Telegram Web Link
Aaaaaaaaaaaaaa! Garvard MBA darsida qatnashdim!

Bir yil oldin UCCda o'qib yurgan paytda YouTubedan "Garvard MBA darsida qatnashib ko'ring" degan video ko'rgandim. Ichimda "Mana bu haqiqiy dars" deb o'ylaganman.

Bugun esa xuddi shu darslarning biriga jonli qatnashdim. Eng qizig'i, bunday imkoniyat borligini kecha Botir akadan bildim. Ro'yxatdan o'tmoqchi bo'lib kirsam, bugungi dars uchun kech qolgan ekanman. Shundayam "Harakat qilib ko'rib afsuslangan yaxshiroq" deb Uberga chiqib, Garvard Biznes Maktabi tomon yo'l oldim.

Ro'yxatga oluvchi qiz (Alexandria ekan ismi) biroz ikkilangan bo'lsa ham vaziyatimni tushunib, yordam berdi. Eng qizig'i, yetib kelganimdan 10 daqiqa o'tiboq darsga kirdim.

Videoni ko'rib ichimda "Balki bu eng yaxshi darslardan biridir, plus yaxshi montaj" degan xayol o'tgandi. Lekin jonli dars videodagidan ham zo'rroq o'tdi. Shunchaki daaaahshat!

Dars haqida alohida yozaman. Hozir endi uyga qaytish kerak )

#trip #US #Harvard #MBA

@musayev_blogi
💝 Postlarimizni ulashing va sovg'alarga ega bo'ling

GrantGO loyihamiz 3 yillik tug'ilgan kuniga ham 1 oydan kamroq vaqt qoldi. Loyihamiz tug'ilgan kuni munosabati bilan esa biz sizlarga sovg'a ulashmoqchimiz.

Fevral oyidan boshlab kanalimizdagi istalgan postlarimizni o'z (ochiq) kanalida ulashgan 5 tagacha bo'lgan kanal egalariga pul mukofoti tarzida sovg'a taqdim qilamiz.

Qatnashish uchun
➡️ Fevral boshidan 2-martgacha bo'lgan sanada istalgan postlarimizni kanalingizda "forward" qilishingiz (postlar soni cheklanmagan)
➡️ Kanalingiz ochiq (public) va tgstat.com saytidan ro'yxatdan o'tgan bo'lishi
➡️ Postlar aynan forward qilingan bo'lishi kerak

Saralash bosqichi
➡️ Ushbu sahifadagi repostlar statistikasi orqali yuqoridagi talablarga javob beruvchi kanalda ulashilgan va eng ko'p ko'rilgan 3 ta postimiz umumiy ko'rish soni hisoblab chiqiladi (har bir kanaldan eng ko'p ko'rilgan 3 tadan post)
➡️ Kelib chiqqan natijalarga ko'ra kanalida postlarimiz eng ko'p ko'rilgan 5 ta kanal ajratib chiqiladi
➡️ 3 ta eng ko'p ko'rilgan repostlar umumiy ko'rishlar soni kamida 1000 taga yetishi kerak
ℹ️ Mentorlik kurslar va ovozli chatlarimiz e'lonini ulashganda ko'rishlar x1.5 tarzda hisoblanadi

Mukofotlar
➡️ Yuqoridagi 5 ta kanal egasiga har bir 1000 ta ko'rish soni uchun 50,000 so'mdan pul mukofoti taqdim qilinadi (maksimum 5000 ta ko'rishlargacha)
➡️ Bundan tashqari g'olib kanallar 3-mart, GrantGO 3 yillik tug'ilgan kunida g'oliblar ro'yxatida e'lon qilinadi

🎁 Postlarimizni ulashing va mukofotlarga ega bo'ling!

P.S: Xabarni o'z blog/kanali bor tanishlaringizga yetkazib qo'yishni ham unutmang :)

Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Musayev blogi
💝 Postlarimizni ulashing va sovg'alarga ega bo'ling GrantGO loyihamiz 3 yillik tug'ilgan kuniga ham 1 oydan kamroq vaqt qoldi. Loyihamiz tug'ilgan kuni munosabati bilan esa biz sizlarga sovg'a ulashmoqchimiz. Fevral oyidan boshlab kanalimizdagi istalgan…
Ishga qaytamiz )

Bilaman juda ko'p (shaxsiy) bloglar grantlar haqida ma'lumotlar berib boradi. Shu kabi blog egalari uchun bu yangilik qiziq bo'lishi mumkin. Grant dasturini GrantGOdan ulashishingiz va tagiga o'z izohingizni yozib qo'yishingiz mumkin (huddi shu post kabi).

"Sharing is caring" deyishardi. Bizda bo'lsa Sharing is Paying 😁

#promotion

P.S: Mening blogim bu tanlovda ishtirok etmaydi (afsuski)

@musayev_blogi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ingliz tili / IELTS o'qitib ko'rganlarga savolim bor bitta.

Oldingizga kelib "O'rnimga IELTS topshirib berasizlarmi?", "O'rnimga dars qilib berasizlarmi?" yoki "Sizda o'qisam IELTS 7 olishimga garantiya bormi?" deb tez-tez so'rab turishadimi?

Aytaylik nechta odamdan bittasidan shunaqa savol chiqishi mumkin yoki tahminiy foiz qanday?

Agar siz ingliz tili o'qimoqchi bo'lib yoki o'qib yurgan bo'lsangiz, o'qituvchingizga shunaqa savol berarmidingiz?

#discussion

@musayev_blogi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Startaplar bilan ishlashda istalgan funksional yoki MVP chiqarishdan oldin o'lchash kerak metrikalarni to'g'ri aniqlab olish kerak deyiladi.

Masalan, messenjer ichiga istoriya qo'shishdan oldin nimani o'lchashni oldindan bilib mo'ljal qo'yish kerak: istoriya qo'yayotganlar soni, uni ko'rayotganlar soni, reaksiyalar soni va hokazo.

Eng muhimi bu metrikalar to'g'ri tanlanishi kerak. Agar faqat ro'yxatdan o'tib, tekin xizmatlardan foydalanayotgan foydalanuvchilar sonini o'lchasangiz lekin ulardan nechtasi mahsulotingizni sotib olyapti bilmasangiz unda o'zingizni "zo'r ishlayapmiz" deb aldab yuraverasiz.

Bu narsa faqat startap yoki biznesda emas deyarli hamma joyda ishlaydi. To'g'ri tanlab olingan o'lchov va rag'batlar juda muhim. Agar rag'batlar to'g'ri tanlansagina ta'lim sifati ortishi, qonunbuzarlik kamayishi va iqtisod o'sishi mumkin. Aks holatda haqiqiy jinoyatchilik qolib kechroq yurganlarga nisbatan chora ko'rilaveradi, ijtimoiy tenglik va ta'lim sifati qolib bolalar sochi bilan shug'ullanaveriladi.

#startups #justthoughts

@Janob_Musayev
Irlandiya Hukumati Granti miqdori 2 baravar oshirilishi mumkin

O'lchovlar haqida gap ketganda aynan mos misol topib oldim. GOI-IES mentorlik kursiga tayyorgarlik ko'rishda grant asos bo'lgan hukumat qaror va strategiyasi hujjatlarini ko'rib chiqyapman.

Mentorlik kurslarimda SMART maqsad qo'yish haqida doim aytaman. Yuqorida aynan shunday SMART maqsad misolini ko'rib turibsiz.

Eng muhim joyi o'lchov / maqsad to'g'ri qo'yilgan — ta'limni rivojlantirishdan maqsad iqtisodiy qiymat yaratish bo'lishi kerak (bolalarning ma'naviyati va sochi emas). Agar ta'lim o'z ishini to'g'ri bajarsa va odamlar aqlliroq va boyroq bo'lishiga yordam bersa, direktor ularga arzonroq sartarosh qidirib yurishi shart bo'lmaydi.

Mayli, unisiku hozircha bizdan ozroq uzoqroqdagi narsalar. Lekin ikkinchi qism GOI-IES granti soni 2 baravar oshirilishi mumkinligi yaxshi xabar. Bu yil bu narsa amalga oshmadi hozircha. Keyingi yilni ko'ramiz. Ko'ramiz Irlandiyadagi va'dalar qay darajada bajariladi ))

#grants #GOI

P.S: O'zim hujjat topshirganda ham bu darajada chuqur o'rganmagandim to'g'risi. O'rgatishning mas'uliyati og'irroq

@musayev_blogi
Musayev blogi
Aaaaaaaaaaaaaa! Garvard MBA darsida qatnashdim! Bir yil oldin UCCda o'qib yurgan paytda YouTubedan "Garvard MBA darsida qatnashib ko'ring" degan video ko'rgandim. Ichimda "Mana bu haqiqiy dars" deb o'ylaganman. Bugun esa xuddi shu darslarning biriga jonli…
Garvard MBA darsi taassurotlari
10/20

Bostondan qaytish kuni Garvard MBA darsiga qatnashganim haqida aytgan edim. Bugun sizlarga dars qanday kechganini aytib bermoqchiman. Nega bunchalik hayajonlaganimni tushunishingiz uchun )

➡️ Eng birinchi xayron qoldirgan narsa albatta dunyoning eng nufuzli va qimmat MBA darsi eshiklari hamma uchun ochiqligi bo'ldi. Shunchaki ro'yxatdan o'tasiz va darsga kirish mumkin. Albatta sal keyinroq tahminim to'g'ri chiqdi — bu reklama usuli. Lekin ortiqcha gaplarsiz "Mana o'zing tatib ko'r" deyishdan ortiq qanday yaxshiroq reklama bo'lishi mumkin?! Masalan, men "qopqonga" tushdim )

➡️ MBA uchun alohida xona ajratilgan va u yerda har bir o'quvchi uchun alohida joy belgilangan. Hamma har kuni kelib o'z joyiga o'tiradi. Ularning oldidagi ism va davlat yozilgan kartochkasi esa o'qituvchi ishini osonlashtiradi.

➡️ Xonaning tepa qismida bayroqlar guruhdagi odamlar davlati bayrog'i ekan. Masalan, ertaga men yoki siz u yerda talaba bo'lsak O'zbekiston bayrog'i ham o'sha qatorda bo'ladi. Ham talaba uchun faxr, ham kursdagi xilma-xillikni ko'rsatishning ajoyib usuli (marketing)

➡️ Garvard MBA darslari 80% qismi Case Studyga asoslangan. Ya'ni ular har bir darsda biznesdagi ma'lum bir holatni tahlil qilishadi. Masalan, YouTubedagi darsda konda odamlar halok bo'lganda qanday yo'l tutish haqidagi case orqali ish joyidagi xavfsizlik muhokama qilingan. Men qatnashgan darsda "Startaplarni hamkorlikda yoki yolg'iz boshlash?" degan savol keyslar orqali tahlil qilindi

➡️ Keyslar darslardan oldin beriladi va oldindan ularni o'qib, tayyorlanib kelish kerak. Aks holatda darsda bo'layotgan muhokamaning 70% ini tushunmay o'tirish mumkin. Garvard MBA talabalari 2 yilda 500 dan ortiq keyslarni o'qib tahlil qilishar ekan. Tasavvur qilyapsizmi bu bo'lajak tadbirkorni kelajakdagi holatlarga qay darajada tayyorlab tashlashini?

➡️ Eng xayron qoldirgan joyi dars davomidagi o'qituvchining roli bo'ldi. O'qituvchi u yerda shunchaki prezentatsiyani qo'yib ma'ruza o'qiydigan lektor emas, haqiqiy drijyor. U bir vaqtning o'zida mavzuga kirish qilib beradi, o'rtaga savol tashlab har xil talabalarning bu haqidagi fikrini so'raydi, fikrlarni jamlab doskada strukturaga solib ketadi, yozish davomida fikrlarga to'ldirish va tuzatish/aniqlik kiritadi va xulosa beradi. Bular hammasini bir vaqtda yuqori ustalik bilan bajarishiga esa odam qarab 😮 bo'lib qoladi.

➡️ Yuqoridagidan qolishmaydigan narsa esa bitta dars o'zida nechta talaba muhokamada ishtirok etishi va ularning berayotgan javoblari. Agar bilganimda boshidan sanagan bo'lardim. Lekin aniq ayta olaman 1 soat ichida 95 ta talaba ichidan kamida 70 tasi (70-80%) mavzu bo'yicha fikr bildirdi.

➡️ Talabalar fikrlarini ifoda etishini ko'rib esa odam "Bular pul to'lab tayyorlangan aktyorlar bo'lsa kerak" deb o'ylash mumkin. Hech qaysi talaba o'ylanib, "mmm-mm"lab qolmaydi. Fikrlarini aniq va ravon qilib yetkazib beryapti. Albatta, ertaga g'oya/loyihasini taqdim qilish va sotishda bu narsa suv va havodek muhim.

➡️ Darsda o'qituvchidan yoki keysdan ko'ra ko'proq narsani berilayotgan fikrlar xilma-xilligidan o'rganasiz. O'zim ham bir necha marta "Iye, ha bu tomoni ham bor" dedim ichimda.

➡️ Dars so'nggiga yaqin o'qituvchining "davri" keldi. Muhokama mavzusiga oid 20-25 daqiqacha taqdimot qildi. Taqdimot ham aniq sonlar, statistika va ma'lumotlarga asoslangan. Qo'shimcha o'qish mumkin bo'lgan manbalar (kitob, maqola...) tavsiya etib ketildi. Ingliz tilida aytganda haqiqiy "cherry on top"

➡️ Dars yakuni esa o'qituvchiga olqishlar bilan tugadi. Hattoki "Darsingiz uchun tashakkur sifatida" deb qandaydir esdalik sovg'a ham berishdi (katta). Keyin men qiziqib so'radim "Bu o'qituvchi mehmonmi?" deb. "Yo'q, haftada ikki marta darsga kiradi" deyishdi 😐

Xullas, Garvard MBA darsi shu tarzda o'tdi. Ha o'zim ham Top 300 talik universitetda o'qiganman. Lekin hattoki u yerdagi muhit bilan bunisini yer bilan osmoncha farq bor.

Garvard bolaligimdagi "ilk muhabbatim" edi. Endi esa doimiysiga aylandi ❤️🙂

#trip #US #Harvard #MBA

Shaxsiy Blog | Linkedin | Professional blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekistonda yoz:
- Havo rosa isib ketdi. Termometr 60 ko'rsatyapti

Irlandiyada yoz:
- Havo bulutli. Yomg'ir yog'ar ekan ertaga. Quyosh chiqib qolishi ham mumkin


O'zbekistonda kuz:
- Havo ancha salqinlab qoldi. Daraxtlar chiroyliligini qara

Irlandiyada kuz:
- Havo bulutli. Yomg'ir yog'ar ekan ertaga.


O'zbekistonda qish:
- Havo rosa sovib ketdi. Keyingi hafta qor beryapti

Irlandiyada qish:
- Havo bulutli. Yomg'ir yog'ar ekan ertaga, shamol bilan


O'zbekistonda bahor:
- Havo ancha ilib qoldi. Daraxtlar gullayapti. Hammayoq chiroyli

Irlandiyada bahor:
- ...

#irishlife

@musayev_blogi
“Bolajon”ga sovg’a kerak

❤️ Shu desangizlar ertaga 3-mart kuni GrantGO nomli “bolajon”imiz tug’ilgan kuni, 3 yoshga kiradi.

O’tgan yillari yosh bo’lgani uchun tushunmasdi tug’ilgan kun nimaligini. Bu yil bunaqa narsalarga aqli yetib qolgan. Tug’ilgan kuniga deb sovg’a so’rab qo’ygandi oldinroq “03.03 sanasi, 3 yoshga kirganimda 33,000 kuzatuvchim bo’lishini xohlayman” deb.

Hozircha sovg’asiga ozgina yetmay turibdi. Shunga shu bolajonni yaxshi ko’rganlar bo’lsa orangizda, ozroq yordam berib yuborishingizlarni so’rardim.

Blog kuzatuvchilariga ishonaman. Buni bir pastda qilib tashlaymiz )

Sovg’a uchun havola
https://www.tg-me.com/+5cJE-9TzD1hiN2Ji

@musayev_blogi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Drama davom etadi...

#irishlife

P.S: Xo'p, bu havo haqidagi oxirgi post. So'kmanglar )

@musayev_blogi
GrantGO loyihamiz 3 yoshga to'ldi 🎉

Bugun ko'pchiligingiz uchun sevimli bo'lib ulgurgan GrantGO loyihasi 3 yoshga to'ldi
➡️ 3-mart
➡️ 3 yil
➡️ 33,000 obunachi (deyarli 😁)

Ushbu 3 yil, ayniqsa oxirgi uchinchi yil loyihamiz "yashab ketishi" uchun juda muhim davr bo'ldi. Loyiha ortidagi "Effort Team" jamoasi har bir a'zosi mehnatlari, "Unicorn" akseleratsiya dasturi yordami va ayniqsa SIZlarning qo'llab-quvvatlashlaringiz orqali biz shu yergacha yetib keldik.

Keyingi yil uchun esa oldimizga yanada katta maqsadlar va rejalar qo'yganmiz va hozirgacha bo'lgan yo'l endi boshlanishi deb ishonamiz. Tez orada katta yangiliklar kutib qoling.

Bizni kuzatishda davom eting!
💼

#yubiley

Telegram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/01 18:31:56
Back to Top
HTML Embed Code: