Telegram Web Link
🔻AQSH dollarining rasmiy kursi pasaydi

Markaziy bank 14-avgustdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

🇺🇸 USD 12 041,88 so‘m (–33,15)
🇷🇺 RUB 122,37 so‘m (–1,40)
🇪🇺 EUR 13 219,58 so‘m (–88,31)


➡️ Qashqadaryo xabarlari
O‘zbekistonliklar Mustaqillik bayramida 3 kun dam olishadi. Maktablarda yangi o‘quv yili 4 sentabrdan boshlanadi

Prezidentining «2023 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi farmoniga ko‘ra, sentabrda o‘zbekistonliklar Mustaqillik bayrami munosabati bilan ketma-ket 3 kun dam oladi:

🔹 2023-yil -sentabr (juma) - dam olish kuni;

🔹 2023-yil 2-sentabr (shanba) - olti kunlik ish haftasiga ega bo‘lgan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;

🔹 2023-yil 3-sentabr (yakshanba) taqvim bo‘yicha dam olish kuni.


Shu sababli O‘zbekistondagi barcha maktablarda yangi — 2023/2024 o‘quv yili 2023-yil 4-sentabr, dushanba kuni boshlanadi.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
1-sinf o‘quvchilari uchun “Prezident sovg‘asi” tarkibidagi o‘quv qurollari ro‘yxati:

✔️ O‘quvchi sumkasi
✔️ 12 dona daftar
✔️ Rasm daftari
✔️ Akvarel bo‘yoqlari
✔️ Rangli qog‘oz
✔️ Qalamdon
✔️ Sharikli ruchka
✔️ Rangli qalam
✔️ 2 dona oddiy qalam
✔️ Plastilin
✔️ Yelim
✔️ 2 dona o‘chirg‘ich

Ma’lumot uchun, joriy yilda 1-sinfga boradigan 732 ming 960 nafar o‘quvchilar uchun “Prezident sovg‘asi” jamlanmasi maktablarga 25-avgustga qadar yetkazib beriladi.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
#Bilasizmi

Hududlarni tozalashga kim mas‘ul?

Hududlarni tozalashga kimlar mas‘ul ekani yuqoridagi infografikada batafsil ko‘rsatilgan.

P.S. Agar barcha o‘ziga biriktirilgan va daxldor joylarni tozalab yursa hech qayer iflos bo‘lib yotmaydi.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
13-avgust kuni havo harorati biroz pasayadi

Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston bo‘yicha 13-avgust, yakshanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Unga ko‘ra, havo harorati Samarqand viloyatida +27... +32, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +30... +35 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
🇺🇿 «O‘zbekiston havo yo‘llari» Mustaqillik bayrami munosabati bilan chegirma e‘lon qildi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» sviakompaniyasi Mustaqillik bayrami munosabati bilan 1-sentabrdan 3-sentabrgacha barcha mahalliy yoʻnalishlar boʻyicha tariflarga 50 foiz chegirma taqdim etishini ma‘lum qildi.

P.S. Chegirma Let L-410 havo kemalarida amalga oshiriladigan aviaqatnovlar uchun amal qilmaydi.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
#Bilasizmi

Maishiy chiqindilarni olib chiqib ketishning minimal davriyligi chiqindi to‘plash shoxobchalaridan — 1 kunda bir marotaba va yakka tartibdagi turar joy sektoridan "signal" usulida — 3 kunda bir marotabani tashkil qiladi.

Chiqindilarni olib chiqib ketish jadvali mahalla bilan kelishilgan holda belgilanadi, bunda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq maishiy chiqindilarni saqlashning cheklangan muddati o‘tib ketmasligi lozim.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
⚡️ Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 16-avgust kuni o‘tkaziladi

📆 Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, shuningdek O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 16-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari ikki smenada tashkil etilib:

1️⃣-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt beriladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan olishlari mumkin.

❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
#Tayinlov

Dehqpnobod tumaniga yangi prokuror tayinlandi

Dehqonobod tuman prokurori Laziz Hamrayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Otabek Usanov Dehqonobod tuman prokurori lavozimiga tayinlangan.

Mazkur tayinlovgacha O. Usanov Kasbi tuman prokurori lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
15-avgust kuni salqin havo davom etadi. Joylarda eng baland harorat 36 darajagacha ko‘tariladi

Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston bo‘yicha 15-avgust, seshanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Unga ko‘ra havo harorati Samarqand viloyatida +27... +32, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +31... +36 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda.

👉 https://kun.uz/uz/18598584

➡️ Qashqadaryo xabarlari
Bugun o‘tkazilgan savdolarda Moskva birjasida 1 AQSH dollari 100 rubldan oshdi

Ma‘lumot uchun, juma kuni o‘tkazilgan savdolarda 1 AQSH dollari 97 rubl atrofida baholangan edi.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
Shahrisabzda fuqaroni ijtimoiy tarmoqlarda obro‘sizlantirmoqchi bo‘lgan tovlamachi ushlandi
 
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Shahrisabz shahar bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tezkor tadbirda fuqaro I.N. “M.A.” ismli qizning shaxsiy foto va videolarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yubormaslik evaziga 400 dollar talab qilib pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) va 141-3-moddasi (shaxsning sha’nini va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi ma’lumotlarni oshkor qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga tegishliligi bo‘yicha yuborilgan.
 
➡️ Qashqadaryo xabarlari
🔺AQSH dollarining rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 15-avgustdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

🇺🇸 USD 12 062,04 so‘m (+20,16)
🇷🇺 RUB 119,00 so‘m (–3,37)
🇪🇺 EUR 13 207,93 so‘m (–11,65)


➡️ Qashqadaryo xabarlari
Qarshi shahrida chiqindi tashishga moʼljallangan zamonaviy texnika vositalari soni koʼpaydi

Qashqadaryo viloyatida chiqindi tashish bilan shug'ullanadigan “Qashqadaryo ekotrans” korxonasiga har biri 1 milliard 300 million soʼmlik 17 ta "ISUZU" rusumli chiqindi tashuvchi zamonaviy texnika vositalari topshirildi.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
AQSHga ishga yuborishni va’da qilgan firibgar ushlandi
 
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tezkor tadbirda muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlagan X.J. fuqaro Sh.O.ni 15 000 dollar evaziga Meksika davlati orqali AQSHga ishlash uchun yuborishini aytib, oldindan 5 000 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
Ko‘kdala tumanida yangi qurilgan choyxona yonib ketdi

Joriy yil 13-avgust kuni soat 21:22 larda Ko‘kdala tumani FVBga tumanning “Xo‘jaobod” MFY, Xo‘jaobod qishlog‘ida yangi qurib bitkazilgan choyxonada yong'in sodir bo'layotgani to'g'risida xabar tushgan.

Xabarga ko'ra, yong‘inga 2 ta yong'in-qutqaruv ekipaji jalb qilinib, ular soat 21:25 larda voqea joyiga yetib borgan va soat 22:30 larda olov to‘liq o‘chirilgan. 

Yong'in oqibatida tadbirkor S.T ga qarashli choyxonaning 260 m² maydonda ichki va tom qismi yonib zararlangan. Yong‘in oqibatida hech kim tan jarohati olmagan va halok bo'lmagan. Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
Xorijiy tilni yaxshi o‘zlashtirgan tibbiyot sohasi talabalari uchun stipendiya joriy etildi

2023-yil 1-sentabrdan boshlab, tibbiyot OTMlari hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlarida ta’lim oluvchi, ingliz tilini kamida 7,5 darajada bilishini belgilovchi xalqaro tan olingan sertifikatga (IELs Academic) hamda nemis va fransuz tilini bilish darajasini belgilovchi S1 xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan talabalarga ularning sertifikati amal qilish davrida BHMning 3 barobari miqdorida oylik qo‘shimcha stipendiya to‘lab borish tartibi joriy etiladi.

Buning uchun tibbiyot OTMlari rektorlari hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlari direktorlari tomonidan har chorakda ushbu stipendiyani olishga talabgor bo‘lgan nomzodlar to‘g‘risidagi qo‘shimcha ma’lumotlar vazirlikning Ilm-fan va ta’lim boshqarmasiga beriladi.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
2024/06/26 03:55:23
Back to Top
HTML Embed Code: