Telegram Web Link
Forwarded from Sojida Karimova
Ba'zida "menga nima zarur shunaqa kurs qilib, mazza qilib uxlasamchi" deyman. Menga moddiy tomondan kurslar unchalik foyda keltirmaydi. Asistentlar borligi uchun ham pulni ko'p qismi ketadi. Nima qilaman shunaqa qilib o'zimni qiynab deyman.

Keyin hammasini aslida nima uchun boshlaganimni o'ylayman. Inyazda o'qisak ham hamma IELTS kursga qatnardi. 4 yil qatnab IELTS olmaganlar ham bo'ldi. Aslida universitet paytida IELTSdan ham kattaroq narsalarga erishsa bo'lardi. Shu maayyyda narsaga o'ralashib umrni ketishiga achindim.

IELTS hayot mamot emas. U uchun yillab pul va umr sarf qilinishi kerakmas. Hech qanday kurssiz ham o'zingizni nazorat qila olsangiz mustaqil ham shug'ullana olasiz aslida.

Men odam o'zi mustaqil qila olishini tushuntiradigan kurs qilganman. U o'quvchi 2 yildan keyin yana meni kursimda o'qimasin, u mustaqil ham o'zini nazorat qilib o'qiy olsin. Qisqa vaqtda doimiylik va intizom bilan inson qila olmaydigan ish yo'q.

Keyin shunaqa positive fikrlar ko'p olaman va kurslarimni davom ettiraveraman😁

Siz o'zingizni nazorat qila olasizmi? Nazorat qila olmasligingizga sabab nima deb o'ylaysiz? Nimalar sizni chalg'itadi.
Musayev blogi
Ba'zida "menga nima zarur shunaqa kurs qilib, mazza qilib uxlasamchi" deyman. Menga moddiy tomondan kurslar unchalik foyda keltirmaydi. Asistentlar borligi uchun ham pulni ko'p qismi ketadi. Nima qilaman shunaqa qilib o'zimni qiynab deyman. Keyin hammasini…
Bu reklama emas. IELTS haqidagi fikrlarimni blogda ko'p marta yozganman.

O'zi IELTS ortidan bo'ladimi, nomdor stipendiyalarmi, IT yoki chet el grantlarimi, umuman istalgan narsa ortidan ko'r-ko'rona yugurishni yoqlamayman. Bu narsani reklama qilib, qop-qop va'dalar berayotgan kurs va xizmatlarni ham.

Sojidaxon qilayotgan ish esa o'zi aytganidek "More than IELTS" ekaniga ishonaman.

P.S: 2 daqiqa oldin bir yigitga "IELTS kanallari bilan reklama alishmayman" deb yozgandim. Bu postni ko'rib hayron bo'lsa kerak )

@Musayev_blogi
Ba'zi odamlar borki, ulardan Shayton ham dars olgisi keladi

@Musayev_blogi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Uzbekonomics
Diyora Keldiyoravaning onasi, otasi, oilasi va albatta murabbiylarini tabriklayman! Bu g’alaba avvalambor ularniki. Vatanimiz nomini, bayrog’ini dunyoning eng katta maydonida eng kuchli sportchilarni, shu jumladan butun stadion qo’llagan mezbon sportchini ham mag’lub etib g’alaba qozondi.

Bu nafaqat O’zbekiston tarixidagi yozgi olimpiyadalardagi birinchi ayol olgan oltin medal, balki avvalambor Diyora ismli o’zbek qizi yutgan medal. Diyoraning g’alabasi barcha o’zbekistonlik qizlarga katta namuna bo’la oladi. Lekin, eng muhimi erkaklarga ham namuna bo’la oladi. Qizlarimizning kelajagi, kuchi, ilmi va idrokiga ishonish, imkoniyat berish kerakligi haqida bir eslatma bo’ldi. Jamiyatimizda aynan shunday role modellar ko’payotganidan hursandman. Ha aytgancha, Diyora asosan erkaklar qatnashadi deb o’ylanadigan sport turi bo’lgan dzyudoda olimpiada oltin medalini olgan tarixdagi birinchi o’zbekistonlik sportchi bo’ldi.

Bundan tashqari, davlatga ham bir eslatma bo’ldi, menimcha. Dzyudochilarga aslida ko’p narsa kerak emas. Katta moddiy yordam, katta hashamatli stadionlar ham shart emas, bitta tatami bilan murabbiy kifoya. Aksincha, ortiqcha chalg’imay, zalni eshigini ichkaridan yopib diqqat va intizom bilan mashg’ulot qiladigan, tayyorlanadigan sport turi.

@uzbekonomics
Kontent o'g'rilari

Ba'zi odamlar bor ular ochiqchasiga o'g'rilik qilishdan va boshqalar mehnatini o'zlashtirishdan bir gramm ham uyalmaydi.

Ana shunaqa odamlardan biri yuqoridagi Doktorantlar Official kanali avtori — @Sherali_Toshniyozov

Bu "janob" GrantGO jamoasi soatlab mehnat qilgan ishni shunchaki o'z kanaliga ko'chirib olib, tagiga o'z kanali linkini qo'yib olishdan uyalmagani yetmagandek, bunday qilmaslik haqidagi so'rovimni avvaliga butunlay bee'tibor qoldirdi. Keyin esa osongina bloklab chatni o'chirib yubordi.

Hurmatsiz Sherali Toshniyozov, agar hoziroq kanalingizdagi barcha o'g'irlangan kontentni o'chirib va orqasidan bu borada uzr so'rab yozmas ekansiz siz bilan qonuniy gaplashaman. Yana bir marta aniq qilib aytaman — bu ishingiz o'g'rilik va siz haqiqiy o'g'risiz!

To'g'risi bu narsa birinchi marta bo'layotgan holat emas va bunaqa parazitlardan zerikdim. Endi ular bilan boshqachasiga gaplashamiz.

Blog obunachilaridan yuqoridagi akkauntga "Tuzalib keting" deb yozib qo'yishni va kanaliga Report tugmasini bosib o'sha xabarlarni Copyright tarzda belgilashlarini iltimos qilgan bo'lardim.

P.S: "Manba haqida aytilganku" degan bahona o'tmaydi. Bu kabi manba berishdan GrantGO loyihasiga bir tiyinli foyda yo'q. Aksincha kontent o'g'irlanishidan jamoa mehnati oyoq osti bo'lgani qoladi xolos

@Musayev_blogi
Musayev blogi
Kontent o'g'rilari Ba'zi odamlar bor ular ochiqchasiga o'g'rilik qilishdan va boshqalar mehnatini o'zlashtirishdan bir gramm ham uyalmaydi. Ana shunaqa odamlardan biri yuqoridagi Doktorantlar Official kanali avtori — @Sherali_Toshniyozov Bu "janob" GrantGO…
Magistrlar Official kanali egasi Zuhriddin hozir men bilan bog'landi va kanalidagi postlar o'chirilganini aytdi.

Unga qilgan ishi nima sababdan e'tirozga sabab bo'lganini tushuntirdim va vaziyat qaytalanmasligiga umid qilib qolaman. Mendagi maqsad gapni ko'paytirish bo'lmagani sababli u kanal haqidagi postni o'chirdim.

Doktorantlar Official kanalida menga "Mualliflik huquqi"dan dars bermoqchi bo'layotgan Sherali bilan esa bu mavzuda oxirigacha gaplashamiz.

Tez orada GrantGO sayti va kanalidagi materiallardan foydalanish shartlarini ham to'liq tarzda e'lon qilamiz.

@Musayev_blogi
#sport #economics

Olimpiada g'oliblari, Osiyo yoki Jahon chempionlariga beriladigan katta mukofotlar odamlar orasida juda ko'p muhokama bo'ladi. "Bu yil bu narsa berilar ekan", "Bu yil u narsa ham berilar ekan" deb.

Shaxsan men ham sportchilarning bu og'ir mehnati yetarlicha taqdirlanishi kerak deb o'ylayman. Lekin mukofot berishda "Ularga ajratilayotgan mukofot hajmiga teng hajmdagi summa o'sha sportchi ilk tahsil olgan ta'lim va sport muassasini yaxshilashga ajratilishi shart" degan qoida bo'lishini xohlardim. Albatta, sportchiga berilayotgan mukofotni kamaytirish evaziga emas.

Ushbu mukofotlarni ko'rib, olam-olam motivatsiyaga to'lgan yoshlar uchun munosib sharoit yaratilmas ekan ikkinchi Diyora, Hasanboy, Bahodirlar chiqishi qiyin masala bo'lib qolaveradi.

@Musayev_blogi
Bizda bugun kamalak chiqdi.

Kun ham zo'r, lekin afsuski Dushanba 🥲

Hazillashdim. Bugun Irlandiyada dam olish kuni. Men esa shu sababli chim ustida ozroq kamalak tomosha qilish uchun o'tirmoqchiman.

#irish_life

@Musayev_blogi
Chevening mentorlik kursi 3.0

🗓 Ertadan boshlab 2025-yilgi o'qish uchun Chevening grantiga qabul boshlanadi. Bu grant bilan ham 5 yildan beri tanishman, 2 yildan beri kurs ham o'tib kelaman. Bu yil ham kursning 3.0 qismini e'lon qilmoqchiman.

Kimlar uchun
— Bakalavr darajasini tugatgan (Magistratura ham bo'ladi)
— O'zi o'qimoqchi bo'lgan sohada yoki unga yaqin sohalarda 2 yillik tajribaga ega (rasmiy bo'lishi shart emas)
— Sohasida akademik, professional va liderlik yutuqlariga erishganlar
— To'liq talablar haqida GrantGO saytida

Kurs rejasi
— Chevening granti haqida to'liq ma'lumot
— Grant dasturi maqsadi va qanday nomzodlar qidirishini tushunish
— Universal mentorlik kursi kerakli qismlari
— To'g'ri universitet tanlash bo'yicha qo'llanma
— Liderlik, Networking, Study va Career Plan essaylarini yozish (real misollar orqali)
— Hujjat topshirish va intervyu tayyorgarligi

Kurs mentori
🎓 Qudratxo'ja Musayev — xalqaro grantlarda 200 dan oshiq o'quvchilar, 70 dan ortiq g'oliblar mentori. Mentor haqida batafsil ma'lumot bu yerda

Natijalar
🏆 O'tgan yilgi kurslarda o'qiganlardan hozirgacha atigi 3-4 tasi grantga topshirgan bo'lishiga qaramay ulardan biri yarim finalchi bo'lgan. DAAD kursi o'quvchisi esa 2024-yilgi Chevening granti g'olibiga aylandi. Batafsil bu yerda

Kurs paketlari
Basic: Videodarslar va hujjat tekshirib berish — 749,000 so'm
Essential: Basic + haftalik onlayn darslar — 1,049,000 so'm
Individual: Essential + 7 soat individual yordam — 2,499,000 so'm

Paketlar narxini uch oy davomida 3 ga bo'lib to'lash imkoni mavjud. To'lov bittada qilinganda 10% li, 2 bo'lib qilinganda 5% li chegirmalar mavjud

Format va sana

Kurs darslari barchasi onlayn tarzda Telegramda olib boriladi
Onlayn darslar 15-avgustdan boshlanadi

Chevening dasturi haqida to'liq ma'lumot
ℹ️ Chevening haqida ovozli chat

Chevening Hamjamiyati

💬 @Chevening_Community

Murojaat uchun
📞 @grantgo_mentor

#Chevening #mentorship #Buyuk_Britaniya

Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Musayev blogi
Chevening mentorlik kursi 3.0 🗓 Ertadan boshlab 2025-yilgi o'qish uchun Chevening grantiga qabul boshlanadi. Bu grant bilan ham 5 yildan beri tanishman, 2 yildan beri kurs ham o'tib kelaman. Bu yil ham kursning 3.0 qismini e'lon qilmoqchiman. Kimlar uchun…
Sabr va harakat ortidan kelgan g'oliblik hikoyasi

O'tgan yili DAAD mentorlik kursi uchun individual yordam xizmatiga 10 ta nomzodni saralab olgandim. Saralashning 2-bosqichi DAAD suhbatiga maksimum yaqin qilib tashkil qilingan suhbat edi.

Suhbat ishtirokchilaridan biri bo'lgan Alisherning javoblaridan o'zim ham hayron qolganman va har bir javobiga maksimum ball bergandim. Eng qizig'i esa u yigit nomi ulug' yoki hozirda trendda yurgan moliya, iqtisod, siyosat yoki IT sohasida emasdi. Aksincha, trendlardan umuman teskari — qurilish sohasida o'qishni istayotgandi. Aniqrog'i, Construction Managementda.

Alisher qurilish sohasida ham juda katta tajribaga ega. Bu soha ularda otadan o'g'ilga o'tib kelayotgan meros deyish mumkin. Alisher esa bu sohaga IT, Ma'lumotlar Tahlili va Loyiha Boshqaruvining eng zamonaviy amaliyotlarini olib kirish bilan jiddiy shug'ullanayotgandi.


DAAD yo'li

Alisher kursga yozilishidan oldin o'tgan yili ham DAADga topshirgan va intervyu bosqichiga yetib borgandi. Kursdan maqsad esa bu yil chetda o'qishni o'z oldiga qat'iy maqsad qilib qo'ygani bo'lgani aniq. Ammo biroz vaqt o'tib, shaxsiy sabablarga ko'ra individidual mentorlik taklifini bekor qildi. Shunday bo'lsa ham kursda qolib hujjatlarni tayyorlashda davom etdi.

Lekin ba'zida rejalarimiz biz o'ylagandek ketavermaydi. DAAD mentorlik kursidan 30% atrofida odamlar intervyu bosqichga o'tganiga qaramay, negadir ular orasida Alisher yo'q edi. Uning o'rniga o'zimni qo'yib ko'rib ichidan nimalar o'tganini tahmin qilishim mumkin.

Ammo g'olib odam asosiy belgisi yiqilmasligida emas, 40 marta yiqilib 41 marta o'rnidan turishida deyilganidek, u ham harakatini davom ettirdi.


Kutilmagan kutilgan natija

Mentorlik kursimiz suhbatlari davomida Alisher menga bir necha marta Buyuk Britaniyada aynan u xohlagan o'qishlar borligini aytgandi. Bu borada u yer Germaniyadan ham yaxshiroq ekani, faqat biroz qimmatligi to'siq bo'layotganini gapirgan.

DAAD bilan bir qatorda Alisher o'zi mustaqil Chevening grantiga ham hujjat topshirgan ekan. DAADdan "Unfortunately..." xabarini olganidan 1-2 oy o'tib unga Cheveningdan "We'd like to invite you to the interview..." degan xabar keldi.


Suhbatga tayyorgarlik

Bilasizlar, Chevening grantiga 2 marta topshirib, bir marta applicationdan, bir marta suhbatdan o'ta olmaganman. Birinchi yilgi mentorlik kursimdan yagona hujjat topshirgan o'quvchim ham suhbat bosqichiga yetib, ammo undan o'ta olmagan. Mana shu sabablarga ko'ra Chevening men uchun hali egallanmagan cho'qqi edi.

Ham Alisherdagi kuchli harakat, ham o'zimdagi xohish sababli unga suhbat bosqichi haqida, agar hozir suhbatga kirganimda nimani boshqacha qilgan bo'lishim va qanday tayyorlanish haqida iloji boricha bilgan narsalarimni aytdim. Albatta, asosiy gap uning o'zida qolayotgan edi.


Chevening granti vaqtlari haqida

Chevening grantiga hujjat topshirish har yili avgustda ochiladi va noyabrgacha davom etadi. Birinchi bosqich natijasi esa fevral o'rtalarida (4 oy o'tib) e'lon qilinadi. Suhbatlar esa undan 1-2 oy o'tib mart-aprel oylarida bo'lib o'tadi va yakuniy natijalar iyun oxirida e'lon qilinadi. Ya'ni qabul boshlanishidan yakuniy natijagacha 10 oy vaqt o'tadi. Jarayondan o'tish uchun qanchalik sabr kerakligini o'zingiz tasavvur qilishingiz mumkin.


Natija

Ana shu 10 oylik kutishdan keyin, afsuski, Alisherga grantlarda bo'lishi mumkin bo'lgan eng yoqimsiz "Siz zahira g'olib sifatida tanlandingiz" degan xabar keldi. Bu degani kimdir g'oliblikni qabul qilmasagina yoki kvotalar oshib qolsagina, sizga murojaat qilishlari mumkin. Lekin ko'p hollarda bu ro'y bermaydi. Har tomonlama rostdan yoqimsiz holat.

Hikoya sarlavhasi esa bekorga bunday tanlanmadi. Chevening keyingi yil qabuli ochilishiga 2 kun qolganda Alisherga taklif xati kelibdi va endi u buyog'iga Xudo xohlasa o'qishini Londondagi o'zi orzu qilgan universitetda davom ettiradi.


Yuqoridagi hikoyadan nima o'rganganingiz va xulosa qilganingizni esa izohlarda yozib qoldirish uchun sizlarga ochiq qoldiraman

#Sucess_story #Chevening #education #scholarships

@Musayev_blogi
2024/09/28 19:28:03
Back to Top
HTML Embed Code: