Telegram Web Link
O'zingga qanday maslahat bergan bo'larding?
11/20

Oxirgi vaqtlarda odamlar bilan ko'proq muloqot qilish natijasida bir narsani tushunib yetdim — juda ko'pchilik odam boshqalarga yaxshi maslahat bera oladi. Yo'q, bu kinoya emas, rostdan ham shunday.

Hattoki o'sha infolo'ttivoz biznes trenerlar va ulardan qolishmaydigan bir tiyinga qimmat "psixologlar" maslahatlarida ham ozgina bo'lsa ham to'g'ri joylari bor.

Yaxshi unda muammo nimada? Menimcha, muammo biz biror ish qilish oldidan o'tirib yaxshilab o'zimizga o'zimiz boshqa odam sifatida maslahat bermaymiz. Yoki shunchaki hayolan "Bilamizku nima qilishni" deb o'ylab "tavakkal"iga ish boshlab ketaveramiz, yoki bu maslahatni boshqalardan qidiramiz.

O'tgan oy DAAD intervyusiga tayyorgarlik bo'yicha 10 soatdan ortiq individual yordam berdim. Bundan tashqari yana 3-4 ta odamga boshqa mavzularda maslahat berdim. O'ylab qarasam, ularga berayotgan maslahatlarim o'zim o'sha paytda qilgan ishlardan ko'ra ancha samaraliroq. Ya'ni birovga maslahat berishda amalda qilgandan ko'ra yaxshiroq reja / strategiya tuza olaman.

Shundan so'ng o'ylab qarasam hozirgi qilayotgan ishlarimning ko'pida ularni yaxshiroq qilish uchun o'zimga yaxshi maslahatlar bera olar ekanman. Masalan

➡️ Shaxsiy rivojlanishda to'siq bo'lib turgan narsalar bilan kurashishda tajribaliroq odam sifatida nima degan bo'lardim
➡️ Ishda menejerim o'rnida rivojlanish uchun qanday maslahat bergan bo'lardim
➡️ Loyihalarimizga investor ko'zi bilan qaraganda o'sish strategiyasi qanday bo'lar edi
➡️ Blogni yuritishda kontent kreytor yoki marketolog o'rnida qanday harakat qilgan bo'lardim
➡️ Shaxsiy moliyamni boshqarishda tajribali investor sifatida nima degan bo'lardim...

Shularni o'ylab ko'rib, bundan buyog'iga ora-orada o'zimdan "professional" konsultatsiya olib turishga qaror qildim. Huddi boshqa birovga maslahat berayotgandek. G'alati eshitilishi mumkin, lekin bu orqali berayotgan maslahatlarim haqiqatda ishlaydimi yoki yo'qmi eng avvalo o'zimda sinab ko'rish imkoni bo'ladi.

Ertaga muborak Ramazon oyi kirib keladi. Shu sababli siz ham bugun o'tirib "Boshqalarga bu oyni qanday o'tkazishni maslahat bergan bo'lardim?" degan savolga javob qidirib ko'ring. Keyin esa o'zingiz bu oyni shu tarzda o'tkazing.

#justthoughts

Shaxsiy Blog | Linkedin | Professional blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Magistratura grantlari uchun universal mentorlik kursimiz uchun chegirma

🌙 Ramazon oyi munosabati bilan magistratura bosqichi grantlari va universitetlariga topshirishda umumiy qo'llanma bo'lib xizmat qiluvchi va hozirgacha bo'lgan kurslarimiz ichida eng batafsil bo'lgan universal mentorlik kursimiz uchun 15% chegirma e'lon qilmoqchimiz.

Kurs haqida batafsil
ℹ️ Universal mentorlik kursi

Kurs narxlari
➡️ Chegirmagacha — 599,000 so'm
➡️ Chegirma bilan — 499,000 so'm
➡️ Chegirma tugagach — 937,500 so'm (~$75)

Chegirma shartlari
➡️ Chegirma e'lon qilingandan so'ng maksimum 30ta odamga taqdim qilinadi
➡️ Ramazon hayiti kechki paytgacha amal qiladi

#mentorslik #magistratura

Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Musayev blogi
Yaxshilik 2019-yil Fevralda birinchi marta Merit o'quv markazida IELTSga tayyorlanishni boshlaganman. Meritni tanlashimga asosiy sabab — ustozim Munira Mengliyeva bo'lgan. Kurs narxi yozgacha 336,000 so'm bo'lgan. Yozgi ta'til vaqti uyga ketganman va Sentabrda…
Eng birinchi kurs tashkil qilganimda mana shu tarzda xabar chiqargan va undagi nima demoqchi ekanimni tushungan odamlarga kursni bepul taqdim qilmoqchi bo'lgandim.

O'sha payt faqat bitta odam, mana shu Robiyaxon post ma'nosini tushunib, kurs unga nima uchun kerakligi, hozirda nimalar qilayotgani haqida yozgandi.

Qilayotgan ishlari ham juda qiziq, biologiya sohasida yuqumli kasalliklar (ayni Covid avjida vaqti) bo'yicha izlanishlar olib borayotganini juda aniq ifodalab bergan.

Shundan keyin o'tgan yili Irlandiya Hukumati grantiga harakat qilib ko'rdi. Lekin afsuski o'xshamadi. O'zining aytishi bo'yicha magistratura bo'yicha yana boshqa ko'plab grantlarga harakat qildi orada. Kuni kecha esa Erasmus Mundus (BioRef) grantini qo'lga kiritgani haqida xabar berib yozdi. Grant qiymati haqida bu yerda o'qib ko'rsangiz bo'ladi.

To'g'risi judayam xursand bo'ldim. Doim aytganimdek bizga hozir tadqiqotchi-olimlar yetishib chiqishi juda muhim. Ayniqsa bu kabi sohalarda. Qo'shimchasiga tanlovda adashmaganimni ko'rsata olgani ham alohida e'tirofga sazovor.

O'qimishli, olim(a), o'z sohasida haqiqiy mutaxassis bo'lgan yoshlar ko'paysin!

#mentorship #erasmus #masters

P.S: Universal mentorlik kursimga chegirmani ko'rdingiza )

Murojaat uchun - @grantgo_mentor

@musayev_blogi
Irlandiyada avtobus haydovchilariga munosabat

Dublin poytaxt bo'lishiga qaramasdan jamoat transporti yaxshi tashkil qilinmagan. Yevroittifoqda bu borada eng pastki o'rinlarda turadi. Odamlar ijtimoiy tarmoqlarda ham ko'p bu borada shikoyat qilishadi.

Lekin shunday bo'lsa ham bu yerda boshidanoq sezgan bir jihatim bor. Odamlar avtobusdan tushayotib haydovchiga rahmat aytib tushishadi. Deyarli hamma, baland ovozda eshitarli qilib. Hozir avtobusda bir odam 3-4 yoshli qiziga tushayotib rahmat aytishni o'rgatib tushdi.

Men bu odatlarini juda hurmat qilaman. Sababi odamlar tushunadi haydovchilar o'zi katta oylik olmasligi lekin qilayotgan ishlari juda muhim ekanini. "Pulini olyaptiku. Nimaga rahmat aytishim kerak?" deyishmaydi.

Menimcha, biz ham o'rganishimiz kerak narsa bu. Bundan buyog'iga avtobusga chiqsangiz, tushayotib rahmat aytib ko'ring. Sekingina emas, eshitiladigan darajada balandroq ovozda. Eng kamida Ramazonda o'zingiz uchun qo'shimcha ehson qilgan bo'lasiz.

#irishlife

@musayev_blogi
Amerikaga borganda bir qiziq narsa guvohi bo'ldim. Borish-qaytish chipta narxlari ba'zida bir tomonlama chipta narxidan ham arzonroq bo'lar ekan (!).

Yuqorida bir xil avialiniya, bir xil sana, aynan bir xil reys borish-kelish va bir tomonlama bilet narxlari. Borish-kelish €358, bir tomonlamasi €498. Ayniqsa Irlandiya va Amerika orasidagi reyslarda yaqqol sezilyapti bu narsa. Men bilet olgan paytim bir tomonlamani hattoki €710 atrofida ko'rsatdi, men esa bordi-keldi €360ga oldim.

Keyin qiziqishga Toshkent-Istanbulda shu ishni qilib ko'rdim. Uzbekistan Airways narxlarida katta farq sezilmadi. U yerda ham lekin borish-kelish birdan olinsa, €30 cha yutish mumkin ekan. Turkish Airlinesda esa bu narsa ancha balandroq €100 atrofida.

Toshkent-Polsha uchayotgan Polish Airlinesda ham bu narsa yaqqol sezildi. Bir tomonlama bilet €505 atrofida, borish kelish €556. Albatta, Istanbul orqali Turkish Airlinesda borib kelish arzonroq tushyapti. Lekin to'g'irdan-to'g'ri reys xohlaganlar uchun bilish muhim narsa.

O'zi oxirgi paytlarda sayohat uchun maksimum arzon chipta topish bo'yicha ekspert bo'lib ketyapman. Aviasales ham Skyscanner ham oldimga tusholmay qolyapti 😁

#useful #trip

@musayev_blogi
Chetda o'qishning foydasi yo'q
12/20

Bilaman hozir izohlarga o’tib nimadir qarshi fikr yozmoqchisiz. Lekin rostdan ham shunday - chetda o'qish foydasi yo'q. Nafaqat o'qish, ishlash va yashash ham foydasi yo'q. Agar...

Agar bu narsa sizni baxtli qiladi, muammolaringizni hal qiladi va eng muhimi hayotingizga mazmun olib kiradi deb o'ylasangiz.

Yaqinda bir yigit bilan gaplashib qoldim. Uning O'zbekistonda juda yaxshi ishi bor. Bir emas, ikkita. Katta ehtimol bilan mendan ham ko'proq maosh oladi. Lekin chetga ketmoqchi, katta kompaniyaga ishga kirmoqchi va... va uyog'iga bilmaydi. Nimanidirni o'zgartirmoqchi va shundan keyin hammasi yaxshi bo'lib ketadi deb hisoblaydi. Lekin "Yaxshi, undan keyinchi? Undan keyin nima qilasiz?" deb so'rasam javobi yo'q.

Albatta, chetda o'qish, ishlash, yashash unga shaxsiy rivojlanishda yordam beradi. Hattoki hammasi rostdan yaxshi bo'lib ketishi ham mumkin. Lekin bu huddi millionlab kombinatsiyaga ega lotoreyani omadga ishonib o'ynashdek gap.

Men hozir chetda o'qish va ishlash g'oyasini to'liq qo'llab-quvvatlayman, qo'limdan kelgancha yordam beraman. Faqat nima uchun ekanini bilsangiz. Bu narsa nafaqat chetda o'qish/ishlashga, 25 yoshdan keyin qiladigan har bir ishingizga taalluqli. Iloji bo'lsa buni 20 yosh, ideal holatda 16-18 yosh deb aytgan bo'lardim.

Ya'ni siz bu vaqtga kelib nima qilishdan ham oldin nima uchun qilmoqchi ekaningizni aniqlab olishingiz kerak. Qayerga qarab ketyapsiz? Natijada nima kutyapsiz? Sizga bu uchun nimalar kerak? Eng muhimi, jarayon davomida bu ishlaringiz o'zingizdan qoniqishga va kerakli odam ekaningizni his qilishga yordam beradimi?

Azimjon 42 loyihasini boshlaganda "Googleda topayotgan pulingiz yetmaydimi?" deb savol berishdi. Men esa Azimjonga Googleda topayotgan pullari 42 loyihasini yuritish uchun kerak deb ishonch bilan tahmin qila olaman.

Yoki uzoqqa bormasdan Malayziyadagi tayyor karyerasini tashlab kelgan Anvar aka Narzullayevga qarang. Ular o'z qilayotgan ishlaridan chinakamiga baxtli ekanliklarini sezish qiyin emas.

Albatta nima uchunligini tushinib yetish kimdadir ertaroq, kimdadir kechroq sodir bo'ladi (kimdadir umuman bo'lmaydi). Bu narsa sizni o'qish va o'rganishdan to'xtatib qo'ymasligi kerak. Lekin muhimi javob topishga intilishni to'xtatib qo'ymaslik.

Aks holatda chetda o'qishning foydasi yo'q...

#justthoughts #why

@musayev_blogi
Forwarded from Bek Olimjon (Bek Olimjon)
Xohishingizni aniqlang, aks holda bunga majbur qilishadi

2009-yil.
21 yoshdaman.
Toshkentning top restoranlaridan birida ustozim bilan bo’lgan suhbatdan bir parcha.

Ustozim: “Bek, hayotda nima xohlashingni bilib olishing muhim. Aks holda seni nima xohlashing kerakligini senga singdirishadi va sen bunga ishonasan”

Men: “Men bu yoshimda hayotda nima xohlashim kerak?”

Ustozim: “Savolingda shoshqaloqlik bor. Nima xohlashim kerak emas, nima xohlashimni qanday aniqlasam bo'ladi desang to’g’ri bo’ladi.”

Bir necha soniyali sukutdan so’ng, “men senga mana buni xohlashing kerak desam, kelajaginga xiyonat qilgan bo’laman. Nima xohlashingni o’zing aniqlashing zarur. Bu oson vazifa emas, lekin muhim vazifa. Vaqt oladigan vazifa. Eng tez usuli bu kitoblar orqali” degan edi.

O’sha payt buni tushungandek bo’lganman, ammo mag’zini oradan 10 yil vaqt o’tgandan keyin, 2019-yili Norvegiyada doktorlik dissertatsiyamni tugatayotgan vaqtda tushundim.

Hayotda nima xohlashimizni aniqlab, maqsadlarimizni aniqlab olishimiz muhim ekan. Aks holda biz boshqalar maqsadi bilan umr o’tkazamiz ekan.

Maktabni tamomla, mana buncha bal ol, mana bu institutga kirishing kerak, mana bunday mashina olishingiz kerak, mana bu qizga uylanishing kerak, uying mana bunday bo’lishi kerak, kiyiming manda bunday bo’lishi kerak va hok.

Atrofimizdagilar maqsadi katta emas, shu sabab ham harakatlari yetarlicha emas. Bizni o'z kichik maqsadlari tomon tortib ketishadi.

Boshqalar maqsadi bilan umr kechirmaslik muhim. Umr qisqa. Nima xohlayotganimizni aniqlay olishimiz zarur. Aks holda jamiyat qo’ygan chegaralardan chiqa olmay umrimiz o’tib ketaveradi.

Inson sifatida bizga berilgan umrdan, to’liq potensialdan foydalana olmay, yaxshi mutaxassis bo'la olmay, dunyo keza olmay, orzularga erisha olmay, va eng muhimi insoniyatga hizmat qila olmay o’tib ketishimiz xavfli.

Bek Olimjon
18.03.2024
Norvegiya
Musayev blogi
Xohishingizni aniqlang, aks holda bunga majbur qilishadi 2009-yil. 21 yoshdaman. Toshkentning top restoranlaridan birida ustozim bilan bo’lgan suhbatdan bir parcha. Ustozim: “Bek, hayotda nima xohlashingni bilib olishing muhim. Aks holda seni nima xohlashing…
Nima xohlashingizni kitoblar orqali aniqlash balki eng tez usul, lekin har doim ham eng samaralisi bo'lmasligi mumkin (ba'zida eng tez ham emas).

Samaraliroq usul sifatida quyidagi qadamlarni tavsiya etgan bo'lardim:

1. O'qing va o'rganing, ma'lum qisqaroq vaqt davomida
2. O'rganingizni amalda sinab ko'ring va amalda bu narsa qanchalik o'xshayotganini kuzating
3. Ikkinchi qadamga odamlar baho bersin. Qilayotgan ishingiz qay darajada qadrlanyapti? Qay darajada qiymat yarata oldingiz?
4. Qilayotgan ishingiz yaxshi o'xshasaku, lekin hech kimga kerak bo'lmayotgan bo'lsa birinchi qadamga qayting
5. Qiymat yaratishni boshlasangiz unda bundan o'zingiz qay darajada ko'nglingiz to'layotganini tahlil qiling
6. Ko'nglingiz to'lmasa birinchi qadamga qayting
7. Ko'nglingiz to'lsa endi yaratayotgan qiymatingizdan o'zingizga qancha qismi qaytayotganini tahlil qiling (moliyaviy stabillik)
8. Bu narsa ushbu ishni qilishda davom etishingiz uchun yetarli bo'lmasa birinchi qadamga qayting
9. Agar yetarli bo'lsa unda yaratayotgan qiymatingizni qanday oshirish haqida o'ylashni boshlang
10. Buning uchun esa birinchi qadamga qayting

Fikrlaringizni esa izohlarda yozib qoldiring!

#justthoughts #why

P.S: Yuqoridagi postning qolgan barcha qismiga to'liq qo'shilaman

@musayev_blogi
Ovozingiz o'ylaganingizdan ancha qimmatroq

Ayni damda ikkita saylov guvohi bo'lyapmiz. Birinchisi o'zimizning jonajon Open Budjet, ikkinchisi esa "jonajon" qo'shnilarimizda bo'layotgan saylov. Ikkalasi ikki xil dunyo, ikki xil tizimning yaqqol namunasi.

Ikkinchisi bo'yicha nimadir deyish befoyda. Lekin Open Budjet juda ko'pchilik mutaxassislar aytayotganidek juda yaxshi o'zgarish. Chunki odamlarimiz ovozi ahamiyatga ega ekanini, uning qandaydir qiymati borligini, odamlar hattoki uni sotib olishga tayyor ekanini ko'rishyapti.

Ba'zi odamlar buni tilanchilikka o'xshatyapti, lekin aslida saylovlar shunday bo'lishi kerak. Normal dunyoda shunday bo'ladi ham. Eng yorqin misol — Amerika. U yerda har saylovlar oldi nomzodlar (deputat, prezident...) ovoz beruvchilar ovozini "sotib olish" uchun ularga yoqadigan qarorlar qabul qiladi, ularga imtiyozlar beradi, millionlab dollar pul ham tarqatadi.

Men esa sekin-asta odamlarimiz ovozlari naqadar qimmatli ekanini tushunadi va osonlikcha sotmaydi deb ishonaman. Shunday davom etishda esa odamlar ovoz berayotgan loyihasini tahlil qilishni, eng muhim narsalarga ovoz berishni boshlaydi. "Yo'q bizga hozir yangi parkovka kerak emas, lekin bolalarimiz maktabini yaxshiroq qilish kerak" deb fikrlashni boshlashadi.

Bu jarayon esa odamlardagi yuqoriroq saylovlarga ham e'tiborli bo'lishga undaydi. Chunki Xushnudbek aka kanalidagi ma'lumotlarga ko'ra hozirgi Open Budjetda umumiy budjetning 2-4%igina taqsimlanyapti.

Xullas, Open Budjet loyihasi bizga demokratiya aslida nimaligi haqida yaqqol namuna bo'lyapti. Umid bag'ishlayapti )

@musayev_blogi
Forwarded from EventGO
🔥 Professional tadbirlarni jamlagan yangi maydon — EventGO

💼 Sizlar uchun O'zbekistonda hozirda bo'lib o'tayotgan sohaviy, intellektual hamda mazmunli hordiq chiqarishga qaratilgan tadbirlarni bir joyga yig'ishni o'z oldiga maqsad qilgan EventGO loyihasini taqdim qilmoqchimiz.

📣 Loyihamizni kuzatish orqali siz yuqoridagi kabi tadbirlarni kuzatishingiz, ulardan o'zingizga qiziq tuyulganlari haqida batafsil ma'lumot olishingiz hamda tadbirlar bo'lib o'tish vaqtlari haqida oldindan kunlik eslatmalar olib turishingiz mumkin.

Tadbirlar asosiy mavzulari
➡️ Ta'lim va Madaniyat
➡️ Karyera va Biznes
➡️ Texnologiyalar va IT
➡️ Media, Jamiyat va Sog'liq
➡️ Shaxsiy rivojlanish hamda Netvorking
➡️ Ko'ngilochar, Xobbi va Mazmunli hordiq

Tadbirlarda qatnashish orqali
➡️ Yangi sohaviy bilimlar olishingiz
➡️ Soha mutaxassislari bilan tanishishingiz
➡️ Umumiy qiziqishlarga ega insonlarni topishingiz
➡️ Dunyoqarash va intellektingizni o'stirishingiz
➡️ Hamda yumshoq ko'nikmalaringizni shakllantirishingiz mumkin

Shaxsiy rivojlanishingizda yordam beruvchi imkoniyatlarni o'tkazib yubormang!

👉 @eventgouz

💝 Loyihamiz ishga tushgani munosabati bilan tashkil qilgan givewayda ham qatnashishni unutmang!

EventGO | GrantGO
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from EventGO
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Yuldoshev's Blog
EventGo men bilgan eng yaxshi projectlardan biri O’zbekistonda yoshlar uchun.
Mute qilmaslik kerak bo’lgan kanal, ayniqsa Toshkentda bo’lsangiz.

Give boshlashgan, omadingizni sinab ko’ring. ( aslida shu kanalni topganingizni o’zi omad - buni keyinroq tushunib yetasiz, grant yutishni boshlaganizda )

Join to get Premium
1.
https://www.tg-me.com/eventgouz

2.
https://www.tg-me.com/grantgouz
Nima uchun rivojlangan davlatlar grant ajratadi?
12/20

Juda ko'pchilik rivojlangan davlatlar DAAD, Fulbright, Chevening kabi hukumat grantlari doirasida millionlab dollar / yevro pulini nima uchun rivojlanayotgan davlatlar fuqarolari o'qishi uchun sarflaydi deb qiziqadi. Bugun shu savolga javob berishga harakat qilamiz.

➡️ Umumiy rivojlanish. Rivojlangan davlatlar rivojlanayotgan davlatlardagi muammolar hal bo'lishidan qaysidir ma'noda manfaatdor. Biror davlatning iqtisodiy oyoqqa turib olishi dunyodagi umumiy ijtimoiy holatni yaxshilaydi va yordamga muhtoj davlatlar va odamlar sonini kamaytiradi. Buni esa uzoq muddatli investitsiya orqali qilgan yaxshiroq

➡️ Ekologik muammo va resurslar. Yuqoridagiga qo'shimcha sifatida agar rivojlanayotgan davlatlar o'z resurslaridan unumli va to'g'riroq foydalana boshlasa bu umumiy ekologiya uchun foydali bo'ladi va global isish kabi muammolarni yumshatadi

➡️ G'ayrioddiy iqtidor va liderlarni qo'llab-quvvatlash. U kabi davlatlar noodatiy iqtidor sohiblari, kelajak liderlari har qanday davlatdan chiqishi mumkinligini biladi va shu sabab bu kabi odamlarni qo'llab-quvvatlashga intiladi. Ular esa o'z navbatida nafaqat mahalliy balki global o'zgarishlar qilishda muhim figura bo'lishlari mumkin

➡️ Xalqaro talabalar sonini oshirish. Biror davlatda qay darajada xalqaro talabalar ko'p bo'lishi u davlatdagi universitetlar obro'siga katta ta'sir qiladi va u yerda o'qishga bo'lgan qiziqishni oshiradi. Yuqoridagi kabi talabalar esa bu davlat va universitetlarning asosiy marketing hissadorlaridan bo'lib xizmat qilishi mumkin.

➡️ O'z madaniyati va tillarini yoyish. Albatta har qanday millat o'z madaniyati va tilini dunyo tanishini xohlaydi. Juda ko'plab hukumat grantlari aynan mana shu narsaga katta urg'u beradi. Ruminiya, Turkiya, Koreya, Irlandiya hukumati grantlari bunga yorqin misol

➡️ Xalqaro aloqalarni mustahkamlash. Hukumat grantlarining yana bir maqsadlaridan biri o'sha davlatdagi kelajakda hal qiluvchi o'rinlarni egallovchi yoshlarni qo'llab-quvvatlash orqali bu davlat bilan uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini o'rnatish

➡️ Yangi bozorlarga kirib borish. Iqtisodiy oyoqqa turishni boshlagan davlatlar va doimiy o'sishda bo'lgan bozorlar uzoq muddatli savdo-sotiq aloqalari va investitsiya kiritish uchun eng qiziq maydon hisoblanadi. Bu kabi davlatlar bilan yaqin hamkorlik qilgan davlat esa uning asosiy investorlaridan bo'lish uchun katta imkoniyatga ega bo'ladi.

🚫 Qayta ishlab berish va pulni qaytarish. Hukumat grantlari bo'ladimi yoki universitet moliyaviy yordamimi agar u ochiq-oydin qarz ekanligi yozilmagan bo'lsa g'olibdan keyinchalik ishlab berish yoki pulni qaytarishni kutmaydi. Bu orqali u davlatlar o'zlariga kadr yetishtirishni ham kutmaydi odatda, sababi ko'p hukumat grantlari yuqoridagi sabablarga ko'ra nomzod o'qishni bitirgan o'z davlatiga qaytishini yoki talab qiladi yoki kutadi.

Shu kabi javob berilishini xohlagan savollaringizni izohlarda yozib qoldiring!

#faq #grants

Shaxsiy Blog | Professional blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nima bo'lgan bu odamlarga? Na gap tushunadi, na o'ylab ko'radi, na "Ha bo'ldi to'g'ri kelmas ekansiz" deb ketadi.

$1000 topish shunchalik oson bo'lib qoldimi? Nimanidir o'tkazib yubormadimmi? Amerikaliklar Afg'onistondan o'tib O'zbekistonga kelmayaptimi?

Iltimos, sal orqani ko'tarib harakat qilinglar. Sal bo'yindan tepasini ishlatinglar (hammaga taalluqli emas).

Shuning uchunam har qadamda 4 ta hujjatni tayyorlashni o'rganib olib hammaga qabul xati beraveradigan universitetlarga hujjat topshirib, hammaga beradigan 50% grantini yutsa "Mana bizning natijalarimiz" deb maqtanadigan agenstvolar to'lib ketdi.

Bilmadim gap tugab qoldi menda (eng kamida yaxshisi)

P.S: Tanimagan, bilmagan odamingizni jinsini tahmin qilmang!
Mana shunaqa "tajribali" agenstvolardan biri. Qabul xatida nima deb yozilganini o'zi yaxshi tushunmaydi, lekin katta qilib $120,000 grant deb yozib qo'ygan. $30,000 bir yilga bo'lgan taqdirda ham yana kamida $10,000 to'lab o'qish kerakligini yozishmaydi (aslida $7500 grant ekanini hisobga olib o'zingiz hisoblab ko'ring).

Xizmat narxi bo'lsa $400. "Bo'ldi topshirib beramiz, qilib beramiz, grant yutib beramiz" deyishadi. Xo'p ertaga borib o'rningizga o'qib ham berishadimi? O'rningizga ishlab ham berishadimi ular?

"Qo'y bunaqa narsa yozmay" degandim kecha. Tepadagi suhbat yetib keldi odamga.

Balki agenstvolar haqida kimdir haqiqatni aytishni boshlashi kerakdir!

P.S: Chat taqdiri 2 daqiqa o'tib nima bo'lganini tahmin qilishingiz mumkin
Magistratura bosqichini chet elda grant asosida o'qish — Universal Mentorlik Kursimiz bilan tanishuv

🎓 Bugun sizlarni grantlar bo'yicha hozirgacha bo'lgan tajribamizni o'zida jamlagan, magistratura bosqichini chet elda grant asosida o'qishingizga yordam berishi ko'zda tutilgan Universal Mentorlik Kursimiz bilan tanishtirib o'tmoqchimiz.

Video davomida
➡️ Kurs kimlar uchun mo'ljallangan?
➡️ Unda nimalar o'rgatiladi?
➡️ Kursni kim olib boradi?
➡️ Hozirgacha bo'lgan natijalarimiz qanday?
kabi savollarga javob topishingiz mumkin

Hozirgacha bo'lgan kurslarimiz natijalari
🇩🇪 DAAD granti — umumiy 8 ta g'olib, 8 ta yarim finalist natijalarini kutmoqda
🇪🇺 Erasmus Mundus — 1 ta g'olib, 1 ta alternativ g'olib
🇬🇧 Chevening — 1 ta yarim finalist va yana biri natijasini kutmoqda
🇰🇷 GKS — 1 ta g'olib
🇺🇸 TechWomen — 1 ta g'olib
😎 Boshqa natijalar bilan videoda tanishishingiz mumkin

Kurs mentori
👨‍💻 Qudratxo'ja Musayev — to'liq ma'lumot

Kurs narxlari
➡️ 10.03 gacha — 599,000 so'm
➡️ Ramazon oyida — 499,000 so'm
➡️ 11.04 dan boshlab — 999,000 so'm

🔥 Ramazon oyi uchun berilgan takrorlanmas chegirmamizga ulgurib qoling!

Kurs haqida batafsil
😎 Universal Mentorlik Kursi bilan tanishuv

Kursga yozilish va savollar bo'yicha
💬 @grantgo_mentor

#mentorlik #magistratura

Telegram | YouTube | Mentorlik
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Musayev blogi
Magistratura bosqichini chet elda grant asosida o'qish — Universal Mentorlik Kursimiz bilan tanishuv 🎓 Bugun sizlarni grantlar bo'yicha hozirgacha bo'lgan tajribamizni o'zida jamlagan, magistratura bosqichini chet elda grant asosida o'qishingizga yordam…
Kuni kecha va nihoyat kursning asosiy qismini yakunladim va kurs bo'yicha to'liq ma'lumot beruvchi video tayyorladim. Qiziqqanlar video bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

Ramazon oyi uchun berilgan chegirmamiz rostdan ham takrorlanmas 🙂

@musayev_blogi
Yaxshilik yakunda g'olib bo'ladi (ilmiy isbot)
13/20

Yaqinda YouTubeda o'yin nazariyasi (game theory)ga oid bir qiziq video ko'rdim. Unda bu nazariya orqali odamlar va davlatlar o'rtasidagi munosabatlar qay tarzda olib borilsa eng foydali bo'ladi degan savolga javob qidirilgan.

O'yin sharti qanday? O'yin oddiy. Unda ikki ishtirokchi bo'lib o'yinchilar har bir raundda yoki ikkinchi tomon bilan hamkorlik qilish yoki chuv tushirishni tanlashlari kerak.
— agar ikkala ishtirokchi ham hamkorlik qilsa, ikkisi ham 3 ball oladi
— agar bittasi hamkorlikni, ikkinchisi chuv tushirishni tanlasa, chuv tushirishni tanlagan taraf 5 ball narigi taraf 0 ball oladi
— agar ikkalasi ham bir-birini chuv tushirsa 1 balldan olishadi

Shundan keyin kichik turnir tashkil qilinadi va turli xil fan odamlaridan (asosan matematiklar) turnirni maksimum ball bilan tugallay oladigan o'yin strategiyalari (dasturlar) yuborishlarini so'rashadi hamda har bir model futbol ligasi kabi bir-biri bilan 200 tadan round shu o'yinni o'ynab chiqadi. Yakunda esa turnir davomida eng ko'p ball to'plagan modellar tahlil qilinadi.

Turnirga asosan 2 xil strategiyali modellar yuboriladi: xushfe'l va uddaburon (shustriy). Xushfe'l modellar iloji boricha hamkorlik tarafdori, ikkinchi taraf chuv tushirishni tanlamaguncha odatda hamkorlikda davom etadi. Uddaburonlar esa vaziyatga qarab sherigini maksimum chuv tushirib, ko'proq ball olishga harakat qiladi. Turnirga umumiy 15 ta model: 8 tasi xushfe'l va 7 ta uddaburon model yuboriladi.

Yakundagi natijalar esa qaysidir ma'noda juda kutilmagan bo'lib chiqadi. Yuqori 8 ta o'rinning hammasini xushfe'l modellar egallaydi va eng quyidagi xushfe'l model ham uddaburon modeldan katta farq bilan oldinda (71 ball) turnirni yakunlaydi.

Turnirni ikkinchi marta ko'proq modellar va oldindan aniq bo'lmagan raundlar soni (nima uchunligi videoda tushuntirilgan) bilan o'tkazilganda ham faqat bitta uddaburon model yuqori o'rinlarda, faqat bitta xushfe'l model esa pastki o'rinlarda yakunlaydi.

Eng qizig'i esa ikkala turnirda ham bitta "Tit for Tat" nomli model g'olib chiqadi. Uning strategiyasi juda ham oddiy:
➡️ O'yinni hamkorlik bilan boshlaydi va maksimum shunday davom ettiradi
➡️ Agar ikkinchi taraf chuv tushirishni tanlasagina keyingi raundda u ham shu tarzda davom etadi
➡️ Sherigi "aybini tan olib" tezda hamkorlikka qaytsa, u ham yana darhol hamkorlik qilishga qaytadi

Qiziq tomoni shundaki, ushbu model nazariy jihatdan bitta hamkorlikda hech qachon g'olib bo'lmaydi. Ya'ni hech qachon sherigidan ko'ra ko'proq ball bilan o'yinni yakunlamaydi. Eng maksimum u bilan bir xilda yakunlaydi. Lekin shunga qaramasdan hamkorliklar soni juda ko'p bo'lganda u yakunda turnirni eng baland ball (foyda) bilan yakunlaydi.

Bu narsa nafaqat Tit for Tat balki deyarli barcha xushfe'l modellar uchun to'g'ri deyish mumkin. Uddaburon, bitta hamkorlikda sherigini "soddaligi"dan maksimum foyda olishni o'ylaydigan modellarda esa aksincha, ular juda ko'p individual hamkorliklarni foyda bilan yakunlaydi. Lekin ballar jamlanganda yakunda natija qanday bo'lishini esa yuqorida aytdim.

Xulosalarni yozish uchun postni ikki qismga bo'lishim kerak bo'lar ekan )

#useful

@musayev_blogi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/01 16:29:05
Back to Top
HTML Embed Code: