Telegram Web Link
Biz o'zimizdan ko'ra o'quvchilarimiz uchun ko'proq muvaffaqiyat tilaymiz

Hozirda qabul davom etayotgan kurslar
🇩🇪 DAAD mentorlik kursi
🇸🇰 NSP mentorlik kursi
🇬🇧 Chevening mentorlik kursi

Murojaat
@grantgo_mentor

Sizning xizmatingizdamiz...

#mentorlik #mem

Telegram | YouTube | Mentorlik
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Musayev blogi
Meni kuzatadiganlar kimlar? :)
Kutilmalar va Reallik

So'rovnomani kanalga qo'yganimdan 5 daqiqa o'tib izohlarda o'z tahminimni yozgandim (faqat 6 ta kategoriyaga bo'lib). Ovozlar soni 1000 taga yetgani sababli endi yakuniy solishtirishni ko'rsatib o'tmoqchiman.


1. Maktab o'quvchilari va uni bitirganlar
👉 Tahminim — 10%
👉 So'rovnomaga ko'ra — 10%
👉 Absolyut xatolik — 0%

2. Bakalavr 1, 2 kurs talabalari
👉 Tahminim — 15%
👉 So'rovnomaga ko'ra — 18%
👉 Absolyut xatolik — 3%

3. Bakalavr 3, 4-kurs talabalari
👉 Tahminim — 30%
👉 So'rovnomaga ko'ra — 28%
👉 Absolyut xatolik — 2%

4. Bakalavrni bitirganlar va magistratura talabalari
👉 Tahminim — 30%
👉 So'rovnomaga ko'ra — 26%
👉 Absolyut xatolik — 4%

5. Karyerasining ilk 5 yilligida bo'lganlar
👉 Tahminim — 10%
👉 So'rovnomaga ko'ra — 12%
👉 Absolyut xatolik — 2%

6. Tajribasi 5 yildan ko'p va boshqalar
👉 Tahminim — 5%
👉 So'rovnomaga ko'ra — 6%
👉 Absolyut xatolik — 1%


Bakalavr 1, 2-kurslari nisbati o'ylaganimdan ko'proq, 3, 4-kurslar va magistartura talabalari esa o'ylaganimdan sal ozroq ekan. Menimcha, bu oxirgi vaqtlarda birinchi kurslar uchun yozilgan postlar natijasi bo'lsa kerak.

Umumiy holda blog auditoriyasini o'rtacha 2% absolyut xatolik bilan tahmin qilibman. "Auditoriyamni yaxshi bilar ekanman" deb yelkamga qoqib qo'ysam ham bo'lar ekan :)

Endi esa o'quvchilar nisbatiga qarab mavzu va postlar tanlashga harakat qilaman va tez-tez har-xil so'rovnomalar o'tkazib turaman.

Shaxsiy blogi borlarga esa chellenj — yuqoridagi ishni qilib natijani izohlarda qoldiring. Ko'ramiz kim o'z auditoriyasini yaxshiroq bilar ekan. Cheating qilish yo'q faqat )

#poll #research

@Musayev_blogi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tezlik...

30 vs 40 vs 50 vs 60 km/soat tezlikda harakat qilib kelgan avtomobil urgandagi "tirik qolish" statistikasi.

Yuqoridagilar shunchaki sonlar emas. Kimningdir qizi, o'g'li, akasi, ukasi, opasi, singlisi yoki ota-onasi.

"Hayotni sekinlashtirish" va "Hayotlarni saqlab qolish" orasidagi oddiy tanlov. Judayam oddiy...

@Musayev_blogi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
You realize that you are old when "Sokin Tun" appears as retro 🥲

===================

Ummonning "Sokin tun"i retro xitlar orasida ekanini bilganingda, yoshing ancha katta bo'lib qolganini sezasan 🥲

#lirik_chekinish

@Musayev_blogi
HPAIR dasturiga (self-funded) qatnashish arziydimi?

HPAIR dasturiga qabul ochilganidan keyin 1-2 ta odam topshirish haqida savollar so'radi. Shu sababli o'zim bilgan barchasini shu yerda yozib qoldirmoqchiman.

— Dasturga qabul qilinish qiyinmi?
— Yo'q. Bu umuman muammo emas. ChatGPT bilan yozilgan judayam generic javoblar bilan ham o'tib ketish mumkinligiga shubham yo'q. Sababi HPAIR — commercial loyiha. U yerda kim pul to'lashga tayyor bo'lsa, 90-95% ehtimol bilan qabul qilinadi (ozroq ingliz tilida gapira olsangiz bo'ldi). O'zim ham o'tgan yil topshirganda buni juda yaxshi his qilib topshirganman. Shuning uchun qabul qilinganimni hech qayerda yozib o'tirmadim ortiqcha. Lekin mendagi motivlar boshqa edi. U haqida pastroqda

— Stipendiya yutib olish mumkinmi? Buning uchun nima qilish kerak?
— Mumkin. Lekin dasturga qabul qilinish qanchalik oson bo'lsa, stipendiya yutish shu darajada qiyin. HPAIR o'z shiorlarida liderlik, tinchlik va yana bir narsalar haqida gapirsa ham, lekin stipendiya yutishda men asosiy omilni boshqa deb bilaman — sizda juda katta (social) auditoriya bo'lishi kerak. Ya'ni siz kuchli "influencer" bo'lishingiz kerak. Nega? Chunki mantiqan bu kabi dasturlarda stipendiya bu dasturni yanayam kuchliroq reklama qilish uchun ajratiladi, kimnidir ijtimoiy qo'llab-quvvatlash uchun emas. Stipendiya sohib(a)lari ham bu fikrlardan xafa bo'lmaydi va to'g'ri ekanini biladi deb o'ylayman.

— Self-funded uchun qancha xarajat ketadi?
— Self-funded qatnashish bu shunchaki o'z xarajatlaringizni qoplash emas. Dasturga qatnashish uchun ham pul to'lash (!) degani. Shaxsan o'zim o'tgan yil dastur uchun $500, Dublindan Bostonga borib-kelishga $400, turar joy uchun $250, viza uchun ~$150, qolgan xarajatlar uchun ~$200 sarflaganman. Umumiy $1500 atrofida. O'zbekistondan borib-kelish chiptasi esa adashmasam $1000 atrofida.

— Boshqa joydan mablag' topsa bo'ladimi?
— O'tgan yili qatnashganlar orasida universiteti yordam berganlarni (asosan PhD talabalari) va GoFundMe orqali aynan konferensiya to'lovini yiqqanlarni ko'rganman. Ayniqsa, GoFundMe orqali qilingan ish kreativ edi. Afsuski bizda bunday platforma yo'q. Balki Hissa orqali qilish mumkindir. Lekin shunda ham bu uzog'i bilan xarajatlaringizning 1/3 qismini qoplashiga umid qilish mumkin.

— To'lov qilsam viza chiqmay qolsachi?
— Vizaga harakatni to'lovdan oldin qilish mumkin. Lekin O'zbekistondagi AQSh vizasi bo'yicha holatni mendan ko'ra juda yaxshi bilasizlar. Agar oldin ham viza talab qiluvchi davlatlarga (Shengen hududi masalan) chiqib kelgan bo'lsangiz yoki sizni qandaydir juda ishonchli tashkilot moliyashtirayotgan bo'lsa, unda imkoniyatingiz bor deyish mumkin. Aks holda... salbiy natijaga tayyor turavering

— HPAIRga qatnashish puliga arziydimi?
— Eng asosiy savolga javob — siz nima xohlashingizga bog'liq. Agar sertifikat uchun bo'lsa, absolyutno yo'q. U sertifikat hech qayerda, hech qanday foyda bermaydi. Men qatnashish oldi konferensiya o'zidan hech narsa kutmaganman va o'ylaganimdek hech narsa bermagan ham (Amerika-Xitoy siyosati, Sex workerlar huquqi va yakunda hech qayerda qo'llanilmaydigan loyihalar tanlovi...)

Lekin sarflagan pulim aynan men kutgan quyidagi narsalar uchun to'liq arziydi deb o'ylayman:
➡️ Amerikaga birinchi borganda aeroportdan to'g'ri Garvardga borish
➡️ U yerda 20 dan ortiq O'zbekistonlik juda kuchli talabalar bilan ko'rishish
➡️ Ulardagi fikr va tajriba orqali ustida ishlayotgan loyihamga yangiliklar olish
➡️ Botir aka Qobilov bilan Garvarddagi eng katta o'zbeklar davrasida uchrashish va suhbatlashish
➡️ Nyu-Yorkka sayohat (ro'yxatdagi eng ahamiyatsizi)
➡️ Va eng muhimi Garvard MBA darsida bo'lish va o'zingni kamida $1000 lik masterklass olgandek his qilish

Agar siz dasturda yuqoridagilarni to'liq anglab, oldingizda aniq maqsad bilan qatnashmoqchi bo'lsangiz unda olg'a bosing. Agar dastur sertifikatini CVga qo'shish, Linkedinda ulashish uchun harakat qilayotgan bo'lsangiz, unda yana bir yaxshilab o'ylab ko'ring. Hammaga omad!

#HPAIR #Harvard #US

P.S: Yuqoridagi teglar orqali oldingi postlarni o'qishingiz mumkin

@Musayev_blogi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Uyga qaytish haqida o'ylasam, nimagadir xayolimga eng birinchi keladigan tasvirlardan biri mana shu belgi bo'lib qolgandi oxirgi vaqtlarda.

#cominghome

@Musayev_blogi
Qilichbek avvaliga NSP, keyinchalik DAAD, Chevening kurslarida o'qigan. NSPga 2 marta juda kuchli hujjatlar bilan topshirib, kichik texnik xatolar sabab qolib ketgan. O'tgan yili esa DAAD suhbatidan keyin ozroq alamli natija bo'lgandi.

Muvaffaqiyat bir martada kelmasligi mumkin. Muvaffaqiyat siz kutgan, xohlagan tomondan kelmasligi mumkin. Muvaffaqiyat umuman biz tasavvur qilgandan boshqacha ko'rinishda bo'lishi mumkin. Lekin eng asosiysi chin mashshaqat va mehnat mukofotsiz qolmaydi.

Effort never dies :)

#grants #success_story #DAAD #NSP #EYUF

@Musayev_blogi
Universal Mentorlik Kursi ilk o'quvchisidan yana bir ketma-ket yaxshi xabar :)

#success_story #EYUF #DAAD #Erasmus

@Musayev_blogi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Home sweet home...

#family_life

@Musayev_blogi
Tez orada... 💼
—————————
Coming soon... 💼

#news #go

@Musayev_blogi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇸 UGRAD kursi mentorlari bilan tanishing

🤝 Ayni damda qabul davom etayotgan "UGRAD mentorlik kursi"mizda bir emas ikki dastur g'olibi yelkama-yelka turib sizning muvaffaqiyatingiz uchun harakat qiladi.

👨‍🎓 G'ulomjon Yuldoshev — Global UGRAD (2021) dasturi g'olibi, AQSHning University of Maine almashinuv dasturi talabasi, IELTS 8.5 (speaking 8.5) va TOEFL 101 sertifikatlari egasi va Maine o'quv markazi asoschisi.

👩‍🎓 Durdona Odilova — Global UGRAD (2023) g'olibasi va Young Professional Interns Program (2024) dasturi ishtirokchisi. 3 yildan ortiq tajribaga ega ingliz tili ustozi va mutaxassisi. IELTS 8.0 va Toefl iBT 107 sertifikatlari sohibasi.

🎙 UGRAD haqidagi G'ulomjon va Durdonaxon ishtirokidagi ovozli chatdan esa siz yanayam ko'proq ma'lumotlar olishingiz mumkin

💬 Kurs davomida yuqoridagi mentorlar bilan individual tarzda ishlash va kerakli maslahatlar olishingiz imkoni mavjud bo'ladi.

Kurs haqida batafsil
ℹ️ UGRAD mentorlik kursi

Murojaat
✍️ @grantgo_mentor

Shoshiling! Darslar 15-noyabrdan boshlanadi!

#mentorship #UGRAD #AQSh #exchange

Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Bek Olimjon (Bek Olimjon)
80 ga kirgan bir bemor nolib qoldi. Vaqt juda tez o’tyapti deydi.

Bugun 21 yilga qamalgan qotil bilan suhbatlashdim. Qamoqdagi hayoti haqida biroz so’radim. Qiziq javob berdi. Vaqt juda tez o’tadi deydi.

Sizda ham vaqt tez o’tayotgandek hissi bor bo’lishi mumkin.

Kecha, o’tgan hafta yoki oy juda tez o’tib ketgandek. Kimdir bizdan shu vaqtimizni qanday o’tganini so’rasa aniq javobimiz yo’q.

Bularning sababi - hayotimizning har kuni bir xil, ya’ni monoton hayot. Ertaman turish, ishga yoki o’qishga borish, bir xil odamlar, bir xil dardlar, bir xil suhbat va g’iybatlar.

Yangi tajribalarga erishishga harakat qiladigan, yangi g’oyalar haqida o’ylab yashaydiganlar kam atrofimizda.

Bolalikda vaqt juda sekin o’tgandek bo’ladi. Sababi hamma narsa yangi. Bola har kuni hayotida yangi narsalarga duch keladi va xotiralar quradi. Katta bo’lganimizda esa vaqt juda tez o’tadi. Sababi kunimizda yangilik yo’q. Bir xillikdan iborat. Bir xillik vaqt tez o’tishi asosiy sababi.

O’tgan yili Azamat bilan 3 kunga velosayohatga chiqqan edik. Norvegiyadagi Dovre tog’i atrofini aylandik. Azamat uchun birinchi marta bo’lgan tajriba edi u. 3-kun yakunida ”Aka huddi bir oy vaqt o’tgandek his qilyapman” degan edi. Haligacha eslaymiz. Zo’r xotiralar qolgan.

Vaqtni tez o’tmasligini ta’minlash uchun nima qilish kerak? Hayotni sekin o’tishi va yangi tajribalar ko’p bo’lishiga harakat qilish kerak.

Odam boy yashashi uchun puldor bo’lishi shart emas. Boy xotiralar orqali ham inson boylikka erishadi.

Nima qilish kerak?

- monoton kunlar zerikarli hayot garovi. Undan imkon qadar voz kechish kerak
- turli xil yangi tajribalarni qilib ko’rish kerak
- sayohat qilish kerak
- yangi tajriba va sayohatlarni imkon qadar hujjatlashtirib borish kerak, jurnalga yozib borish, video yoki rasm shaklida tasvirga olish kerak


- o’tmishni eslash, ikki marta yashash imkonini beradi
- nostalgiya stresga qarshi yaxshi davo
- nostalgiya = yaxshi xotiralar - og’riqli damlar
- xotiralarni hikoyalarga aylantirish kerak. Hayotimiz bir hikoya. U mazmunli bo’lishi muhim


Bularni amalga oshirish eng yaxshi, arzon va sog’lom yo’li bu sekin sayohat qilish. Tabiatga sayohat qilish eng arzon usullardan biri. Velosayohat ham yaxshi variant.

Qiziq jihati shuki bu guruhdagi 90% odamda ana shularni qilish imkoniyati albatta bor, ammo qiluvchilar 10% bo’lsa ham katta gap.

Nega unday? Sababi komfortdan chiqqimiz kelmaydi. Hammamiz yaxshi tabiat do’ppi otsa yetadigan masofada yashaymiz. Norvegiyada mingtacha o’zbek bor. Tabiat aylangani chiqadigani esa barmoq bilan sanoqli.

Vatanda ham shunday. Juda borsa 2 soatlik yo’l yurib juda zo’r tabiatli joylarga borsa bo’ladi. Puli ham qimmat emas aslida. Mayli vaqt yo’qdir, pul yo’qdir. Ko’cha borku, dala borku. Hech bo’lmasa ko’chaga chiqib yugurish mumkinku.

Biz odatda nima qilamiz, biz choyxona variantini tanlaymiz.

Biz nima qilamiz, uy quramiz, mashinani zo’rini olishga harakat qilamiz. Bular uchun esa umrimizni sotamiz. Umrni sotsak ham insofni sotmay qolsak biz eng katta natijaga erishgan his qilamiz o’zimizni. Aslida ikkisini ham sotmaslik kerak.

Yugurish kerak desang, ”eee qo’ysangchi, reels ko’ryappan” degan javob beradi miya.

Dangasalik bu hayot dushmani.

Yashashdan maqsad komfort emas.

Komfort insonni ojiz, nimjon qiladi, qiyinchiliklarga tayyor bo’lmasligini kafolatlaydi.

Qanchalik ko’p komfortda o’tirsak har qanday mayda qiyinchilik ham chidab bo’lmasdek tuyuladi.

Yumshoq kursidan turish qiyinroq.

Bek Olimjon
17.06.2024
Norvegiya
Oxirgi 2-3 yillarda bank sohasi bilan bir qatorda yana bir soha juda kuchli rivojlanganini e'tirof etish kerak ekan — elektron davlat xizmatlari

Oldin haftalab balki oylab vaqt ketgan ishlarni hozir onlayn 5-6 daqiqada qilib tashlash mumkin bo'lib qolibdi. Masalan, hozir o'z nomimga YaTT ochish uchun 5 daqiqadan kamroq vaqt ketdi 🙂

#uzbek_life #irish_life

P.S: Irlandiyada oylab kutishga, pochta va byurokratiyaga o'rganib qolganimdan 20 yil kelajakda yashayotgandek bo'lyapman.

@Musayev_blogi
2024/11/16 09:50:42
Back to Top
HTML Embed Code: