Telegram Web Link
3-tur - yakuniy natijalari.pdf
312.1 KB
#DIQQAT!

Xabaringiz bor, ushbu tanlovning uchinchi turi kecha 24-mart kuni bo'lib o'tdi. Umumiy natijalarga ko'ra, quyidagi 54 nafar talabalar uchinchi turdan muvaffaqiyatli o'tishdi🔥.

Asilbek Xursanov - Uchinchi turning eng bilimdon talabasiga aylanishdi🎉.

Tanlovning to'rtinchi (yakuniy) turi 27-mart (Payshanba) kuni soat 20:00 da boshlanadi. Talabalar berilgan testlarga javob berib, 20:20 ga qadar belgilangan manzilga yuborishlari talab qilinadi. Belgilangan vaqtdan kech yuborilgan va tahrirlangan javoblar avtomatik qabul qilinmaydi, hech qanday bahona yoki sabablar inobatga olinmaydi.

To'rtinchi tur uchun test savollari yangi tahrirda qabul qilingan Mehnat kodeksining 432-581-moddalari asosida shakllantiriladi.

Tavsiya va takliflar mavjud bo'lsa, @mehnat_huquqi_olimpiada ga murojaat qiling.

Bizni kuzatishda davom eting👇:
@mehnathuquqi
Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan intizomiy jazolarni muddatidan oldin olib tashlaymiz! Buyruq matni ilova qilinadi!

#savolimbor Ассалому алайкум хайирли кун устозлар саволим шундаки ходим 2024 й майда хайфсан ва октябрда 30 фоиз интизомий жазолар олган , рамазон хайити муносабати бн илтимоснома ёзган буйрукда кайси жазони курсатиб ечилади ? Олдиндан рахмат.

Har ikki ya’ni 2024-yil may va oktyabrdagi intizomiy jazolarni olib tashlaysiz!

Agar faqat bittasini olib tashlasangiz, xodimda bitta jazoda amalda bo’lib qoladi va MK 299-moddasi 5-qismiga ko’ra, intizomiy jazoning amal qilish muddati ichida xodimga nisbatan rag‘batlantirish choralari, shu jumladan mehnatga haq to‘lash tizimiga kirmaydigan va mehnat natijalariga asoslanmagan mukofotlar ham (bayramlar, shu jumladan kasb bayramlari, yubileylar munosabati bilan va hokazolar) qo‘llanilmaydi.

Agar xodimga bayram mukofoti bermoqchi bo'lsangiz, u holda intizomiy jazolarni olib tashlang❗️MK 315-moddasi 3-qismiga ko'ra, ish beruvchi intizomiy jazoni istalgan vaqtda olib tashlashga haqli. Intizomiy jazoni muddatidan oldin olib tashlash ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.

Shuning uchun, xodimni Ramazon hayiti bilan mukofotlamoqchi bo’lsangiz, har ikki jazoni olib tashlang! Buyruqni quyidagi mazmunda tayyorlashingiz mumkin:

B U Y R U Q

2025-y. "25" mart ____-son Toshkent shahri.


Intizomiy jazoni muddatidan
oldin olib tashlash haqida


Kirib kelayotgan Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan bayramni ko‘tarinki ruhda o‘tkazish, xodimlarni qo‘llab-quvvatlash, bu orqali tashkilotdagi mehnat muhitini yanada yaxshilash maqsadida, buyuraman:

1. Jabborov Sanjar Elbek o‘g‘li – “Shodlik baraka” mas’uliyati cheklangan jamiyati Buxgalteriya bo‘limi 1-tofali mutaxassisiga 2024-yil 6-maydagi 15-sht-sonli buyruq bilan qo‘llanilgan intizomiy jarima hamda 2024-yil 10-oktyabrdagi 21-sht-sonli buyruq bilan qo‘llanilgan hayfsan jazolari amal qilish muddati xodimning ushbu intizomiy jazolardan kerakli xulosa chiqarganligi va faoliyatida ijobiy natijalarga erisha boshlaganligi munosabati bilan 2025-yil 25-mart sanasidan muddatidan oldin olib tashlansin.

2. Mazkur buyruqning bir nusxasi kelgusi rag‘batlantirish va mukofotlash to‘lovlariga oid hisob-kitoblarda e’tiborga olish uchun buxgalteriyaga taqdim etilsin.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 315-moddasi va xodimning iltimosnomasi (yoki ish beruvchining tashabbusi, yoxud kasaba uyushmasi qo‘mitasi iltimosnomasi, yo bo‘lmasam, xodimga bevosita rahbarlik qiluvchining iltimosnomasi ham asos bo‘lishi mumkin).

❗️Hurmatli, rahbarlar! Bayram bayramdek o'tsin! Intizomiy jazodan kerakli xulosa chiqargan xodimlarni intizomiy jazosini olib tashlanglar!

❗️Ha, yana bir gap👉 Intizomiy jazoni olib tashlash uchun, xodim qandaydir jasorat yoki karomat ko'rsatishi shart emas. Ish beruvchi intizomiy jazosi bor istalgan xodimning jazosini bir yil o‘tguniga qadar muddatidan oldin, istalgan vaqtda olib tashlash huquqiga ega.

Mavzuga aloqador postlarimiz: https://www.tg-me.com/mehnathuquqi/9397

Batafsil👉 https://www.tg-me.com/mehnathuquqi/8470

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
#savolimbor
Assalomu alaykum. Bir savolim bor edi javob uchun oldindan rahmat. Xodim mehnat ta’tiliga chiqqandan so‘ng mehnat ta’tilining o‘rtasida kasallik varakasiga chiqqanligini eshitib qoldim. Biroq xodim tomonidan kasallik varaqasiga chiqqanligini bizga ma’lum qilgani yuk. Mazkur holatda mehnat ta’tilini xodim ariza bilan murojaat qilmasa ham ta’til muddatini uzaytiramanmi?


Javob
Mehnat kodeksining 229-moddasiga asosan, xodimlar vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrida har yilgi mehnat ta’tilini uzaytirish yoki boshqa muddatga ko‘chirish huquqiga ega. Mehnat ta’tili xodimning sog‘lig‘ini tiklash, dam olish va mehnat qobiliyatini qayta tiklash uchun beriladi. Agar xodim ta’til davomida kasal bo‘lsa, bu dam olish imkoniyatini cheklaydi. Shuning uchun kasallik tufayli foydalanilmay qolgan ta’til kunlari “kuyib ketmasligi” uchun bu norma kiritilgan.

Xodim har yilgi mehnat ta’tilidan foydalanishga to‘sqinlik qiladigan, yuzaga kelgan sabablar to‘g‘risida ish beruvchini yozma shaklda xabardor qilishi shart. Yozma bildirishnoma ish beruvchiga xodimning yo‘qligi sababli ish jarayonida bo‘ladigan o‘zgarishlarga oldindan tayyorgarlik ko‘rishga yordam beradi. Xodimning ta’tili yoki kasallik davri uzaytirilishi kerak bo‘lsa, ish beruvchi mehnat resurslarini boshqarishda aniq reja tuzadi.

Prezidentning 2023 yil 28 fevraldagi PF-27-son Farmoniga muvofiq, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari ma’lumotnomalari elektron shaklga o’tkazildi. Muammo shundaki, xodimingiz vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlikka chiqqan bo‘lsa u tizimda ko‘rinadi. Natijada siz o‘sha davr uchun xodimga Vazirlar Mahkamasining 31.05.2024 yildagi 314-son qarori asosida nafaqa to‘lashingiz kerak bo‘ladi.

Agar xodimning mehnat ta’tili o‘rtasida unda kasalligi sababli vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik holati kelib chiqqan bo‘lsa quyidagicha ish tutishni maslahat beramiz. Avvalo, xodim bilan bog‘lanib, vaziyatdan xabaringiz borligini ayting. O‘sha xodimga “har yilgi mehnat ta’tilidan foydalanishga to‘sqinlik qiladigan, yuzaga kelgan sabablar to‘g‘risida ish beruvchini yozma shaklda xabardor qilishi shart”ligi haqidagi majburiyatini eslating.

Xodim Mehnat kodeksining 22-moddasiga asosan, xodim mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etish shart. Mazkur vaziyatda o‘zaro hamkorlik va bir-birini tushunish muhim sanaladi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, sizning holatingizda muammoning ishchi tartibda hal etilishi maqsadga muvofiqdir.

📚 Paket hujjatlar (ishdan bo'shatish haqida) 
📓Hujjatlar to'plami 1-qism bu yerda
📕Hujjatlar to'plami 2-qism bu yerda

🛒 Murojaat qiling: @miryoqubraximov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Эксперт_шарҳи

Мурожаат:
Ҳозирда туман ҳокимлигида ишлайман. Хорижий тилдан миллий сертификатим бор. Ушбу сертификатим учун менга устама тўланадими?

Тошкент давлат юридик университети катта ўқитувчиси, эксперт Муҳаммадамин Каримжонов ушбу мурожаатга батафсил жавоб беради.

Расмий саҳифаларимиз
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|Murojaat
#carfreeday_uzbekistan

🚘 Ertaga navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi bo‘lib o‘tadi❗️

Tadbir har oyning to‘rtinchi chorshanba kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida avtotransport vositalaridan atmosferaga chiqayotgan zararli chiqindilarning salbiy ta’sirini kamaytirish, shaharlarda shovqin darajasini pasaytirish va atrof-muhit muhofazasini yaxshilash maqsadida o‘tkaziladi.


🚘 “Avtomobilsiz kun” ommaviy aksiyasiga siz ham qo‘shiling!

🚌 Aksiya munosabati bilan davlat idoralari rahbarlari va xodimlariga shaxsiy transport vositalaridan voz kechish va jamoat transporti, velosiped hamda atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan transport turlaridan foydalanish tavsiya qilinadi.

#shaxsiynamunakursat https://www.tg-me.com/mehnathuquqi/3603
#carfreeday_uzbekistan
#avtomobilsizbirkun
#avtomobilsiz_kun
#test Bola parvarishi bo‘yicha nafaqa parvarish qilinayotgan bolalar sonidan va nafaqa oluvchi shaxsning mehnat stajidan qat’i nazar, har oyda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining ... foizi miqdorida to‘lanadi.
Anonymous Quiz
28%
50
20%
60
30%
70,3
22%
75
#xushxabar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.03.2025 yildagi PF-51-son “Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoniga 2-ilova 18-bandiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 823-son qaroriga 1-ilovaning 29-bandida:
a) birinchi xatboshidagi “50” raqami “75” raqami bilan almashtirilsin;
b) quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to’ldirilsin:
“Bunda mukofotlash davrida mukofot miqdori Jamg’armani amaldagi moliyaviy holatidan kelib chiqib, uning mavjud mablag’lari doirasida belgilanadi”.

❗️18-band 2025-yil 1-sentyabrdan boshlab kuchga kiradi https://www.lex.uz/uz/pdfs/7438953

Xullas, sodda qilib aytganda, umumta’lim muassasalari xodimlari, shu jumladan rahbar xodimlari 2025-yil 1-oktabrda "O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 75 foizigacha miqdorida mukofotlanishi mumkin. Ya'ni 2025-yil 1-oktabrda 577 ming 500 so‘mgacha emas, balki 866 ming 250 so‘mgacha miqdorida mukofot puli beriladi! Agar 2025-yil 1-oktabrgacha mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori oshsa, mukofot puli miqdori ham oshadi.

Hozirda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — oyiga 1 155 000 so‘m. Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 12.08.2024 yildagi PF-108-son https://lex.uz/uz/docs/-7059431

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar mehnat shartnomasi asosida ishlashi mumkinmi

#savolimbor Ассалому алейкум Яхшимисиз.узини узи банд килган фукароларни МЧЖда ишга кабул килсак буладими ноконуний хисобланмайдими?

O‘zbekiston Respublikasining 20.10.2020 yildagi O‘RQ-642-son “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonuni 35-moddasi 4-qismiga ko‘ra, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar sifatida ro‘yxatga olingan shaxslar o‘z faoliyatida yollanma xodimlar mehnatidan foydalanishga, shuningdek ish beruvchiga ega bo‘lishga haqli emas. Ushbu talablarga rioya etilmagan taqdirda, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar maqomini yo‘qotadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 8 iyundagi PQ-4742-son “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori 3-bandi 4-xatboshisida o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar yollanma ishchilarni jalb qila olmasligi hamda ish beruvchiga ega bo‘la olmasligi to‘g‘risidagi talab saqlanib qolishi belgilangan.

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 dekabrdagi 806-son qaroriga 1-ilova “O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida faoliyatni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida” Nizomning 5-bandida o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar o‘z faoliyatida yollanma xodimlar mehnatidan foydalanishga hamda tadbirkorlik subyektlariga yollangan xodim sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirishga haqli emasligi belgilangan.

Yuqoridagi normalardan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar ish beruvchiga ega bo‘lishga haqli emasdek degan tasavvur uyg’onadi! Lekin, unday emas.

Aslida o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar aynan o‘z faoliyatida yollanma xodimlar mehnatidan foydalanishga, shuningdek ish beruvchiga ega bo‘lishga haqli emas.


O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar boshqa faoliyat turlarida bemalol mehnat shartnomasi asosida ishlashi mumkin! Soddaroq qilib, misol bilan tushuntiraman. O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida “hamshiralik ishi” faoliyatini amalga oshiruvchi shaxs davlat yoki nodavlat tibbiyot tashkilotida hamshira sifatida mehnat shartnomasi asosida ishlay olmaydi (Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 578-son qaroriga ilova “O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida “hamshiralik ishi” faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga ham qarang). Lekin hamshira boshqa kasblarda (hamshiralikdan tashqari) mehnat shartnomasi asosida ishlay oladi.

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
Joriy yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 30-mart – yakshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lumot uchun qabul qilinib, mamlakatimizda 2025-yil 30-mart kuni Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nishonlansin.

Asos:O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Muborak Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida"gi qarori.

Ramazon hayitining 1-kuni 30-mart – yakshanba kuniga to’g’ri kelganligi sababli, ish haftasining turidan qat’i nazar barcha xodimlar uchun 31-mart  –  dushanba ham dam olish kuni bo’ladi. Chunki, MK 208-moddasiga ko’ra, dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga to‘g‘ri kelgan taqdirda, dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chiriladi. Bunda ishlab chiqarish-texnik va tashkiliy sharoitlar (mavjud uzluksiz ishlab chiqarish, aholiga har kuni xizmat ko‘rsatish, navbatchilik asosida ishlash va boshqalar) tufayli ishlanmaydigan bayram kunlari to‘xtatib qo‘yish mumkin bo‘lmagan ishlarni bajarishda dam olish kunlari ko‘chirilmaydi.

❗️Demak, Ramazon hayitida 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar ketma-ket 3 kun dam olishadi:

1️⃣. 29-mart– shanba.
2️⃣. 30-mart – yakshanba.
3️⃣. 31-mart – dushanba.

6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar esa ketma-ket 2 kun dam olishadi:

1️⃣. 30-mart – yakshanba.
2️⃣. 31-mart – dushanba.

Mehnat qonunchiligi bo'yicha savollar yuzasidan ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
#test Pensioner vafot etgan taqdirda uning oilasiga yoki pensionerning dafn marosimini o‘tkazgan shaxsga ... miqdorida dafn etish nafaqasi to‘lanadi.
Anonymous Quiz
37%
bazaviy hisoblash miqdorining 4 barobari
27%
pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 4 barobari
27%
mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 4 barobari
9%
minimal iste’mol xarajatlarining 4 barobari
#savolimbor Здравствуйте дорогие наставники и коллеги. Завтра пятница 28 марта для 5-дневок сокращенный день на 1 час или полный рабочий день?

https://www.tg-me.com/mehnathuquqi audio javobi

Batafsil:https://www.tg-me.com/mehnathuquqi/9329

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
#DIQQAT!

Bugun ushbu tanlovning to'rtinchi (yakuniy) turi bo'lib o'tadi.

Tanlovimizning to'rtinchi turi bugun (27-mart - Payshanba) kuni soat 20:00 da boshlanadi. Talabalar pdf shaklda kanalga yuborilgan testlarga javob berib, 20:20 ga qadar belgilangan manzilga yuborishlari talab qilinadi. Belgilangan vaqtdan kech yuborilgan va tahrirlangan javoblar avtomatik qabul qilinmaydi, hech qanday bahona yoki sabablar inobatga olinmaydi.

To'rtinchi tur uchun test savollari yangi tahrirda qabul qilingan Mehnat kodeksining 432-581 moddalari asosida shakllantiriladi.

Quyidagi namuna asosida javoblarni @Mehnat_huquqi_olimpiada ga yuborishingizni so'raymiz:
Aliyev Azizbek Anvarjon o'g'li, Toshkent davlat yuridik universiteti, 4-kurs, +99890 900 00 00
Javoblar: 1A 2B 3C 4D...


Tavsiya va takliflar mavjud bo'lsa, @mehnat_huquqi_olimpiada ga murojaat qiling.

Bizni kuzatishda davom eting👇:
@mehnathuquqi
Forwarded from YURISTKADR
Айни пайтда Олий судда “Меҳнат муносабатлари: қонунчилик назарияси ва суд амалиёти” мавзусида жуда муҳим  конференция бўлиб ўтмоқда.

Бу конференцияда бугунги меҳнат ҳуқуқи соҳасида юзага келаётган муаммолар, меҳнат низоларини ҳал этишда меҳнат қонунчилигини тўғри қўллаш, ягона суд амалиётига эришиш ҳамда меҳнат низоларини судгача ҳал қилишнинг самарали ечимлари ҳақида гаплашилади.

Тадбирда Олий суд, Бош прокуратура, Адвокатлар палатаси, Олий Мажлиснинг Инсон ҳуқуқлари бўйича вакили (Омбудсман), Бандлик вазирлиги, Касаба уюшмалари федерацияси каби ташкилотлардан ҳамда йирик тегишли вазирлик ва идоралардан раҳбар ва масъул ходимлар иштирок этмоқда.

Бундан ташқари, меҳнат ҳуқуқи бўйича мутахассис ва экспертлар ҳамда жамоатчилик вакиллари ҳам конференцияга таклиф этилган. Жумладан, биз ҳам шу ерда.

👉@yuristkadr
Mehnat huquqi
Photo
Fuqarolik ishlari bo'yicha sudlarda ko'rilayotgan har 40 ta ishdan biri ya'ni 2.5% ishlar mehnat nizolari bilan bog'liq.
#savolimbor Ассалому алейкум, кискаришга тушиб бушатилган ходимни аввалги ишига эмас, унга тенг бошка лавозимга ишга тикласак буладими, чунки аввалги иши йукку, кискариб кетган?

https://www.tg-me.com/mehnathuquqi javobi

❗️MK 561-moddasi 1-qismiga ko’ra, mehnat shartnomasi qonuniy asossiz bekor qilingan, g‘ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o‘tkazilgan, mehnat shartlari o‘zgartirilgan yoxud ishdan chetlashtirilgan hollarda yakka tartibdagi mehnat nizosini ko‘rib chiquvchi organ xodimni avvalgi ishiga tiklaydi, shuningdek avvalgi mehnat shartlarini tiklaydi.

❗️O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 20.11.2023 yildagi 26-son qarorining 62-bandida ham mehnat shartnomasi qonunga xilof ravishda bekor qilinganda xodim avvalgi ishiga tiklanishi shartligi belgilangan.

⚠️ Demak, yuqoridagilardan xulosa qilsak, xodim avvalgi ishiga tiklanishi shart ekan. Avvalgi ishi qisqarib ketgan bo’lsachi? U holda shtat jadvaliga o’zgarish kiritiladi, xodim avvalgi ishiga tiklanadi va qisqarish jarayoni yana qaytadan boshlanadi.

❗️Istisno MK 561-moddasi 4-qismida belgilangan. Unga ko’ra, g‘ayriqonuniy ravishda hukm qilinganligi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan yoxud g‘ayriqonuniy ravishda jinoiy javobgarlikka tortilganligi munosabati bilan ishdan (lavozimidan) chetlashtirilgan xodimga avvalgi ishi (lavozimi) berilishi kerak, agar buning imkoni bo‘lmasa (tashkilotning (uning alohida bo‘linmasining) tugatilishi, qisqartirishga olib kelgan shtatlar o‘zgarishi yoki ishiga (lavozimiga) tiklanishiga to‘sqinlik qiluvchi qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda), avvalgisiga teng boshqa ish (lavozim) berilishi kerak.

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida “Mеhnat munosabatlari: qonunchilik nazariyasi va sud amaliyoti” mavzusidagi konfеrеnsiyada Mehnat huquqi kanali ma'murlari, Mehnat huquqi kafedrasi professor-o'qituvchilari Miryoqub Raximov va Muhammadamin Karimjonovlar mehnat qonunchiligidagi muammolar va ularni yechimi yuzasidan ma'ruza hamda o'z takliflari bilan ishtirok etishdi.

Konferensiya o'ta qizg'in va munozaralarga boy o'tdi. Qonunchilik rivojiga hissa qo'shadigan mana shunday uchrashuvlarni ko'paytirish lozim.
#savolimbor Assalomu alaykum, Muhammadamin aka. Ramazon hayiti 30-mart yakshanbaga to'g'ri keldi. Shunda 30-mart mehnat ta’tillarining davomiyligini belgilashda hisobga olinadimi yoki yo'qmi?

https://www.tg-me.com/mehnathuquqi audio javobi

Batafsil:https://www.tg-me.com/mehnathuquqi/9329

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
2025/04/06 19:33:26
Back to Top
HTML Embed Code: