Telegram Web Link
Yangi mavzu: ingliz tilida sanaladigan otlar (countable nouns)

@learnenglish_uz
Yangi mavzu: ingliz tilida sanaladigan otlar (countable nouns)

100 ta misol

@learnenglish_uz
Yangi mavzu: ingliz tilida sanalmaydigan otlar (uncountable nouns): misollar

@learnenglish_uz
Yangi mavzu: ingliz tilida sanalmaydigan otlar (uncountable nouns): misollar

@learnenglish_uz
Yangi mavzu: ingliz tilida sanaladigan va sanalmaydigan otlar (countable and uncountable nouns) — Farqlang

@learnenglish_uz
Yangi mavzu: ingliz tilida sanaladigan va sanalmaydigan otlar (countable and uncountable nouns) — Farqlang

@learnenglish_uz
Yangi mavzu: ingliz tilida sanaladigan va sanalmaydigan otlar (countable and uncountable nouns) — misollar

@learnenglish_uz
Yangi mavzu: ingliz tilida sanaladigan va sanalmaydigan otlar (countable and uncountable nouns) — mashq

@learnenglish_uz
Yangi mavzu: ingliz tilida sanaladigan va sanalmaydigan otlar (countable and uncountable nouns) — mashqni bajarib ko‘ring

@learnenglish_uz
Yangi mavzu: ingliz tilida sanaladigan va sanalmaydigan otlar (countable and uncountable nouns) — mashqni bajarib ko‘ring

@learnenglish_uz
📖 Sanaladigan va sanalmaydigan otlar (Countable and Uncountable nouns)

💡 Quyidagi otlar ingliz tilida sanalmaydigan otlar hisoblanadi. Qavs ichida bu otlarning sanaladigan jufti berilgan.
accomodation (a flat) - turar joy
scenery (a view) - manzara
information - ma'lumot
baggage - yuk
travel (a journey, a trip) - sayohat
news - yangilik, xabar
bread - non
weather - ob-havo
progress - rivoj, olg'a siljish
furniture (a chair) - mebel
advice (a suggestion) - maslahat
traffic (a car) - qatnov
luggage - bagaj, safar yuki
behaviour - xulq-atvor
trouble (a problem) - tashvish
permission - ruxsat
chaos - tartibsizlik
work (a job) - ish

🔹️ Don't trouble trouble, until trouble troubles you. (Tashvish sizni tashvishga solmaguncha, siz uni tashvishga solmang)

💡 Yuqorida sanalmaydigan otlardan keyin ularning sanaladigan jufti qavs ichida berilgan. Nutqda ishlatilganda ularni bir-biri bilan ma'noni o'zgartirmasdan almashtirib ishlatish mumkin, lekin grammatik qoidalarga (noaniq artikl, ko'plik) amal qilish lozim. Masalan, traffic so'zi sanalmaydigan ot hisoblanadi va ko'plikda ishlatila olmaydi. Uning o'rnini bosadigan a car so'zi esa ko'plikda ishlatilishi mumkin.
🔹️ There is a lot of traffic in the streets. (traffics emas)
🔹️There are a lot of cars in the streets.
🔹️ Please, give me some advice. (an advice emas)
🔹️Please, give me a suggestion.

💡Yuqoridagi sanalmaydigan otlar oldidan noaniq artikl (a/an) qoʻyib boʻlmaydi va ularning koʻplik shakli yoʻq. Masalan:
🔹️He gave me a good advice. (notoʻg'ri - sanalmaydigan ot oldidan noaniq artikl qo'llanilgan )
🔹️He gave me some advices. (notoʻg'ri - sanalmaydigan ot ko'plikda qo'llanilgan)
🔹️He gave me some good advice. (toʻg'ri)

💡 Qoʻshimcha tarzda yana quyidagi sanalmaydigan otlarni keltirish mumkin:
clothing - kiyim-kechak
jewellery - zargarlik
lightning - chaqmoq
meat - goʻsht
money - pul
rubbish - axlat, chiqindi
shopping - bozor-oʻchar
soap - sovun
thunder - momoqaldiroq
toast - qizdirilgan non
equipment - uskuna

💡 Ingliz tilida money- pul sanalmaydigan ot ekanligidan deyarli hamma talabalar ajablanishadi. Pul bu yerda umumiy tushuncha sifatida qoʻllanilganini, biz sanaydigan pullar aslida qog'oz banknotalar (a banknote) ekanini tushunib olish kerak.
🔹️ Money is not everything.
💡 news soʻzi birlikdagi ot hisoblanadi va birlikdagi fe'l bilan qoʻllaniladi.
🔹️No news is good news. (Xabar yoʻqligining oʻzi yaxshi xabar)

💡 Yuqoridagi qoidalardan umumiy xulosalar chiqaramiz:
💡 Sanaladigan birlikdagi otlar umumiy ma'noda har doim a/an artikli bilan qoʻllanishi lozim.
🔹️I have got a dog and a cat.
🔹️A dog is an animal.
💡Sanalmaydigan otlar oldidan umumiy ma'noda hech qanday artikl qoʻllanmaydi.
🔹️✖️Milk is white.
🔹️I hate ✖️violence.
💡 Koʻplikdagi sanaladigan otlar oldidan umumiy ma'noda hech qanday artikl qoʻllanilmaydi.
🔹️✖️Dogs are animals.
🔹️All cars have ✖️wheels.

💡 Otlarning umumiy ma'nosi deyilganda, otlarning aniq biri yoki aniq bir miqdori nazarda tutilmasdan, ular haqida umumiy fikr yuritilgan holatga yoki ma'nosiga aytiladi. Masalan:
🔹️A car is a useful means of transport. (a car - xohlagan bir avtomobil)
🔹️Cars have wheels. (Cars - hamma avtomobillar)
💡sugar - shakar (umuman shirin modda sifatida tushinilganda)
🔹️I don't like sugar. (Men shakarni yoqtirmayman.)
🔹️Sugar is imported into our country. (Shakar bizning davlatga import qilinadi.)

​​​​​ @learnenglish_uz
Yangi mavzu: ingliz tilida sanaladigan va sanalmaydigan otlar (countable and uncountable nouns) — mashqni bajarib ko‘ring

@learnenglish_uz
Yangi mavzu: ingliz tilida sanaladigan va sanalmaydigan otlar (countable and uncountable nouns) — mashqni bajarib ko‘ring

@learnenglish_uz
📌 Ingliz tilida sanaladigan va sanalmaydigan otlar

✉️ Hair – soch ma’nosida sanalmaydi. Soch tolasi ma’nosida sanaladi:
There is a hair in my soup.
(Sho’rvamda bir tola soch bor ekan)


✉️ Experience – tajriba ma’nosida sanalmaydi. Sarguzasht ma’nosida sanaladi:
We had many experiences (=adventures) during our journey.
(Sayohatimiz davomida biz ko’p sarguzashtlar orttirdik)


✉️ Paper – qog’oz ma’nosida sanalmaydi. Gazeta, document ma’nosida sanaladi.
I have read these papers.
(Men bu gazetalarni o’qiganman)


✉️ Fish – baliqdan tayyorlangan ovqat ma’nosida sanalmaydi. Baliq ma’nosida sanaladi.
There are a lot of fish in the aquarium.
(Akvariumda ko’p baliqlar bor ekan)

✉️ Glass – shisha ma’nosida sanalmaydi. Stakan ma’nosida sanaladi.
I drink a glass of water every morning.
(Men har tong bir stakan suv ichaman)

✉️ Wood – yog’och ma’nosida sanalmaydi. O’rmoncha ma’nosida sanaladi.
There are many woods in Russia.
(Rossiyada ko’p o’rmonchalar bor)


Ushbu qoidani yod oling!

@learnenglish_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Learn English through Story
💿 The Best Violinist

This is a great audio story for you to learn English and improve your listening skill and your vocabulary.

@learnenglish_uz
🔥 ​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​Countable and uncountable nouns - Sanaladigan va sanalmaydigan otlar

Ingliz tilida ham o’zbek tilidagi kabi Count and Noncount Nouns (sanaladigan va sanalmaydigan) otlar mavjud:

Count noun – bir, ikki uch… deb sanalishi mumkin bo’lgan otlar hisoblanadi.
one apple — two apples (bitta olma - ikkita olma)
one cucumber — seven cucumbers (bitta bodring, yettita bodring)
one girl — four girls (bir qiz, to'rt qiz)
one table — three tables (bitta stol, uch stol)
a book - 3 books
a cat - 5 cats …


Noncount noun – bir, ikki , uch … deb sanash mumkin bo’lmagan otlar hisoblanadi.
Water, oil, air
va hokazo

Countable - sanasa bo'ladigan narsalarga birlikda a/an qo'yib yoziladi: a car, a hat, a flower, a man.

Bu so'zlar aniq artiklda kelsa "the" bilan yoziladi: the car, the house.

Ko'plikda kelganda sanog'ini yoki "some" (qanchadir) so'zini qo'llash mumkin: two cars, some cars.

Uncountable - sanab bo'lmaydigan, balki boshqa (kg, litr, metr va hokazo) mezonlarda o'lchanadigan narsalarga a/an qo'yilmaydi: water (suv), rain (yomg'ir), music (musiqa).
three waters, two rices, four milks (bunday deyish xato)

Bunday so'zlarga hech qachon ko'plik qo'shimchasi qo'yilmaydi: waters, oils, moneys - bular noto'g'ri.

"Some" so'zi bilan ishlatish mumkin: some money - qanchadir (miqdorda) pul
some music - qanchadir (uzunlikda) musiqa.

Yoki uncountable narsalarni biror idish yoki boshqa o'lchov birligi bilan aytish mumkin. U holda o'lchovdan oldin a/an qo'yiladi. Chunki o'lchov birligini sanash mumkin.

a piece of cheese - bir bo'lak pishloq
a bowl of rice - bir chini guruch
a game of tennis - bitta tennis o'yini
a cup of coffee - bir chashka kofe
a glass of water - bir stakan suv
a bottle of milk - bir butilka sut
a bar of chocolate - bir parcha shokolad.
a loaf of bread - bir kesim non
a jar of honey - bir banka asal.

​​​
P.S. ingliz tilida artikl tushunchasi mavjud bo'lib, tilda katta mavzuni va muhim o'rinni egallaydi. Bu bo'yicha alohida dars o'tamiz.

🔥 Quyidagi rasmda sanaladigan va sanalmaydigan ayrim otlar berilgan. Ularni lug'atdan topib, yod oling.

@learnenglish_uz
Ingliz tilida ko‘plik

@learnenglish_uz
Ingliz tilida ko‘plik

@learnenglish_uz
Ingliz tilida ko‘plik

@learnenglish_uz
Ingliz tilida ko‘plik yasalishi

@learnenglish_uz
2024/09/27 21:33:58
Back to Top
HTML Embed Code: