Telegram Web Link
Safar boshlandi

Buyog'iga 4-5 kun blog sayohat blogi bo'lib turadi. Bu safar olgan rasm, videolarim telefonimda qolib ketmasligi uchun tezroq shu yerga yuborib turishga harakat qilaman.

Bu safargi aeroportga kirish eng tezi bo'ldi. Avtobusdan tushganimdan keyin 15 daqiqa ichida Duty Free hududga kirib bordim. Ro'yxatdan o'tishni telefonimda qilganim sababli bunga vaqt umuman ketmadi. Xavfsizlik tekshiruvigagina vaqt sarfladim. Bitta yomon tomoni biletim telefonda bo'lgani sababli bilet va passportim bilan rasmga tushib bo'lmadi ))

Lekin ichkariga kirib bilsam Amerikaga kirish tekshiruvi Dublin o'zida bo'lar ekan. Shu tekshiruv yarim soat vaqt oldi, odam ko'pligi sababli. Uyoqqa borgandan keyin tekshirib o'tirishmas ekan. Huddi ruxsat tegmasa Amerika aeroportiga ham kirishga haqqing yo'q degandek )

Asosiysi eson-omon samalyotga chiqib oldik. Buyog'iga dunyoning narigi chetiga yetib olganda yozaman 🛫

#travel #US #HPAIR

@musayev_blogi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bolalar, men Amerikaga keldim. Endi Texasga borib bir amallab Meksikaga o'tib olsam bo'ldi 🕵️‍♂️

@musayev_blogi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aeroportdan to'g'ri Garvardga

Huddi tush ko'rayotgandekman. Nimalarni his qilayotganimni so'z bilan tushuntirish qiyin. O'zingiz ko'ring yaxshisi.

Living in my childhood dream...

#trip #Harvard

Ona, qarang odamlar ucha olar 🥲

@musayev_blogi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bizda keyingi manzil - MIT

Mana o'sha dunyoning birinchi raqamli universiteti. Turgan joyimdan 15 daqiqali yo'l ekan. UCCdagi professorim aytgandek Boston xuddi bir katta kampus.

Storylarda ko'proq videolar joylab boryapman
https://www.tg-me.com/JanobMusayev/s/21

#trip #US #MIT

P.S: Havo sovuq )

@musayev_blogi
Amerikaga kelib odamlar sochiga qarab "чёрно белый" televizordan, "цветной"ga o'tgandek his qilyapti odam o'zini )

#joke

@musayev_blogi
Forwarded from Yuldoshev's Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Amerika (Boston) taassurotlari

Ko'pchilik uchun qiziq bo'lishi mumkinligi sababli Amerika, aniqrog'i Boston haqidagi taassurotlarimni qisqacha ulashib ketmoqchiman (Amerikaga 3 kunlik HPAIR konferensiyaga kelganman).

➡️ Amerikaga birinchi marta kelgan odam, ayniqsa oldin chetda bo'lmagan odam culture shock his qilishi aniq

➡️ Sababi odamlar juda xilma-xil va ancha "g'alati". Ba'zilar o'zini juda erkin his qiladi va ko'chada baqirib yurishi ham, qo'shiq aytishi ham mumkin. Boshqalar ishi ham bo'lmaydi (American Freedom)

➡️ Atrofga qarasangiz ko'zingiz yoki afro-amerikaliklarga yoki xitoyliklarga (asian) tushadi. Oq amerikaliklarni esa qidirish kerak

➡️ Ko'p odamlar judayam umidsiz ko'rinadi, ayniqsa metrodagi native amerikaliklar

➡️ Amerikada hammasi pulga borib taqaladi deyishgandi. Lekin Bostondagi aeroport va shahar markazini ulaydigan avtobus bepul ekan. Undan metroga o'tish ham. Aeroportdan shahargacha kelish tekinga tushadi

➡️ Shahar u darajada katta emas, markazdagi joylarni kun bo'yi piyoda sekin aylanib chiqish mumkin

➡️ Albatta shahar piyoda yurishga juda qulay. Velosipedda harakatlanish menimcha eng qulayi bo'lsa kerak, havo yaxshi bo'lgan paytda

➡️ Jamoat transporti esa havas qiladigan emas. Bir kunda 2 marta "parot" qildi. Oldin metroda piyoda 45 minutda borish mumkin joyga 1 soatda bordim. Keyin har 10 daqiqada yuradi deyilgan avtobusni yarim soat kutdim

➡️ Juda ko'p odamlarni yugurish (jogging) bilan shug'ullanib yurganini ko'rish mumkin

➡️ Shahar o'rtasidan oqib o'tgan Charles daryosi shaharga o'zgacha fayz beradi (toza havo)

➡️ Eng muhimi — Boston xuddi bir katta kampusdek. Shahar shunchaki universitetlardan tashkil topgan: Garvard, MIT, Boston, TUFTS... Wikipediadagi ma'lumotga ko'ra, Bostonda 44 ta oliy ta'lim dargohlari joylashgan. Ular shaharning katta-katta hududlarini egallagan.

➡️ Hech kim ularni shahardan tashqariga chiqarib yubormagan )

#trip #HPAIR

Shaxsiy Blog | Linkedin | Professional blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Garvard yoki MIT

M
ITga bo'lgan cheksiz hurmatimni saqlagan holda, shubhasiz Garvard ❤️

#trip #HPAIR

@musayev_blogi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bu safargi HPAIR dasturida 25 tadan ortiq O'zbekistonliklar qatnashdi.

HPAIRdan ham ko'ra deyarli hammamiz Botir aka Qobilov bilan Garvard Biznes Maktabida (HBS) ko'rishganimiz qiziqroq bo'ldi.

Tepadagi rasmni haqiqiy "Umid" deb atash mumkin.

#trip #HPAIR

P.S: Dastur haqida to'liq taassurotlarimni keyinroq yozaman

@musayev_blogi
Ozodlik haykalidan Times Squaregacha — Nyu Yorkka bo'lgan sayohat taassurotlari
8/20

Kecha "Bir kelib qolibmizda endi" deb Nyu Yorkka ham o'tib kelgandim. Menimcha bir kun uchun ko'rish mumkin bo'lgan juda ko'p joy (faqat Manhettenda) — Ozodlik haykali, Wall Street va unga oid eng mashhur haykallar: buqa va qo'rqmas qizcha haykali, 9/11 yodgorligi, Bruklin ko'prigi, Grand Station (vokzal), High Line, Empire State Building, Central Park, Rockfeller markazi va Times Squarelarda bo'lish imkoni bo'ldi.

Ularning hammasi videolarini istoriyalarga qo'yib bordim va bu yerda ba'zi taassurotlarimni yozib ketmoqchiman:

Asosiy ma'lumotlar va ijobiy tomonlari

➡️ Nyu York geografiyasi judayam Istanbulni eslatib yuboradi — 3 ta "yer bo'lagi" orasiga dengiz kirgan. Ularning biridan ikkinchisiga esa ko'priklar, ferronlar va metro orqali o'tish mumkin

➡️ Shu bo'laklarning markazida uzun bo'lib Manhattan joylashgan. Uning o'zi esa yuqori, o'rta va quyi shaharlar (uptown, midtown, downtown) nomlari bilan ataladi. Ozodlik haykali va Wall Street, High Line downtownda joylashgan, Central Park, Times Square markaz — midtownda. Ko'p turistik nuqtalar shu ikkisida bo'lgani uchun uptownga chiqmadim

➡️ Manhattan o'zi esa avtomobil yo'llari orqali "kataklarga" bo'lib chiqilgan. Ularning ko'pi shunchaki uzun tekis chiziqdek. Masalan, 5th Avenue uptowndan downtowngacha tep-tekis yo'l. Bu narsa esa shaharni tez "tushunib olish"da yordam beradi

➡️ Downtown kinolarda ko'rsatilgan o'sha osmono'par binolar bilan to'la. Qandaydir boshqacha taassurot qoldiradi

➡️ Turistlar uchun ko'rish mumkin joylari judayam ko'p. Ozodlik haykalidek super mashhuridan tortib, High Line kabi deyarli gapirilmaydiganlarigacha. Menga ayniqsa High Line g'oyasi va Central Park juda yoqdi

➡️ Bu kabi megapolisda Central Parkdek joy borligi va uni asrab qolishgani shunchaki tahsinga sazovor. Lekin bundan tashqari shaharda boshqa kichik bog'lar bor (juda ko'p bo'lmasa ham)

➡️ Shahar men tasavvur qilgandan ancha xavfsiz. G'alati eshitilsa ham kechasi (yarim tunda emas) odam o'zini kunduzidan ham xavfsizroq his qiladi, sababi shahar o'sha paytda birdan uyg'ongandek bo'ladi

➡️ Umuman olganda Nyu York borib bir ko'rib kelish uchun yaxshi joy

Salbiy tomonlari

➡️ Bir sherigimiz aytgandek "Nyu Yorkda faqat osmonga qarab yurish kerak. Yerga qarasang faqat axlat ko'rasan". Shaharni toza demagan bo'lardim. Bu borada albatta Xitoy, Yaponiya va Yevropadan ancha orqada

➡️ Shahar uysizlar bilan to'la. McDonald's kabi arzon joylar esa ularning makoniga aylanib qolgan. Shuning uchun bu yerga kelganda qiziqishga bo'lsa ham fast foodga kirishni tavsiya qilmayman

➡️ Hammayoq osmono'par binolar bilan to'laligi boshida xayajonli. Lekin ozroq o'tib yurak siqilishni boshlaydi. Menda ancha tez boshlandi

➡️ Eng chidab bo'lmaydigan narsa esa — hid. Bu narsani hech qaysi video ko'rsatmagani sababli Nyu York "orzular shahri" bo'lib tuyuladi. Lekin men hecham unaqa his qilmadim. Qaytaga nasha (cannabis) hidi tashqaridan qanaqa bo'lishi juda yaxshi esimda qoldi. Shaharda yurganingizda tez-tez bu hid guppilab dimoqqa uriladi

➡️ Shaharda esa bu kabi "o't-o'lanlar" do'konlarini ko'plab topish mumkin. O'tgan yili aprelda uning uchun maxsus uy-muzeyi ham ochilgan ekan

➡️ Nyu York mo'tadil bo'lish shahri emas. U yerda boylik va qashshoqlik ekstrim darajada bir-biri bilan to'qnashgan. Yevropada yashab sokin hayot qadrini tushungan odamni bu narsa aqldan ozdiradi (yashamaganlarni ham)

Xullas, Nyu York millarder bo'lish, dunyo markazida bo'lish uchun sizga barcha imkoniyatlarni beradi. Lekin men "There are some things that money can't buy. For everything else, there is Mastercard" deb sekin "qishlog'im"ga qaytaman 🙂

#trip #US #HPAIR

Shaxsiy Blog | Linkedin | Professional blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Reklamalar qo'rqinchli darajada personalizatsiyalashib ketyapti. O'zimning telefonimda chiqsa mayli, metro tablosi va mehmonxona televizoridagi reklamalar ham moslashib ketsa odam qo'rqib qolar ekan )

Birinchisi viza topshirib yurgan paytimdagi Irlandiya luasidagi (yer usti metro) o'tirgan joyim oldidagi reklama. Ikkinchisi Bostondagi mehmonxona televizoridagi reklama (bugungi).

Bostonga qaytdim. Shu yerdan Dublinga uchaman. Ungacha omadim kelsa yana bir narsaga ulgurishim mumkin.

#trip #US

@musayev_blogi
Kecha piyoda yurish bo'yicha oldingi rekordimni (28,000 qadam) yakson qilib tashladim. Kun oxirida smartbandga qaraganimda 40,618 ko'rsatayotgandi.

Oyoqlarim oxiri "Men shu yerda o'tirib turaman. Siz borib bemalol aylanib kelavering" devoray dedi 🚶‍♂️

#joke

@musayev_blogi
2024/10/01 16:43:56
Back to Top
HTML Embed Code: