Telegram Web Link
Musayev blogi
Blogimni Yahoodagilar ham o'qishini bilmagandim ☺️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Musayev blogi
Ovozingiz o'ylaganingizdan ancha qimmatroq Ayni damda ikkita saylov guvohi bo'lyapmiz. Birinchisi o'zimizning jonajon Open Budjet, ikkinchisi esa "jonajon" qo'shnilarimizda bo'layotgan saylov. Ikkalasi ikki xil dunyo, ikki xil tizimning yaqqol namunasi. …
Ovozingiz asl narxi. Matematik hisob

Botir aka OpenBudget narxlari oshayotganini va bu yaxshi o'zgarish, undan ham yaxshirog'i odamlar endi ovozini sotmasdan o'zlari qaror qilayotgani haqida eslabdi.

O'tgan safar "Ovozingiz ancha qimmatroq" degandan keyin o'ylab qoldim. Bitta odam ovozi qiymati qancha o'zi? Keling oddiy hisob-kitob qilib ko'ramiz.

Kun.uz bergan ma'lumotga ko'ra bu yil OpenBudget uchun 3 trillion so'mdan ko'proq ajratilibdi. Botir aka esa bu yil OpenBudgetda allaqachon 10 million odam qatnashganini yozyapti. O'zbekiston aholisi 35 million ekani va ulardan tahminan 60% voyaga yetgan va ovoz berish huquqiga ega odamlar ekanini hisobga olsak bu son 20 milliongacha borishi mumkin.

Endi oddiy arifmetika bilan bitta odamga qancha summa to'g'ri kelishini hisoblasak 3 trillion / 20 million = 150,000 so'm kelib chiqadi.

Ya'ni hozirda 15-20 ming so'm taklif qilinayotgan ovozingiz kamida 150,000 so'm qiymatga ega. Agar 20 milliondan hamma ham ovoz bermasligini hisobga olsak yuqoridagi son 200 yoki 300,000 so'mga ham yetishi mumkin.

Albatta, hech kim ovozingizni bu narxda sotib olmaydi. Sababi unda narigi tomon amalda hech narsa yutmaydi (yutqazishi esa mumkin). Lekin ovozingiz qiymatini bilishingiz Botir aka aytgandek idrokli qaror (informed decision) qilishingizga turtki bo'lishi mumkin.

Endi yana ozroq chuqurroq o'ylab ko'ring. OpenBudget O'zbekiston yillik budjetining 5%i bo'lsa, sizning (deputat/senatorlar) saylovlardagi ovozingiz har bir saylov yili uchun 3-6 million so'mlik, standard 5 yillik muddatda jami 15-30 million so'm qiymatga ega. Bu summa tanlov narxini (opportunity cost) hisobga olmagan holatdagi qiymat.

Keyingi saylovlarda "Ovozim nimaniyam hal qilardi?" deyishdan oldin ovozingiz bir o'zingiz uchun kamida 15 million so'm, oilangiz uchun esa 60-90 million so'mni hal qilishi haqida o'ylab ko'ring.

#economics

@Musayev_Blogi
G'alati savol beraman. Hech bu dunyoga umuman kelmasligingiz ehtimoli haqida o'ylab ko'rganmisiz? Yo'q, qandaydir ilmiy ehtimolliklar ortidan emas, chinakamiga kimningdir qarori tufayli. Amalda tirik jon bo'lib ulgurganingizdan so'ng.

Men o'ylab ko'rganman, juda ko'p marta o'ylab ko'rganman. Qandaydir bema'ni o'y-hayollar ortidan emas, bu narsa sodir bo'lishi mumkin bo'lganini aniq bilganimdan so'ng...

O'smirlik paytim, ayniqsa abiturientlik paytimda Onajonim bilan ko'p suhbatlashardik. Menga bobom va buvim (ko'rmaganman), qarindoshlari, yoshligi, bizning yoshligimiz haqida ko'p gapirib berardi. Ayniqsa, men tug'ilishimdan oldinroq hali yangi oila bo'lgan paytliklaridagi moliyaviy qiyinchiliklar haqida aytganlari alohida esimda qolgan.

Onam ana shunday qiyin kunlar orasida opam va akamdan keyin menga boshqorong'i bo'lgan. Shunda katta qarindoshlarimizdan biri kelib Onamga "Uchinchi farzandni nima qilasizlar hozir? Bitta o'g'il va qizingizlar bo'lsa, ham hozir bunaqa sharoitda bo'lsangizlar" degan ekan. Onam bo'lsa "Unaqa demang. Rizqni Alloh beradi" deb javob berib bu narsa haqida o'ylab ham o'tirmagan ekan.

Bilmadim, Onajonim bu narsani menga aytib bergani eslaridami yoki yo'q. Sababi bu narsa haqida faqat bir marta, juda tez gapirib o'tib ketgandi. Men ham qaytib og'iz ochmaganman. Lekin bu suhbat judayam yaxshi esimda qolgan.

Atrofimga qarab turib ba'zan o'zimga-o'zim "Tasavvur qilyapsanmi shularning hech qaysisi umuman bo'lmasligi mumkin edi!" deb qolaman. Keyin esa Onamni o'ylayman va ulardan cheksiz minnatdor bo'laman.

Onam tashqaridan baho bersa dinda chuqur bilimga ega ayol emas, lekin ularning fikrlari dinimiz tub mohiyati bilan qay darajada mos tushishini ko'rib ko'p marta xayron qolganman. Onam bizga shunchaki duo qilishni emas, duo qilgandan so'ng turib shunga yarasha harakat qilish kerakligini tushuntirgan. "Rejalaring haqida hammaga ovoza qilma. Bundan faqat yutqazasan" deb aytgan. Opam va akamni so'zsiz hurmat qilishni, ular bilan doim oqibat qilishni singdirgan. Eng asosiysi xulq, tarbiya va odamlar bilan to'g'ri muomala qilishni o'rgatgan. Bu narsalar hayotimda qanchalik qiymatga ega bo'lganini esa ta'riflab berolmayman.

Davomi bor...

@musayev_blogi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Musayev blogi pinned «Magistratura bosqichini chet elda grant asosida o'qish — Universal Mentorlik Kursimiz bilan tanishuv 🎓 Bugun sizlarni grantlar bo'yicha hozirgacha bo'lgan tajribamizni o'zida jamlagan, magistratura bosqichini chet elda grant asosida o'qishingizga yordam…»
Forwarded from GrantGO Mentorlik
🇩🇪 DAAD mentorlik kursi va interyu yordami natijalari jamlanmasi

Sizlarga avgust-oktabr oylarida o'tkazilgan DAAD mentorlik kursimiz va fevral oyida intervyu uchun berilgan individual yordam taklifi natijalari jamlanmasini taqdim qilmoqchimiz.

All Disciplines yo'nalishida
22 ta o'quvchi oxirgacha borib hujjat topshirdi
Ulardan 8 kishi suhbat bosqichiga o'tishdi. 36% lik natija
Suhbatda 1 kishi qatnashmadi
3 nafar o'quvchimiz esa yakunda g'olib bo'ldi. Suhbat bosqichida ~43%, umumiy hisobda ~14% natija

ERP yo'nalishida
13 ta o'quvchi oxirgacha borib hujjat topshirdi
Ulardan 7 kishi suhbat bosqichiga o'tishdi. 54% lik natija
4 nafar o'quvchimiz esa yakunda g'olib bo'ldi va bir nafari rezerv g'oliblikni qo'lga kiritishdi. Suhbat bosqichida ~65%, umumiy hisobda ~35% natija

Intervyu uchun individual yordam
17 ta nomzodga 20 soatdan ortiq invidiual yordam ko'rsatildi. Ulardan 10 nafari kurs ishtirokchilari
Yakunda 10 nafar nomzod g'olib, 1 nafari rezerv go'liblikni qo'lga kiritishdi. Ulardan 7 tasi kurs ishtirokchisi, 4 nafari faqat individual yordam olganlar
Natijalar foiz hisobida ~63%

Umumiy hisobda
42 ta odamga hujjat topshirishda to'g'ridan to'g'ri yordam. Faqat hujjat topshirganlar
@DAAD_Community orqali minglab odamlarga beminnat yordam
11 nafar g'olib, 1 nafar rezerv g'olib (25% dan yuqori natija)
60 ga yaqin kurs ishtirokchilari uchun hayotlari davomida azqotadigan bilimlar

Kurs haqidagi fikrlar va natijalar
🔗 All Disciplines | ERP | Intervyu yordami

💼 Kurslarimiz sizga o'zingizni kashf qilishda yordam beradi. Grantlar esa shunchaki bonus :)

DAAD mentorlik kursimizga keyingi qabul Iyun oxirlarida e'lon qilinadi. Hozirda magistratura bosqichi uchun Universal Mentorlik Kursiga qabul va chegirma davom etmoqda
👉 Kurs haqida batafsil

Kursga yozilish va savollar bo'yicha
💬 @grantgo_mentor

#mentorlik #magistratura #Germaniya #daad

Telegram | YouTube | Mentorlik
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Musayev blogi
🇩🇪 DAAD mentorlik kursi va interyu yordami natijalari jamlanmasi Sizlarga avgust-oktabr oylarida o'tkazilgan DAAD mentorlik kursimiz va fevral oyida intervyu uchun berilgan individual yordam taklifi natijalari jamlanmasini taqdim qilmoqchimiz. All Disciplines…
Kurs qatnashchilaridan biri anchadan beri xabar bermagandi. Kecha xabarlashdik. U ham g'olib bo'libdi — all disciplinesda.

Natijalarni @grantgo_mentorlik kanalida yangilab qo'ydim. Umumiy holatda yakundagi natija 30%dan o'tdi.

Aynan hozir universitet grantlari, GrantGOda e'lon qilinayotgan grantlar yoki El-yurt Umidi uchun magistratura bosqichiga harakat qilayotganlar uchun "Universal Mentorlik Kursi"da qabul ochiq
👉 Kurs haqida batafsil

#results #daad #mentorship

@musayev_blogi
Choraklik hisobot - 2024 Q1 (shaxsiy)
15/20

O'ylab ko'rsam 2020-yildan beri 3 oylik reja tuzib kelar ekanman. Yaqinda moliyaviy bozorlarga qiziqishni boshlaganimdan keyin yirik kompaniyalar ham har chorakda (3 oy) hisobot berishlarini bildim. Shu sababli o'zim uchun ham bu narsani joriy qilmoqchiman.

➡️ Yil boshida buyog'iga bor e'tiborimni faqat o'z oldimga qo'ygan maqsadlarga qaratishga va to'liq saloyihatimga chiqishga qaror qildim. Yaratgan imkon bergan ekan, uni uvol qilish hayotimdagi eng katta xato bo'lishini tushundim

➡️ Yil Amerikaga Garvarddagi HPAIR konferensiyasiga qatnashish uchun viza olish bilan boshlandi. Hammasi men o'ylagandan osonroq o'tdi

➡️ Yanvar oyida Ali Egamberdiyev bilan Turkiya Burslari mentorlik kursini tashkil qildik. To'g'risi shu paytgacha tashkil qilingan kurslar ichida eng qiynalganim bo'ldi. Talablar past bo'lishi u grantga qizuqvchilar darajasiga ham bu darajada salbiy ta'sir qiladi deb o'ylamagandim. Asosiysi 10 ga yaqin odamga yordam bera oldik

➡️ Fevral oyida esa Bostonga qarab yo'lga chiqdim. Aeroportdan to'g'ri chiqib Garvardga bordim. Huddi ertakda yurgandek his qildim o'zimni. HPAIR konferensiyasi tashkiliy qismi yoqmagan bo'lsa ham, lekin 20 dan ortiq O'zbekistonliklar va Botir aka Qobilov bilan ko'rishganim uni yopib ketdi

➡️ Konferensiyadan keyin Nyu-Yorkka bir kunlik safar qilib, eng asosiy joylarni aylanib chiqdim. Shahar haqiqatda kinolardagidek. Ko'rishga arziydi, lekin faqat ko'rishga. Nyu-Yorkda Otabek aka Mahkamov bilan ko'rishmoqchi edim. Lekin imkon bo'lmadi. Keyinroq esa shaxsan o'zi telefon qilib qoldi. Kumiring bilan jonli gaplashish boshqacha bo'lar ekan )

➡️ Eng esda qolarli voqea esa umuman umid uzgan joyimda, safarim oxirgi Garvard MBA darsiga kirganim bo'ldi. Taassurotlar o'zim kutganimdan ham ortiq bo'ldi. Huddi o'z o'rnimni topgandek bo'ldim

➡️ Safardan qaytishim bilan ishga kirishib ketdim. Fevral oyida DAAD intervyulari bo'lib o'tdi. U vaqt davomida o'tgan yilgi g'oliblar Anvar va Ismoil bilan 20 soatdan oshiq davomida 17 ta nomzodning intervyusiga yordam berdik. Natija esa kutilgandan ham yaxshi bo'ldi

➡️ Ishimda ham menejerim hozirgacha bo'lgan harakatlarimdan xursandligini aytdi va "ozroq bo'lsa ham" deb mukofot puli yozib berdi

➡️ Fevral oyida har kuni ishdan keyin 1 soatdan ishlab, EventGO loyihamizni qayta qurib chiqdim va 3-mart, GrantGO tug'ilgan kunida qayta ishga tushirdik

➡️ Ishlarim juda ko'payib ketganligi va unchalik shoshilinch bo'lmagani sababli GMATga bo'lgan tayyorgarligimni to'xtatib turdim. Bu oy yana qayta boshlamoqchiman

➡️ Fevral oyida yana Shahrizoda Isomitdinova bilan oldinroq tashkillagan FLEX mentorlik kursimizda qatnashgan 3 ta o'quvchidan biri dasturda g'olib bo'lganini eshitib juda xursand bo'ldim

➡️ Mart oyida esa loyihalarni o'stirishga va reklamaga asosiy e'tibor qaratdik. EventGO haqida hozirdanoq ko'pchilikdan yaxshi fikrlar eshityapmiz. GrantGO esa stabil o'sishda davom etyapti

➡️ Mart oyi oxirlariga kelib vanihoyat yanvarda tugataman deb reja qilgan Universal Mentorlik Kursim asosiy qismini yakunlashga muvaffaq bo'ldim

➡️ Mart ayniqsa mentorlik kursi o'quvchilarining ajoyib natijalari bilan esda qoldi. Ulardan biri Erasmus Mundus grantida g'olib bo'ldi, biri Sochiga borib keldi. DAAD kursidan esa 10 dan ortiq odam dasturda g'olib bo'lishdi

➡️ Calisthenics va aksiyalarga investitsiya qilish bilan jiddiy shug'ullanishni boshladim. Hozircha natijalar yomon emas. Bu haqida batafsilroq @Janob_Musayev'da yozsam kerak

➡️ Bu 3 oy davomida hayotimdagi eng katta orzularimdan biriga erishish ham deyarli nasib qildi. Faxrlanganimdan bir qop semiray deyapman, lekin hozircha tafsilotlar haqida indamay turaman )

O'ylab qarasam, bu 3 oy hayotimdagi eng sermahsul va mazmunli choraklardan biri bo'libdi. Menimcha, bunga birinchi qismda eslagan jihat asosiy sababchi bo'ldi. Yuqoridagilar hammasi emas, qolganini @Janob_Musayev'da yozaman )

Sizda yilning birinchi 3 oyi qanday o'tdi?

#quarter_summary

@Musayev_Blogi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oramizda iqtisodchilar bo'lsa, yuqoridagi jadvallardan bir-ikkita narsani tushuntirib yuboringlar:

1. Qanday qilib 1999-yilda Qozog'iston bilan bizning GDP bir xil summada boshlanib, har yili bizniki o'rtacha ulardan ko'proq o'sib yakunda lekin Qozog'iston bu darajada oldiga o'tib ketgan?

2. Qanday qilib 2000-2002 yillar oralig'ida GDP pastlagan lekin undagi o'sish o'rtacha 4% bilan ijobiy turibdi (umuman minus ko'rsatkich o'zi yo'q)?

3. Qanday qilib 2003-yildagi 10.13 2014-yilda 12.03 ga o'zgargan (1.9 farq), lekin o'sish o'sha yili atigi 7.4%. Mendagi hisob bo'yicha ~18.7% atrofida bo'lishi kerak. Deyarli har bir yildagi o'zgarish to'g'ri kelmayapti. Ikkala davlatda ham.

Yoki men nimanidir noto'g'ri tushunyapman. Yoki qaysidir jadvaldagi (katta ehtimol bilan birinchisi) ma'lumotlar judayam xato.
1. GDP miqdori jadvali
2. GDP o'sish jadvali

#economics

@Musayev_blogi
2024/10/01 14:29:01
Back to Top
HTML Embed Code: