

@Musayev_blogi
Xalqaro grantlar va stipendiyalarda intervyuga chaqirilish bu yarim muvaffaqiyat emas, allaqachon 90-95% muvaffaqiyat degani. Ayniqsa, 300-1000 ta nomzod ichida atigi 20-30 tasi suhbatga chaqirilsa.

Yarim muvaffaqiyatga esa o'sha imkoniyatga topshirishda jazm va qunt qilishdayoq erishiladi.

#grants

@Musayev_blogi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#irishlife

Shunaqa kichik bog'chasi bor uyda yashasang )

@Musayev_blogi
Avtomobillar uchun 8 qator yo'l qilib avtobus xaydovchilari kaltaklanishiyu, bolalar o'lib ketaverishiga qarab o'tiravermasdan avtobuslar va velosipedlar uchun avtomobil yo'lidan alohida yo'l ajratish, tezlikni 50 ga tushirish nahot shunchalik qiyin?!

Avtomobillar uchun asosiy yo'llarda 2 qator, kichikroq yo'llarda 1 qator yo'l bo'lishi yetarli.

Piyodalar yo'lidan velosipedlar uchun yo'lak ajratib uni ham xavfli hududga aylantirib qo'yish esa piyodalar, ayniqsa bolalar hayoti ustidan ochiqchasiga kulish.

#out_of_topic

@Musayev_blogi
#self_note

G'olib bo'lish yoki bo'lmaslik nimagadir erishishda emas, senga nasib qilganini qabul qila olishda ko'rinadi

@Musayev_blogi
#irishlife #hiking

Dunyo juda keng, odamzod esa juda kichik. O'zingni muhimlilik markazidan chetga chiqarib, shu narsani eslab turish hayotdan zavq olishga va kengroq fikrlashga yordam beradi.

Tabiat va kenglik esa aynan shuning uchun ham kerak 🍀

@Musayev_blogi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DAAD mentorlik kursi 3.0

🔥 Uzoq kutilgan onlar yetib keldi! DAAD grantlari uchun mentorlik kursi 3-mavsumini ochiq deb e'lon qilaman :)

🗒 Kurs rejasi va strukturasi o'tgan yilgidan ko'p o'zgarmagan

🏆 Natijalar haqida esa ushbu postdan batafsil ma'lumot olishingiz mumkin. Qisqa qilib aytganda o'tgan yili 14 g'olibga kurs va suhbat jarayonida yordam berdik. G'olib bo'la olmaganlar orasidan esa Chevening, Hungaricum va boshqa nufuzli grantlar g'oliblari va alternativ g'oliblari chiqishdi.

💶 Hammani qiziqtirgan mavzu — kurs narxiga kelsak, o'tgan yilgi natijalarni hisobga olgan holda bu mavsum kurs narxini oshirmaslikka qaror qildik :)

🎛 Aksincha, bu yil kursni turli xil paketlarda e'lon qilish orqali arzonroq variantlar ham taklif qilmoqchimiz

Kurs paketlari
➡️ Basic (videokurs va hujjat tekshirish) — 549,000 so'm 599,000 so'm
➡️ Essential (basic + haftalik onlayn darslar) — 699,000 so'm 799,000 so'm
ℹ️ Ikkiga bo'lib to'lash imkoni bor. Chegirmadagi narxlar 15-iyulgacha to'liq to'lov qilganda yoki bittada to'lov qilinganda amal qiladi

Qo'shimcha xizmatlar
➡️ Individual onlayn yordam (45 daqiqa) — 120,000 so'm
➡️ Hujjatlarni tekshirib berish (kurssiz) — 349,000 so'm

DAAD dasturlari haqida to'liq ma'lumot
ℹ️ DAAD dasturlari haqida ovozli chat

DAAD Hamjamiyati
💬 @DAAD_Community

Murojaat uchun
📞 @grantgo_mentor

#DAAD #mentorship #Germaniya

Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qaysi DAAD grantiga topshira olaman?

O'tgan yili DAAD grantlari talablarini oddiy tilda tushuntirib berishga harakat qilgandim. Bu yil "Qaysi DAAD grantiga topshira olaman?" deb qayta-qayta va yana qayta so'ralaveradigan savolga vizual javob berishga harakat qildim.

Yuqoridagi jadvaldan yurib borsangiz o'zingiz topshirishingiz mumkin bo'lgan DAAD grantini topib olasiz.

Eslatma
➡️ Diagrammada asosiy e'tibor yo'nalishga berilgan. Har bir dastur talabini alohida o'rganib chiqishingiz kerak

Eslangan grantlar va ularning odatiy dedlaynlari
➡️ All Disciplines — barcha yo'nalishlar (31-oktabr)
➡️ ERP — iqtisodiyot va moliya (31-oktabr)
➡️ Helmut-Schmidt — davlat boshqaruvi va siyosat (31-iyul)
➡️ EPOS — rivojlanishga oid yo'nalishlar (dedlaynlar turlicha)
➡️ Arxitektura (25-oktabr)
➡️ San'at, dizayn va vizual aloqa (11-noyabr)
➡️ Doktorantura (PhD) (31-oktabr)

Hujjat topshirish uchun mentorlik kursi
🎓 DAAD mentorlik kursi 3.0

DAAD dasturlari haqida to'liq ma'lumot
DAAD dasturlari haqida ovozli chat

DAAD Hamjamiyati
💬 @DAAD_Community

#daad #scholarships

@Musayev_blogi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Islom Urolov
So’ngi 8 oy davomida 200 dan oshiq iqtisodiy tadqiqotlar sohasidagi ishlarga hujjat topshirdim. MIT va University of Chicago Predoctoral dasturlariga Data Task bosqichiga o’tganimni hisobga olmasa birorta ishdan ijobiy natija olmadim. Har kuni 2-3 talab faqat chiroyli tilda yozilgan “Rejection letter”lar kelardi. Ikki oylar oldin ancha umidsizlikka tushib, endi boshqa rejalar haqida o’ylay boshlaganimda Xalqaro Valyuta Fondi (IMF)dan intervyuga taklif kelib qoldi. Ko’zlarimga ishonmay email yuborgan odamni internetdan qidirib ham ko’rdim:).

Xullas, bir haftadan keyin African department’da Research Analyst position uchun 4 kishi (iqtisodchilar va menejerlar)dan iborat IMF xodimlari bilan panel intervyuda rosa po’stagimni qoqishdi. Qo’limdan kelgancha savollariga javob berdim va suhbatdan o’zimning ko’nglim to’ldi. Ikki kundan keyin Data task yuborishdi va uniyam uncha qiyinchiliksiz bajardim. Endi qiyini – kutish qoldi…

Keyingi ikki hafta xuddi ikki oydek sekin o’tdi. Har soatda emailimni tekshirib turdim. Va nihoyat javob keldi: yana bitta intervyu🤦🏻‍♂️. Endi division chief’lar bilan suhbat bo’ldi – juda qisqa va samimiy o’tdi. Suhbatdan keyin xuddi qabul qilingandek xursand edim. Hatto Washington DCga ko’chish rejalarini qila boshladim. Lekin bir yarim haftadan keyin yana doimgidek chiroyli yozilgan “otkaz”. Umidlar puchga chiqqanidan yana tushkinlik kayfiyati keldi. Lekin oxirgi xatdagi “Siz panel intervyuda kuchli nomzod sifatida tanlaganingiz uchun yana boshqa position ochilsa sizga xabar beramiz” degan gap sal umid berardi.

Rad javobidan bir haftadan keyin kutilmaganda yana email keldi. Endi boshqa division chief men bilan norasmiy suhbat qurmoqchi ekanligini bildirgan ekan. Darhol taklifni qabul qildim va suhbat shu hafta seshanba kuni bo’lib o’tdi.

Bugun ertalab esa va nihoyat “Congratulations!” deb boshlangan email oldim!

Shunday qilib, 12-avgustdan Xalqaro Valyuta Fondi (IMF)da Research Analyst (Tadqiqot tahlilchisi) lavozimida ish boshlayman inshaAllah.

#alhamdulillah

@islom_urolov
Musayev blogi
So’ngi 8 oy davomida 200 dan oshiq iqtisodiy tadqiqotlar sohasidagi ishlarga hujjat topshirdim. MIT va University of Chicago Predoctoral dasturlariga Data Task bosqichiga o’tganimni hisobga olmasa birorta ishdan ijobiy natija olmadim. Har kuni 2-3 talab faqat…
Bu kabi yangiliklar rostdan umid bag'ishlaydi. 4-5 yil oldin Islombek o'zi ham bu narsaga ishonishi qiyin bo'lardi menimcha. Mehnat va o'qish ortidan yetish mumkin bo'lgan joylar chegarasiz.

Islombekka omad. Keyinroq Fondda boshqaruvchi vazifasiga o'tgani haqidagi postni ham ulashish nasib qilsin )

#tavsyu

P.S: Dollar kursi qancha bo'layotganini kimdan so'rashni bilasizlar endi 😁

@Musayev_blogi
2024/06/28 11:14:24
Back to Top
HTML Embed Code: