Telegram Web Link
Ikkalasi medallari soni bir xil bo'lgan vaqt rasmga olib "Irlandiyada o'zingning uyingdagidek his qilasan" deb yozmoqchi edim, O'zbekiston darrov 5-oltinni ham olib qo'yibdi 🥲

#irish_life

@Musayev_blogi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hamma e'tibor olimpiadada bo'lib turganda Nodirbek Abdusattarov jamoaviy Jahon Blitz chempioniga aylanibdi.

Menga oltin medaldan ham ko'ra Nodirbek zamonaviy shaxmat qiroli Magnus Karlsen va yaqin yillarda unga jahon chempionatlarida asosiy raqib bo'lgan Ian Nepomniachtchi bilan bir jamoada, yelkama-yelka turib ishlagani qiziqroq bo'ldi.

https://youtu.be/5UI4F019r4c?si=2fyB_YuohyHV8u5f

P.S: Magnus ichida "Duolingodagi rus tili darslarini bekor oxiriga yetkazmabman" deb o'ylagan bo'lsa kerak )

@Musayev_blogi
PHPni o'rganmoqchilar bormi..?! :)

Sardor og'a kanalida PHPchilar uchun kurslar kam, o'zim dars o'tishga vaqtim yo'q deb bir necha marta xavotir olib yozdi. Men ham amaldagi sobiq PHPchi sifatida bu xavotirlarga qo'shilaman.

Lekin ba'zi bir umidli yoshlarimiz borki, ular PHP "o'lishi"ga yo'l qo'yishmaydi. Shulardan biri o'zim bilan bir nechta loyihada birga ishlagan, maktabda o'qib yurgan paytidan dasturlash bilan shug'ullanib, TutorialsUz loyihasini yuritib, keyinchalik Uzcardga o'tib, hozirda esa Amerika firmasida ishlayotgan Sanjarbek Sobirjonov

Sanjarbek adashmasam 2 yildan beri bo'sh vaqtini PHP haqida kitob yozishga sarfladi. Yaqinda esa shu kitoblarini yakunlabdi. Bir emas, naqd 3 ta:
1. Yosh bekend dasturchi bo'laman (1-qism, 1036 bet )
2. PHP 7 va MYSQL amaliyotga asoslangan kitob
3. Chuqurlashtirilgan dasturlash - PHP 8

Qiziquvchilar bo'lsa, quyidagi postdan batafsil ma'lumot olishingizlar mumkin:
👉 https://www.tg-me.com/todaysobirjonov/459

Bu narsalarni Sanjarbekni shaxsan taniganim, birga ishlaganim va qilgan g'aroyib loyihalari haqida bilganim uchun yozyapman. Shunaqa g'aroyib ishlaridan biri bilan kitobni xarid qilish jarayonida o'zingiz sezmagan holda to'qnash kelishingiz ham mumkin. Xullas, o'zingiz tengi (yoki yoshroq) yigitdan o'rganish mumkin narsalar juda ko'p (o'zimda ham).

#tavsyu

P.S: "Ehh men Pythonchi edimda" deganlar uchun "Pythonni 0dan professionalgacha o'rganamiz" degan kitobi ham bor )

@Janob_Musayev
O'qishni qanday boshlash bo'yicha birinchi kurslar uchun eng yaxshi qo'llanma — ultimate guide )

Birinchi kursni, ayniqsa, birinchi semestrni qanday o'tkazish 4 yil davomidagi katta narsani hal qiladi. Bugun shu narsa haqida yozishga qaror qildim.

1. Universitet haqida (ko'p gapirilgan) haqiqatlar
— Universitet sen orzu qilgan joy emas
— Talabalik ham sen tasavvur qilgan "oltin davr emas"
— Universitet payti uchun o'ylab qo'ygan rejalaringni yarimini ham qila olsang katta gap
"Universitet o'qishing uchun maksimal halaqit beradi" ©️

Sening yutug'ing — sen bularni bilasan. Bularga tayyor bo'la olasan. Universitet esa senga kerak, aniqrog'i u yerdagi 4 yil vaqtdan unumli foydalanishing kerak.

2. Birinchi semestrni qanday o'tkazish kerak

— Abiturientlik payti "Talaba bo'lvolay qilib tashlayman" degan orzularingni (ingliz tili, IELTS, zalga chiqish, bir oy cho'zilib yotish..) bir muddat chetga surib tur

Birinchi ikki oy muddatni o'qishga moslashib olish va ustozlarda ilk taassurotni yaxshi qoldirish uchun sarfla

— Niyati faqat o'qish bo'lganlar orasidan do'st top, ular bilan birga vaqt o'tkaz, xonadosh bo'l. Bu juda muhim!

— Iloji boricha kutubxonadan yoki internetdan kerakli adabiyotlarni tezroq topib, olib qo'y

— Mayda vazifalarni ortga surib yurma, chunki imtihon payti katta vazifalar bilan yig'ilib seni dovdiratib tashlaydi

— Keyingi ikki oyda keyingi semestrdan boshlab qilmoqchi bo'lgan ishlaringni rejalashtir va ularga zamin yaratib bor. O'zingga mos kurslar, zallar, sport maydoni va hokazolarni ko'rib chiq.

— Birinchi semestrni imkon boricha balandroq bahoga yop. Ammo baho olish eng qiyin bo'ladigan semestr shu bo'lishiga ham tayyor tur.

— Keyinchalik chetda o'qish niyating bo'lsa, "Bahoning ahamiyati yo'q" degan cho'pchak va bahonalarni yig'ishtir

— Guruhdoshlaring bilan raqobat emas, hamkorlik qil.

— Barcha narsani qilishga o'zing ulgurmaysan. Imkon borida kimgadir qildir yoki eng yaqin do'stlaring bilan kelishgan holda vazifalarni taqsimla

3. Qo'shimcha tavsiyalar

Ishlama! Bilaman, katta bo'lib qolgansan. Bilaman, uydan pul olishga uyalasan. Bilaman, ular shundoq ham kontraktingni to'layapti. Lekin talabalik sohangda mutaxassis bo'lish uchun oxirgi davr. Vaqtni shunga sarfla. Undan keyin xohlamasang ham ishlaysan.

— Uydagilardan pul olayotganda uyalsang, ularga va'da ber. Ertaga shu pullarini ortig'i bilan qaytarishga, zo'r mutaxassis bo'lishga va'da ber. Keyin esa vadangni bajar!

Abiturientlik paytingdagi rejimingni o'chirib qo'yma! Oylab vaqtingni shunchaki divanda kino ko'rish bilan yoki kechasi bilan PUBG o'ynash bilan o'tkazib yuborma. Uydagilardan pulni buning uchun olmayapsan.

— Har bir haftangni, kuningni oldindan rejalashtirishga odatlan! Unutma, aslida hammasiga ulgurish mumkin. Eng kamida sen o'ylaganingdan ko'ra ancha ko'prog'iga. Bunga o'rganish uchun esa #time_management tegi bilan yozgan postlarimni o'qishni boshla.

— Postni hech bo'lmaganda bitta talaba bo'lgan do'stingga yoki uka/singlingga ulashib qo'y ))

P.S: "Senlab" yozganimga hafa bo'lmaysizlar. O'zimning ukam bo'lganda, u bilan kamida shunaqa gaplashardim...

#studentlife

Arxiv: 05.09.2021

@Musayev_blogi
Vaqt, umr va xotiralar

Agar hozir sizga yana 3 oydan keyin coronavirus paydo bo'lib, keyinchalik pandemiyaga sabab bo'lganiga 5 yil bo'ladi desam, ishonishdan oldin bir qator hisoblab ko'rasiz ehtimol. Agar siz ham bu 5 yil juda tez o'tib ketgan deb o'ylasangiz, siz katta ehtimol bilan 20 yoshdan katta va bunday deb o'ylayotgan yagona odam emassiz.

Lekin sizga "Siz qaysidir ma'noda haqsiz. Vaqt tezroq o'tayotgani sababi bor" desam, post davomini o'qimasdan turib bunga qanchalik ishongan bo'lardingiz?


Vaqtni idrok etish

Onam o'smirlik paytim "Bolaligingda vaqt juda sekin o'tadi. 20 yoshdan keyin oddiylashadi va 30 yoshdan keyin "uchib" ketadi" deganda bu gapning matematik asosi borligi haqida hech o'ylab ko'rmagan ekanman.

Keling tasavvur qilish uchun 1 yilni olaylik. Inson endigina bir yoshga kirgan vaqtida bir yil butun umrga teng bo'ladi. 2 yoshga kirganda esa oxirgi bir yil endi inson umri 50%ini tashkil qiladi, 3 kirganda 33%, 4 ga kirganda 25% va h.k. 20 yoshga kirgan odamda esa bu son atigi 5% ga va 30 yoshda 3% gacha tushib qoladi.

Ya'ni bir yoshga kirgan bola uchun shu bir yilda bo'lib o'tgan hamma narsa yangilik. Huddi shu kabi inson 5 yoshigacha miyasi 90%ga shakllanib bo'lgan bo'ladi. 50 yoshga chiqqan insonda esa umrining eng asosiy qismi tabiiyki oxirgi 20 yillikda emas, ilk 30 yilligida bo'lib o'tgan bo'ladi.

Bu narsa qo'rqinchli eshitilishi va qochib qutilish ilojsizdek tuyulishi mumkin. Lekin agar miyamiz vaqtni qanday "yozib" borishini yaxshiroq tushunsak, o'z umrimizni chinakamiga "uzaytirish" imkoni paydo bo'ladi.


Miyamiz vaqtni yozib borishi

Sizga biror bir voqeani tasvirga olib borish vazifasi topshirilsa, albatta bu narsani videoga olib borishni afzal ko'rasiz. Bunda barcha detallarni to'liq vaqt davomida kuzatish mumkin bo'ladi.

Ammo miyamiz vaqtni bunday yozib olmaydi. U bizdagi bo'lib o'tgan tajriba va xotiralarni video tarzda emas, ko'proq tasvirlar orqali saqlaydi. Ushbu tasvir suratlar ko'rinishida yoki 2-3 soniyalik qisqa "video"lar ko'rinishida bo'lishi mumkin. Istalgan yoqimli xotirangizni eslab ko'ring. Bunda undagi barcha jarayonni emas, eng yoqimli va o'zgacha joylarini esga olishingiz aniq, hattoki u yaqinda bo'lgan bo'lsa ham.

Ya'ni miyamiz bu tasvirlarni ma'lum bir o'zgarmas vaqt oralig'ida olib turmaydi. Aksincha, u eng muhim pallalarni saqlab boradi. Saqlash jarayoni eng muhim jihati — bu o'sha xotira bizda qanchalik kuchli emotsiya hosil qila olgani. Bu ijobiy bo'ladimi yoki salbiymi farqi yo'q. Bu faktorni esa tashqi ta'sirlar yanayam to'ldirib beradi. Masalan, bo'lib o'tgan voqea haqida atrofdagilar ham qanchalik ko'p gapirisa, u miyamizda tasvir bo'lib qolish ehtimoli ham balandlashadi.

Aynan mana shu sababga ko'ra pandemiya payti butun dunyo uchun tasvir vazifasini bajarib berdi. O'zbekistonliklar uchun bundan oldingi yirik tasvir 2016-yilda, jahon uchun 2008-yilda, Amerika uchun 2001-yilda sodir bo'lgan deyish mumkin...


Xotiralar davomiyligi eng muhimi emas

Yuqoridagi fikrlardan hayotimizdagi tepa va pastliklar aslida juda muhim ekani, ularning borligi u shunchaki bir tekisda o'tib ketishidan ko'ra ancha yaxshiroq ekani tushunarli bo'lgan bo'lsa kerak. Lekin mana shu baland-pastliklarning ham bir qiziq jihati mavjud.

Miyamiz uchun ma'lum bir xotiraning davomiyligi uni saqlab qolishda va uzun deb qabul qilishda eng asosiy rolni o'ynamaydi. Bunda undagi yuqori nuqtalar ko'pligi va ayniqsa yakun eng cho'qqida tugashi judayam muhim. Ya'ni judayam ko'plab sarguzashtlarga, yangi tanishlarga boy o'tgan va yakunda juda ajoyib tugagan bir haftalik ta'til, ma'lum vaqtdan keyin 2 oylik bir xilda o'tgan ta'tildan ko'ra bizga uzoqroqdek tuyulishi mumkin.

Bu narsa og'riqli vaziyatlar uchun ham shunday ishlaydi. Ilmiy tadqiqotda ko'pchilik odamlar bir xilda uzoq davom etuvchi og'riqdan ko'ra qattiqroq ammo oxiriga borganda yaxshilanuvchi og'riqni afzal ko'rishlari ma'lum bo'lgan.


Miyamiz vaqtni qanday idrok qilishi va uni qanday yozib borishini tushunish esa, umrimizni "uzaytirishda" qo'l kelishi mumkin.

Davomi bor...

#useful

@Musayev_blogi
Menimcha hayotda eng ortiqcha baho berilib yuboriladigan narsa - hissiyotlar.

Biror narsani boshlash uchun motivatsiya qidiramiz. Ishtiyoqqa to'lib turganda ortiqcha va'dalar beramiz. Xafa bo'lib qolsak, hammasini ostin-ustun qilib tashlashdan qaytmaymiz. Baxtni boshqalar hayotidan, ekranga qarab shakllantirib olamizda, kutganimiz bo'lmagandan keyin o'zimizni baxtsizga chiqarib qo'yamiz.

Aslida bu dunyoda juda ko'p narsa eng birinchi navbatda javobgarlik va mas'uliyat ekanini tushunishimiz kerak.

〰️ Ertalab yugurishga chiqish / shug'ullanish - bu sog'ligimiz, tanamiz oldidagi javobgarlik
〰️ Ishda va o'qishda astoydil ishlash va nimagadir erishish - bu jamoaviy mavjudot ekanligimiz mas'uliyati
〰️ Faqat kayfiyatimiz yo'q bo'lganda emas, har kuni yaqinlarimizni eslash - bu farzandlik, aka-ukalik javobgarligi
〰️ Oila va farzandlar uchun e'tibor ajratish - bu ota-onalik va umr yo'ldoshlik vazifasi
〰️ Hayotimiz o'zi ham o'yin-kulgu emas - Yaratgan oldidagi eng asosiy javobgarlik

Javobgarlik va mas'uliyatni ustun qo'yish sizni robot qilib qo'ymaydi. Aksincha, sabr va qat'iyat bilan qilingan ishlar haqiqiy eng yoqimli hissiyotlarni olib keladi.

#self_note #night_thoughts

@Musayev_blogi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Telegramning oq va qora tomoni

O'zbekistondagi nafaqat asosiy messenjer, balki eng ko'p ishlatiladigan ilovaga aylanib ulgurgan Telegram oddiy odamlar hayotini qanchalik yaxshilagan bo'lishiga qaramay, undagi qo'shilayotgan funksionallik va ishlash mezonlaridan uning asosiy maqsadli auditoriyasi oddiy odamlar emasligini tushunish tobora osonlashib borayotgan edi.

— Ikkinchi tomon ishtirokisiz xabarlar va chatlarni tag-tugi bilan o'chirib yuborish
— Bir martalik xabarlar va hattoki saqlab qolish mumkin bo'lmagan ovozli va video xabarlar yuborish
— Chatlarni ma'lum muddatdan keyin o'chib ketadigan qilish mumkinligi
— Foydalanuvchilarning haddan tashqari anonim bo'la olishi
— Va oxirgi vaqtlarda kriptovalyuta va turli unga bog'liq "o'yin"lar ko'payib ketayotgani

Xullas, bularning barchasi Telegramni jinoyatchi, pul yuvuvchi, kontrabandist, scammerlar guruhlari va boshqa shu kabi qora bozor ishtirokchilari uchun ideal maskan qilib qo'ygandi. Bundan endi hukumatlar ham sal zerikdi shekilli.

Nima bo'lganda ham eng tez o'sayotgan va funksionallik jihatdan rostdan ham juda oldinga o'tib ketgan bu messenjer kelajagi xavf ostida qolib ketmaydi degan umiddamiz.

#news

@Musayev_blogi
Sometimes, all you need is just $100,000.
No words, no advice, just a $100,000 to make you feel better :)

#joke

@Musayev_blogi
🇺🇿Mustaqilligimizning 33 yilligi muborak bo'lsin!

🎉 Bugun erkimiz, ozodligimiz o'z qo'limizga o'tgan kun.

“Effort team” jamoasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etadi!

Bayram kunlarini oila davrasida maroqli oʻtkazishingizga tilakdoshmiz.

#mustaqillik #33yosh

Telegram | YouTube | Mentorlik
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2003-yildan beri (20 yil) Ronaldo va Messi nomi Oltin To'pga nomzodlarning yakuniy ro'yxatida paydo bo'lmabdi. "Era tugadi..." deb yozishyapti.

Men esa taqdirlash marosimida videodagi holat bo'lishini kutyapman. Faqat Harry Potter nomi o'rnida Lionel Messi 😁

#joke #football #movies

@Musayev_blogi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Iqtisodchi Kundaligi
Umumiy muvozanat va yaratiladigan talab.

Qisqa vaqt yashagan bir dahada bir odam sut-qatiq sotar edi, hamma biladi “moloko, qaymoq, qatiq” deb chaqirar edi va ora orada odamlar tushib undan bozor qilishar edi. Bilasizmi yoʻqmi oʻsha biznesda ham har xil muvaffaqiyatga erishadi. Bizni dahadagisi ayniqsa juda muvaffaqiyatli edi, lekin buni siri juda oddiy iqtisodiy intuitsiyadan tashkil topgan edi.

U bizni koʻchaga ora-orada emas, har kuni kelar edi boz ustiga, har kuni deyarli bir paytda kelar edi. Men oʻshanda bir narsa olishga tushib soʻraganman, nega har kuni aynan bizni koʻchadan oʻtasiz, axir kecha ham kelgan edingiz va katta ehtimol bilan hech kim bor sut mahsulotlarini bir kunda tanovul qilib qoʻymaydi-ku, masalan ikki yoki uch kundan bir kelsangiz koʻproq odam xarid qiladi-ku deb soʻragan edim. U qiziq javob bergan haligacha eslayman, maʼnosi taxminan shunday edi: agar men ikki yoki uch kundan bir kelsam, mahalladagi va dahadagi odamlar qaysi kuni kelishimni aniq bilishmaydi va sut-qatiq uchun ehtiyojlarni boshqa joydan qilishadi, mendan esa faqat favqulodda kerak boʻlib qolsa xarid qilishadi, shunda meni umumiy savdoyim kam boʻladi. Yaʼni ikki uch kunda bir kelsam, vaholanki oʻsha kelgan kunlarimda savdoyim baland boʻlishi mumkin, lekin qisqa muddatdan keyin, meni ishonchli sut-qatiq yetkazib beruvchi deb oʻylashmay qolishadi va sut-qatiqni tashqaridan olishga harakat qilishadi. Men agar ora orada kelsam, oʻsha kelgan kunlarimda koʻproq odam kelgandek tuyuladi, lekin umumiy hisobdan yutqazaman degan edi.

Bu gʻoyani iqtisodiyot fanida yaratilgan talab (induced demand) deyishadi. Yaʼni bir xil xizmatlar va tovarlar uchun talab — agar u narsa koʻp va doimiy sodir etilsa boʻladi. Jamoat transporti misolida aytish mumkin: deylik bir yoʻnalishda avtobus har 6 minut kelish uchun 12 ta avtobus kerak— oʻsha yoʻnalishdagi yoʻlovchilar soni 15 mingta boʻlishi mumkin. Lekin deylik sizda 2 ta avtobus bor, shunda oʻrtacha kutish 36 minutni tashkil etadi. Lekin yoʻlovchilari soni qanday oʻzgaradi? Siz 15/6=2.5 ming deb hisoblashingiz mumkin, axir agar avtobuslar shunchaga kamaysa, yoʻlovchilar ham proporsional kamayadi degan taxmin qilishingiz mumkin, lekin oʻsha sut sotuvchi amaki aytgan mantiq bizga toʻgʻri taxminni beradi — yoʻlovchilar anchaga kamayadi, balki 500 ta ham boʻlmas. Nima uchun? Chunki oʻrtacha kutish vaqti 35 daqiqa boʻlsa- odamlar alternativ transportni qidirishadi, balki marshrutkada borishadi, balki bir necha kishi boʻlib taksida borishadi, balki koʻproq piyoda yurib metrogacha yetib olishadi va-hokazo. Yaʼni xizmatni doimiyligi va taklif qilinayotgan hajmi talabni hajmini belgilaydigan omil boʻladi. Talab taklifni yaratadi emas, taklif ham talabni yaratadi.
Forwarded from Iqtisodchi Kundaligi
Nega buni yozyapman?

Chunki menimcha transportdagi mutassadilar buni tushunishmaydi shekilli. Masalan, qariyb 10 million aholisi bor Fargʻona vodiysi viloyatlari bilan Toshkentga boʻlgan aviaqatnovlar soniga qarang. Andijon yoki Fargʻonaga haftasiga 8 marta ham uchmaydi uchoqlar. Qoʻshni Qozogʻistonda qaradim, ikki eng katta shaharlari Olma-ota va Ostona orasida kuniga 16-18ta aviaqatnov mavjud. Bizda haftasiga ham birorta shaharni orasida buncha qatnov yoʻq. Yaʼni bizda haftasiga reyslar soni ulardagi kundalik reyslar sonidan ikki barobar kamroq. Yoki mayli, Qozogʻistonni ikkinchi va uchinchi shaharlari orasida — Chimkent va Olma-otani kuniga kamida 6-9ta reys ulaydi. Bizda Toshkent va Urganch yoki Samarqand orasida ham kuniga uchta reys yoʻq. Aql bovar qilmaydi — Urganchga mashinada bir kunda yetib olish deyarli imkonsiz boʻlsa ham shu ahvol. Ha mayli, Qozogʻiston juda bir katta va rivojlangan davlat dersiz, Qirgʻiziston bilan solishtiraylik: Oʻsh va Bishkek orasida kuniga kamida 6 ta reys ekan - tekshirdim. Bizda butun vodiyga kuniga 3ta ham yoʻq — aholi va iqtisodiy ahvolimiz bir xil boʻlsa ham.

Eng qizigʻi — agar aviatsiyada ishlaydiganlardan nima uchun bizda aviakompaniya hali ham xususiy emas desangiz — eng siyqasi chiqqan argumentlardan biri shuki, agar milliy aviakompaniya boʻlmasa — unda viloyatlarga chet ellik aviakompaniyalar uchmas emish. Qizigʻi bizda milliy aviakompaniya ham, deyarli uchmayapti. Qirg'izistonda esa, xususiy aviakompaniyalar o'sha reyslarni uchishyapti. Oʻn millionlik vodiydan Toshkentga bir kunda nechta odam keladi? Bir kunda bitta uchadiganmi uchmaydigan samoletga esa 200 ta odam ham sigʻmaydi, boz ustiga har kuni ham uchmaydi.

Aviatsiyadagilar oʻsha qatiqchi amaki ishlatadigan gʻoyadan bexabar ekanlari tushunarli lekin — bilasizmi nega? Chunki ular bozorda ishlamayapti. Ularni xato qilishlari, bozorni bilmasliklari, foyda olmasliklari bilan qiziqishlari yoʻq. Normal aviaqatnov bozori boʻlganida, ular bilishar ediki, agar mamlakatdagi eng katta shahar va deylik vodiy orasida kuniga 20 yoki 30 ta reys qoʻysa — hozirgi 1 ta reysdan koʻra talab 20 barobardan koʻproqqa oshadi. Bitta samolet qoʻyilgandagi talabdan, 20ta kunlik qatnovdagi talabni solishtirib boʻlmaydi. Chunki oʻsha gap, bir soatda bir keladigan avtobusga tayanib reja qilmaganingiz kabi, kuniga bir necha marta uchmaydigan uchoqni reja qilmaysiz. Yaʼni mamlakat ichidagi reyslarda odamlar ertalab ishini bitirib, obeddan keyin uchib ketishi, ertalab kelib, kechki payt keta olishi kabi qulayliklarni koʻrsalargina, alternativ yoʻldan koʻra uchoqni tanlashadi. Rivojlangan dunyoni gapirmasa ham boʻladi, serqatnov yoʻllarda, masalan Boston va Nyu York orasida Delta havo yoʻllari har yarim soat uchadigan shuttle — xuddi bizni marshrutkadek qatnovni qoʻygan, shunchalik talab koʻp — lekin vaholanki, aynan taklif bu talabni yaratgan.

Bizda bu ahvol qanchalik yomon ekanini, toʻgʻrisi bilmas edim. Yaxshi emas deb o'ylar edim, lekin qanchalikligini bilmasdim. Bundan bir yilcha oldin, bir tanishim bilan Bishkekda obed qildik, obeddan keyin Oʻshga reysi bor edi, lekin gap qizib ketganidan keyin oʻz reysini kechasiga telefonidan alishtirgan edi. Oʻshanda men mintaqaviy oʻylagan ekanman — Bishkekdan Oʻshga ikki uch soat orasida bir nechta reys boʻlsa, Oʻzbekistonda ham shunaqa shekilli deb. Bir necha oydan beri shaxsiy safarim uchun Samarqanddan Toshkentga Afrosiyobga chipta izlamoqdaman (besh olti marta tvitterda yozdim, Iyul, Avgust va mana Sentyabr oyida), menga kerakli sanada chiptalar sotuvga qoʻyilgan, lekin oʻsha menga kerak boʻlgan poyezdga biletlar yoʻq, vaholanki necha marta tekshirib keldim, bir sotuvga qoʻyilmagan deyishdi, hozir esa qoʻyilgan ekan lekin sotib olish uchun yoʻq. Poyezdlar haqida oʻzi bir alohida yozish kerak — temir yoʻllarini kompetentligi yetarli emasligi va raqobatli ishlamasligi iqtisodiyotimizni haqiqiy bir sekinlashtiradigan omillaridan: ham passajirlar tashish masalasida va ham balki ayniqsa — yuk tashish masalasida.
Biz o'zimizdan ko'ra o'quvchilarimiz uchun ko'proq muvaffaqiyat tilaymiz

Hozirda qabul davom etayotgan kurslar
🇩🇪 DAAD mentorlik kursi
🇸🇰 NSP mentorlik kursi
🇬🇧 Chevening mentorlik kursi

Murojaat
@grantgo_mentor

Sizning xizmatingizdamiz...

#mentorlik #mem

Telegram | YouTube | Mentorlik
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Musayev blogi
Meni kuzatadiganlar kimlar? :)
Kutilmalar va Reallik

So'rovnomani kanalga qo'yganimdan 5 daqiqa o'tib izohlarda o'z tahminimni yozgandim (faqat 6 ta kategoriyaga bo'lib). Ovozlar soni 1000 taga yetgani sababli endi yakuniy solishtirishni ko'rsatib o'tmoqchiman.


1. Maktab o'quvchilari va uni bitirganlar
👉 Tahminim — 10%
👉 So'rovnomaga ko'ra — 10%
👉 Absolyut xatolik — 0%

2. Bakalavr 1, 2 kurs talabalari
👉 Tahminim — 15%
👉 So'rovnomaga ko'ra — 18%
👉 Absolyut xatolik — 3%

3. Bakalavr 3, 4-kurs talabalari
👉 Tahminim — 30%
👉 So'rovnomaga ko'ra — 28%
👉 Absolyut xatolik — 2%

4. Bakalavrni bitirganlar va magistratura talabalari
👉 Tahminim — 30%
👉 So'rovnomaga ko'ra — 26%
👉 Absolyut xatolik — 4%

5. Karyerasining ilk 5 yilligida bo'lganlar
👉 Tahminim — 10%
👉 So'rovnomaga ko'ra — 12%
👉 Absolyut xatolik — 2%

6. Tajribasi 5 yildan ko'p va boshqalar
👉 Tahminim — 5%
👉 So'rovnomaga ko'ra — 6%
👉 Absolyut xatolik — 1%


Bakalavr 1, 2-kurslari nisbati o'ylaganimdan ko'proq, 3, 4-kurslar va magistartura talabalari esa o'ylaganimdan sal ozroq ekan. Menimcha, bu oxirgi vaqtlarda birinchi kurslar uchun yozilgan postlar natijasi bo'lsa kerak.

Umumiy holda blog auditoriyasini o'rtacha 2% absolyut xatolik bilan tahmin qilibman. "Auditoriyamni yaxshi bilar ekanman" deb yelkamga qoqib qo'ysam ham bo'lar ekan :)

Endi esa o'quvchilar nisbatiga qarab mavzu va postlar tanlashga harakat qilaman va tez-tez har-xil so'rovnomalar o'tkazib turaman.

Shaxsiy blogi borlarga esa chellenj — yuqoridagi ishni qilib natijani izohlarda qoldiring. Ko'ramiz kim o'z auditoriyasini yaxshiroq bilar ekan. Cheating qilish yo'q faqat )

#poll #research

@Musayev_blogi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tezlik...

30 vs 40 vs 50 vs 60 km/soat tezlikda harakat qilib kelgan avtomobil urgandagi "tirik qolish" statistikasi.

Yuqoridagilar shunchaki sonlar emas. Kimningdir qizi, o'g'li, akasi, ukasi, opasi, singlisi yoki ota-onasi.

"Hayotni sekinlashtirish" va "Hayotlarni saqlab qolish" orasidagi oddiy tanlov. Judayam oddiy...

@Musayev_blogi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/28 21:30:14
Back to Top
HTML Embed Code: