Telegram Web Link
Joriy o’quv yilidan maktabning 9- va 11-sinfini tugatgan bitiruvchilarga shahodatnomalar elektron shaklda beriladi.

Bu esa ta’lim sohasidagi qog‘ozbozlik, ortiqcha xarajat va ovoragarchiliklarni oldini olishga qaratilgan navbatdagi qadam.

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tayanch o‘rta ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma, psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabni tamomlaganlik to‘g‘risidagi sertifikatlar elektron tarzda o‘zbek va ingliz tillarida shakllantiriladi.

Mazkur tartib o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnomaga ega bitiruvchilarning yurtimizdagi hamda xalqaro bitim imzolagan davlatlar hududidagi kollej, texnikum va oliy ta’lim tashkilotlariga kirish uchun hujjatlarni topshirish huquqini beradi. Elektron shahodatnomani olishda va OTMga topshirishda ortiqcha ovoragarchiliklarning yo'qligi esa o'z navbatida bitiruvchilar va ularning ota-onalariga ham qulaylik yaratadi.

Elektron shahodatnomalar bitiruvchilarga har yili 20-iyunga qadar beriladi. Buning uchun bitiruvchilar shahodatnomani elektron platformadan shaxsini tasdiqlovchi hujjatidagi tegishli ma’lumotlarni kiritish orqali bepul yuklab olishi mumkin bo‘ladi.

Eng ahamiyatlisi, shahodatnomalar yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda, bitiruvchilarga dublikat shahodatnoma berilmaydi. Bitiruvchilar shahodatnomani elektron platformadan o‘zi istagan vaqtda bepul qayta yuklab olishi mumkin bo‘ladi.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi ta'limni raqamlashtirish borasidagi ishlarni davom ettiradi.
#Bilasizmi

⚡️Ota-onalarning taʼlim muassasasidagi dars jarayoniga aralashishiga yoʻl qoʻyilmaydi

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining 2020 yil 28 maydagi 131-sonli buyrugʻiga muvofiq ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) taʼlim muassasasidagi dars jarayoniga aralashishi mumkin emas.

Tomonlar oʻrtasida yuzaga keladigan har qanday bahsli vaziyatlar faqatgina maktab rahbariyati (direktor va uning oʻrinbosarlari) hamda maktab psixologi bilan dars jarayoniga halaqit bermagan holatda hal etilishi lozim.

Taʼlim muassasasi hududida jamoa aʼzolarining ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) bilan munosabatlari oʻzaro hurmat va hushmuomalalik tamoyillariga asoslanishi lozim, biror bir taraf tomonidan boshqasining shaxsiyatiga kamsituvchi hatti-harakatlarning sodir etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Tomonlar yuqoridagi talablarga rioya etmagan holatlarda vaziyatni barqarorlashtirish uchun mahalliy oʻzini-oʻzi boshqarish va hududiy ichki ishlar organlariga murojaat etishlari kerak.

❗️Eslatib oʻtamiz, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 197-5-moddasiga koʻra taʼlim muassasasi pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki taʼlim muassasasi pedagog xodimining xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilish holatlari uchun:

👉 fuqarolarga 1 mln 500 ming soʻmdan 2 mln 100 ming soʻmgacha, mansabdor shaxslarga esa — 2 mln 100 ming soʻmdan 3 mln soʻmgacha miqdorda jarima solinishi mumkin.

Agar xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa:

👉 fuqarolarga 2 mln 100 ming soʻmdan 3 mln soʻmgacha, mansabdor shaxslarga esa — 3 mln soʻmdan 4 mln 500 ming soʻmgacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
22.02.2021й ХТВ-41(Синф раҳбарлик) .pdf
6.6 MB
⚡️SINF RAHBARLIGI NIZOMI

Har bir sinf rahbari o‘qib olishi shart!

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
📙 Maqola
📘 Metodik tavsiya
📗 Dars ishlanmasi
Jurnalda chop etish xizmati
Sifatli, ishonchli, hamyonbop.
Barcha xizmatlar kafolatlangan va litsenziyaga ega.

Murojaat uchun 👇👇👇👇

@Zafarbek_admin

📞☎️ +998913982776
⚡️1-sinf oʻquvchilariga beriladigan taʼtil muddatlari va berilish tartibi oʻzgarmagan.

Oʻzbekiston Respubilkasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi 140-sonli qarori 4-bobi hamda Xalq taʼlimi vazirining 2021 yil 24 dekabrdagi 414-sonli buyrugʻi yakunlovchi qoidalarida fevral oyi davomida qoʻshimcha taʼtil berilishi nazarda tutilgan buyruqqa asosan taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan 1-sinflarga fevral oyining 3-haftasi 13 fevraldan 17 fevralgacha qoʻshimcha taʼtil sifatida belgilangan.

Sinf rahbarlar hamda ota-onalar guruhlariga yetkazing.

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
Америка қўшма штатларида жойлашган

ГАРВАРД УНИВЕРСИТЕИ Битирувчи талабалар томонидан тайёрланган ИЕЛТС АУДИО ВИДЕО китобларни Муалифлик хуқуқи асосида ЭАСЙИЕЛТС компанияси сотиб олди

Агар сиз ИЕЛТС имтиҳонига тайёргарлик кўраётган бўлсангиз бу янгилик айнан сиз учун!

Америкада 20 мингдан ошиқ талабалардан синовдан ўтган Эасй ИЕЛТС аудио ва видео китоблари энди Ўзбекистонда нашр қилинди.

🔹 IELTS Academic Listening; audio
🔹 IELTS Academic Reading; video
🔹 IELTS Academic Writing; video
🔹 IELTS Academic Speaking; audio
🔹 IELTS Topic vocabulary;
🔹 IELTS Topic articles

Китобларининг барчасига эга бўлишингиз мумкин.

Маълумот ва мурожаатлар учун:

@easyieltsadmin1

Нарх 117 000
⚡️​10-11 sinf oʻquvchilariga fanlarni tanlab oʻqish imkoniyati yaratiladi

Joriy yilgi Davlat dasturi loyihasiga koʻra, 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab bosqichma-bosqich umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida yangi oʻquv dasturlari amaliyotga kiritiladi.

Bunda:

— umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 1–4 sinflarida oʻquvchilarni ilgʻor xorijiy tajriba asosida ishlab chiqilgan darsliklar boʻyicha oʻqitish;

5–9-sinflarda oʻquvchilarga umumtaʼlim fanlaridan tayanch bilimlar berish;

10–11-sinf oʻquvchilarining qiziqish va qobiliyatiga mos boʻlgan ixtisoslashgan dasturlar asosida bilim berish amaliyoti joriy qilinadi.

Qayd etilishicha, buning natijasida, boshlangʻich sinf oʻquvchilarini jamoa boʻlib ishlash, muloqot qilish, kreativ va tanqidiy fikrlash koʻnikmalari asosida oʻquvchini mantiqiy fikrlashga, oʻz fikrini ifoda eta olishiga va darslarda erkin muhitni shakllantirishga eʼtibor beriladi.

10–11-sinflarda 14 ta majburiy fanlardan haftalik yuklamasi 31 soatni tashkil etadi. Takomillashtirilgan oʻquv reja asosida 8 ta majburiy fan va 2 ta tanlov fan (kimyo-biologiya, matematika fizika, tarix-huquq, ona tili va adabiyot-chet tili) tanlash imkoniyati yaratiladi.

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
⚡️Bugundan boshlab, onlinedu.uz da bir qancha fanlardan onlayn malaka oshirish kurslari boshlandi

Hurmatli ustozlar!

Bugundan boshlab, Onlinedu.uz platformasida 2023 yil uchun malaka oshirish kurslari boshlandi. Kimyo, biologiya, matematika, informatika va axborot texnologiyalari va fizika fanlaridan onlayn malaka oshirish kurslari faollashtirildi.

Eslatma: onlayn malaka oshirish shaklida pedagoglar oʻziga qulay vaqtda yil davomida oʻqishlari mumkin. Shuningdek, malaka oshirishning har qanday shakli yakunida sertifikatlar LMS platformasi orqali elektron tarzda beriladi.

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hududiy boʼlinmalari mahalliy hokimliklar tuzilmasiga oʼtkazilayotgani boʼyicha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlar yuzasidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi quyidagilarni maʼlum qiladi:

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va mahalliy hokimliklar masʼuliyatini oshirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Farmoni loyihasida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining hududiy boʼlinmalarini mahalliy hokimliklar tuzilmasiga oʼtkazish qayd etilgan va ushbu hujjat loyihasini tegishli vazirlik va davlat idoralar bilan kelishish uchun Аdliya vazirligi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi — project.gov.uzga joylashtirilgan.

Shu oʼrinda taʼkidlash joizki, ushbu normativ-hujjat hozirda loyiha boʼlib, rasmiy kuchga ega emas. Аyni damda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Farmon loyihasidagi tegishli bandlar boʼyicha eʼtiroz bildirilib, Аdliya vazirligi bilan muzokaralar oʼtkazilgan.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining hududiy boʼlinmalarini mahalliy hokimliklar tuzilmasiga oʼtkazilayotgani boʼyicha soha xodimlari va keng jamoatchilik vakillarining xavotiriga oʼrin yoʼqligini maʼlum qilamiz.

© Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
⚡️BOLASINI MAKTABGA JOʻNATMAYDIGAN OTA-ONALARGA QANDAY JAVOBGARLIK MAVJUD?

Taʼlim toʻgʻrisidagi qonunning 9-moddasiga binoan umumiy oʻrta taʼlim umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida uzlyuksiz tarzda, majburiy boʻlgan oʻn bir yil davomida amalga oshiriladi.

Ushbu qonunning 51-moddasiga koʻra voyaga yetmagan taʼlim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillari bolaning oʻqishi, tarbiyalanishi, jismoniy, maʼnaviy va intellektual rivojlanishi uchun masʼuldir.

☝️Yuqoridagi ikki modda oʻquvchingizni 11 yillik majburiy taʼlim olishi kerakligini va buni ota-ona taʼminlashi kerakligidan dalolat beradi.

Shuningdek, voyaga yetmagan taʼlim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillari:

bolalarining umumiy oʻrta, oʻrta maxsus taʼlim yoki boshlangʻich professional taʼlim olishini taʼminlashi;

— bolalarining oʻquv mashgʻulotlariga qatnashishini taʼminlash va oʻzlashtirishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

— oʻz bolalarining intellektual, maʼnaviy va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratishi;

— taʼlim tashkilotining taʼlim-tarbiya jarayonini tartibga soluvchi ichki tartib-qoidalariga rioya etishi;

— taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilishi shart.

❗️Ushbu qoidalarning mazmuniga koʻra oʻquvchining ota-onasi maktabga taʼlim olish yuborishi va oʻquvchining sifatli taʼlim olishini taʼminlashga majbur.

‼️ Agar ota-ona bu majburiyatlarni bajarmasa, unda ota-onaning harakatlariga nisbatan maʼmuriy javobgarlik belgilangan. Yaʼni Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks 47-moddasiga muvofiq ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi — bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
❗️Sinf xonalarga oʻquv jihozlarini joylashtirishda quyidagi talablarga rioya etilishi kerak

Umumtaʼlim maktablarida maktablarni saqlanishi va oʻquvchilarni oʻqitilishiga qoʻyiladigan sanitar epidemiologik talablar  (SanPiN № 0341-16) ga muvofiq sinf xonalaridagi parta stol-stullar quyidagi tartibda joylashtirilishi kerak

👉 2 oʻrinli stollar qatoridagi  masofa 60 sm dan kam boʻlmasligi kerak;

👉
Parta qatorlari bilan tashqi devor orasidagi masofa 50-70 sm;

👉
Parta qatorlari bilan ichki devor, toʻsiq, shkaf orasidagi masofa 50 sm;

👉
Oxirgi parta bilan devor orasi 70 sm;

👉
Doska bilan birinchi parta orasi  240 sm;

👉 Doska
bilan oxirgi parta orasidagi masofa 860 sm;

👉 Doskani
pastki tomoni bilan pol orasidagi masofa 70-90 sm boʻlishi kerak.

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
Maktablarda 100 mingta to‘garak tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi
2022—2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida maktab o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish, ta’lim muassasalarida bepul to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha zarur topshiriqlar belgilangan.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘quvchilarda kasb-hunar ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida umumta’lim muassasalarida 100 mingta to‘garak tashkil etish bo‘yicha zarur ishlar boshlangan.

Ushbu maqsadlar uchun davlat budjetidan 79,5 mlrd. so‘m ajratilgan bo‘lib, to‘garaklar yo‘nalishini aniqlash bo‘yicha o‘quvchilar va ota-onalar o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkazilmoqda.

Bunda o‘quvchilarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, IT injiniring, tarjimonlik kabi yo‘nalishlar bo‘yicha to‘garaklar tashkil etishga ustuvorlik berilmoqda.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
Accounts Receivable Manager

🎓 Вакансия иш тажрибаси бўлмаган битирувчилар учун тўғри келади.

Компания: Pharmbills (American outstaff company)

🌎 Локация: масофадан туриб ишлаш

💸 Иш ҳақи: $600 (gross)

Талаблар:
◾️ инглиз тилини билиш даражаси Upper-Intermediate ва ундан юқори (ҳар куни америкалик мижозлар билан мулоқот қилиш учун юқори сўзлашув даражаси);
◾️ иш тажрибасининг бўлиши шарт эмас;
◾️ инглиз тили ва мантиқ бўйича тестни топшириш.

Илтимос, ариза берилгандан сўнг почтани ва спам-папкани текшириб кўринг. Тестлар автоматик тарзда келади.

Нима таклиф этилади:
◾️ 3/12 ой босқичларида иш ҳақини қайта кўриб чиқиш имконияти;
◾️ иш кунининг 18:00 да бошланиши (full time);
◾️ онлайн ишлаш имконияти;
◾️ зарур техника билан таъминланиш;
◾️ тиббий суғурта;
◾️ халқаро тренинглар ва шахсий менторлик;
◾️ расмий ва узоқ муддатли контракт.

Мажбуриятлар:
◾️ ҳисоботлар;
◾️ молиявий маълумотлар таҳлили;
◾️ банк ҳужжатлари билан ишлаш.

👉 Ариза бериш: http://go.academy.pharmbills.com/7ghf
Mart oyida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

Prezident farmoniga ko‘ra, Navro‘z arafa:
✔️5 kun ishlaydiganlar — 5 kun — 18-22-mart kunlari;
✔️6 kun ishlaydiganlar — 4 kun — 19-22-mart kunlari dam oladi.

Bunda 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlarning dam olish kunlari quyidagicha ko‘chiriladi:
👉 11-mart — shanba kunidan 20-mart — dushanba kuniga;
👉 25-mart — shanba kunidan 22-mart — chorshanba kuniga.

8-mart ham dam olish kuni.

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
Forwarded from @konferens.ru
📙 "TA'LIM FIDOYILARI" Respublika ilmiy-uslubiy jurnali.

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentiligi tomonidan: Ommaviy axborot vositasini davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi tog'risidagi guvohnoma №1170 ga ega.

🌍 Jurnal 10 dan ortiq OAK tan olgan bazalarda indekslanadi:

⚡️ Impakt faktor ( OAK 23) : 6.2
https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/2181-2160

ISSN
Google Scholar
Zenodo
Doi
Cyberleninka
OpenAire
DOAJ
Sjifactor
Researchbib

📚 Qabul har oyning 25-sanasiga qadar davom etadi va oy oхirida nashr etiladi.

🏃‍♂️ Shoshiling va maqolangizni sifatli jurnalda chop ettiring!

👨‍💻 Batafsil ma'lumot uchun:
@Muhammadjonazimjonov

✈️TELEGRAM
406_3_11_синфлар_ДТС_буйругига_илова.docx
204.5 KB
⚡️Barcha fanlardan davlat ta’lim standartlari

Ushbu DTS talablari har bir oʻqituvchida boʻlishi va tanishib chiqishi kerak. Ushbu DTS talablari Xalq ta’limi vazirining 2021-yil 17-dekabrdagi 406-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan.

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
⚡️Endilikda ish tajribasiga ega boʻlgan ayollar oliy oʻquv yurtlariga imtihonsiz qabul qilinadi

O‘zbekistonda kamida 5 yillik ish stajiga ega bo‘lgan ayollar oliy ta’lim muassasalariga imtihonsiz kirishlari mumkin bo‘ladi.

Ta'lim olgandan so'ng ular tanlagan yo'nalish bo'yicha yana 5 yil ishlashi kerak bo'ladi.

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
❗️5 yillik ish stajiga ega xotin-qizlar ham barcha qatori imtihon topshiradi, faqat qo‘shimcha imtiyozdan foydalanishi mumkin

Ijtimoiy tarmoqlarda 5 yil ish tajribasiga ega boʻlgan ayollar oliy oʻquv yurtlariga imtihonsiz qabul qilinishi haqida asossiz xabarlar tarqalmoqda. Ushbu notoʻgʻri talqin qilinayotgan xabarlar yuzasidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi quyidagilarni maʼlum qiladi:

Kamida 5 yil ish stajiga ega boʻlgan xotin-qizlarni oliy taʼlim muassasalariga imtihonlarsiz oʻqishga qabul qilish boʻyicha tartib mavjud emas.

🇺🇿 Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-son qaroriga muvofiq mutaxassisligi boʻyicha kamida besh yil mehnat stajiga ega boʻlgan xotin-qizlarni davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi tasdiqlangan.

🗄 Mazkur tartib 2022/2023-oʻquv yilidan boshlab amaliyotga joriy etilgan boʻlib, ushbu toifadagi xotin-qizlarga jami alohida 500 ta bazaviy toʻlov-kontrakt asosidagi qoʻshimcha qabul parametrlari oliy taʼlim muassasalari kesimida ajratildi.

🗄 Ushbu toifadagi xotin-qizlar ajratilgan qabul parametrlariga tanlovlarda ishtirok etishlari uchun dastlab Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining tegishli tavsiyanomasiga ega boʻlishlari lozim.

🗄 Soʻng tavsiyanomaga ega boʻlgan xotin-qizlar uchun tanlovlar umumiy tartibda davlat oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish boʻyicha kirish imtihonlari (test sinovi, kasbiy (ijodiy) imtihon) doirasida oʻtkaziladi.

🗄 Imtihonda eng yuqori ballning kamida 30 foizini toʻplab, ammo talabalikka tavsiya etilmagan xotin-qizlar 500 ta bazaviy toʻlov-kontrakt asosidagi qoʻshimcha alohida qabul parametrlari doirasida, ballar ketma-ketligi boʻyicha tanlovda qatnashadi.

2023/2024-oʻquv yilida ham kamida 5 yil ish stajiga ega boʻlgan xotin-qizlar mazkur tartibga muvofiq kirish imtihonlari natijalariga koʻra tanlov asosida oʻqishga qabul qilinadi.

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
Ota-ona farzandini maktabga yuborishni istamasa, qanday chora koʻrish mumkin?

Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 47-modda. Bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik.

Ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Bolalarning majburiy umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi olishiga ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan toʻsqinlik qilish — bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

☝️Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Oʻqituvchi prezidentga oyligi haqida gapirib berdi

«Oilada obroʻyim oshib ketgan» – deydi Kasbi tumanida ingliz tilidan dars beruvchi Xusniya Qodirova.

Video: Oʻzbekiston 24, prezidentning Qashqadaryoga tashrifidan

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
2024/09/28 11:23:29
Back to Top
HTML Embed Code: