Telegram Web Link
🖥 Ўқитувчилар ва директорлар овози: TALIS 2024 тадқиқотида ўқитувчилар ўзига қулай жойда ва вақтда, яъни ишхонада ёки уйда, ҳотиржам пайтда сўровномаларни тўлдириши мумкин бўлади.

Бу ҳақида IEA ва Миллий марказ ўртасида 2022 йил 30 май куни бўлиб ўтган консультатив учрашувда маълум қилинди.

🗓 Тарихда илк маротаба Ўзбекистон хам қатнашаётган тажриба-синови халқаро миқёсда 2023 йил 1 февралдан 31 мартгача режалаштирилган бўлиб, юртимизда 2023 йил 15 февралдан 15 мартга қадар ўтказилишига келишилди.

📌 Шунингдек, тадқиқотда қатнашадиган 200 га яқин мактаблар халқаро ташкилот томонидан тасодифий танлаб олиниб, 2023 йил 31 январдан кейин Миллий марказ ушбу мактабларга йўлланма хатлари ва зарурий маълумотларни юборади.

📲 Онлайн моделдаги тадқиқотда ўқитувчилар компьютер, ноутбук, планшет ва смартфон орқали сўровномаларни тўлдиришлари мумкин.

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
PIRLS 2021 asosiy tadqiqot natijalarining dastlabki xalqaro tahlillarini ko'rib chiqish bo'yicha IEA Gamburg bilan konsultativ uchrashuv bo'lib o'tdi.

2022-yil 3-iyun kuni Ta'lim inspeksiyasi huzuridagi Milliy markaz hamda Ta'lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA)ning Gamburgda joylashgan idorasi bilan PIRLS 2021 dasturining dastlabki xalqaro tahlillarini ko'rib chiqish bo'yicha konsultativ uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda, O'zbekiston tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarning xalqaro standartlarga mosligi, respondentlarning tadqiqotda ishtirok etish ko'rsatkichlari muhokama qilindi.

IEA tashkiloti eksperti doktor D.Savashchi tadqiqotga oid ma'lumotlar yuqori aniqlikda tayyorlanganligini ta'kidladi hamda kelgusi vazifalar kelishib olindi.

Eslatib o'tamiz, PIRLS 2021 tadqiqotining xalqaro natijalari joriy yilning dekabr oyida e'lon qilinishi rejalashtirilgan.
❗️«Таълим сифати ҳеч қачон ўқитувчи сифатидан ошиб кетолмайди» — Андреас Шляйхер

PISA тадқиқоти асосчиси Андреас Шляйхер Ўзбекистоннинг ушбу тадқиқотда қатнашиши таълимдаги бўшлиқларни тўлдириш имкониятини беришига ишонади. У ўқитувчилар сифатининг таълим сифатига таъсири, баҳолашда технологиянинг ўрни, таълим жараёни устидан назоратнинг муҳимлиги ҳақида ҳам фикр билдирди.

Тўлиқ суҳбат: https://www.gazeta.uz/uz/2022/06/07/schleicher/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Каналга обуна бўлинг
👉 @gazetauz_uzb
PISA 2022 asosiy sinovidagi o'quvchilarning ochiq savollarga bergan javoblarini kodlashtirish (baholash) bo'yicha treningga START berildi.

Trening yalpi yig'ilishida Ta'lim inspeksiyasi boshlig'i Ulug'bek Tashkenbayev kirish so'zi bilan ishtirok etib, ekspertlar oldidagi dolzarb vazifalarni belgilab berdi.

Shuningdek, Milliy loyiha menejeri Abduvali Ismailov tomonidan kodlashtirish jarayonining maqsadi va vazifalari, treningni olib borishdagi yondashuvlar, baholash jarayonining ishonchliligini monitoring qilish masalalari bo'yicha taqdimot qilindi.

Milliy markazda Trening jarayoni matematik savodxonlik, o'qish savodxonligi, tabiiy-ilmiy savodxonlik hamda kreativ fikrlash yo'nalishlari bo'yicha alohida sessiyalarda joriy yilning 17-iyuniga qadar davom ettirilishi rejalashtirilgan.

Yopiq turdagi treningda maxsus tayyorgarlikdan o'tgan ekspertlar jamoasi tomonidan kodlashtirish ishlari olib borilishi nazarda tutilgan
.

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube
"Сила учителя - сердцевина образования" - основатель исследования PISA Андреас Шляйхер

«Качество образования никогда не может быть выше качества учителя». Автор исследования PISA Андреас Шляйхер рассказывает, как инновации могут быстрее прийти в образование в Узбекистане.

https://www.gazeta.uz/ru/2022/06/09/pisa/?utm_source=push&utm_medium=telegram

@gazetauz
PISA 2022: O'quvchilarning ochiq savollarga bergan javoblarini kodlashtirish (baholash) bo'yicha trening davom etmoqda.

9-iyun kunidagi jarayonda matematik, tabiiy-ilmiy va o'qish savodxonligi hamda kreativ fikrlashni baholash yo'nalishlariga oid mavzular o'tildi.

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube
PISA 2022 asosiy sinovidagi o'quvchilarning ochiq savollarga bergan javoblarini kodlashtirish (baholash) bo'yicha treningga START berilgani haqida xabar bergan edik.

🎥 O'tkazilayotgan treninglardan olingan videorolik e'tiboringizga havola etilmoqda.

Vedorolikni
ko'rish: https://youtu.be/Akir72yt8a0

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
KODLASH (BAHOLASH) BOʻYICHA TRENING DAVOM ETMOQDA.

👨🏻‍💻 PISA 2022 asosiy sinovining Kreativ fikrlash yo’nalishida o’quvchilarning savollarga bergan javoblarini kodlash bo’yicha trening jarayonlarida kodlashning xalqaro belgilangan va tavsiya qilingan me’yorlari haqida ma'lumotlar berilmoqda.

Treningda Kreativ fikrlash yo’nalishining 4 ta sohasi:

✏️ Ijtimoiy muammolarni hal qilish;
✏️ Ilmiy muammolarni hal qilish;
✏️ Yozma ifodalash;
✏️ Vizual ifodalash.

Shuningdek, 3 ta jihatdan:

✒️ Turli g'oyalarni ilgari surish;
✒️ Kreativ g'oyalarni ilgari surish;
✒️ G'oyalarni baholash va takomillashtirish
kompetensiya modellariga asosan topshiriqlar batafsil muhokama qilinmoqda.

Treningda mavzular va topshiriqlar bo’yicha javoblarning xalqaro me'yorlarga muvofiqligini aniqlash hamda mos keluvchi kodlarni belgilash bo'yicha amaliy mashg’ulotlar orqali mustahkamlanmoqda.

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
📖 O'quvchilarni xalqaro tadqiqotlarga tayyorlashga mo'ljallangan Axborotnomaning 4-soni nashrdan chiqdi.

📚 Ushbu test topshiriqlari to‘plami Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzuridagi Ta'lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazining davriy nashri bo‘lib, Axborotnomaning 4-soni hisoblanadi.

✒️ Mazkur axborotnoma Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan o‘tkaziladigan TIMSS xalqaro tadqiqoti doirasida foydalanilgan materiallar asosida tuzilgan.

✒️ Unda o‘quvchilarning matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha o‘zlashtirish darajasini baholashga doir topshiriqlar namunalari, ularni yechish bo‘yicha tavsiyalar va ularning javoblari keltirilgan.

✒️ Axborotnomadan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining aniq va tabiiy yo‘nalishdagi fanlar o‘qituvchilari, soha mutaxassislari, 4-8-sinf o‘quvchilari foydalanishlari mumkin.

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
Forwarded from Ta'lim nazorati
"Янги Ўзбекистонни барпо этиш масъулияти: Бу йўлда олий таълим муассасалари драйвер вазифасини бажаради"

"Янги Ўзбекистон" газетасининг шу йил 14 июнь сонида
Таълим сифатини назорат қилиш давлат инспекцияси бошлиғи Улуғбек Ташкенбаевнинг "Янги Ўзбекистонни барпо этиш масъулияти: Бу йўлда олий таълим муассасалари драйвер вазифасини бажаради" номли мақоласи чоп этилди.

Унда ЮНEСКОнинг III Жаҳон олий таълим анжуманида эришилган натижалар, рақобатбардош ва инновацион иқтисодиётни яратиш учун ёшларда зарур кўникмаларни шакллантириш, таълим соҳасида мобилликни ошириш, масофавий таълим, диплом ва малакани тан олиш тизимига янгича ёндашув ҳамда ОТМларнинг халқаро рақобатбардошлигини таъминлаш бўйича устувор вазифаларга тўхталиб ўтилган.

👉 Мақолани газета орқали ўқиш: https://anyflip.com/asfsv/umku/

👉 Сайт орқали ўқиш: https://yuz.uz/news/yangi-ozbekistonni-barpo-etish-masuliyati

Таълим инспекцияси телеграм каналига уланиш👇
https://www.tg-me.com/uztdi
2024/09/30 08:14:39
Back to Top
HTML Embed Code: