Telegram Web Link
📸 KODLASH (BAHOLASH) BOʻYICHA TRENING JARAYONLARI.

Ta'ilm inspeksiyasi huzuridagi ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazida PISA 2022 asosiy sinovidagi o'quvchilarning ochiq savollarga bergan javoblarini kodlashtirish (baholash) bo'yicha treninglar davom etmoqda.

📌 Eslatib o'tamiz kodlash (baholash) bo'yicha treninglar joriy yilning 17-iyunigacha davom etadi.

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
Sirdaryoda COVID-19 ning ta’limga ta’siri haqidagi REDS xalqaro tadqiqoti natijalari hamda pedagog kadrlar attestatsiyasi mavzularida seminar tashkil etildi.

Joriy yilning 15-iyun kuni Taʼlim inspeksiyasi va uning huzuridagi Milliy markaz hamda Sirdaryo viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan seminarda Milliy markaz tomonidan Taʼlim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) va UNESCO hamkorlikda “COVID-19” pandemiyasining taʼlim jarayoniga taʼsirini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan REDS (Taʼlimdagi uzilishlar haqidagi soʻrovlarga javoblar) tadqiqoti natijalari yuzasidan Milliy markaz direktori Abduvali Ismailov taqdimot qildi.

Shuningdek, Ta’lim inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i Safarali Hamrayev tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-sonli qaror ijrosini taʼminlash hamda pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish masalalari boʻyicha ma'ruza qilindi.

http://www.tg-me.com/milliymarkaz
Jizzax hamda Samarqand viloyatlarida ham COVID-19 ning ta’limga ta’siri haqidagi REDS xalqaro tadqiqoti natijalari hamda pedagog kadrlar attestatsiyasi mavzularida seminar tashkil etildi.

Joriy yilning 16-17-iyun kuni Taʼlim inspeksiyasi va uning huzuridagi Milliy markaz hamda viloyat xalq taʼlimi boshqarmalari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan seminarda Milliy markaz tomonidan Taʼlim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) va UNESCO hamkorlikda “COVID-19” pandemiyasining taʼlim jarayoniga taʼsirini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan REDS (Taʼlimdagi uzilishlar haqidagi soʻrovlarga javoblar) tadqiqoti natijalari yuzasidan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-sonli qaror ijrosini taʼminlash va pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish masalalari boʻyicha Milliy markaz direktori Abduvali Ismailov hamda Ta’lim inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i Safarali Hamrayevlar tomonidan ma'ruza va taqdimotlar qilindi.

👉
http://www.tg-me.com/milliymarkaz
Forwarded from Ta'lim nazorati
#Pedagoglar_attestatsiyasi
#Xalqaro_tadqiqotlar

Jizzaxda REDS tadqiqoti natijalari va pedagoglar attestatsiyasi boʻyicha seminar tashkil etildi

Joriy yilning 16-iyun kuni Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Jizzax viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi hamkorligida “COVID-19» pandemiyasining taʼlimga taʼsiri haqidagi REDS (Taʼlimdagi uzilishlar haqidagi soʻrovlarga javoblar) xalqaro tadqiqoti natijalari hamda pedagog kadrlar attestatsiyasi boʻyicha seminar tashkil etildi.

Batafsil: https://tdi.uz/uz/news/4533

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish: 👇
https://www.tg-me.com/uztdi
2024/09/30 06:26:53
Back to Top
HTML Embed Code: