Telegram Web Link
Hurmatli ota-onalar!

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan zilzila paytida amal qilish lozim bo‘lgan ko‘rsatmalar taqdim etilmoqda.

Unda yer qimirlagan vaqtda bino ichida/ko’chada bo‘lganda nimalarga e’tibor qaratish kerakligi tushuntirib berilgan.

❗️Yo‘riqnomani farzandingiz bilan o‘qib chiqing va birgalikda muhokama qiling.

Unutmang, favqulodda vaziyatlar va unda o‘zingizni qanday tutishingiz lozimligi haqidagi bilimlar o‘zingiz va yaqinlaringizga asqatishi mumkin.

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
⚡️Barcha maktablarning boshlangʻich sinf oʻquvchilari bepul ovqat bilan taʼminlanadi

Prezidentning “2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi farmoni imzolandi.

Unga koʻra, 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab respublikaning barcha viloyatlari va Toshkent shahrida boshlangʻich sinf oʻquvchilarini bepul ovqat bilan taʼminlash yoʻlga qoʻyiladi

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
#Биласизми
Сизга февраль ойи учун қанча ойлик маоши ҳисобланиши керак?

☝️Буни қуйидаги телеграм бот орқали ўзингиз ҳисоблаб олишингиз мумкин.

БОТ МАНЗИЛИ:


👉 @oylik_hisoblashbot

Юқоридаги ботга кириб, START ни босинг ва сўралган амалларни бажаринг.
⚡️​​Endi maktab oʻquvchilari yoʻlaklarda nur qaytargichli jiletlarda harakatlanishi talab etilishi mumkin

Yoʻl transport hodisalarining oldini olish, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan dasturlar doirasida kunning qorongʻu qismida kelgusida maktab oʻquvchilari, veloyoʻlakda harakatlanuvchi shaxslar va piyodalar uchun nur qaytargichli jiletlardan foydalanish tartibi joriy etiladi.

Bunda maktab oʻquvchilari homiylik koʻmaklari asosida nur qaytargichli jiletlar bilan taʼminlanadi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi jamoat xavfsizligi departamenti matbuot kotibi Muzifa Sultonova OʻzAga maʼlum qilgan.

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
Pedagog xodimlarning faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda

Senatorlar tomonidan “Pedagog xodimlarning xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi Qonun ma’qullandi.

Mazkur Qonunga muvofiq Jinoyat kodeksiga pedagog xodimlarni mehnatga ma’muriy tarzda majburlaganlik uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin huddi shunday qilmishni takroran sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi norma kiritilmoqda.

Unga ko‘ra ta’lim tashkilotining pedagog xodimini mehnatga ma’muriy tarzda qayta majburlaganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yohud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi belgilanmoqda.

Shuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda pedagog xodimlarni mehnatga ma’muriy tarzda majburlaganlik, shuningdek, ularning kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi nazarda tutilmoqda.

Bundan tashqari, ta’lim tashkiloti pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga ta’lim oluvchilarning bilimini to‘g‘ri va xolis baholashiga ta’sir ko‘rsatish yoki qonunga xilof ravishda aralashish, ta’lim tashkiloti pedagog xodimining xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish uchun ham javobgarlik kuchaytirilmoqda.

Bunda Kodeksdagi sanksiyalar fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘lishi belgilanmoqda.

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
‼️Prezident maktabi kirish imtihonlarida qanday savollar beriladi

TEZKOR ‼️ Prezident maktabi🔰 imtihonlari numunasidagi eng sara matematika testlari, tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar testlari berib boriluvchi @PMTESTS kanalida imtihonlarning namunaviy testlari bo'yicha to'liq tasavvurga ega bo'ling! Kanalimiz obunachilari hozirgacha: 💠
51 ta matematika fanidan saralash imtihoni testlari
25 ta tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar testlari
bilan bilimlarini oshirib 🔑yechimlarini o'rganib (jami 1500 ga yaqin savollar📄) o'zlashtirib📈 bo'ldi.


🫵SIZCHI?

Navbatdagi 52-online matematika fanidan saralash imtihoni testi @pmtests Kanalimizda ochiq o'tkaziladi.

Bugun Mart oyining 📆3-sanasi soat 20:00da SIZ🫵ni Ochiq online testimizda kutamiz.


👋Hurmat bilan @pmtests jamoasi.😇
Pedagog xodimlarning faoliyatiga toʻsqinlik qilganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda

Xususan, pedagoglarni kasbiy faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan tadbirlarga noqonuniy jalb etish holatlari davom etayotganligi, pedagog xodimlar hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar va masalalarni hal etish uchun tuzilgan koʻplab ishchi guruhlar tarkibiga asossiz kiritilayotganligi, ulardan turli hisobot va maʼlumotlar talab etib kelinayotganligi qayd etilgan.

Shu kabi holatlarda jazo tariqasida 45 mln soʻmdan 60 mln soʻmgacha jarima belgilanmoqda. Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
🧨Ertaga abituriyentlar uchun onlayn test. Yutuqqa 600.000 qo'yilgan!

Talabalar ham qatnashishi mumkin

(😁 Agar kallada nimadir qolgan bo'lsa)

📆 Bugun, 5-mart kuni Oliygoh.uz platformasida Respublika miqyosidagi keng qamrovli navbatdagi 29-onlayn diagnostik imtihonga start beriladi.

Onlayn imtihon xuddi DTM standartida tashkil etilib, barcha fanlardan kirish imtihonlari andozasidagi 5 BLOKLI test savollari taqdim etiladi.

💰 Yutuq fondi: 600.000 so'm
📊 G'oliblar soni: 12 nafar
🔥 Imtihonda qatnashish: BEPUL

📚 BLOK TEST barcha fanlardan bo'lib o'tadi. O'zingizga mos yo'nalishni tanlang:

👉 Huquq + Ingliz tili
👉 Ingliz tili + Matematika
👉 Ingliz tili + Ona tili
👉 Kimyo + Biologiya
👉 Matematika + Ingliz tili
👉 Matematika + Ona tili
👉 Matematika + Fizika
👉 Ona tili + Ingliz tili
👉 Ona tili + Matematika
👉 Ona tili + Tarix
👉 Tarix + Geografiya
👉 Tarix + Ingliz tili
👉 Tarix + Ona tili
👉 Biologiya + Ona tili
👉 Biologiya + Kimyo
👉 Kimyo + Matematika
👉 Geografiya + Matematika
👉 Boshqa yo'nalishni tanlash


Testning afzalliklari:

DTM standartidagi savollar
Asosiy fan + majburiy fanni tanlash
Barcha fanlardan blok test
To'g'ri javoblar tahlili
Umumiy natijalar mandati
Test yakunida barchaga sertifikat
Pul yutib olish imkoni.

☝️Eng muhimi, test yakunida qaysi oliygohga kirishingiz mumkinligi haqida tahliliy ma’lumotlar beriladi.

👨🏻‍💻 Testga ro'yxatdan o'tish:
👉 Ro'yxatdan o'tish
👉 Ro'yxatdan o'tish
Tarix-namuna.pdf
1.6 MB
⚡️Tarix fanidan milliy sertifikat imtihonlari uchun namunaviy test topshiriqlari

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
Geografiya-namuna.pdf
1.2 MB
⚡️Geografiya fanidan milliy sertifikat imtihonlari uchun namunaviy test topshiriqlari

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
Dars soatlari qanday koʻrsatkichlarga koʻra taqsimlanadi?

Dars soatlari oʻqituvchilarning koʻrsatkichlariga qarab taqsimlanadi:

👉 xalqaro olimpiadalar gʻoliblarini tayyorlagan oʻqituvchilar;
👉 oʻqituvchi boʻlib ishlayotgan xalqaro olimpiadalar gʻoliblari;
👉 xalqaro sertifikatlarga ega oʻqituvchilar;
👉 TOP-1000 universitetlardan birini bitirgan oʻqituvchilar;
👉 asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi gʻoliblarini tayyorlagan oʻqituvchilar;
👉 oʻqituvchi boʻlib ishlayotgan asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi gʻoliblari;
👉 respublika bosqichidagi koʻrik tanlovlarda (yil oʻqituvchisi) sovrinli oʻrinlarga ega boʻlgan oʻqituvchilar;
👉 oliy malaka toifasiga ega oʻqituvchilar;
👉 birinchi malaka toifasiga ega oʻqituvchilar;
👉 asosiy olimpiadalarning viloyat va tuman bosqichi gʻoliblarining oʻqituvchilari;
👉 ikkinchi malaka toifaga ega oʻqituvchilar;
👉 pedagogik yoʻnalish boʻyicha magistr darajasiga ega oʻqituvchilar;
👉 oʻz fanidan oʻtkazilgan sinovlar natijasi boʻyicha aʼlo baholarga ega oʻqituvchilar;
👉 oliy maʼlumotli toifasiz oʻqituvchilar;
👉 qayta tayyorlash boʻyicha diplomga ega oʻqituvchilar;
👉 OTMning pedagogik yoʻnalish boʻyicha bitiruvchi bosqich talabalari;
👉 pedagogik yoʻnalish boʻyicha xorijiy davlatlarning oliygohlarini bitirgan, biroq diplomi tan olinmagan oʻqituvchilar;
👉 oʻrta maxsus, professional maʼlumotga ega oʻqituvchilar;
👉 umumtaʼlim muassasasining tegishli mutaxassisligi boʻyicha rahbar xodimlari.

❗️ Dars soatlari umumtaʼlim muassasasining pedagogik kengashi tomonidan qayta taqsimlanishi mumkin.

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
⚡️Vazir jamg‘armasidan ustama olishga nomzodlarni saralash jarayonlarining 2-bosqichi boshlanmoqda: manzil va sanalar bilan tanishing

Vazir jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama to‘lanadigan nomzodlarning kasbiy mahoratini baholash mezonlari maʼlum bo‘ldi.

Vazir jamg‘armasidan ustama olish uchun o‘tkaziladigan sinov jarayonlari bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda ko‘p bosqichli tanlov asosida bevosita Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilangan tartibda tashkil etilishi haqida avvalroq xabar bergandik.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi “Xalq taʼlimi vaziri jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga ko‘ra, 2022-yil dekabr oyida ushbu Jamg‘armadan har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarni saralash sinovlarining dastlabki bosqichi bo‘lib o‘tgan edi.

Birinchi bosqichda qatnashgan hamda dars beradigan umumtaʼlim fani bo‘yicha bilim darajasini baholash uchun bo‘lib o‘tgan test sinovlarida maksimal ballning 80 va undan yuqori foiz natijani qayd etgan nomzodlar ikkinchi bosqichga tavsiya etiladi.

Ikkinchi bosqichda umumtaʼlim fanini bilish darajasini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlarida maksimal ballning 80 foizi yoki undan yuqori natija ko‘rsatgan nomzodlarning kasbiy mahoratini baholash uchun suhbat o‘tkaziladi. Ushbu havola orqali kasbiy mahoratni baholash uchun suhbatni baholash Nizomi va mezonlari bilan tanishishingiz mumkin.

Kasbiy mahoratini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan suhbat natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan malakali pedagog kadrlarga joriy yilning aprel oyidan boshlab, 9 oy davomida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida (bugungi kunda 5 mln so‘m) har oylik ustama to‘lanadi.

Vazir jamg‘armasi uchun o‘tkazilgan saralash sinovlarining birinchi bosqichi natijalari bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkinligini eslatib o‘tamiz.

Suhbat jarayonlari joriy yilning 13-18-mart kunlari bo‘lib o‘tadi. Suhbat jarayonlari bo‘lib o‘tadigan manzillar bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
Oylik hisoblash @maktab_daa.xls
272.5 KB
⚡️OYLIK HISOBLASH UCHUN JADVAL

Jadval tarifikatsiya jadvali asosida tuzilgan bo‘lib yuqori aniqlikda ishlaydi.

Eslatma: sariqqa bo‘yalgan kataklarga yozing, yashilga bo‘yalgan kataklarni o‘qib chiqing va unga amal qiling.

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining pedagog stavkasi 16 soat etib belgilanishi mumkin!

2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida 2023-yilning may oyiga qadar boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining pedagog stavkasini 16 soat etib belgilash bo‘yicha taklif tayyorlash vazifasi belgilangan.
Undan tashqari, davlat dasturida umumiy oʻrta taʼlim maktablari rahbar xodimlari mehnatiga haq toʻlash sharoitlarini yaxshilash boʻyicha taklif tayyorlash vazifasi ham belgilangan.

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
III chorakning soʼnggi oʼqish kuni 18-mart (shanba) boʼladi

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 26-bandiga muvofiq, umumiy oʼrta taʼlim maktablarida bahorgi taʼtil 21-mart sanasidan boshlanib, 7 kalendar kun davom etishi belgilangan.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʼshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʼchirish toʼgʼrisida” 2022-yil 23-dekabrdagi Farmoniga muvofiq, 2023-yil 20-mart kuni – qoʼshimcha dam olish kun sifatida belgilanganligi munosabati bilan maktablarda bahorgi taʼtil 20-mart sanasidan boshlanadi hamda 26-martga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Shularni inobatga olib, umumiy oʼrta taʼlim maktablarida 18-mart (shanba) III chorakning soʼnggi oʼqish kuni boʼlib, IV chorak 27-mart sanasidan boshlanishini maʼlum qilamiz

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
⚡️Yakuniy nazorat imtihonlari oʻtkaziladigan fanlarning roʻyxati

9-sinflar uchun
:
👉 Ona tili va adabiyot (yozma, bayon)
👉
Matematika (yozma)
👉
Oʻzbek tili (taʼlim oʻzbek tilida olib borilmaydigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun)
👉
Rus tili (taʼlim rus tilida olib borilmaydigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun) (ogʻzaki)
👉
Tarix (ogʻzaki)
👉
Jismoniy tarbiya (amaliy)

11-sinflar uchun:
👉 Ona
tili va adabiyot (yozma, insho)
👉
Matematika (yozma)
👉 Oʻzbek tili (taʼlim oʻzbek tilida olib borilmaydigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun) (Taʼlim muassasasi tanlovi) (yozma va ogʻzaki)
👉
Chet tili (yozma va ogʻzaki)
👉
Oʻzbekiston tarixi (ogʻzaki)
👉 Oʻquvchining tanlovi boʻyicha (ogʻzaki)

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
BAʼZI OTA-ONALARNING O‘Z FARZANDLARI TARBIYASIDAGI O‘RNI KUNDAN KUN KAMAYIB BORAYOTGANDEK — HILOLA UMAROVA

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri ijtimoiy tarmoqlar orqali keng muhokama qilinayotgan maktab o‘qituvchisi va o‘quvchi ortasidagi ziddiyatli vaziyat yuzasidan o'z fikrini bildirdi.

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali keng muhokama qilinayotgan maktab o‘qituvchisi va o‘quvchi o‘rtasidagi ziddiyatli vaziyat hamda uning oqibatlari shu soha rahbari sifatida meni chuqur o‘yga soldi.

Xavotirim shuki, biz bugun farzandlarimizning nafaqat bilim olishi, balki tarbiyasini ham butunlay maktabga yuklab qo‘yganmiz. Baʼzi ota-onalarning o‘z farzandlari tarbiyasi va xulqi yuksalishidagi o‘rni kundan kun kamayib borayotgandek.

Taniqli jadid olimi Abdulla Avloniy “Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir” degan chaqirig‘i bilan bizni tarbiya masalalariga katta eʼtibor berishimiz zarurligidan o‘sha davrdayoq ogoh etgan.

Bugungi zamonaviy dunyoda o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabatlar erkin olib borilishi ularning o‘zaro majburiyat va masʼuliyatlaridan ozod qilmasligi zarur. O‘qituvchi bilim berish asnosida o‘z shogirdlariga do‘st, o‘quvchilar ham ustoziga katta hurmat bilan munosabatda bo‘lishlari lozim. Buyuk mutafakkir Imom G‘azzoliy “Bolaning qalbi har qanday naqshu tasvirdan xoli bir qimmatbaho gavhardir. U qanday naqsh solinsa, qabul qiladi, qayoqqa bukilsa, egiladi” deya ushbu nozik jarayonning ahamiyatini ochib bergan.

O‘qituvchilarimiz ham unutmasliklari kerakki, ular o‘zi taʼlim berayotgan o‘quvchilarning dunyoqarashi va shaxsiyati shakllanishidagi eng katta taʼsir ko‘rsatuvchi insonlardir. Ustozning har bir so‘zi, har bir harakati shogirdning xotirasida muhrlanadi va uning kelajak yo‘lini yoritishda xizmat qiladi.

Davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan o‘qituvchilarning jamiyatdagi nufuzini oshirish borasidagi katta tashabbuslar ortida ham o‘qituvchiga bo‘lgan katta eʼzoz mujassamdir. Ayni vaqtda loyihasi tayyorlanayotgan “Pedagog xodimning maqomi to‘g‘risida”gi qonunda ham o‘qituvchi huquqini himoya qilish, ularning ijtimoiy himoyasini yana-da oshirish kabi muhim hayotiy zaruratlar belgilanmoqda.

Maqsad katta va ezgu. Ustozlarimiz ham davlatimizning ushbu eʼtiborini yurakdan his qilgan holda, o‘quvchilarga nafaqat bilim berish, balki ularning yuksak tarbiyali va go‘zal xulqli insonlar bo‘lib yetishishlarida g‘amxo‘rlik qilishlari maqsadga muvofiqdir. Bunda shaxsiy namuna eng taʼsirchan choralardan biridir.

Hurmatli ota-onalarimiz ham farzandlarining maʼnaviy yetuk bo‘lib kamol topishlarida o‘z burchlarini unutmasliklarini, ko‘z qorachig‘imizdek asrab kelayotgan bolalarimiz kelajagi uchun o‘qituvchilar bilan doimiy hamkorlik qilib borishlarini istaymiz.

Zero, bolaga bugun berilgan bir hikmat yoki tarbiya ertaga kelajak binosiga ming g‘isht bo‘lib qo‘yiladi.

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q
"Миллий" телеканалида Тошкент шаҳридаги 152-мактаб ўқитувчиси ўқувчилардан бирини калтаклагани ҳақида кўрсатув тайёрлади. (Видео ушбу линкда)

Мактаб ўқувчисига қўл кўтарган ўқитувчи аёл воқеага нималар сабаб бўлганини очиқлади. Ўқитувчининг самимийлигига заррача шубҳа қилмаганим учун унинг сўзларини тарқатаяпман. Хулоса чиқариш сиздан…

“Ассалому алайкум, халқим! Мен шу видеороликдаги ўқитувчиман. Биология фанидан дарс бераман, 20 йиллик стажига эгаман. Олий тоифалиман. Магистратурани ҳам ўқиб битирганман.

Видеоролик ҳакида ҳар фикрларни ўқидим, ижобий ҳам, салбий ҳам. Хар бир инсоннинг ўз фикри бор. Лекин асл ҳолатни ўзимдан эшитсангиз дегандим. “Миллар” кўрсатуви бошловчиси, сиз ҳам ўқинг ва кейинги сафар бирор воқеани ёритаетганингизда, тарқатган видеоролик бўйича эмас, воқеанинг ҳақиқатда қандай бўлганлиги тўғрисидаги суриштирувни олиб боришингизни маслаҳат берар эдим.

Видеороликда ўзим тан оламан, ўта қуюшқондан чиқиб кетганим кўринган. Лекин бу видео тўлиқ видео эмас, провокацион моментлар қирқиб ташланган. Энг асосийси — бу уюштирилган.

Ким уюштирган, нима учун уюштирган, деган саволларга жавоб бераман.

Мактаб директори Мавлянова Марзия Даврановна 30 йилдан кўпроқ шу мактабда фаолият олиб боради. 30 йил директор бўлгандан кейин, таьлимда ишлайдиганлар билади, ҳеч кимдан ва ҳеч нарсадан қўрқмайди. Шу мактабдаги 5 йиллик фаолиятим натижсида ноқонуний пул йиғимларига қарши турдим.

Мактаб штат бирлигида турадиган қоровулни ота-оналарга қўриқлаш хизматидан "охрана" деб таништириб, бола бошига 30 минг сўмдан пул йигиб олар эди (мактабда 3 мингга яқин ўқувчи ўқийди, йиғиладган суммани тасаввур қилинг)

Бечора ўқитувчи ўз меҳнати учун бериладиган устаманинг ҳам ярмини директорга "доля" сифатида қайтариб беришди керак. Синф ўқувчиларидан (шароити оғирми, енгилми, фарки йўқ) фонд йиғиб бермасангиз, мендек ёки тузоққа тушасиз, ёки босим остида қоласиз. Ўқитувчи халқи нимаяи дейди, “майли, олақолсин, дарсини берсин, тирикчилигимни қилай”, дейди.

Менинг айбим — шу ноқонуний йиғимларни йиғишга қарши бўлганим. Ўтган ўқув йилида бир устознинг шикоят хати кетидан мактабни прокуратура текширди. 40-50 млн сўм камомад чиқди. Шу текширув пайтида пул йиғимларини ҳақиқатда йиғилишини тасдиқлаб берганим учун директор кун бермай қўйди, десам хам булади. Ҳаттоки, ички ишларидан ҳимоя ордери ҳам олишга мажбур бўлдим. Очиқдан-очиқ “ишдан бўша, аризангни ёз”, дея турткилайверди. Аризамни ўзим ёзмаганим учун шунақа тузоқлар қўйишини бошлади. Бу видеоролик ҳам шунақа тузоқлардан биттаси.

Мактабда ишлайдиганлар билади, камеранинг “доступи” фақат директорнинг хонасида бўлади. Видеони ҳам унинг ўзи тарқатди. Ҳаттоки ўқувчининг онасини чақириб, “боламнинг ўзида айб экан, ёмон сўкибди устозни, китоб дафтари ҳам йўқ экан”, дейишига қарамасдан, мажбурлаб ариза ёздирибди.
Бугун судда ойиси йиғлаб кечирим сўради.

Халқим, бугун қалбим қон йиғламокда. Ўзим севган касбдан мажбурлаб бугун ариза ёздиришди. “Тепадагилар” куймаетганмиш.

Ҳурматли “тепадагилар”, сизларга бир инсонни тақдирини ҳал қилиш шунчалар осонми? Суриштирай ҳайдаб юбориш шунчалик осонми? Сизга тўғрисуз ўқитувчилар керакмасми? Унда битта таклиф, пединститутларга “ялокилик килиш техникаси ва унинг фойдалари” деган фанни қўшинглар, токи келажакдаги ёш авлод мендек кийналиб юрмасин, мендек бечора бўлиб қолмасин!

Мен бугун йиғлаб ўзимга қасам бердим, бошқа ўқитувчилик қилмайман, ортиқ ўқитувчилик қилмайман... Майли, оч қолай, майли бечора бўлай, ортиқ ўқитувчилик қилганим бўлсин!

Замон зўрники экан. Бу гапларни ёзишимдан мақсадим — кимнингдир раҳмини келтириш ҳам эмас, қалбимдан портлаб чиқаётган туйғуларимнинг миллиондан бирини етказишга ҳаракат қилдим.

Шу хабарни имкон даражада кўпроқ тарқатинг, кўпроқ одам ўқисин. Токи, фикрлар ўзгарса, токи келгуси ҳаетимизда ўқитувчига нисбатан қарашлар янаям ўзгарса.

Халқим, сизнинг фарзандларингизни севиб қолувчи, Яшнобод туманидаги 152-мактабнинг собиқ ўқитувчиси Гулчеҳра Мамажонова”.
Uyda berilmagan tarbiyani maktabda berishga to'g'ri kelayabdi.
Tarbiyalab bering deyishadi ishni boshlaganingda ishdan olishadi.
Kamiga qutirgan itdek tashlanishadi.
Tushunmadim tarbiya qilaylikmi yoki ilm beraylikmi? Balki ommaviy ishdan bo'sharmiz?!
Ishdan olsangiz ham kunimiz o'tadi mutasaddilar!!!

Hamma ayb biz ustozlarning o'zida.
Agar qaysidir ustozni ishdan olishsa jim turaveramiz. Unutmang bugun kasbdoshingiz nohaq jazolanganida jim turganingiz uchun ertaga sizning navbatingizda ham jim turishadi.
Yashnobod tumanidagi 152-maktabning sobiq o'qituvchisi Gulchehra Mamajonova ishga tiklanishi va shu maktab direktori ishdan olinishi uchun ovoz berasizmi?
Anonymous Poll
80%
Ha ovoz beraman
9%
Yo'q
11%
Menga farqi yo'q
2024/09/28 13:29:51
Back to Top
HTML Embed Code: